1. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning qanday tarbiyaviy ideallari kuzatilgan?



Download 198,42 Kb.
bet40/43
Sana16.01.2022
Hajmi198,42 Kb.
#374025
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
YaN variantlari kasbiy ma'naviyat

36-variant

  1. Axloqiy madaniyat va kasbiy ma’naviyatning o‘zaro bog‘liqligi.

Davlat va fuqarolik jamiyatidagi aхloqiy yuksaklik darajasini ular fuqarolari aхloqiy madaniyati belgilaydi. Aхloqiy madaniyat shaxsning jamiyat aхloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo’lgan munosabatlarida foydalanishi, o’z - o’zini muntazam takomillashtirib borishi singari jihatlarni o’z ichiga oladi. Qisqasi, u shaxs aхloqiy taraqqiyotining belgisi hisoblanadi. Zero aхloqiy madaniyat aхloqiy tafakkur madaniyatining qator unsurlarini o’z ichiga olgan tuzilmadir. U shaxsning o’zgalar bilan o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi.

Aхloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri - muomala odobi. U mohiyatan o’zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir - biri bilan hamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba almashmasdan, bir - biriga ta’sir ko’rsatmasdan rasmona yashashi mumkin emas. Muomala odam uchun ehtiyoj, zarurat, sog’lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib boradi. Bu o’rinda buyuk ingliz yozuvchisi Daniel Defo qalamiga mansub mashhur «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning o’ziyoq kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham sabab ana shunda.

Muomala odobi boshqa kishilar qadr - qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni, an’anaviy aхloqiy me’yoriy talablarni bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko’zga ko’rsatishi bilan ham ajralib turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo’lishi so’z, nutq vositasida ro’y beradi. So’zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o’zini, eng avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfe’llilik singari aхloqiy me’yorlarda namoyon qiladi.

Muomala odobining yana bir «ko’zgusi» bu – insoniy qarash, nigoh. Ma’lumki, odamning qarashida, yuz ifodasida, qo’l harakatlarida uning qay sabablardandir tilga chiqmagan, so’zga aylanmagan hissiyoti, talablari o’z aksini topadi. Chunonchi, suhbatdoshining gapini ohirigacha eshitmay, qo’l siltab ketish – muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qo’yishning o’zi so’zdan ham kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Deylik, bir quruvchi usta o’z shogirdining hatti - harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bosh chayqab, jilmayib qo’yishi mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza o’qrayib qarash bilan munosabatini ifodalaydi. Birinchi usta yuz ifodasi va hatti - harakati bilan; «Obbo shovvoz - ey, sal shoshilibsan - da, ha, mayli, zarari yo’q, shunaqasi ham bo’ladi», degan ma’noni anglatsa, ikkinchi ustaning qarashidan; «Yana ishni rasvo qilibsan - ku, padarla’nat, qachon odam bo’lasan?!», degan so’zlarni uqish mumkin. Shubhasiz, birinchi usta muomalada odobga rioya qilgan bo’lsa, ikkinchisi uning aksi – shogirdining emas, o’zining odobsizligini ko’rsatmoqda.

Umuman olganda, muomala odobi kishilarning nasihat va odob o’rgatishsiz bir - biriga ta’siri, tarbiya va o’z - o’zini tarbiya vositasi sifatida diqqatga sazovordir. Shu sababli yoshlarimizda muomala odobini shakllantirish hozirgi kunda jamiyatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biridir. Bunda ota - onaning, mahalla - ko’yning ta’siri katta. Undan foydalana bilash kerak. Zero aхloqiy komillikka erishish muomala odobini egallashdan boshlanadi.

Aхloqiy madaniyat yaqqol ko’zga tashlanadigan munosabatlar ko’rinishidan biri, bu – etiket. U ko’proq insonning tashqi madaniyatini, o’zaro munosabatlardagi o’zni tutish qonun - qoidalarining bajarilishini boshqaradi. Agar muomala odobida inson o’z munosabatlariga ijodiy yondoshsa, ya’ni bir holatda bir necha muomala qilish imkoniga ega bo’lsa, etiket muayyan holat uchun faqat bir hil qoidalashtirib qo’yilgan hatti - harakatni taqozo etadi.

Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun - qoidalarini o’z ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va h. k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini biz tez - tez televizor ekrani orqali ko’rib turamiz. Prezidentimiz Islom Karimovga horijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. Unda faqat bir hil holat, xalqaro miqyosda o’rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi yo’q. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturhonda tanovul payti, pichoqni o’ng qo’lda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi – uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg’otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin.



  1. Shaxs kasbiy faoliyatida akmeologiya paradigmalari.

Pedagogikada kasbiy ma’naviyat, pedagogik mahorat – yuksak pedagogik tafakkur, ta’lim-tarbiya jarayoniga ongli, ijodiy yondashuv, metodik bilimlarni samarali qo‘llay olish qobiliyati, u doimiy ravishda pedagogik bilimlarni oshirib borish, o‘tmish qadriyatlari, O‘rta Osiyo mutafakkirlari ijodiy merosida yoritilgan murabbiylarni tayyorlash to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari, portal yangiliklaridan xabardor bo‘lish, ilg‘or xorijiy davlatlarning o‘qituvchilar tayyorlash texnologiyalarini nazariy jihatdan o‘rganish jarayonida tarkib topadi. Yosh o‘qituvchilarning, shuningdek, ta’lim muassasasida bir necha yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilarning pedagogik mahoratga ega bo‘lishlari o‘zlarini kasbiy jihatdan takomillashtirib borish yo‘lida bir qator shartlarga amal qilishi hisobiga rivojlanib boradi.

Pedagogik mahoratni egallashda guruhli va ommaviy tadbirlarda ishtirok etish ijobiy natijalar beradi. Binobarin, bunday muhitda o‘zaro fikr almashish, shaxsiy mulohazalarni boshqalar tomonidan bildirilayotgan qarashlar bilan taqqoslab, ularning to‘g‘riligi, haqqoniyligiga ishonch hosil qilish, mavjud bilimlarni yanada boyitish, xato yoki kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yo‘llarini topish imkoniyati mavjud.

Pedagogik mahoratga ega bo‘lish ta’lim-tarbiya samaradorligini ta’minlash garovi bo‘libgina qolmay, ayni vaqtda o‘qituvchilarning jamoada, ijtimoiy muhitda obro‘-e’tiborini oshiradi, o‘quvchilar orasida unga nisbatan hurmat yuzaga keladi.

Pedagogning ishida ma’naviyat muomalaning turli bosqichlarida uning emotsional kayfiyati: faoliyatga hozirlik ko‘rish jarayonida, uni amalga oshirish davrida, munosabat amalga oshgandan keyingi his qilanadigan sezgilarda va kechinmalarda muhim rol‘ o‘ynaydi. Shu tariqa biz kasbiy pedagogik munosabatni amalga oshirish uchun juda muhim bo‘lgan pedagogning psixik holatlari va ularni faoliyati hamda munosabati jarayonida boshqarish muommasiga yaqinlashib kelayapmiz. Kasbiy pedagogik munosabat jarayonida ijobiy kayfiyatni boshqarish muammolari nihoyatda muhimdir. Darsaga bo‘lgan psixologik rag‘bat, guruh bilan bo‘ladigan munosabatga rag‘bat, o‘zaro fikr almashish ilhomi degan ilhomning vujudga kelishi va amalga oishirilishi murakkab jarayondir


3. Globallashuv va axborotlashuv sharoitida ma’naviy tahdidlar.

Bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib bora-yotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechir-gan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shid-datli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalist-lar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma’-lum ma’noda haqiqat, ratsional mag‘iz bor. CHun-ki ularning har biri o‘zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko‘pchilikning ongi-da bu davr globallashuv davri tariqasida taassu-rot uyg‘otmoqda. Bunday ta’rif, menimcha, ko‘p tomondan masalaning mohiyatini to‘g‘ri ifoda-laydi. Nega deganda, hozirgi paytda er yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zud-lik bilan xabar topishi hech kimga sir emas. Ana shunday globallashuv fenomeni haqida ga-pirganda, bu atama bugungi kunda-ilmiy-falsa-fiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’no-ni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuq-tai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yan-gicha ma’no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyo-siy, tabiiy-biologik global muhitning shakl-lanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosi-dagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlat-ning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa min-taqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘la-nib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayon-dan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kel-masligini tushunish, anglash qiyin emas.Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi payt-da uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mum-kin. Ayniqsa, davlatlar va xalqyaar o‘rtasidagiintegratsiya va hamkorlik aloqalarining kucha-yishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va to-varlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommuni-katsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unla-shuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlarining orti-shi — tabiiyki, bularning barchasiga globalla-shuv tufayli erishilmoqda.Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko‘rsatadi-ki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydala-nish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’-limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz.Bugungi kunda zamonaviy axborot maydoni-dagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tez-korki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi.


Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish