Tanlovga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan buyruq bilan tasdiqlangan tashkiliy qo’mita tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Tashkiliy qo’mita, hakamlar hay’ati va ekspert komissiyasi a’zolari ko’rik-tanlovda ishtirokchi sifatida qatnashish huquqiga ega emas.
Ko’rik-tanlov har yili belgilangan fanlar ro’yxati asosida 3 bosqichda, quyidagi ko’rsatilgan muddatlarda, maxsus jadval asosida o’tkaziladi:
1-bosqich tuman (shahar) miqyosida: 15 dekabrdan - 25 yanvargacha
2-bosqich viloyat miqyosida: 1 fevraldan-1 martgacha
3-bosqich Respublika miqyosida: 1 apreldan - 1 maygacha
Ko’rik tanlov o’tkazilishi belgilangan fanlar ro’yxati.
Birinchi tuman(shahar) bosqichining o’tkazilish tartibi
Tuman bosqichiga har bir maktabdan (metod birlashma xulosasi asosidagi pedagogik kengash qarori, direktor buyrug’i bilan) belgilangan fanlardan bir nafardan o’qituvchilar tavsiya etiladi va tumanda har bir fandan alohida «Yilning eng yaxshi fan o’qituvchisi» ko’rik-tanlovi o’tkaziladi.
Ko’rik-tanlovning tuman bosqichiga nomzodlar quyidagi hujjatlar asosida qabul qilinadi:
Nomzod faoliyat ko’rsatayotgan ta’lim muassasasi pedagogik kengash qarori hamda ushbu o’qituvchining qatnashayotgan fani bo’yicha o’quvchilarning o’zlashtirish sifat darajasi monitoringining 3 yillik natijalari maktab direktorining imzosi va muhri bilan tasdiqlangan holda;
O’qituvchining faoliyati haqida ma’lumot;
Ishtirokchining arizasi;
Tuman bosqichi 2 turda tashkil etiladi:
I-tur: test topshiriqlari
II- tur: dars ishlanmasi
I-tur bo’yicha ishtirokchilar 50 ta test topshiriqlarini bajaradi. (shundan 30 ta mutaxassisligi bo’yicha, 20 tasi milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari, ta’lim tizimiga tegishli me’yoriy hujjatlar asosida). Jami 50 ball bilan baholanadi. Test uchun 2 soat vaqt ajratiladi.
II-tur: Dars ishlanmasi. Mazkur tur uchun 3 tadan 5 tagacha mavzular tavsiya etiladi. Ushbu turda har bir o’qituvchi berilgan mavzulardan birini tanlab 1 soatlik dars ishlanasi yozadi. Dars ishlanasini yozish uchun 2 soat vaqt ajratiladi. Dars ishlanmasiga 50 ball qo’yiladi.
Umumiy 100 ball.
Har ikkala turdan 76 baldan yuqori ball to’plab birinchi o’rinni egallagan o’qituvchi (har bir fandan bir nafardan) viloyat bosqichida ishtirok etadi.
Birinchi bosqich test topshiriqlari va dars ishlanmalari mavzulari har bir fan yo’nalishida tuman metodika kabineti tomonidan tayyorlanib, maxfiyligi ta’minlanadi. Ushbu test topshiriqlari va dars ishlanmalari mavzu solingan(muhrlangan) konvertlar yo’nalishlar bo’yicha ko’rik-tanlov o’tadigan kuni ertalab soat 8.00 da hakamlar hay’ati raisiga topshiriladi.
Ko’rik-tanlovning tuman bosqichida fan o’qituvchilarining to’liq ishtirok etishlari uchun maktab direktorlari mas’uldirlar. Direktor buyrug’i bilan tuman tashkiliy qo’mitasiga nomzodlar tavsiya etiladi. Nomzodlar maktab pedagogik kengashida muhokama qilinadi va pedagogik kengash qarori, tavsiya etuvchi buyruq, ishtirokchining arizasi 1 dekabrgacha tuman (shahar) ko’rik-tanlovini o’tkazuvchi tashkiliy qo’mitaga taqdim etiladi.
Ko’rik-tanlovning I bosqichini o’tkazish uchun tuman(shahar)xalq ta’limi bo’limi mudiri, metod kabinet rahbari mas’uldir.
Ko’rik-tanlov o’tkazish vaqti, joyi, tashkiliy qo’mita, ishtirokchilarining ro’yxati, hakamlar hay’ati va ekspert komissiyasi tarkibi fanlar kesimida tuman, (shahar) xalq ta’limi bo’limining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.
Ko’rik-tanlov natijalari tuman (shahar) xalq ta’limi bo’limi kengashida muhokama qilinadi, tumandan yalpi buyurtma, hakamlar hay’ati qarori bilan tasdiqlanib, har bir fandan bir nafar 1-o’rinni egallagan g’olibning hujjatlari ijodiy ishlari bilan birga 20 yanvargacha viloyat tashkiliy qo’mitasiga topshiriladi.