3.1.Quritish usullari. Quritish usullari asosan issiqlikni berilish usuliga ko`ra quyidagilarga bo`linadi:
1. Konvektiv
2. Konduktiv
3. Kontaktli
4. Radiatsiyali
5. Yuqori chastotali tok yordamida
6. Sublimatsiyali
7. Aralash
Quritish jarayonining jadal borishini, quritilayotgan urug`ning sifatini va undagi moyning sifatini belgilovchi asosiy ko`rsatkichlar: quritish agentning harorati, jarayonining davom etish vaqti, urug`ning qizdirishdagi maksimal harorat hisoblanadi .Bu ko`rsatkichlar orqali quritish rejimi tanlanadi.
Moyli xom ashyolarni quritishda turli konstruktsiyadagi shaxtali, barabanli, pnevmatik, gazli, mavxum qaynash qatlami, infraqizil nurli quritish qurilmalari ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |