14-variant
1.Leksemaning paradigmatk munosabati.
2. Neologizm va uning turlari haqida ma’lumot bering.
3. Soddalashgan va tublashgan leksemani qiyoslang. Paradigmatik munosabatlar bir so‘z turkumiga mansub va ma’no jihatidan birmuncha umumiylikka ega bo‘lgan so‘zlar orasida vujudga keladi. Bunday so‘zlar majmuasiga kiruvchi birliklar gap tarkibida bir xil pozitsiyalarda bir-birlarining o‘rnida ishlatilishlari mumkin. Sintagmatik munosabatlar yordamida birliklar o‘zaro bog‘lanadilar va nutqiy tuzilma hosil qilish uchun o‘zaro birikadilar.Paradigmatik va sintagmatik munosabatlar lug‘aviy birliklarning semantik xususiyatlari bilan o‘zaro uzviy bog‘langan. Paradigmatik munosabatlar so‘zlarni semantik sinflarga bo‘lish uchun asos vazifasini bajaradi. Bir paradigmatik sinfdagi birliklarning jumla tarkibida bajarayotgan vazifalari o‘zaro o‘xshashdir. Sintagmatik munosabatlar asosida esa paradigmatik sinflar birliklari kommunikativ maqsadlarni bajarish uchun o‘zaro birikadilar. Bu ikki xil munosabatlar asosida har bir so‘z ifodalayotgan ma’noning paradigmatik va sintagmatik aspektlarini aniqlash mumkin.Lug‘aviy ma’noning paradigmatik aspekti u mazmunan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar guruhining umumiy ma’nosi bilan aniqlanadi. So‘z paradigmatik ma’nosining miqdori u doimo munosabatga kirisha oladigan leksik guruhning miqdoriga bog‘liq. Masalan, «yer» so‘zi ifoda etayotgan ma’no bo‘laklari turiga nisbatan quyidagi leksik guruhlarning har biri bilan munosabatga kirisha olishi mumkin: zamin, tuproq, qatlam, qavat; shudgor, mulk, dala; ohaktosh, loy, qum;quyosh, oy, yulduz;mamlakat, vatan, davlat; quruqlik, qirg‘oq, orol va hokazo.
2.Neologizmlar (yun. neos — yangi, logos — soʻz) — jamiyat taraqqiyoti, hayotning talab-ehtiyoji bilan paydo boʻlgan yangi narsa va tushunchalarni ifodalovchi soʻzlar. N.ning yangiligi dastlab paydo boʻlgan vaqtlardagina se-zilib turadi: vaqt oʻtgach, ular "yangilik" xususiyatini yoʻqotib, odatda, faol soʻzlar qatoriga oʻtadi. Mac, oʻzbek tili uchun bir qancha yil davomida yangi hisoblangan marketing, qayta qurish, reyting, tender soʻzlari hozirgi kunda umumisteʼmoldagi soʻzlarga aylanmoq-da. Tildagi umumiy N. bilan bir qatorda individualuslubiy yoki okkazional N. ham mavjud. Bunday N. mualliflar tomonidan maʼlum bir kontekstda uslu-biy talab asosida yaratiladi. N. ilmiy asarlarda shu uslubga xos termin sifatida atash (nominativ) vazifasini bajaradi. Badiiy asarlarda, odatda, uslubiy vazifani bajaradi. N.ning paydo boʻlish yoʻllari xilma-xil boʻlib, ular tilning mavjud lugʻaviy tarkibi va grammatik qonun-qoidalari asosida yangi soʻz yasash yoʻli, shuningdek, mavjud soʻzning lugʻaviy maʼnolaridan birini yangi maʼnoda qoʻllash yoʻli bilan va boshqa tildan soʻz qabul qilish orqali hosil qilinadi.
3.Hosilasining lison va nutqqa munosabati jihatidan so‘z yasash qolipi ham farqlanadi. Ularni unumsiz (tarixiy) va unumli (zamonaviy) so‘z yasash qolipi sifatida farqlash lozim.Nutqiy yasama so‘zning lisoniy sathga ko‘tarilishi bir necha bosqichda kechadi. Uni nutqdan lisonga siljishi, lisoniylashishi darajasiga ko‘ra quyidagicha tartiblash mumkin: 1) ixtisoslashgan leksema; 2) soddalashgan leksema; 3) tublashgan leksema. Soddalashgan leksema yasama so‘zlar lisoniylashuvining yanada yuqoriroq bosqichi. Soddalashish bu ma’lum bir so‘z yasash qolipining hosilasida o‘zak va qo‘shimchaning o‘zaro birikib ajralmas holga kelishi, so‘zshakldagi grammatik vositaning qotib qolishi natijasida yangi ma’no ifodalashidir. O’zbek tilidagi [oldin], [keyin], [tashqari], [ichkari], [yuqori] kabi yuzlab so‘z soddalashgan yasama so‘z - leksema. So‘z birikmalarining sintaktik qolipdan uzilish holati sifatida (boshning og‘rigi – [boshog‘riq], belning bog‘i – [belbog‘]) misollarini ko‘rsatish mumkin. Tublashgan leksema shunday leksemalashgan yasama so‘zki, ularning yasalishini, tarkibini etimologik ma’lumotsiz aniqlab bo‘lmaydi. Masalan, [sin] fe’lining o‘zagi [si], [tingla] fe’lining o‘zagi [ding], [to‘q] so‘zi o‘zagining [to‘] ekanligini til tarixi bo‘yicha chuqur ma’lumotga ega bo‘lmasdan bilib bo‘lmaydi. Demak, ma’lum bo‘ladiki, tilda leksema yasash hodisasi yo‘q. Balki yasama so‘zning, nutqiyhosilaning lisoniylashuvi, leksemalashuvi mavjud
Do'stlaringiz bilan baham: |