1-variant “Umumiy kimyoviy texnologiya” fanining mazmuni, predmeti va metodi. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va metodi



Download 0,57 Mb.
bet89/134
Sana17.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#816118
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   134
Bog'liq
X variant 1 dan 90 gacha

1. Portland-sement.
2. Issiqlik almashinish jarayonlari.
3. Oltingugurtli xomashyolarni kuydirishning fizik-kimyoviy
1.Portland sement (Inglizcha: Portland – Birlashgan Qirollikadagi yarim orol nomidan), suvga chidamli bogʻlovchi modda; qurilish materiali. Tarkibi asosan kalsiy silikatlardan iborat. Sementning eng keng taraalgan turi hisoblanadi. Klinker va gips (3—7%) aralashmasini juda mayin tuyib olinadi. Aralashmaga maʼlum miqdorda (10—15%) faol mineral modda aralashtirilishi ham mumkin. Tarkibi, xossalari va qoʻllanish sohalariga koʻra, Portland sement oddiy, tez qotuvchan, gidrofob, sulfatga bar-doshli, oq rangli, asbest-sement mah-sulotlari ishlab chiqarishda ishlatiladigan va boshqalarga boʻlinadi. ortlandsementning tarkibi va sifati asosan klinkerning tarkibi va uning kanchalik mayin tuyilganligiga bogʻlik. Uning eng muhim xossasi suv bilan taʼsirlashganda qotish xususiyatidir. Bu xususiyati marka bilan belgilanadi, Oʻzbekistonda ishlab chikariladigan Portland sementning markasi 300 dan 600 gacha (marka qancha yuqori boʻlsa, material shuncha sifatli hisoblanadi). Tsement noorganik deb ataladi bog'lovchi. Tsement kukuni, suv bilan o'zaro ta'sirlashganda, plastik massa hosil qiladi, bu tezda o'rnatiladi va toshga o'xshash tanani hosil qiladi. Ko'pincha ishlab chiqarish va qurilish echimlari uchun ishlatiladi. Tsementning tarkibi juda xilma-xil bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra, xususiyatlar va foydalanish doirasi farqlanadi.

Bugungi kunda tsementning quyidagi asosiy turlari ishlab chiqariladi:


Portlend tsement- qurilishda eng mashhur tsement turi. Portlend tsement klinkeri, gips va maxsus qo'shimchalardan ishlab chiqariladi. Klinker ohaktosh, loy va qo'shimchalardan kuydirish yo'li bilan olinadi. Tayyor Portlend tsementi 70-80% kaltsiy silikatlaridan iborat, qolganlari gips (o'rnatish tezligini tartibga soladi) va tuzatuvchi qo'shimchalar. Portlend tsement M400-M600 markalarida ishlab chiqariladi, ohak, asbest-sement va boshqa materiallarni yaratish uchun ishlatiladi. Dengiz suviga ta'sir qiladigan inshootlarni qurish uchun mos emas;


2.Issiqlik almashinish, issiqlik uzatish—issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik uzatilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻz-oʻzidan yuz beruvchi qaytmas jarayon; mikrozarralarning tartibsiz harakati bilan boglik boʻlgan, energiyasining bir jismdan ikkinchi jismga mikroskopik ish bajarmasdan uzatilishiga olib keluvchi jarayonlar majmui. I. a. issiklik oʻtkazuvchanlik, konveksiya va radiatsiya yoʻli bilan sodir boʻladi. Isituvchi sirt issiklik uzatuvchi sirt deb ataladi. I. a. da suyuqlik yoki gaz (bugʻ) ish muhiti hisoblanadi. I. a. nazariyasi energiyani uzatish haqidagi taʼlimotning bir qismi boʻlib, texnik termodinamika bilan birga issiklik texnikasishtt na-zariy asosini tashkil qiladi. Bugʻ Kozonlarida, bugʻ va gaz turbinalarida, pechlarda I. a. hodisasi roʻy beradi. Tabiatda uzluksiz I. a. yuz berib turadi. I. a. ning nazariy va amaliy masa-lalari issiqlik texnikasida oʻrganiladi. Termodinamika asoslari Issiqlik almashinish, issiqlik uzatish—issiqroq jismdan sovuqroq jismga issiqlik uzatilishi bilan bogʻliq boʻlgan oʻz-oʻzidan yuz beruvchi kaytmas jarayon; mikrozarralarning tartibsiz harakati bilan boglik boʻlgan, energiyasining bir jismdan ikkinchi jismga mikroskopik ish bajarmasdan uzatilishiga olib keluvchi jarayonlar majmui. Issiqlik almashinish issiklik oʻtkazuvchanlik, konveksiya va radiatsiya yoʻli bilan sodir boʻladi. Isituvchi sirt issiklik uzatuvchi sirt deb ataladi. Issiqli almashinishda suyuqlik yoki gaz (bugʻ) ish muhiti hisoblanadi. Issiqlik almashinish nazariyasi energiyani uzatish haqidagi taʼlimotning bir qismi boʻlib, texnik termodinamika bilan birga issiklik texnikasishtt na-zariy asosini tashkil qiladi. Bugʻ Kozonlarida, bugʻ va gaz turbinalarida, pechlarda Issiqlik almashinish hodisasi roʻy beradi. Tabiatda uzluksiz issiqlik almashinish yuz berib turadi. Issiqlik almashinishning nazariy va amaliy masa-lalari issiqlik texnikasida oʻrganiladi. Issiqlik konveksiya, nurlanish hamda issiqlik o‘tkazuvchanlik vositasida uzatilishi mumkin.Termodinamikaning ikkinchi bosh qonuni uqtirish berishicha, issiqlik doimo harorat yuqoriroq jismdan harorati pastroq jismga tomon uzatiladi. Biroq, qonunda issiqlik uzatilish mexanizmlari haqida lom-mim deyilmagan. Holbuki, issiqlik uzatilish jarayonlarining mohiyatini yaxshi bilish va ulardan foydali ish chiqara olish - muhandislik fizikasi nuqtai nazaridan nihoyatda muhim masaladir. Shu sababli ham, issiqlik almashinish jarayonlariga oid tafsilotlarni o‘rganish - amaliy fan sohalari bilan shug‘ullanuvchi olimlar va muhandislar oldidagi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelgan. Yuqorida ham ta'kidlanganidek, hozirda olimlar issiqlik almashinuv jarayonlarining uch xilini farqlab olishgan va ularning har birining zamirida o‘ziga xos noyob fizik jarayon yotadi.
3.Oltingugurtli xomashyolarning yonish reaksiyalari. Tarkibida sulfit angidrid tutgan gazli aralashmalar texnikada sulfitli gazlar deyiladi. Sulfitli gazlar komponentlari (SO2, O2, N2 va h.k.)ning konsentratsiyasi boshlang‘ich xomashyolar turi va ularning kuydirilish usuliga qarab turlicha bo‘ladi. Kolchedanning kuydirilish jarayoni bir necha bosqichli reaksiyalar bilan amalga oshadi. Dastlab temir disulfid — FeS2 ning termik parchalanishi natijasida temir sulfid va oltingugurt bug‘lari hosil bo‘ladi: 2FeS2  2FeS + S2 – 103,9 kJ Oltingugurtning ajralishi 500°C haroratdan boshlanadi va haroratning oshirilishi natijasida tezlashadi. Oltingugurt bug‘lari oltingugurt dioksid hosil qilish bilan yonadi, xuddi shunday jarayon elementar oltingugurt yonganda ham kuzatiladi: S(bug‘) + O2(gaz) = SO2(gaz) + 362,4 kJ Temir sulfid — FeS ham yonadi, ammo bu jarayonning aniq mexanizmi belgilab berilmagan va hozirda bir necha oraliq reaksiyalar yo‘nalishlari aytib o‘tilgan. Ulardan birida FeS oksidlanishining birinchi bosqichida temir sulfatlari hosil bo‘lishi va so‘ngra ular temir oksidlarigacha parchalanishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, boshqasida esa FeS to‘g‘ridan to‘g‘ri temir oksidlariga aylanishi aytilgan.
Umumiy holda kolchedanning yonish jarayoni temir (III)- oksid — Fe 2O3 yoki temir kuyundisi — Fe3O4 hosil bo‘lishi bilan kechadi: 4FeS2 + 11O2 = 2Fe2O3 + 8SO2 + 3415,7 kJ yoki 3FeS2 + 8O2 = Fe3O4 + 6SO2 + 2438,2 kJ Yuqori harorat, gaz tarkibidagi sulfit angidrid miqdorining ko‘p bo‘lishi va yonmagan kolchedan miqdorining nisbatan katta bo‘lishi Fe3O4 hosil bo‘lishi uchun qulay sharoit yaratadi. Yonish jarayonida kolchedan tarkibidagi qo‘rg‘oshin, magniy, kalsiy, bariy sulfatlari parchalanmaydi. Kuydirish jarayonida metallar karbonatlari parchalanishi natijasida karbonat angidrid ajralib chiqadi va tegishli metallarning oksidlari hosil bo‘ladi, so‘ngra ular sulfatlarga aylanadi. Ko‘mirli kolchedan kuydirilganda oltingugurt bilan birgalikda uglerod ham yonadi: C + O2 = CO2 + 409,8 kJ Bunda kuyundi gazi tarkibidagi kislorod miqdori kamayadi, bu esa sulfit angidridning keyingi bosqichdagi katalitik oksidlanish tezligini pasaytiradi. Kolchedanning kuyundi bilan oksidlanishi natijasida (jarayon 800°C haroratda amalga oshiriladi) yuqori konsentratsiyali sulfit angidrid gazi olinadi: FeS2 + 16Fe2O3 = 11Fe3O4 + 2SO2 – 450,8 kJ Hosil bo‘lgan temir kuyundisi havo kislorodi bilan 900°C haroratda oksidlanadi va yana jarayonga qaytariladi: 11Fe3O4 + 2,75O2 = 16,5Fe2O3 + 1279,2 kJ Bu reaksiyalarning issiqlik effektlari yig‘indisi musbat bo‘lib, 828,4 kJ ga teng, bu esa bunday usulda sulfit angidrid olishning avtotermik jarayon bo‘lishligini ta’minlaydi.

58-variant



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish