1. Umumiy qoidalar Obodonlashtirish, obyektlarini qurish va barpo etishda arxitektura va qurilish normalari va qoidalari


V. Obodonlashtirish obyektlaridan foydalanish va ularni saqlash ishlarini tashkil etish tartibi



Download 91,33 Kb.
bet5/14
Sana11.07.2022
Hajmi91,33 Kb.
#776375
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
15 Mavzu

V. Obodonlashtirish obyektlaridan foydalanish va ularni saqlash ishlarini tashkil etish tartibi
13. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari balansida bo‘lgan obodonlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari mablag‘lari hisobiga shaharlar va tumanlarning obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
14. Umumiy foydalaniladigan aholi punktlari yerlaridagi obyektlarni obodonlashtirish ishlarini tashkil etish ularni saqlash, mukammal, o‘rtacha va joriy ta’mirlashni nazarda tutadi.
15. Mukammal ta’mirlash ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlari tomonidan, belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga va aniq manzilli ro‘yxatlarga muvofiq olib boriladi hamda obodonlashtirish alohida obyektlarining asosiy texnik-foydalanish sifatlarini to‘liq tiklashni nazarda tutadi.
16. Joriy ta’mirlashda obodonlashtirish obyektlarining muddatidan oldin eskirishi va buzilishining oldini olish hamda ularni ish holatida saqlash bo‘yicha davriy tadbirlar amalga oshiriladi.
17. Obodonlashtirish obyektlarini yoki ularning elementlarini ta’mirlash muddatlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalari bilan birgalikda amalga oshiriladigan ularning mavjud holatini har yili texnik jihatdan baholash asosida belgilanadi.
VI. Hududlarni obodonlashtirish ishlari
§ 1. Ko‘kalamzorlashtirish
18. Shaharlar va tumanlarni ko‘kalamzorlashtirish elementlariga ko‘chalar, hiyobonlar, bulvarlar, mikrorayonlar, yodgorlik komplekslari va umumiy foydalaniladigan boshqa yashil zonalarga daraxt ko‘chatlari o‘tqazish kiradi.
19. Aholi punktlaridagi yashil daraxtlar funksional belgilariga ko‘ra quyidagi guruhlardan iborat bo‘ladi:
umumiy foydalaniladigan daraxtlar — bu parklar, hiyobonlar, stadionlar, ko‘cha va maydonlar, bulvarlar, shahardagi umumiy savdo va ma’muriy markazlar hamda jamoatchilik binolari yonidagi uchastkalardagi daraxtlardir;
cheklangan tarzda foydalaniladigan daraxtlar — selitep va sanoat imoratlarining ko‘kalamzorlashtirilgan hududlari — uy-joy hududlari, bolalar bog‘cha-yaslilari, maktablar, o‘quv yurtlari uchastkalaridagi daraxtlar, shuningdek cheklangan aholi soni foydalanadigan sanoat korxonalari daraxtlari;
maxsus maqsaddagi daraxtlar — kommunal-omborxona hududlari, sanitariya-himoya zonalari, shamol, suv va tuproqni himoya qiluvchi, ko‘chatzorlar, qabristonlardagi daraxtlar.
20. Yashil daraxtli uchastkalarni mukammal ta’mirlash quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
to‘liq rekonstruksiya qilish — ushbu obyektdagi barcha daraxtlarni hamda asosiy yoki barcha obodonlashtirish elementlarini o‘zgartirish;
qisman rekonstruksiya qilish — daraxtzorlar va yo‘l-so‘qmoq tarmoqlari umumiy maydonining 20 foizdan 50 foizgachasini tiklash;
tanlab rekonstruksiya qilish — daraxtzorlar umumiy maydonining 15 — 20 foizidan oshmaydigan daraxtzorlarning ayrim uchastkalarini ta’mirlash;
novlarning qoplash va mustahkamlash materialini almashtirgan holda bog‘ yo‘laklari va suv quvurlarini tiklash, quvurlarning 60 foizgachasini almashtirgan holda sug‘orish tarmoqlarini demontaj va montaj qilish, buzilgan novlarni tiklash;
qari daraxtlar butalarini yashartirish, daraxtlar tabiiy qarigan taqdirda daraxt va butalarni yangilash;
to‘siqlarni, daraxt tanalari atrofidagi panjara va karkaslarni, tirgaklar va narvonlarni, haykallar va ularning poydevorlarini, favvoralarni ta’mirlash, bo‘yash va tiklash;
gulli o‘simliklarning turlarini to‘liq almashtirgan holda gulzorlarni (bahor-yozgi va kuz-qishki gulli bezaklarni, gilamsimon gulzorlarni), ushbu obyektdagi gullarning 40 foizgachasini almashtirgan holda gullarning ko‘p yillik turlaridan iborat bo‘lgan gulzorlarni, maysali tuproqni almashtirib va o‘g‘itlar solgan holda maysazorlarni ta’mirlash;
qurib qolgan, qari hamda daraxt zararkunandalari va kasalliklari bilan kuchli zararlangan daraxtlarni kesib tashlash, mog‘orlagan o‘simliklarni olib tashlash, ko‘chatzorlardagi eski ona gullarni almashtirish. Issiqxona va ko‘chatzorlarni ta’mirlash (romlarni almashtirish, oynalash, isitish tizimlarini ta’mirlash, stellajlarni, parniklar romlarini o‘zgartirish, elektr yoritgichlarni, suv ajratgichlarni, mahalliy qozonxonalarni ta’mirlash).
21. Daraxtli uchastkalarni joriy ta’mirlash kichik maydonchalarda va kichik hajmlarda o‘tkaziladi hamda quyidagi ish turlaridan iborat bo‘ladi:
ayrim o‘simliklar nobud bo‘lganda va qariganda gulzorlarni tiklash, maysazorlar chetlarini o‘rish, kichik uchastkalardagi (payhon bo‘lgan, mashinalar o‘tib shikastlagan, suv yuvib ketgan) maysazorlarni tiklash;
o‘tlar, gullar urug‘larini sotib olib va ekib maysazorlar, gulzorlar, shaklli gulzorlarni barpo etish, ko‘p yillik, ikki yillik va bir yillik gul va buta ko‘chatlarini ushbu obyektdagi jami maydonning 10 foizigacha hajmda bittalab va qator qilib o‘tqazish;
bog‘-park anjomlari, inshootlar, bolalar asbob-anjomlari, o‘rindiqlar, kavaklar, so‘rilar, ayvonlar va boshqa tirgak devorlarni, parnik romlarini, stellajlarni, issiqxonaning isitish tizimini ta’mirlash, issiqxona va parniklarning alohida oynalangan romlarini almashtirish.
22. Daraxtlarni parvarish qilish o‘simliklarning yer usti, yer osti qismlarini parvarishlash, zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish bo‘yicha agrotexnika tadbirlarini o‘z vaqtida o‘tkazishdan iborat bo‘ladi hamda quyidagi ish turlarini o‘z ichiga oladi:
daraxt va butalarga shakl berish, ularni sanitariya maqsadida kallaklash;
daraxtlarni sug‘orish, o‘simliklarning shox-shabbalariga suv purkash;
daraxtlarni parvarish qilish — chimli yerlarni o‘rish, sug‘orish, ularga mexanik ishlov berish va tuproq to‘kish, yumshatish, chopish va tuproqning meliorativ holatini yaxshilash, begona o‘tlarga qarshi kurashish, o‘g‘itlar solish, o‘simliklarni kasallik va zararkunandalardan kimyoviy va biologik himoya qilish, uyalardagi, gultuvaklardagi tuproqni yumshatish hamda boshqa agrotexnika tadbirlari va ishlarini amalga oshirish.

Download 91,33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish