1-variant Leksikologiya va uning turlari haqida ma’lumot bering


-variant 1.Integral va differensial semalar haqida ma’lumot bering



Download 60,28 Kb.
bet20/29
Sana23.07.2022
Hajmi60,28 Kb.
#845400
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29
Bog'liq
Safarov 2 Y

16-variant 1.Integral va differensial semalar haqida ma’lumot bering. Sema (yun. sema — belgi) — mazmun, maʼno jihatining eng kichik birligi, semema (leksik maʼno)ning tarkibiy qismi Bir mazmuniy guruhga mansub leksemalarning sememalari qiyoslanganda, ularning semantik tarkiblarida integral (birlashtiruvchi) va differensial (farqlovchi) semalar borligi ham ma’lum bo'ladi. Bunday semalar leksemalarni o'zaro birlashtirish va farqlash uchun xizmat qiladi. Masalan, o'zbek tilidagi amaki, amma, tog‘a, xola,jiyan leksemalarining barchasida «qarindosh», «yaqin qarindosh» semalari bor, shu semalar ularni bitta mazmuniy guruhga birlashtiradi, shunga ko'ra integral (birlashtiruvchi) semalar sanaladi; ayni paytda keltirilgan leksemalarning ma’no tarkibida farqlanish belgilari — differensial semalar ham mavjud: amaki sememasidagi «otaning akasi yoki ukasi» semasi tog'a sememasida yo'q, tog'a sememasi¬dagi «onaning akasi yoki ukasi» semasi esa amaki sememasida uchramaydi, demak, bu ikki sema yuqoridagi ikki so'zning ma’nolarini farqlash imkonini beradi; amaki va amma, tog'a va xola sememalari ham «qarindosh», «yaqin qarindosh» semalari bilan birlashadi, ammo «erkak» va «ayol» semalari bilan o'zaro farqlanadi; jiyan leksemasida esa «yoshi kichik», «akaning yoki ukaning farzandi» semalari farqlash vazifasini bajaradi.
2.Leksik ma’noning o’zgarishi jarayonida leksemalarning yangilanishi hodisasining o‘rni. So`z semantik tarkibining o`zgarishi – til taraqqiyoti jarayonini belgilovchi muhim omillardandir. Semantik tarkibning o`zgarishida ikki holat – leksik ma'no nuqtai nazaridan o`zgarish va qo`shimcha ottenkalar bo`yicha o`zgarish ko`zga tashlanadi. Leksik ma'no nuqtai nazaridan bo`ladigan o`zgarish: 1) leksik ma'no miqdorining o`zgarishi va 2) leksik ma'no hajmining o`zgarishi hodisalarini o`z ichiga oladi. Leksik ma'no miqdorining o`zgarishida ikki narsa – ma'no miqdorining ortishi va ma'no miqdorining kamayishi kuzatiladi. Ma'no miqdorining ozayishi kam uchraydigan hodisadir. Bunga ko`ra o`tmishda ko`p ma'noni bildirgan so`zlarning ba'zi ma'nolari davrlar o`tishi bilan yo`q bo`lib ketadi, o`sha ma'noda qo`llanmaydi. Masalan, eski o`zbek tilida tom so`zi: 1) tamba, tirgovich; 2) devor; 3) uy; 4) uyning tepa qismi ma'nolarida ishlatilgan. Hozirda bu so`zning 1, 2, 3-ma'nolari qo`llanilishdan qolgan. Demak, tom so`zining ma'no miqdori kamaygan. So`z ma'no miqdorining ortib borishi – ko`p ma'nolilik til taraqqiyoti darajasini, rivojlanishini ko`rsatuvchi asosiy omillardan sanaladi. Aytish zarurki, so`zlar dastlab paydo bo`lgan vaqtida birgina ma'noni ifoda etgan. Keyinchalik ob'ektiv borliqdagi narsa-hodisalarning o`zgarishi, ijtimoiy hayotda bo`ladigan har xil o`zgarishlar va boshqa shu singari turli sabablar tufayli so`zlar yangi ma'nolar kasb eta boshlagan. Darhaqiqat, so`zlarning birdan ortiq ma'noga ega bo`lishi o`sha so`zlar hayotining keyingi davrlariga borib taqaladi. Masalan, olmoq fe'li hozirgi o`zbek tilida 30 ga yaqin ma'noni bildiradi: 1) narsani ushlab yoki biror asbob bilan tutib qo`lga kiritmoq:¬¬¬¬¬¬¬¬¬¬ chaqalarni olmoq, ariqdan suv olmoq; 2) qabul qilmoq: ishga olmoq; 3) bo`shatmoq: ishdan olmoq; 4) tushirmoq, bo`shatmoq: elkasidan yukini olmoq; 5) qo`lga kiritmoq, ega bo`lmoq: paxtadan mo`l hosil olmoq; 6) xarid qilmoq… So`zning yangi ma'no kasb etishi ma'lum bir ob'ektiv sabablar asosida ro`y beradi. So`zning yangi ma'no kasb etishiga olib keluvchi omillar ikki turlidir: 1) nolisoniy omil, 2) lisoniy omil.Nolisoniy omil deyilganda nom ko`chishi asosida yangi ma'noning hosil bo`lishi tushuniladi. Nom ko`chishi – so`zning yangi ma'no hosil qilishida asosiy hodisa hisoblanadi. Bunda ma'lum narsa, belgi, harakat bildiruvchi so`z qandaydir o`xshashlik, o`zaro aloqadorlik, bog`liqlik kabilar asosida boshqa bir narsa, belgi, harakatni ham ataydigan bo`lib qoladi, uning ham nomi sifatida ishlatila di 3.Frazeologizmlar va ularning leksik-semantik, grammatik xususiyatlari haqida ma’lumot bering. Frazemaning ifoda plani deganda uning tovush tomoni, leksik tarkibi, birikmaga yoki gapga teng konstruksiyasi nazarda tutiladi. Masalan: ко ‘nglini olmoq (birikmaga teng), ko'zlari qinidan chiqib ketdi (gapga teng), bos hi qotdi (gapga teng), ensasiqotdi (gapga teng) kabi. Frazemalar orasida qo'shma gapga teng qurilishli turg'un konstruksiyalar ham uchraydi: «qor yog'ib, izlar bosildi» kabi. Frazemalar tarkibidagi so'zlarning bog’lanishi erkin birikma yoki gap tarkibidagi so’zlarning bog'lanishidan farq qilmaydi: ularning barchasida so'zlar tobelanish asosida bog'lanadi, biroq: a) erkin birikmadagi yoki gapdagi bog'lanish nutq jarayonida, nutq bilan bir paytda sodir bo'ladi; frazemadagi bog'lanish esa nutq paytidan ancha awal yuzaga kelib, tuig'unlashib qoladi, inson xotirasida va tilda yaxlitligicha saqlanadi; b) erkin birikmadagi yoki gapdagi so'zlami so'zlovchi o'z ixtiyori bilan almashtira oladi: «kengko'cha» 216 birikmasi o'rnida «tor ko'cha» birikmasini, «men o'qiyman» gapi o'rnida «men ishlayman» gapini qo'llashi mumkin, ammo «yulduzni benarvon urmoq» birikmasi o‘mida «yulduzni narvonsiz urmoq», «yulduzni shotisiz urmoq», «yulduzni beshoti urmoq» birikmalari qo'llanmaydi.Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday turg'un birikma frazema bo'lavermaydi. Masalan, Birlashgan Milllatlar Tashkiloti birikmasi turg‘un konstmksiyadir, ammo to'g'ri ma’noli turg'un konstruksiya bo'lganligidan frazema hisoblanmaydi. Frazema yaxlit holda ko‘chma ma’no ifodalashi shart. Frazemalaming ifoda planida leksemalardan tashqari, yordamchi so'zlar (ko‘makchilar) va turli forma yasovchi morfemalar qatnashishi mumkin. Masalan, ochiq yuz bilan (bu frazemaning ifoda planida «bilan» ko‘makchisi qatnashgan), dam olmoq (bu frazemaning ifoda planida «-moq» morfemasi ishtirok etgan). Keltirilgan misollarda ko'makchi va affiksal morfema frazemalaming doimiy belgilari hisoblanadi, chunki ular shu frazemalaming ichki grammatik qurilishiga mansubdir, ammo dam oldim, dam olgin, dam olsin kabi boglanishlarda qo'llangan «-di+т», «-gin», «-sin» morfemalari (zamon, shaxs-son, mayl ko'rsatkichlari) shu frazemalaming ifoda planiga kirmaydi, chunki bu morfemalar nutq talabiga ko'ra qo'shiladi. Frazemaning mazmun plani uning nimanidir nomlashi, ifodalashi, anglatishidir. Masalan, og‘zi-qulog‘ida frazemasining mazmun planida «xursand» ma’nosi ifodalangan. Frazemaning mazmun plani albatta ko'chma ma’noga asoslanadi, aks holda uning to'g'ri ma’noli turg'un birikmalardan (elektron hisoblash mashinasi, kvadrat uyalab ekish kabi sostavli terminlardan) farqi qolmaydi. Frazemaning mazmun planidagi ma’no frazeologik та ’no hisoblanadi. Qiyos qiling: leksemaning mazmun planida - «leksik ma’no»; frazemaning mazmun planida — «frazeologik ma’no». Frazeologik ma’no leksik ma’nodan murakkabroqdir, chunki u frazema tarkibidagi so'zlar bog'lanishidan kelib chiqadi va umumlashgan bo'ladi.Frazemaning semantik tarkibida frazeologik ma’nodan tashqari, uslubiy bo'yoq ham mavjud bo'ladi. Masalan, to'nini teskarikiymoq frazemasining semantik tarkibida «o'chakishmoq» (frazeologik ma’no) bilan birga «qaysarlik» semasi (uslubiy bo'yoq) ham bor. To‘rt tomoni qibla frazemasida «qayoqqa xohlasa ketaversin» ma’nosi bilan birga salbiy baho (uslubiy bo'yoq) ham ifodalangan. Chehrasi ochiq frazemasining semantik tarkibida esa «xushtabiat» ma’nosi ijobiy baho (uslubiy bo'yoq) semasi bilan qoplangan

Download 60,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish