1. Kuydirish jarayonining texnologiyasi, sement pechlarining ishlash prinsipi.
2. Kimyoviy texnologiyaning asosiy qonun – qoidalari.
3. Sulfat kislota ishlab chiqarishda kuyundi gazini changdan tozalash.
1.KUYDIRISH JARAYONI.
Boyitmalarni kuydirish jarayoni tarkibida misning miqdori kam bolgan dastlabki moddalarni istemol qiladigan bir qator zavodlarda qollaniladi. Olmaliq sharoitida boyitmada misning miqdori borgan sari kamayib borayapti. Shuning uchun uning birinchi pogonada kuydirilishi ishlab chiqish samaradorligini oshirishi mumkin.Dastlabki pogonada boyitmani kuydirish, mis miqdori yuqoriroq bolgan ogarokni olish, misi koproq bolgan shteyn va sulfat kislotasi olishi mumkin bolgan texnologik gazlarni olishga imkon yaratadi.Kuydirish davomida oksid yoki sulfat quyidagi yakunlovchi reaksiyalar orqali otadi:
MeS + 1,5 O2 = MeO + SO2 Kuydirish uchun eng mos dastgoh bu qaynovchi qatlamli (ÊÑ) pechdir. Kuydirish harorati 650750°C (sulfatlash) va 8501050°C
(oksidlanish)
Kuydirish jarayonlari AQSH, Yaponiya va boshqa davlatlarda keng tarqalgan. Sulfatli kuydirishda misning 9498 foizi suvda eriydigan birikmalarga otadi. Bu birikmalar turli erituvchilarda eritmaga otkaziladi va bu eritmalardan mis elektroliz jarayoni orqali erkin holatda ajratib olinadi. Olmaliq sharoitida kuydirish jarayonini qollash rejalashtirilmagan. Yallig pechda katta hajmda organik uglerod yoqilgi ishlatiladi. Bu jarayonda ajralib chiqqan issiqlikning tasirida, pech ishchi hajmi va vannasida shixtaning turli fizik-kimyoviy ozgarishlari oqib otadi: namning buglanishi, shixtaning isishi va erishi, kimyoviy ozgarishlar va shixta komponentlarining bir-biri bilan reaksiyaga kirishishi, shteyn va shlakning paydo bolishi, gaz fazasining shixta va eritma bilan ozaro tasiri va nihoyat qattiq, suyuq va gaz fazalarini pechni futerovkasi bilan tasirlashuvi. Shixtadagi namlik, pechga shixta yuklaganda buglanadi va oltingugurt birikmalari bilan sulfat kislotasi buglarning paydobolishiga sabab boladi. Moddalarning parchalanishi hamjarayonning birinchi daqiqalarida otadi. Bu jarayonlar keyingibolimlarda batafsil korib chiqiladi.
2.Kimyoviy texnologiya - tabi iy xom ashyo, sanoat chiqindilari, shuningdek, sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlab, isteʼmol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fan. Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiya ning vazifasidir. Har qanday Kimyoviy texnologiya jarayonining asosiy elementlari — xom ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilgʻi, toʻqimachilik, koʻn, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida Kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish usullari va jarayonlarining umumiy, muhim asoslari va qonuniyatlarini oʻrganadigan umumiy Kimyoviy texnologiya ham mavjud. Kimyoviy texnologiya tayyor mahsulot olish maqsadida xom ashyo va yarim mahsulotni tayyorlash, uning holati, xossalari, shaklini maʼlum ishlab chiqarish vositalari yordamida oʻzgartirish usullari va jarayonlarini oʻrganadi. Kimyoviy texnologiya anorganiq moddalar texnologiyasi (kislota, ishqor, soda, tuz, mineral oʻgʻitlar va boshqa sanoati) va organiq moddalar texnologiyasi (sintetik kauchuk, plastmassa, kimyoviy tolalar, boʻyagich moddalar, spirt, organiq kislotalar va boshqa sanoati)ga boʻlinadi
Kimyoviy texnologiya — tabiatda mavjud bo’lgan mineral xom ashyoni iqtisodiy qulay hamda ekologik asoslangan kimyoviy o’zgarishlar asosida iste’mol ehtiyojlari va sanoat mahsulotlariga aylantirish imkonini beradigan sanoat yo’nalishidir.
Bu sohada kim bo’lib ishlash mumkin?
Bu yo’nalish bo’yicha ma’lumotga ega bo’lish sizga injener-tadqiqotchi yoki kimyogar bo’lib ishlash imkonini beradi. Kimyogar-texnolog mutaxassisligiga har doim turli sohadagi ishlab chiqarishd korxonalarida katta talab mavjud bo’lib kelgan. Hozirgi kunda sohada tajribali kadrlar yetishmaydi. Shu sababli mas’uliyatli va har tomonlama yetuk mutaxassislar karyera zinapoyasida tezda yuqoriga ko’tarilishadi
3.Sulfat kislotasini ishlab chiqarish uchun tug'ma (yombi) oltingugurt, kolchedanlar, rangli metallurgiyaning chiqit gazlari, vodorod sulfid tutgan tabiiy gazlar, neft, toshko'mir tarkibidagi oltingugurtli birikmalar, sulfat kislota tuzlari (sulfatlar) xomashyo bo'lishi mumkin. Bulardan sulfit angidrid olish uchun eng yaxshi xomashyo oltingugurt bo'lib, u tarkibidagi oltingurut bo'lgan minerallarni termik qayta ishlash natijasida (S 1130 S da suyuqlangan modda bo'lgani uchun u tezda suyuqlanib minerallardan ajralib chiqadi) hosil bo'ladi. Dunyodagi oltingugurtning eng ko'p qismi, vulqonli oltingugurtdir (Chili, Yaponiya, Filippinlar) tug'ma (yombi) oltingugurti bor bo'lgan mamlakatlar – AQSh, Kanada, Polsha, Meksika, Iroq, Turkmaniston (Gaurdak).Oltingugurtni manbalari sifatida tabiiy gazlarni olsak, ularda oltingugurt vodorod sulfid ko'rinishida mavjud. Neftlarda esa 1% dan 5% gacha erigan oltingugurt bo'lishi mumkin. Bular og'ir neftlar deb hisoblanadi. Tabiiy gazlar va neftlardan olingan oltingugurt tiklangan, qaytarilgan yoki regeneratsiya qilingan oltingugurt deb nomlanadi va juda katta tozalikka, kichik tannarxga ega bo'lib, juda ham arzon hisoblanadi. SO2 olish uchun ishlatiladigan asosiy xomashyo temir kolchedanidir. Bu mineral FeS2 va turli birikmalar aralashmasidan iborat. Toza pirit (FeS2) tarkibida 53,5% S va 46,5% Fe bo'ladi. Bu kolchedandagi aralashma holidagi oltingugurt miqdori 35 –50% va temir 30 – 43% oralig'ida bo'lib, qolgan qismi rangli metallarning sulfidlari, karbonat kislota tuzlari, qum va loydan iboratdir.Rangli metallar sulfidlari, masalan, aldama rux ZnS, mis kolchedani FeCuS metallurgiya zavodlarida yoqilganida juda ko'p miqdorda oltingugurt gzi hosil bo'ladi, bu gaz ham sulfat kislota olishda ishlatiladi. Masalan, Angren tog' – metallurgiya kombinati rangli metallar ishlab chiqarish bilan birga chiqindi gazlardan sulfat kislotasini ham chiqaradi.Temir kolchedanini kuydirish jarayonini turlicha tuzilgan pechlarda 500 – 10000S da olib boriladi. Uning umumiy tenglamasi:
FeS2Q11O2 2Fe2O3Q8SO2 3400kJ
Aslida kuydirish jarayonida bir necha reaksiyalar sodir bo'ladi. Harorat 5000S dan oshganda FeS2 ni parchalanish reaksiyasi ketadi:
FeS2 2FQS2 – 104 kJ
Oltingugurt gaz fazada jadallik bilan yonadi:
S Q О2 SO2 Q Q
Temir sulfidiyesa oksidlanadi:
4FeS Q 7О2 2Fе2О3 Q 4SО2
Reaksiya natijasida hosil bo'lgan temir (III) oksid «kolchedan kuyundisi» deb atalib, u cho'yan olishda xom ashyo sifatida ishlatiladi. Bunday kolchedan tarkibida oltingugurt va rangli metallar borligi xamda u ancha mayda bo'lgani uchun undan cho'yan olish jarayonini bir muncha qiyinlashadi(cho'yan olish uchun uni yiriklashtirish kerak).
59-variant
Do'stlaringiz bilan baham: |