Talab va taklif tamoyiliga binoan, mazkur bozordagi o ‘xshash mulk uchun talab va taklifning o'zaro ta'siri mulk narxini belgilaydi. Ko'chmas mulk bozorining takomillashmagani tufayli, ko'chmas mulk narxlari faqat talab va taklifga qarab belgilanadi. Mazkur tamoyilning boshqa o'ziga xos xususiyati — uning ko'chmas mulk bozorida katta inersionalligidir.
Agar uzoq muddatlarga talab va taklifniing o'zaro ta’siri mumtoz nazariyalarga ancha yaxshi rioya qilsada, qisqa muddatlarga nazariya ish ko'rsatmaydi, negaki ko'zdan kechirilayotgan tovarning xususiyatlari tufayli uni ishlab chiqarish uchun katta vaqt talab etiladi.
Bundan tashqari, ko'chmas mulk bozorida tashqi cheklashlar ham ta’sir qilishi mumkin (masalan, davlat cheklashlari) va ular bu omillarning o'zaro ta’sir qilishi namunaviy tavsifini buzadi. Talab odatda taklifga qaraganda ko‘proq o'zgaruvchandir. Talab va taklif teng bo'lganida bozor qiymati tannarxni aks ettiradi. Agar bozor narxlari tannarxdan pastroq bo‘lsa, yangi qurilish susayib ketishi va to'xtashi mumkin hamda aksincha.
Raqobat tamoyiliga ko‘ra, bozordagi daromad ishlab chiqarish omillarining to'lanishi uchun zarur bo'lgan darajadan oshib ketsa, unda mazkur bozordagi raqobat o'sadi. Bu esa daromadlaming o ‘rtacha darajasining pasayishiga olib keladi. Bozordagi ortiqcha daromad salbiy raqobatga sabab bo‘ladi. Ayni vaqtda oqilona raqobat bozor rivojlanishiga yordam beradi.
Monopolizmda raqobatning yo‘qligi, baholash vaqtida bozor qiymatini aniqlashdan tashqarida turgan fakt sifatida hisobga olinadi. Bu tamoyil bozor me’yoridan oshib ketadigan daromadni ko‘rib chiqishda juda zarurdir. Agar daromad uzoq muddatli ijara bilan ta’minlanmasa, unda ularning tushish ehtimoli bozordagi o ‘rtacha daromaddan ancha pastroq, tavakkalchilik esa tegishli ravishda yuqoriroq bo'ladi.
O‘zgarish tamoyili ko‘chmas mulk qiymatining vaqtdagi beqarorligini aks ettiradi. Qiymatning o‘zgarishi ham ko‘chmas mulkning o‘zgarishi (masalan, qurilish konstruksiyalarining jismoniy yemirilishi, qayta ta’mirlash), ham tashqi sharoitlarning o‘zgarishi natijasida ro‘y beradi. Kelgusi foydalarni oldindan aytish uchun tashqi va ichki shartlar o‘zgarishlarini kuzatib borish muhimdir. O‘zgarish tamoyili baholashning professional andozasining - baholashning aniq sanasi qayd etihshini izohlaydi.
Umuman, baholash amaliyoti texnik, huquqiy va iqtisodiy (uchta yondashuv asosida) baholash jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Nazorat savollari:
1. Hududlarni obodonlashtirish ishlari
2. Ko‘kalamzorlashtirish,
3.Tashqi yoritish
4 Yo‘l-ko‘prik xo‘jaligi
5. Irrigatsiya xo‘jaligi,
6. Drenaj xo‘jaligi,
7. Sanitariya jihatidan tozalash
Do'stlaringiz bilan baham: |