.Reparatsiya. DNK hujayradagi yagona qayta tiklanadigan, o’zining kamchiliklarini tuzatadigan molekula hisoblanadi. Har kuni odam organizmi DNK molekulalarida 50 mingga yaqin yakka zanjirli ―uzilishlar‖, 8 mingdan ortiq oksidlangan va alkillangan asoslar, bundan tashqari 100 dan ortiq murakkab turdagi zararlanishlar (qo‗sh spiralli uzilishlar, DNK-DNK hamda DNK-oqsil molekulalararo tikilishlar va boshqalar) yuzaga keladi.
Normal hayot faoliyati mobaynida taxminan har 9 sekundda hujayrada DNK molekulasi zararlanadi. Reparatsiyada 150 dan ortiq. genlar qatnashishi aniqlangan. Bir qator irsiy va o‗sma kasalliklarning asosiy sababi reparatsion tizimning buzilishi natijasidir. Agar reparatsion sistemalar bo’lmaganda irsiy axborotning o’zgarish tezligi yuqoriligidan bir necha avlodga o‗tilganda keskin o’zgarishlar yuz berishi lozim edi. Reparatsion tizimlar mavjudligi sababli DNK ning zararlanishlaridan har 1000 tasidan faqat bittasigina mutatsiyalarga olib kelishi mumkin
Пептидлар синтез услублари
Peptidlarni kimyoviy yo‗l bilan sintez qilish hozirgi kunda jadal
rivojlanayotgan sohalardan biri bo‗lib, asosan tibbiy maqsadlar uchun
sintetik peptid preparatlari ishlab chiqish borasida katta yutuqlarga
erishilmoqda. Tabiiy peptidlarni manbalardan ajratib olgandan so‗ng,
turli qismlarini kimyoviy modifikatsiyalash; ma‘lum sohalardagi
fragmentlarni sintetik qismlarga almashtirish – yarim sintez; maqsadli
to‗liq sintetik peptidlar sintezi hozirda amaliyotda keng joriy bo‗lgan
yo‗nalishlar hisoblanadi.
Qo‗llaniladigan usullar hamda oxirgi mahsulot xarakteriga ko‗ra
peptid sintezining quyidagi tiplari farqlanadi:
1) eritmadagi klassik sintez – aminokislotalarni ketma-ket N-uchdan
C-uchga tomon sintez qilish;
2) polimer tashuvchida peptid sintezi – o‗sayotgan polipeptid zanjiri
erimaydigan yoki eriydigan polimerga kovalent birikkan bo‗lib,
sintezning oxirida undan ajralib chiqadi. Erimaydigan tashuvchi
qo‗llanilganda qattiq fazali sintez, deb yuritish qabul qilingan va hozirgi
vaqtda to‗liq avtomatlashgan variantlari keng qo‗llanilmoqda. Bu
maqsadda ishlab chiqilgan asboblar sintezatorlar deyiladi. Ba‘zi hollarda
eriydigan polimerlar asosida suyuq fazali sintezdan foydalanish
maqsadga muvofiq bo‗ladi;
3) gomo- va geteropoliaminokislotalar sintezi – bir-ikki
aminokislotalarning takrorlanuvchi qoldiqlaridan polimerlash yoki
sopolimerlash yo‗li bilan sintez amalga oshiriladi;
4) fermentativ sintez – fermentlar yordamida peptidlar sintezi.
Nazariy jihatdan ushbu usul afzal bo‗lsa ham amalda bu usuldan
foydalanib, sezilarli natijalarga erishilmagan;
5) peptidlarning yarim sintezi – tabiiy peptidlarni modifikatsiyalash
uchun peptid sintezi usullaridan foydalanish. Odatda, bu usulda tabiiy
peptid yoki oqsilning kichik fragmenti qirqib olinadi va o‗rniga yangi
aminokislotalar qolidig‗idan iborat boshqa fragment kiritiladi;
6) siklik peptidlar sintezi – chiziqli peptidni turli usullar yordamida
ma‘lum o‗lchamli halqali shaklga o‗tkazilishi hisoblanadi;
7) geterodet peptidlar sintezi – amid bog‗laridan tashqari murakkab
efirli, tioefirli, disulfidli bog‗lar hosil qilish