6-v 1-s: interferension spectral qurilmalar asosiy xarakteristikalari. Ajrata olish qobiliyati.
Спектрал қурилмаларни характерловчи катталиклар 1-тирқиш, 2-дисперсия ҳосил қилувчи элемент, 3-линза, 4- фокал экислик, 5-қабул қилгич. Агарда дисперсияловчи элементдан сўнг ингичка тирқиш қўйилса у ҳолда чиқишда фақат битта тўлқин узинлигидаги нур чиқади. Бу турдаги қурилмани монохраматор дейилади. Агарда бир нечта тирқиш қўйилиб бир нечта тўлқин узунлигини олсанса у ҳолда полихроматор деб аталади. Спектрни қайд қилиш қилиш усулларига қараб: Спектроскоп - агарда кузатиш усулди визуал бўлса; Спектрограф - агарда спектр фотопластикага қайд қилинса; Спектрометр - агарда фотоқабул қилгич ишлатилса; Спектрал қурилмалар баъзи характеристикалари:
Ajrata olish qobiliyati: Buyumlardan kelayotgan nurlar ustma-ust tushadi. Optika asboblar ularni Difraksiya tufayli ajratish uchun quyidagi shart bajarilishi kerak. (Mikroskop misolida ko’ramiz).
mana shu shart bajarilganda 1,2 nuqtalar ayrim holatda ko’riladi. kattalik ajrata olish qobiliyati deyiladi. Masalan mikroskop uchun 0.3 mk. ya’ni 3*10-5 sm.dan kichik buyumni mikroskopda ko’rib bo’lmaydi. Bunda y - 1,2 nuqtalar orasidagi masofa. - yorug’lik to’lqin uzunligi, n - muhitni sindirish kursatkichi u – ko’rinish burchagi.
6-v 2-s: yorug’lik fitrlarini asosiy xarakteristikalari
Lyuminessensiya spektrini qayd qilishda modda nurlanishiga uyg’otuvchi nurlarning ustma – ust kelmasligi muhim hisoblanadi. Stoks – Lommel qonuni bo’yicha lyuminessensiya spektri yutilish spektridan katta to’lqinlar tomonga siljigan bo’ladi. Shuning uchun spektrni uyg’otish uchun ultrabinafsha nurlardan foydalaniladi. Ammo barcha ultrabinafsha radiatsiyasi manbalari sezilarli darajada ko’rinadigan nurlarni chiqaradi. Spektrning xalaqit beruvchi qismini yo’qotish uchun yorug’lik filtrlari ishlatiladi. Yorug’lik filtrlari uyg’otuvchi nurlardagi foydasiz nurlanishni tutib qoladi.
Yorug’lik filtrlarining quyidagi turlari mavjud :
1)Absorbsion filtrlar
2) Interferension filtrlar
3) Neytral filtrlar
Absorbsion filtrlar ko’pincha rangli shisha , plastmassa, jelatin plyonkali plastinkalar ko’rinishida tayyorlanadi. Bazida suyuqlikli va gazli filtrlar ishlatiladi. Suyuqlikli filtrlar bo’lib, turli noorganik tuzlarning ( CuSO * 5H O, K Cr O , Ni ( SO ) ) eritmalari hamda bo’yoq eritmalari xizmat qiladi. Interferension yorug’lik filtrlari. Unda ko’p nurli interferensiya hodisasi qo’llaniladi.
Ular shisha yoki kvars plastinkalardan iborat bo’lib , vakumda bug’latish yo’li bilan qatlamlar hosil qilinadi . Metall ( Ag ) , dielektrik yoki ikki xil dielektrik ( n S yoki kriolet ). Ko’rish sohasida bunday filtrlar 2 ~10 m kenglikdagi spektral sohalarni ajratishga qodir (maksimumda o’tkazish koiffisenti ~60%). Ularning kombinatsiyasidan monoxramatiklikni oshirish mumkin 2 ~ 1-1.5*10 m. Bunda ~10-15% bo’ladi.
Interferension filtrlar ultrabinafsha soha uchun ham tayyorlanadi. Kvars plastinkaga Mg F yoki kriolet bilan navbatlanuvchi Pb Cl , Sb O qatlamlar tushiriladi. Yaqin ultrabinafsha sohada interferension filtrlar 2 ~10-15*10 m kenglikni taminlaydi. Bunda ~30% keng palasali filtrlarda 2 ~40*10 m, ~60%.
Simob – kvars lampalar bilan ishlanganda turli xil filtrlarni ishlatiladi va barcha asosiy chiziqlar ajraladi. Sariq ( =578nm ), yashil ( =546nm ), ko’k ( =436nm), binafsha ( =405nm), ultrabinafsha chiziqlar ( =365nm va =313nm)
Ba`zida spektrni buzmasdan susaytirish kerak bo’ladi. Buning uchun setka va neytral yorug’lik filtrlari ishlatladi. Ular turli xil markadagi HC shishalardan tayorlanadi. Shuningdek filtrlash uchun monoxramatorlar ishlatiladi. Bunda nurning intensivligi asbob ichida susayadi. Prizmalari shisha, kvars va flyuoritdan yasaladi.
Yorug’lik filtirlari spektridan ma’lum bir spektral qismini ajratib olish uchun xizmat qiladi. Ko’p xollarda ular bo’yalgan jilatin plyonkalar, bo’yalgan shishalar yoki plastinkalar (organik shishalar) ko’rinishidagi yutuvchi muhitlarda yoki yorug’likni yutuvchi eritmalarda tayyorlanadi. Absorbsion yorug’lik filtirlaridan tashqari hozirgi vaqtda laboratoriya amaliyotida interferension yorug’lik filtrlari kirib kelyapti. Dispersion va qaytaruvchi yorug’lik filtrlari kamroq ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |