15-variant
1.Ekspressivlikni ifodalashining leksik usuli haqida ma’lumot bering. Emotsional-ekspressivlik - ekspressiyaga (ta'sirchanlikka) egalik. Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning leksik usuli- nutqda uslubiy bo'yog'i bor bo'lgan so'zning qo'llanishi hisobiga ta'sirchanlikning ifodalanishi. Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning affiksatsiya usuli - betaraf ma'noli so'zlarga subyektiv baho ifodalovchi affikslarni qo'shish orqali nutqda ta'sirchanlikka erishish. Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning kontekstual usuli - uslubiybo'yog'i bo'lmagan so'zning ma'lum kontekst ta'sirida uslubiy bo'yoqdor so'zga aylantirilishi orqali nutqiy ta'sirchanlikning ta'minlanishi.Emotsional-ekspressivlikni ifodalashning fonetik usuli - turli fonetik hodisalar (geminatsiya, unlilarni cho'zish, urg'uning o'rnini o'zgartirish) hisobiga nutqiy ta'sirchanlikning ta'minlanishi.
2.Partonimiya hodisasini misollar asosida tushuntiring. Partonimiya leksemalarning ma'no guruhlarida butun-bo`lak muno sabatlarining ifodalanishi. Masalan, avtomobil (butun) kuzov (bo'lak) - motor (bo'lak) g'ildirak (bo'lak) va b.lar. Yana: uy (butun) - xona (bo'lak) ayvon (bo'lak) - koridor (bo'lak). Bularda avtomobil (birinchi qatorda) va uy (ikkinchi qatorda) leksemalari bosh so'zlardir. Ayni paytda kuzov (butun) - eshik (bo'lak) yukdon (bo'lak) oyna (bo'lak) - bamfer (bo'lak) qatorida kuzov leksemasi; xona (butun) oyna (bo'lak) - eshik (bo'lak) qatorida esa xona leksemasi bosh so'z sanaladi. Ma'lumki, leksemaning ma'nosida borliqdagi voqea-hodisalarning inson ongidagi in'ikosi ifodalanadi, demak, ma'nolar tizimidagi butun-bo'lak munosabati negizida ham, aslida, borliqdagi butun-bo'lak munosabatlarini tilda ifodalash zarurati yotadi.. Partonimiya hodisasini o'rganish lu gat boyligi tizimining «sirlarini ochish, so'z ma'nolarini aniq va to'g'ri izohlash nuqtayi nazardan ahamiyatlidir. Bu hodisa H.Ne'matov. R.Rasulov. E.Qilichev, B.Qilichev kabi tilshunoslarning ishlarida ma'lum darajada o'z talqinini topgan. 3.Frazeologizmlar o‘rtasidagi omonimlik hodisasini tushuntiring. Frazemalarning shakl munosabati asosida frazeologik omonimiya va frazeologik paronimiya yuzaga keladi: Frazeologik omonimiya frazemalarning ifoda planidagi (shakldagi, tuzilishdagi) tenglik hodisasidir. Qiyos qiling: 1. Jon bermoq- «barhayot qilmoq: ... Odamzodga jon bergan ham, jonini oladigan ham yaratganning o'zi (P.T.) 2. Jon bermoq-o'lmoq» so'nggi marta nafas chiqarmoq»: Semiz va hamisha yurak kasalidan qiynalib yurgan xotin urava ustida yulduz to'la osmonga termilib jon berdi. (Sh.R.) Yana: 1. Ustidan chiqmoq - «Biror narsa qilinayotganda tepasiga borib qolmoqs: Qaynanangiz rosa sevar ekan, rais, - dedi Ro'zi polvon hazil aralash, ovqatning ustidan chiqdingiz (Sh.R.). 2. Ustidan chiqmoq «Bajarmoq»: Demak, Hakimov telefonda bergan so'zining ustidan chiqibdi (P.Q.).Shaklan teng bo'lgan frazemalar tilshunoslikda omofrazemalar deb nomlanadi. Erkin birikma bilan frazema (turg'un birikma) o'rtasidagi shakliy tenglik hodisasi frazeologik omonimiya emas, frazeologik omonimlik sanaladi. Demak, bunday holatlarda «Omonimiya» va somonimlik» atamalari o'zaro farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |