1 вариант Рибосома структураларини тадқиқот қилиш



Download 172,8 Kb.
bet1/32
Sana12.07.2022
Hajmi172,8 Kb.
#780903
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
bio.javobdocx2222


1 вариант

  1. Рибосома структураларини тадқиқот қилиш

Рибосомалар (рибонуклеин кислота ва…сома) — ўз таркибида рибонуклеин кислоталарни сақловчи цитоплазманинг доимий, мембранасиз органоидлари. Рибосоманинг кашф этилиши электрон микроскопик тадқиқотларнинг ривожланиши билан боғлиқ. Ҳар бир Рибосомалар диаметри 20 нм дан ошмайдиган катта ва кичик суббирликлардан иборат. Суббирликлар қўшилиши ёки ажралиши мумкин. Прокариотларнинг хужайраларида рибосомалар нисбатан кичикроқ бўлади. Рибосомалар митохондриялар ва хлоропластлар таркибида ҳам учрайди. Эукариотлар, прокариотлар, митохондриялар ва хлоропластлардаги Рибосомалар кимёвий таркиби жиҳатидан ҳам бирмунча фарққилади. Mac, прокариотларнинг P. ида оқсилларнинг 55 хили мавжуд, эукариотларда эса 100 дан ортиқ бўлади. Рибосомалар оқсилни синтезлайди. Шунинг учун оқсил синтезини бошловчи, давом эттирувчи ва тугатувчи Рибосомалар мавжуд. Рибосомаларнинг А (аминокислоталар бирикадиган) ва Р (пептид боғлари ҳосил бўладиган) фаол қисмлари бор. Оқсил синтези жараёнида бир молекула иРНКда бир нечта Рибосомалар кетмакет жойлашиб, трансляция амалга ошади. Бундай P. мажмуаси полисомалар дейилади. Эндоплазматик тўр мембранаси билан боғланган Рибосомаларда ҳужайрадан ташқарига секрецияланувчи оқсиллар, гиалоплазмада эркин жойлашган Рибосомаларда эса ҳужайранинг ўзи учун зарур бўлган оқсиллар синтезланади. Оқсил синтези жадал кечувчи ҳужайраларда Рибосомалар сони жуда кўп бўлади. Эукариот ҳужайраларда Рибосомалар ядрочада ҳосил бўлади. Дастлаб ДНК матрицасида рибосомал РНК (рРНК) синтезланади. Сўнгра РНК оқсил молекулалари билан қўшилиб, Рибосомалар суббирликларини ҳосил килади ва ядродан цитоплазмага чиқарилади.

  1. Иккиламчи ва учламчи структуралар

DNKning ikkilamchi strukturasi 1953-yilda J. Uotson va F. Krik taklif etgan model, qator analitik ma’lumotlar va rentgen strukturali tekshiruvlar asosida DNK molekulasini 2 zanjirdan iborat ekanligi aniqlandi. Quyida shu modelning asosiy xususiyatlari ta’riflab o‘tilgan (14-rasm). 1.DNK molekulasi antiparallel ravishda yo‘nalgan va boshidan oxirigacha vodorod bog‘lari bilan bir-biriga bog‘langan ikkita polinukleotid zanjirlaridan tuzilgandir (mononukleotidlarning har biri vodorod bog‘lari hosil qilishda qatnashadi).2.Zanjirlar orasidagi vodorod bog‘lari bir zanjir adenin qoldig‘ining ikkinchi zanjir timin qoldig‘i bilan (A…T jufti bilan) va bir zanjirning guanin qoldig‘i bilan ikkinchi zanjirning sitozin qoldig‘i (G::: S jufti) ning o‘ziga xos tarzda o‘zaro ta’sir qilishi hisobiga hosil bo‘ladi. Juftni hosil qiluvchi asoslar shu ma’noda bir-biriga komplementar bo‘ladiki, bularning o‘rtasida vodorod bog‘lari boshqa kombinatsiyalardagiga qaraganda (masalan, A va G, A va S va hokazoga qaraganda) osonroq vujudga keladi. Bu – asoslar juftlari orasida vodorod bog‘lari hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi guruhlarning joylashish geometriyasi bilan umuman DNK molekulasi geometriyasiga bog‘liqdir (15-rasm). 3.DNK molekulasi bir zanjirining birlamchi strukturasi ikkinchi zanjir birlamchi strukturasiga komplementardir.
DNK ning uchlamchi strukturasi. DNK ning har bir molekulasi
alohida xromosomada joylashgan. Odamning diploid hujayralarida 46 ta
xromosoma mavjud. DNK ning hujayradagi barcha xromosomalardagi umumiy uzunligi 1,74 m bo‗lib, biroq u diametri million marta kichikroq
bo‗lgan yadroda joylashgan. DNK ni yadroda joylashtirish uchun juda
kompakt tuzilishga ega bo‗lishi lozim. DNK ning bunday kompakt va
superspirallashgan shakli turli oqsillar yordamida yuzaga keladi. DNK bilan bog’langan oqsillarni ikki guruhga: gistonlar va nogiston oqsillarga
ajratish mumkin. Yadro DNK si va oqsillarning o‗zaro kompleksi
xromatin yoki nukleosoma deyiladi va ushbu DNK ning uchlamchi
strukturasi hisoblanadi. Gistonli oqsillar tarkibida lizin va arginin
aminokislotasi miqdori ko‗pligi sababli u musbat zaryadga, DNK
tarkibidagi fosfat kislota esa manfiy zaryadga ega bo‗ladi hamda DNK
va gistonli oqsillar orasida kompleks yuzaga kelishga sharoit yaratiladi.
Gistonlarning umumiy og‗irligi DNK ning umumiy og‗irligi bilan
qariyb barobar bo‗ladi. Bundan tashqari giston bo‗lmagan oqsillar ham mavjud bo‗lib,
ularning bir necha toifalari va o‗ziga yuklatilgan vazifalari mavjud.


  1. Download 172,8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish