1. Umumхаlq bаyrаmlаrini nishоnlаsh yuzаsidаn tаvsiyalаr



Download 0,9 Mb.
bet35/42
Sana22.04.2023
Hajmi0,9 Mb.
#931135
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42
Bog'liq
“Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari”ni o’qitish metodikasidan ma\'ruzalar matni 2-qism M.Q.Oripova

Baholash bosqichlari

Baho


Berilgan so’zni sharhlashda keng, atroflicha va aniq ifodalanishi

1 ball

So’zning ifodalanishida natijaviyligi

2 ball

Keng o’ziga xos fikrlashi

1 ball

Jami:

4 ball

25. Ko’rik tanlovni tashkil etish va o’tkazilishi yuzasidan qatnashchilar og’zaki va yozma shikoyati, arizalar tashkiliy qo’mita va hakamlar hay’ati tomonidan tezkorlik bilan ko’rik tanlov o’tkazish belgilangan kunlari bevosita joyida hal etiladi. Boshqa kunlari bildirilgan e’tirozlar va shikoyatlar ko’rib chiqilmaydi.



Ishtirokchi haqida m’lumotnoma


Qatnashchining shiori:



1.Umumiy ma’lumot

Manzili:




Familiyasi:




Ismi:




Otasini ismi:




Tug’ilgan oyi, yili, joyi:


2. Ish faoliyati

Lavozimi (shtat jadvali asosida)




Ish joyi (nomi)




Ta’lim muassasasining rahbari ismi, familiyasi




Ishga qabul qilingan vaqti




10 yil davomida ishlagan ish joylari




O’qituvchilik faoliyatida o’rindoshlik (qachon, qaerda, kim sifatida)




Sinf rahbarligi




Pedagogik faoliyati (staji)




Toifasi




3. Ma’lumoti

Ma’lumoti (qachon, kaerni tugatgan mutaxassisligi)




Tilni bilishi (kanchalik bilishini ko’rsatish)


Nomzodligi (bor bo’lsa), dissertastiya ishining mavzusi




4. Jamoatchilik faoliyati

Xukumat, jamoa va xalqaro mukofotlari (olgan yili, nomini ko’rsatish)




Jamoa tashkilotlariga a’zoligi (kirgan yili va nomi)




5. Oilasi haqida

Oilaviy sharoiti ( eri (xotin)ning ismi familiyasi va ish joyi, lavozimi)




Bolalari (ismi sharifi yoshi)




6. Qiziqishi

Xobbi (sevgan mashg’uloti)




Shug’ilanayotgan sport turi




7. Aloqa vositasi

Ish joyi, manzili




Uy manzili




Ish joyi telefonii




Uy telefonii




Qo’l telefonii




Faks




Ishxonadagi elektron pochtasi




Shaxsiy elektron pochtasi




Internetdagi shaxsiy sayt adresi




Internetdagi maktabning saytini adresi




8. Xujjatlar

Pasport (seriya, nomer, kim tomonidan berilgan va qachon)




9. Nashrdan chiqqan materiallar


Nomi


Nashrdan chiqqan yil va oyi va matbuot nomi

Nashrdan chiqqan maqoladagi g’oyalar ( har bir nashrdan chiqqan maqola 50 so’zdan iborat bo’lishi lozim)

1










2










3













10. Mualliflik dasturi, metodika va texnologiya



Nomi

tavsiya ( 20 so’zdan iborat)

natijaviyligi (20 so’zdan iborat)

1










2










3










4













11. Tashqi nazoat ishlarini baxolanishi



Nomi

O’tkazish muddati

Yakuniy natija

1










2










3










4











12. Bitiruvchilar, sinfdoshlar, kursdoshlar, do’stlar, kasbdoshlar, qarindoshlar, ichida tanilganlari



Kim bo’ladi ismi va familiyasi (10 nafar). 

Hozirgi ish joyi

Aloqalar (bo’lsa)









































13. Umumiy savollar


G’oliblikni qo’lga kiritsangiz kelajakdan qanday ishlarni amalga oshirasiz?





Sizning istaklaringiz





Sizning faoliyatingizdagi pringiz (sevimli kishingiz)





Pedagogik amaliyotingizda yodingizda qolgan hodisani yumor shaklda ifodalang





«Yil o’qituvchi» g’olibi –bu…. (jumlani davom etiring)





«Yil o’qituvchi» ko’rik tanlovi tashkilotchilarga sizning istaklaringiz




Pedagogik tajriba tarbiyachilari tomonidan amaliy ish jarayonida egallangan bilim, malaka va ko’nikmalar asosida aniqlanib, pedagogik mahorat, pedagogika fani taraqqiyotining asosiy manbalaridan biri sifatida talqin qilinadi.


- Shu kunning dolzarb hisoblanadi.
- Lekin bu mavzu talab darajasida yoritilmagan.
- Keling, o’ylab ko’raylik, fikrlashaylik.
1. «Ilg’or pedagogik tajriba» - nima?
Bu ……… (1 ta odam chiqadi, yozadi ……, o’qiydi……).
2. Tajriba qachon ilg’or tajriba hisoblanadi? – bu ……… 1 tasi chiqib, eshitganini yozadi?
3. Ilg’or pedagogik tajribani aniqlaydi, qanday metod, usul, uslublari mavjud?

Bu ……… 1 tasi chiqadi, yozadi.




II) Guruhlarga bo’linish:


1. Rangli qog’ozga yozilgan sonlarni – 1,2,3,4,5,6 seminar qatnashchilariga tanlab olishlari uchun berildi. Kim qaysi sonni olgan bo’lsa anashu bo’yicha 1-chi sonlilar birinchi davraga, 2-chi sonlilar ikkinchi davrag, ……, 6-chi sonlilar oltinchi davraga to’plandilar.
2. hamma guruh qatnashchilariga jurnallar: “Ta’lim taraqqiyoti”, “Tafakkur”, “Ta’lim texnologiyasi” va hokazo va quyidagi topshiriq: mavzuga oid maqola tanlab taqriz yozilishi aytiladi. har bir guruhga «Taqriz yozish mezonlari» beriladi.
Yozilgan taqriz bo’yicha trener yakuniy xulosa qiladi.


III) Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish va umumlashtirish

Bo’yicha 3 ta topshiriq beriladi.
1) 1,2 guruhlar Ilg’or ped. tajribani o’rganish va umumlashtirishning birinchi bosqichi haqida;
2) 3,4 guruhlar Ilg’or ped. tajribani o’rganish va umumlashtirishning ikkinchi bosqichi haqida;
3) 5,6 guruhlar Ilg’or ped. tajribani o’rganish va umumlashtirishning uchinchi bosqichi haqida fikr to’planadi.
har bir guruhni sardori 1,5 daqiqa ichida o’z fikrini himoya qiladi.
Trener 3 ta guruh himoya fikrini baholab xulosa chiqaradi.


IV) Ilg’or pedagogik tajribani o’rganish va umumlashtirish bo’yicha trening ishlariga umumiy yakun yasaydi.

Demak, Pedagogik tajriba tarbiyachilar tomonidan amaliy ish jarayonida egallangan bilim, malaka, ko’nikmalar asosida aniqlanib, pedagogik mahorat, pedagogika fani taraqqiyotining asosiy manbaalaridan biri sifatida talqin qilinadi.
O’quvchilar ta’lim-tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadigan, ta’lim-tarbiyaviy ishni shakllantirishda yangi shakl, uslub va usullardan foydalangan holda ijodiy natijaga erishadigan tajribani ilg’or ish tajribasi deb atash mumkin.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda 40 ga yaqin «Ilg’or pedagogik tajriba» tushunchalari mavjud. Bu tushunchalarning hammasi pedagogik jarayonni maqsadga yo’naltiruvchi, yuqori ko’rsatgichlarga erishishga ta’sir ko’rsatuvchi bir vosita sifatida talqin qilinadi.
Ilg’or pedagogik tajribaga uch xil asosiy yondoshuv mavjud. Ular:

  • Namuna sifatida boshqa pedagoglar ishlariga nisbatan yaxshi natija ko’rsatuvchi pedagogning o’z ish tajribalariga yondoshish;

  • Ilmiy tekshirish va tajriba –sinov ishlarini hayotga tadbiq eta oladigan, yaxshi natijalarga erishadigan faoliyatlariga yondoshish;

  • Yangi, noyob bilimlar yaratuvchi ijodiy izlanuvchi ijodkor pedagoglarga yondoshish.

Ilg’or ish tajribalarni izlash, o’rganish, umumlashtirish, amaliyotga tadbiq etish va ommalashtirish – bularning hammasi o’qituvchining asosiy ish jarayonlari bosqichlaridir. Bu bosqichlar quyidagilardir:
Birinchi bosqich.
Bu bosqichda pedagogik jarayon kuzatiladi. Kuzatish davrida tarbiyachilarning ilg’or ish tajribalari, alohida pedagoglarning yaxshi ishlari aniqlanadi.
Ikkinchi bosqich.
Bu bosqichda to’plangan tajribalarni umumlashtirish lozim, bu ikkinchi darajali narsalardan asosiysini tanlashga yordam beradi. Bunda tajribaning nazariy asoslanishi katta ahamiyatga ega. Mantiqiy usullardan to’g’ri foydalana bilish to’g’ri natija chiqarishga yordam beradi.
Uchinchi bosqich.
Bu bosqichda ilg’or ish tajribalarini amaliyotga tadbiq etish va ommalashtirishdir. Birgina ta’lim muassasasi o’qituvchilarning ilg’or ish tajribalarini izlashi, topishi, o’rganishi, umumlashtirishi va ommalashtirishi yoki boshqa o’qituvchilarning ilg’or ish tajribalarini shu muassasa hayotiga tadbiq etishi mumkin.
Amaliyotda qo’llash uchun tanlangan ilg’or ish tajribalari tanlashda quyidagi mezonlarga ahamiyat berish lozim.

  • Uning dolzarbligi;

  • Dasturamalliligi;

  • Qo’llash uchun shart-sharoitning yaratilganligi;

  • Tajribaning yaxshi natijaga olib kelishi;

  • Erishilgan natijaning turg’unliligi.

Bu ilg’or ish tajribasini muassasa hayotiga tadbiq etish jarayonini kuzatish, qo’yilgan maqsadga erishish sharoitlarini ko’zda tutgani holda eng qulay yo’llarni va vositalarni izlash yo’lida izohlar kiritish lozim. Foydalanilayotgan usullar, uslublarni ko’p marta takrorlash, uning natijalarini inobatga olish, ularni doimiy tahlil etib borish darkor.
Olingan natijalar asosida kelgusi ishni shakllantirish maqsadida keraqli xulosalar chiqariladi. Boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan ilg’or ish tajribalarni tadbiq etish jarayonida yangi pedagogik tajriba yanada shakllanadi.

2009-yil Buxoro viloyat va Respublika “Yil o’qituvchisi” ko’rik tanlovining g’olibi,


Buxoro shahar
3-umumiy o’rta ta’lim maktabi
“Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari”fani o’qituvchisi
Halimova Dilbar Ibodullayevnaning Konseptsiyasi

Insoniyat Yangi –XXI asrga qadam qo’ydi . Bu asrning ezguliklar asri sifatida kishilik tarixida qolishi ko’p jihatdan bugungi kunda maktablar bag’rida ta’lim –tarbiya olayotgan yosh avlodning ma’naviy qiyofasiga bog’liqdir. A’zolari ma’naviy- axloqiy jihatdan yetuk bo’lgan jamiyatgina taraqqiyot sari talpinadi . Bunday jamiyatda shaxsning aqliy –intellektual salohiyati va ma’naviy- axloqiy fazilatlari farovon hayotni ta’minlash ustivor bo’ladi. Xuddi mana shunday bilimdon va ma’naviy –axloqiy jihatdan barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishdek ulkan maqsad uzluksiz ta’lim tizimi oldiga qo’yilmoqda. Mamlakatimiz kelajagi yosh avlod qo’lida. Yosh avlodni o’qituvchi tarbiyalaydi. O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi IX sessiyasida qabul qilingan


“ Ta’lim to’g’risida “gi qonun va “Qadrilar tayyorlash Milliy dasturi “ biz o’qituvchilar oldiga kelajak avlodni bilimdon , vatanga cheksiz muhabbat, sadoqat ruhida tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifalarni qo’ydi. Bu borada qilinayotgan ishlarimizni yanada takomillashtirish,ta’lim–tarbiya jarayonida Yangi texnika va texnologiyalarni Yangi uslublarni joriy etishimiz talab etiladi.
“Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” fanidan yaratilgan Yangi tahrirdagi Davlat ta’lim standartida: “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” fanining asosiy maqsadi yuz berayotgan jahonshumul voqealar , o’zgarishlar davrida o’quvchilar ongida milliy g’oya va mafkurani shakllantirish orqali e’tiqod va dunyoqarashlarni tarkib toptirishdan iborat “deb ko’rsatilgan.
Bu fanni o’qitishda o’quvchilarni milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalariga ishontirish , e’tiqodni shakllantirish va shu g’oyalarni singdirishga qoyilgan talablar Davlat ta’lim standartining mazmunini belgilaydi
Mazkur fanning o’qitilishini tashkil qilish va bu borada an’anaviy hamda zamonaviy usullardan to’g’ri foydalanish muhim ahamiyatga egadir . Har qanday faoliyat ma’lum maqsadni ko’zlaydi va unga yetkazuvchi vositaga tayanadi va muayyan natija beradi.
Pedagogik tizimda amal qiliuvchi faoliyatning bosh maqsadi jamiyat , davlat va oila oldida o’z javobgarligini his etadigan , mustaqil fikrlaydigan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Aytish mumkinki, tizimli olib borilgan o’quv –tarbiya jarayonining sifatli natijasi kafolatlanadi .Bu borada interfaol metodlardan maqsadli foydalanishda : o’quvchilarning mustaqil , ijodiy, tanqidiy , mantiqiy fikrlashlariga, darsda qo’yilgan muammolarning to’g’ri yechimini topishga yo’naltirishga , faollashtirishga, dars jarayonida turli vaziyatlarni yaratish orqali o’quvchilarning hayotiy ko’nikmalarini shakllantirishga, saboqning barcha bosqichlarida turli samarali usullarni qo’llashga e’tibor beraman.
Xo’sh , o’quvchining mustaqil fiklashi deganda nimani tushunamiz ?
Bu uning o’z oldidagi muammolarni o’rtoqlari, o’qituvchilari va kattalar yordamisiz hal qila olish va ma’lum bir xulosaga kelish qobiliyatidir . Mustaqil o’qib o’rganishga yo’naltirilgan barcha ta’lim texnologiyalari, avvalo, o’quvchilarning faolligini oshirishga qaratilgan bo’lishi lozim.
O’quvchining o’zi mehnat qilib topgan “haqiqati” uning uchun qimmatbaho boylikdir. Men o’z o’quvchilarimni mustaqil fikrlashga o’rgatishni , eng avvalo, o’quv yilining boshidayoq mavzularga oid bo’lgan qo’shimcha adabiyotlar ro’yxati bilan tanishtirishdan boshlayman. Tavsiya etilgan har bir adabiyot to’g’risida qisqacha ma’lumot berib o’taman.
Shuningdek , qo’shimcha adabiyotlar boyicha ularga muammoli topshiriqlar, savollar tayyorlayman . Albatta to’laqonli javob berishni istagan o’quvchilar nomlari berilgan adabiyotlarni qidirib topishga , undagi Yangi ma’lumotlarni o’rtoqlariga dars jarayonida yetkazishga harakat qilishadi. Bu o’rinda ham ularga ko’maklashaman.
“Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” fanini o’qitish jarayonida Prezident I .Karimov asarlariga tayanaman va ularni o’rgatish jarayonida ilgari surilgan g’oyalar mamlakat oldida turgan asosiy vazifalarni hal qilishda dasturamal bo’lishini nazarda tutaman.

O’quvchilarga ham qo’shimcha adabiyot sifatida I.Karimovning asarlarini tavsiya etaman. Ma’lumki I.Karimov asarlari hafaqat ijtimoiy jarayonlarning, o’zbek modeli to’g’risida g’oyalarni, balki xalqaro munosabatlar , mintaqaviy xavfsizlik masalalarini ham yoritgani bois , ularda ilgari surilgan qoidalar xalqaro jamoatchilik tomonidan e’tibor bilan kutib olinmoqda. Yurtboshimizning”Yuksak ma’naviyat-yyengilmas kuch” asari bugungi kunda mening har bir darsimda o’quvchilarga berayotgan har bir sabog’imda dasturamal bo’lib xizmat qilyapti. Umumiy tuzilishi, ma’no-mazmuni, ifoda uslubiga ko’ra sodda va ravon tilda yozilganligi o’quvchilarga ham foydalanish uchun juda qulay.Bu biz kutgan kitobdir.


O’quvchilarni mantiqiy fikrlashga undash, faollashtirishni , savollar berish orqali amalga oshiraman. Bu esa interfaollashishning zaruriy shartidir .Chunki , savol berish ham fikrlash natijasidir.Savollar oddiy ,aniqlovchi,tushuntirish, ijodiy, baholash ,amaliy bo’lishi mumkin.
Darslarim jarayonida savollarni quyidagicha qo’llayman:
Oddiy savollar- ularni javob berish uchun qandaydir faktlarni atash, ma’lum axborotni eslash va namoyish etish kerak. Ular ko’pincha an’anaviy nazorat shakllarida qo’llaniladi . masalan , sinovlarda , testlarda , atamali diktantlarda
G’oya nima , mafkura nima ?
Aniqlovchi savollarning maqsadi biror kishining aytgan gaplariga qaytarma aloqa o’rnatishga imkon beradi. Odatda ular “yani ,sen demoqchisanki ? Agar to’g’ri tushungan bo’lsam? …. Balki yanglishayapman, lekin menimcha siz …. haqida aytdingiz “ degan so’zlardan boshlanadi.
Tushuntirish savollari odatda nega so’zi bilan boshlanadi . Masalan : Nega ijtimoiy hamkorlik har qanday jamiyat hayoti uchun zaruriyat hisoblanadi?
Ijodiy savollar asosan taxmin bashoratga asoslangan savollar hisoblanadi. Masalan: sizningcha mafkuraviy ishlarni samarali yo’lga qo’yishda mahallaning roli qanday?

Men “ Vatan tuyg’usi “, “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari “ fanini o’qitish jarayonida “ Aqliy hujum “, “Tanqidiy tafakkur “ , Kichik guruhlarda ishlash“, “Debat” , “Kub” , “Kungaboqar kimga boqar?”, “Nuqtai nazariing bo’lsin” “Klaster” “Suhbat “, “Munozara” kabi usullardan foydalanaman.


O’quvchilarda ijodiy faollikni orttirish maqsadida mavzuiy referatlar,buklamalar ,boshqotirmalar tayyorlash, turli shakldagi ijodiy ishlar yaratishni vazifa qilib beraman. Maqsadim-“Vatan tuyg’usi”, “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari “ darslarini interfaol metodlardan foydalanib ,xilma-xillik asosida tashkil etish bo’lsa,darslarimning mohiyati o’quvchilarni mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatishdan iborat.
Ish faoliyatim davomida o’z fanimning o’qitish uslubiyotidagi nazariy bilimlarni o’rganib, bevosita amaliyotga tadbiq etib boraman . Ilg’or tajribali va ijodkor hamkasblarimning darslarini kuzatib, ulardan pedagogik mahorat sirlarini o’rganaman . Ularning maslahatlaridan foydalanaman . Men o’z pedagogik faoliyatimda “Zakovat” darsi, “Musobaqa darsi”, sahnalashtirilgan dars , debat darsi kabi noan’anaviy darslar tashkil etib kelmoqdaman. Hozirgi davrda yosh avlod qalbi va ongini milliy g’oya va qadriyatlar ruhida tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishidir. Chunki ,hech bir mamlakatda xalqning milliy ruhini uyg’otmay,milliy va umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirmay, fuqarolarni shu ruhda tarbiyalamay turib taraqqiyotning yuksak darajasiga ko’tarilish mumkin emas .Milly istiqlol mafkurasini yoshlar ongiga singdirish yollaridan biri –ajdodlar merosini o’rganishdir. “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” fanining asosiy maqsadi ham yosh avlodda mustahkam e’tiqod ,yuksak dunyoqarash, teran tafakkur, oilyjanob fazilatlarni shakllantirishdan iborat ekan, o’quvchi yoshlarda go’zal insoniy fazilatlarni kamol toptirish jarayonida darslarimda ajdodlar merosidan foydalanishga diqqat–e’tiborimni qaratganman.

Zero,PrezidentimizI.Karimov aytganlaridek,”Binobarin,mana shu o’zimiz tanlagan mustaqil taraqqiyot yo’lida aniq marralarni ko’zlab yashashimizga,pirovard maqsadimiz bo’lgan ozod va obod Vatan,erkin va farovon hayot qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch-quvvat manbai ilmiy asos-bu milliy g’oya,milliy mafkuradir. Milliy g’oya oldida qo’yiladigan talablar haqida gapirmoqchi bo’lsak , avvalo, uning ikki suyangan tog’i-tayanchi haqida fikr yuritishimiz zarur. Birinchi navbatda , milliy mafkuramiz xalqimizning tarixiy merosi ,azaliy an’analari ,udumlari,tili, dini,ruhiyatiga,bir so’z bilan aytganda ,milliy qadriyatlarimiz, xalqimizning dunyoqarashi va tafakkuriga asoslangan holda zamonaviy ,umumbashariy, umuminsoniy yutuqlardan oziqlangan,ularni o’ziga qamrab olgan tarzda Yurt tinchligi,Vatan ravnaqi ,xalq manfaatlari yo’lida xizmat qilmog’i darkor”.


Darslar jarayonida biz uchun asrlarning sadosi , uzoq o’tmish bilan hamnafaslik hissini uyg’otuvchi ,mangu chaqiriq bo’lgan rivoyat, hikmat, hikoyat , pandnomalardan foydalanish yaxshi samara berishiga o’z tajribamda amin bo’ldim . Ma’naviy merosimizning dur –gavhari hisoblangan maqol , matal va hikmatli so’zlardan darsda foydalanish, ular asosida olib boriladigan savol- javob, suhbatlar, munozaralar darsni yanada qiziqarli o’tishiga xizmat qiladi. Zero , hikmatlardan ota-bobolarimiz asrlar osha bosib o’tgan yo’lni , boshdan kechirganlarni , turmush shodliklari va chekkan azob –uqubatlari, teran mazmunli pand- nasihatlarni, qadimgi davlatlarda , o’rta asr va undan keyingi asrlarda yashagan ajdodlarimizning urf-odatlarini, rasm –rusmlarini, rangba-rang an’analarini ko’ramiz va his etamiz . Shu bilan birga darsda Qur’oni Karimdan , Hadisdan keltirilgan namunalardan foydalanish katta ahamiyatga ega . Islomning eng nufuzli manbalari – Qur’oni Karimda , Hadisda axloq –odob , kasb –hunar , ilm fazilatlari , vatanparvarlik , xalqparvarlik , insonparvarlik haqida shunday qimmatli fikrlar bayon qilinganki, ular faqat o’tmishda emas , hozirgi kunda ham yosh avlodni yuksak axloqiylik va ma’naviylik ruhida tarbiyalashda boy manbadir .

Buyuk allomalarimiz Al- Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Beruniy, Navoiy, Bobur kabi ulug’ zotlarning falsafiy va ilmiy asarlari o’quvchilar ma’naviyatini boyitishda bebahodir deb o’ylayman.


Ma’lum mavzu bo’yicha xalq hikmatlaridan,rivoyatlardan, hadislardan , buyuk allomalarning fikrlarida misollar keltirish, ular yuzasidan munozara o’tkazish, o’z fikrini bildirishga
undash , o’quvchilarda mantiqiy mushohada qilish,, mustaqil
va ijodiy fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishda katta
ahamiyat kasb etadi.
Darslarimni o’tish jarayonida o’zbek xalqining qadimiy yozma va og’zaki adabiyoti namunalari (ertaklar ,dostonlar, asotirlar) dan foydalanib, istiqlol g’oyasining tarixiy negizlarini o’rganish va asrab-avaylash, Shuningdek, ulug’ o’tmishdoshlarimiz hayotidan o’rnak olishga arziydigan misollardan foydalanishga harakat qilaman .
Ish tajribalarimga tayanib shunday xulosaga keldimki, o’quvchilarda ma’naviy , axloqiy fazilatlarni shakllanrtirish , ijodiy fikrlash va atrof- olamga ongli bo’lishni tarbiyalash uchun ajdodlarimiz merosi katta o’rin tutadi. O’rganilishi uchun ikki soat vaqt ajratilgan mavzularning ikkinchi soatida, amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish jarayonida darsda ko’proq ajdodlarimiz merosidan foydalanishga harakat qilaman..Amaliy mashg’ulotlarining mavzusi bir soat oldin o’quvchilarga beriladi . Mavzu asosida maqollar , buyuk allomalarning fikrlari , hadislar , rivoyatlar o’qib kelishi topshiriladi. Bu o’quvchini mustaqil ishlashiga , izlanishga, hodisalar sirasidan mohiyatni anglab yetishga imkon tug’diradi.
Barchamizga ma’lumki , axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan o’quv- tarbiya jarayonida foydalanish dars samaradorligini oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Shunu nazarda tutgan holda , o’z faoliyatim davomida ajdodlarimiz merosini o’rganish bo’yicha slaydlar tayyorlaganman . Bu slaydlar asosida o’quvchilarga, guruhlarga nafaqat topshiriqlar beriladi, balki ular orqali javobini tekshirish , o’zini o’zi baholash imkoniyati tug’iladi.

Maktab , shahar ,viloyat miqyosida ommalashgan “Buyuk siymolar o’giti-yoshlarga ibrat” deb nomlangan metodik qo’llanmamda ham fanimizning ma’naviyat asoslari qismida o’tiladigan mavzular asosida to’plangan buyuk allomalarning fikrlari ,hikmatlari ,xalq maqollari, hadislar o’z aksini topgan.


Quyida darslarimda ajdodlarimiz merosidan foydalanish jarayonida qo’llaydigan ba’zi bir usullarga , ishlarga to’xtalib o’tmoqchiman :
To’g’ri top” usuli
Buyuk allomaning fikri , hikmati ekranda ko’rsatiladi, taxtada yozilishi yoki magnitafon orqali eshittirilishi mumkin. O’quvchiga shunday vazifa topshiriladi: Nuqtalar o’rniga shunday so’zni qo’yingki,u sharhlangan fikrning natijasini bersin.
………-bu barcha mehnat va og’irlikni yengish va chidamdir. Bechora va nochor bo’lsada , o’zini badavlat kishidek tutish , ko’ringan kimsaga ahvoli haqida shikoyat qilavermaslik, g’amli ayyomda ham o’zini xandon va ochiq yuzli qilib ko’rsatishdir.
Muhammad Jabalrudiy.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish