Нуклеопротеидлар
НУКЛЕОПРОТЕИДЛАР — нуклеин кислоталарнинг оқсиллар билан биргаликдаги комплекси. Нуклеопротеидлар таркибига кирган нуклеин кислоталарнинг хилига қараб, дезоксирибонуклеопротеидлар (ДНП) ва рибонуклеопротеидлар (РНП) фарқланади. ДНП барча ҳужайралар ядроларида ва митохондрияларида, шунингдек, сперматозоидларнинг бошчасида бўлади. ДНП оқсиллари гистонлар ва протаминлар кўринишида бўлиб, ДНК икки-тали спирали тарновларида жоилашади, улар ДНК тузилишини мувофиклашти-риб, фаоллигини оширади. Кўпгина вируслар, информосомалар РНПдан ташкил топган. Организмда Нуклеопротеидларнинг биологик аҳамияти нуклеин кислоталар (НК) нинг функциясига боғлиқ.
Аминокислота таркибининг таҳлили
Bu usullar asosan yirik fragmentlar olish uchun qo‗llaniladi.
Fermentativ usullarning imkoniyatlari kengroq bo‗lib, ular yordamida
yirik hamda mayda fragmentlarni olish imkoniyati mavjud.
Kimyoviy usullar. Oqsillarni fragmentlashning juda ko‗plab
kimyoviy usullari ishlab chiqilgan bo‗lib, biz amaliyotda keng joriy
bo‗lgan ba‘zi usullar bilan cheklanamiz.
1) Bromsian usuli. Kimyoviy usullar ichida eng spetsifik va keng
qo‗llaniladigan usul bromsian usuli bo‗lib, peptid bog‗ini metionin
qoldig‗idan uzadi. Usul 1961 yilda E. Gross va B. Vitkop tomonidan
taklif etilgan. Usul o‗zining spetsifikligi bo‗yicha boshqa barcha
usullardan afzal hisoblanadi. Oqsil zanjirida metioninning uchrash
ehtimoliyati ko‗p bo‗lmaganligi sababli, odatda zanjirida 40-80 ta
aminokislota qoldig‗i saqlagan fragmentlar hosil bo‗ladi. Reaksiya xona
haroratida 15-30 soat vaqt mobaynida kuchli kislotali sharoitda
(ko‗pincha chumoli kislotaning 70% li eritmasida) har bir metionin
qoldig‗iga nisbatan taxminan 100 karra ko‗p bromsian ishtirokida olib
boriladi. Bunda metionin qoldiqlaridan hosil bo‗lgan peptid bog‗lari 90-
100% ga parchalanadi. Faqatgina metioninning serin va treonin bilan
hosil qilgan bog‗lari qisman uziladi. Bunda kislotali sharoitga chidamsiz
bo‗lgan asparagin-prolin bog‗i qisman parchalanishi kuzatiladi.
2) Suksinimid usuli. Triptofan qoldig‗idan uzish uchun juda
ko‗plab usullar taklif etilgan. Ulardan biri N-bromsuksinimid bilan
ishlov berish hisoblanadi. Reaksiya pH=4 bo‗lgan sharoitda, 20 °C da 2
soat davom etadi. Peptidlarda jarayonning unumi 50-90% gacha,
oqsillarda esa 10-60% gacha yetadi.
3) Gidroksilamin usuli. Struktur analizda polipeptid zanjirini
asparagil-glitsil bog‗idan uzish uchun gidroksilamin bilan parchalash
usulidan foydalanilganda 50-70% unum bilan yaxshi natijalar qayd
etilgan. Jarayon ishqoriy sharoitda – pH=10,5; temperatura 35-60 °C da
boradi. Boshqa bog‗larning, masalan asparagil-leysin bog‗ining uzilishi
juda kamchilik hollarda sodir bo‗lishi mumkin.
Bu va bunga o‗xshash usullar juda ko‗plab ishlab chiqilgan bo‗lib,
har bir usul o‗zining afzalligi va kamchiliklariga ega. Qaysi usulni
tanlash har bir aniq qo‗yilgan maqsadni amalga oshirilishiga ko‗ra
tadqiqotchining o‗zi tomonidan tanlanishi mumkin. Biroq shuni
ta‘kidlash o‗rinliki, hozirgi vaqtda kimyoviy usullarning o‗rnini o‗zining
yuqori selektivligi va tezkorligi bilan ajralib turuvchi fermentativ usullar
egallamoqda.
Fermentativ usullar. Peptidlarni parchalovchi fermentlar –
peptidazalar zanjirning ta‘sir etuvchi qismiga ko‗ra ikki sinfga: 1)
endopeptidazalar – zanjirning o‗rtasidan qirquvchi; 2) ekzopeptidazalar
– zanjirning uchidan qirquvchi sinflarga bo‗linadi. Ekzopeptidazalarning
o‗zi o‗z navbatida ikkiga: a) aminopeptidazalar - N-uchidan boshlab
uzuvchi; b) karboksipeptizadalar – C-uchidan uzuvchi sinflarga
bo‗linadi.
Peptidlarni karboksipeptidaza fermentlari yordamida gidroliz qilish
asosiy usullardan bo‗lib, A, B, C va E karboksipeptidaza fermentlari
keng qo‗llaniladi.
Karboksipeptidaza A va B qoramol oshqozon osti bezidan,
karboksipeptidaza C sitrus mevalarining bargi va po‗stidan,
karboksipeptidaza E esa novvoylik achitqisidan ajratib olinadi.
Har bir fermentning substratga qarab o‗zining optimal ta‘sir etish
sharoiti mavjud. Aminokislota ketma-ketligini aniqlashning optimal
sharoitlari tanlanganda, jarayonning samaradorligi yuqori bo‗ladi va
usulning aniqligi ortadi.
Aminopeptidazalardan oqsillarning strukturasini aniqlashda keng
qo‗llaniladigani leysinaminopeptidaza (LAP) va aminopeptidaza M
bo‗lib, N-uchidan boshlab aniqlash maqsadida keng foydalaniladi.
Ximotripsin aromatik aminokislotalar – fenilalanin, tirozin va
triptofan karboksil guruhlari bilan qatnashgan peptid bog‗larini uzadi.
Fermentativ reaksiyalarning spetsifikligi oshirilishi va o‗zgartirilishi
mumkin. Masalan, tekshirilayotgan oqsilni sitrakon angidridi bilan
ishlov berish orqali lizin qoldiqlari asillanadi va bunday
modifikatsiyalangan oqsilda faqatgina arginin qoldiqlari tripsin
tomonidan uzilishi mumkin. Ximotripsin pH 7,8-9 oralig‗ida maksimal
faollik ko‗rsatadi.
Ximotripsin: 1) A-A-A-Phen 2) A-A-A-Tyr
Aminokislota tarkibini aniqlash uchun tekshirilayotgan oqsil (yoki peptid) ning 6 n. xlorid kislota bilan to‗liq kislotali gidrolizi
amalga oshiriladi va gidrolizatdan barcha aminokislotalar miqdoriy
analiz qilinadi. Namunalarning gidrolizi og‗zi kavsharlangan
Do'stlaringiz bilan baham: |