Respublika bosqichida quyidagi shartlar asosida tanlov o’tkaziladi va baholanadi:
1 tur. O’qituvchining mutaxassisligi bo’yicha nazariy (sirtqi) tanlovga tayyorlab taqdim etgan ishlari bo’yicha:
ishtirokchi ishlab chiqqan o’quv dasturidagi bitta bobga dars ishlanmasi (5 tagacha) sinfdan tashqari tadbir (3 tagacha) -7 ball.
o’qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirishga oid yaratgan konstepstiya (Hajmi 6-10 bet)-5 ball
ishtirokchi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotnoma va hujjatlarni
to’liq to’ldirilishi va to’g’ri berilishi sifati –3 ball
Ushbu shart bo’yicha maksimal 15 ball ajratiladi.
2 tur. Namunaviy dars
Ko’rik-tanlov ishtirokchisi notanish maktablardan birida notanish sinfda notanish mavzu bo’yicha dars o’tadi (dars mavzusi va sinfi bir kun oldin qur’a tashlash yo’li bilan aniqlanadi).
Dars o’tish uchun 45 daqiqa vaqt ajratiladi. O’quvchilarning ishtirokchi tomonidan berilgan mavzuni o’zlashtirish darajasini aniqlash uchun Ona tili va adabiyoti, o’zbek tili, rus tili, qozoq tili, qirg’iz tili, tojik tili, qoraqalpoq tili, boshlang’ich ta’lim, tarix, huquq, iqtisodiy bilim asoslari, milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari, xorijiy tillar (ingliz, nemis, franstuz), kimyo, biologiya, fizika, geografiya fanlari bo’yicha test topshiriqlari, jismoniy tarbiya, tasviriy san’at, informatika, chizmachilik, musiqa, mehnat fanlaridan o’quvchilarning amaliy bajargan ish natijalari hamda matematika fanidan misol va masala echish orqali aniqlanadi. Test va amaliy topshiriqlarini bajarish uchun 15 daqiqa vaqt ajratiladi. Bajarilgan test va amaliy ish natijalari 10 ball, dars 35 ball bilan baholanadi. Jami 45 ball.
3 tur. Darslikka annotastiya yozish
Ishtirokchi dars berayotgan fani bo’yicha bitta sinf darsligiga annotastiya yozadi. Darslikning sinfi qur’a tashlash yo’li bilan belgilanadi. 1 soat vaqt ajratiladi. 10 ball bilan baholanadi.
4 tur. Amaliy mashg’ulot. (Ishtirokchining fani bo’yicha mahoratini aniqlash).
Ishtirokchilarga fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda topshiriqlar tayyorlanadi va quyidagicha bajariladi. Topshiriqlarni bajarish uchun 15 daqiqa vaqt beriladi. Ushbu shart 20 ball bilan baholanadi.
Topshiriqlar:
№
|
Fanlar
| Beriladigan topshiriqlar |
1.
|
Ona tili va adabiyot, o’zbek tili, rus tili, qozoq tili, qirg’iz tili, tojik tili, qoraqalpoq tili, tarix, huquq, iqtisod, milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari, xorijiy tillar (ingliz, nemis, franstuz)
|
Ishtirokchi fan yutuqlari, o’qitish metodlari, fanning o’qitish samaradorligini oshirish, chet el tajribalaridan ijodiy yondoshgan holda ish tajribada foydalanish kabi yo’nalishlarda berilgan mavzuda ijodiy ish yozadi. Ijodiy ish yozish uchun 2 soat vaqt ajratiladi.
|
2.
|
Jismoniy tarbiya
|
Ishtirokchiga jismoniy mashqlar bo’yicha topshiriqlar beriladi. Ishtirokchi berilgan topshiriqni amaliy bajarib ko’rsatib berishi lozim. Topshiriqlar konvertlarga solinib tanlov kuni beriladi.
|
3.
|
Tasviriy san’at
|
Ishtirokchiga konvertlarda mavzular ko’rik tanlov kuni beriladi. Ishtirokchi berilgan mavzuni akvarel mo’yoqda tasvirlab berish lozim.
|
4.
|
Musiqa
|
Ishtirokchiga ko’rik tanlov kuni maktab dasturida ijro etiladigan qo’shiq mavzusi konvertga solingan holda beriladi. Mavzuning kuyini chalib qo’shig’ini kuylab berishi lozim.
|
5.
|
Informatika
|
Veb saxifa yaratish
|
6
|
Chizmachilik
|
Ishtirokchilar berilgan detalning 3 prekstiyasini topish, aksonometriyasini qurish, kerakli qirqim va kesmlarni bajarishi lozim.
|
7
|
Fizika, kimyo, biologiya
|
Berilgan laboratoriya jihozlari va reaktivlaridan foydalanib qanday tajribalarni tashkil etilishini ifodalashi lozim.
|
8
|
Geografiya
|
Berilgan mavzu (tabiiy, iqtisodiy, iqlimiy) bo’yicha hududning haritasini tasvirlab berish.
|
9
|
Matematika
|
Hakamlar tomonidan berilgan masala yoki misolni echib berishi lozim
|
10
|
Mehnat
|
Berilgan materiallardan topshiriqda ko’rsatilgan buyumni yasab berishi lozim.
|
11
|
Boshlang’ich ta’lim
|
Berilgan matnni husnixat qoidalariga rioya qilgan holda yozish va o’qish texnikasiga asoslanib ifodali o’qib berish kerak.
|
12
|
Yo’l harakati qoidalari
|
Yo’l harakati qoidalarining belgilarini ifodalashi lozim.
|
5 tur. Sahna ko’rinishi 2 ta bosqichdan iborat bo’lib jami 10 ball bilan baholanadi.
1. 5 daqiqada ish tajribasining taqdimotini (prezentastiya usullaridan foydalanib) o’tkazadi, 6 ball bilan baholanadi.
2. Pedagogik ring. Fan, metod va milliy istiqlol g’oyasiga oid so’zlar beriladi. 5 daqiqada shu so’zga oid mavzuni yoritib berishlari kerak. Ushbu shart 4 ball bilan baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |