O‘suvchi va kamayuvchi samaradorlikxling mohiyati shundaki, ishlab chiqarish omillarining biror bir zaxirasi o'sib borgan sari sof samaradorlik avvaliga ko‘payadi, keyin esa, aksariyat, kamayadi. Mikroiqtisodiyotda bu tamoyil chegaraviy samaradorlikning kamayishi qonuniga mos keladi. Bu qonun qolganlari doimiy bo‘lgani holda faqat bitta omil o'zgaradigan vaziyatga to‘g‘ri keladi.
Mahsulot ishlab chiqarishning o ‘sishi kamayib boradigan o‘zgaruvchan omil miqdori chegaraviy samaradorlikning kamayish nuqtasi deb ataladi. O'suvchi va kamayuvchi samaradorlik tamoyilining amal qilishini yer massivi qurilishi misolida ko‘rib chiqamiz. Quruvchida tanlash irnkoni
bo‘lsa, yer massivini istalgan miqdordagi yer maydonlariga bo‘lib chiqishi va tegishli ravishda har bir obyektda bir oilali turar-joyni qurishi mumkin.
Ehtimol, obyekt hajmiga ko'tariladigan uy-joyning sifatiga ham bog'liq bo'ladi va tegishli ravishda uning qiymati ham o‘zgaradi.
Quyidagi jadvalda turli yer obyektlari miqdori uchun foyda hisob-kitobi namunasi misol sifatida keltirilgan:
Umumiy foyda miqdorlarining raqamli tartibi shuni ko'rsatadiki, chegaraviy samaradorlikning kamayish nuqtasi to'rtta obyektga to ‘g‘ri keladi, ya’ni ob’yektlar sonining bundan keyingi ko'payishi umumiy daromadning kamayishiga olib keladi. Balans tamoyili shundan iboratki, yeming eng katta qiymatiga erishiladigan ishlab chiqarish omillarining maqbul birikmasi istalgan turdagi mulk uchun to‘g‘ri keladi.
Agar muvozanat tamoyili buzilsa, unda “kam yaxshilangan” yoki “ortiqcha yaxshilangan” mulk paydo bo‘ladi. Bunday hollarning har bittasida yerdan samarasiz foydalanganlik tufayli u o'z qiymatini yo'qotadi, bunday mulk bilan ehtimolli bitishuvlar bo‘yicha tavakkal ortadi.
Muvozanat tamoyili nafaqat alohida mulk, balki daha, tuman, shahar uchun ham qoilanishi mumkin.
Iqtisodiy o ‘lchov tamoyili shu to‘g‘risida so'z yuritadiki, har bir bozorda maqbul yer maydoni mavjud bo'lib, u mulkning turli xillaridan eng samarali foydalanish uchun zarurdir. Qurilishning maqbul hajmi uning ish yo‘nalishi va maqsadi bilan belgilanadi. Masalan, avtomobillar to‘xtash joyining yo‘qligi katta universam uchun qiymatni kamaytirishi mumkin va, aksincha, juda katta yer maydoni qo‘shimcha daromad keltirmaydi.
Bir necha uchastkalar birlashtirilishi orqali hosil bo‘ladigan yerning o‘sish qiymati iqtisodiy o‘lchov tamoyilining tadbiq etilishiga misol bo‘la oladi. Bunday birlashuv natijasida yerdan yanada samarali foydalanish imkoniyati paydo bo’ladi.
Masalan, har xil o'lchovga ega boigan A va В uchastkalarini ko'raylik:
A+B uchastkaning qiymati 40000 so‘m
A uchastkaning qiymati 15000 so‘m
В uchastkaning qiymati 15000 so‘m
0 ‘sish qiymati 10000 so‘m.
Do'stlaringiz bilan baham: |