1 вариант Рибосома структураларини тадқиқот қилиш


Липидларни манбалардан ажратиб олиш усуллари



Download 172,8 Kb.
bet3/32
Sana12.07.2022
Hajmi172,8 Kb.
#780903
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
bio.javobdocx2222

Липидларни манбалардан ажратиб олиш усуллари

2 вариант

  1. РНК матрицаси бўйича оқсил синтези

Oqsil sintezi jarayonida ribosoma bir vaqtda matritsa polinukleotidlarining faqat chegaralangan bo’lagi bilan bog’langan. Ayni vaqtda ular RNK ni nukleazalar tomonidan parchalanishdan ham saqlaydilar. Bunday parchalar 20 dan 60 tagacha nukleotid qoldiqlariga teng, mRNKning kodlovchi tartibining uzunligi 300 nukleotid qoldiqlariga baravar. Mana shu mulohazalar asosida ancha vaqtlardan beri mRNK dagi kodlovchi tartibni o’qish uchun ribosoma matritsa bo‗yicha birin-ketin 5¹-uchidan 3¹-uchiga o’tib borishi (yokio‗zi orqali mRNK ni tortib o‗tkazishi) kerak deb hisoblanadi. Demak, ribosomalar mRNK dan yurib, 5¹-uchi bo‗shashi bilan yangi ribosomalar unga tizilib boradi, binobarin bir qancha ribosomalar bir vaqtda ayni axborotni o’qiydilar. Bunday ishlovchi ribosomalar kompleksi (4 tadan 20 tagacha)ga poliribosoma deb aytiladi. Poliribosomalar hosil bo’lganligi hisobiga mRNK ning ko’p nusxasiga hojat yo‗q. Shu bilan bir vaqtda bitta ribosomadan foydalanganga nisbatan oqsil sintezi tezroq boradi. 1 sekundda polipeptid zanjir bitta aminokislotaga uzayadi, hujayraning jadal o’sish davrida esa 1 sekundda 20 ta aminokislotagacha oshadi. Ribosomadan mRNK ajralgandan so’ng u o’sha zahotiyoq sitoplazmadagi ribonukleazalar tomonidan gidrolizlanadi. Shu sababli sintezi amalga oshgan oqsilning yangi biosintezi uchun mRNK yana yangidan hosil bo’lishi kerak.

  1. Транспорт РНК

Transport RNKlar (tRNK) hujayradagi butun RNKning taxminan
15%ni tashkil etadi. tRNKning birlamchi strukturasi bilan bir-biridan
farq qiladigan necha o‘nlab turi bor. tRNKning molekulyar massasi
25000 atrofida. tRNK birlamchi strukturasining xarakterli xususiyati
molekulalarida odatdagidan monomerlaridan tashqari minor
nukleotidlar deb ataluvchi (kam miqdorlarda bo‘ladigan) monomerlar
ham borligidir. Minor nukleotidlar tarkibida odatdan tashqari asoslar
(masalan: metillangan asoslar) bo‘ladi; Psevdouridilat kislotada asos
bilan riboza qoldig‘i o‘rtasidagi bog‘ odatdan tashqari (N – C emas ,
balki C –C dir);
Transport RNKlarning ikkilamchi strukturasi xarakterlidir. Bu
RNKlarda spiral holiga kelgan to‘rtta qismi va bir zanjirli uchta (ba’zida
to‘rtta) qovuzlog‘i bo‘ladi. Ana shunday struktura tekislikda
tasvirlanganida «beda bargi»ga o‘xshash shakl yuzaga keladi. Hujayrada
bo‘ladigan necha o‘nlab turli-tuman tRNK larning hammasi fazoviy
strukturasi bir xilda bo‘lgani holda, lekin tafsilotlari jihatidan bir-biridan
farq qiladi (17-rasm, a, b).
Barcha transport RNK larida ribosoma, aminokislota va fermentlar
bilan bog‘lanadigan qismlar, shuningdek antikodon deb nomlangan
uchta nukleotid ketma-ketligi (triplet) mavjuddir. Antikodon mRNK
dagi (kodon) uch nukleotidlar ketma-ketligiga komplementardir. tRNK
ayrim qismlarini vazifasi oxirigacha ochilmagan. Psevdouridil qovuzloq aminoatsil – tRNK ribosoma bilan bog‘lanishini ta’minlaydi,
digidrouridil qovuzloq esa, ehtimol, sayt (joy) sifatida spetsifik
aminoatsil – tRNK – sintetazani – tanib olish uchun zarurdir. Bundan
tashqari, yana qo‘shimcha qovuzloq bo‘lib, uning tarkibi turli tRNK
molekulalarida turlicha bo‘lib, vazifasi noma’lum. Antikodon
qovuzloqni funksiyasi to‘liq ochilgan. U 7 nukleotitdan iborat: uchtasi
markaziy o‘rinni egallab, yuqori spetsifik antikodonni hosil qiladi. Uni
ikki tomonida 2 tadan nukleotid joylashgan bo‘lib, modifikatsiyalangan
purin va o‘zgaruvchan asos bir tomonda joylashgan, ikkinchi tomonda
esa ikkita pirimidin asoslari bo‘ladi.
T-RNK nativ molekulasi deyarli bir xil uchlamchi strukturaga ega.
U «beda bargi» yassi strukturasidan, molekula turli qismlarini buklanishi
hisobiga, juda ixchamligi bilan farqlanadi.


  1. Download 172,8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish