37-variant
Kasbiy etiket- pedagogning kasbiy ma’naviyatining asosi.
Etika bo’yicha izohli lug’atda ushbu tushuncha ma’nosi quyidagicha:
“Kasb etikasi )yoki kasbiy axloq) –bu odamlarning kasb faoliyatidan kelib chiqadigan o’zaro munosabatlarining axloqiy xarakterini ta’minlaydigan qonuniyatlardir”.
Bunday qonuniyatlarning kelib chiqishi va rivojlanishi inson axloqi yo’nalishlaridan birini aks ettiradi, chunki ular shaxs qadrini va shaxslararo munosabatlarda odamiylikning yuzaga kelishiga yordam beradi.Axloqiy talablar umumiy bo’lishiga qaramay, ba’zi bir kasbiy faoliyatlarni olib borishda alohida xulq-atvor normalari vujudga kelmoqda.Masalan, tibbiyot xodimi o’z amaliyotidagi qiyinchiliklarga qaramasdan, insonning jismoniy va ma’naviy sog’lig’I uchun kurashishi va kerak bo’lsa, bunda o’zini ham ayamasligi lozim.Tibbiyot etikasi doirasiga kasallikni oshkora qilmaslik, hayot uchun muhim bo’lgan organlarni transplantatsiya qilish sharoitlarini ta’minlash, genetic nazorat tajribalarini o’tkazish kabi masalalar kiradi.Huquq vakillaridan kasb etikasida sodiqlik, hammaning qonun oldida teng ekanligi tamoyiligi rioya qilishni talab qiladi.Xizmat ko’rsatish sohasida esa, avvalambor, muomala madaniyati, mijozlarning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan diqqat-e’tiborga bog’liqdir.Hammamiz mijoz sifatida kichik do’kon yoki supermarket, qimmatbaho restoran yoki kichik kafe, kinoteatr yoki sartaroshxonalarga kirib turamiz. Va xizmat qiluvchi shaxslarning qanday munosabatda bo’lishlarini, nozik bir tarzda sezib turamiz. Bir joyda savdo xodimi kulib turib muomala qilsa, boshqqa joyda uning qo’pollik bilan javob berishining guvohi bo’lamiz.
G’arb tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari quyidagi formulaga asoslangan:Vijdon haqida gapirganda, har bir xizmat ko’rsatuvchi soha xodimi quyidagi axloqiy qadriyatlarga ega bo’lishi lozim:
-to’g’rilik, nazokat, vazminlik;
-xushmuomalalik, xushfe’llik;
-Iltifoq;
-g’amxo’rlik;
-rostgo’ylik, to’g’rilik va h.k.
To’g’rilik-odamlar bilan odob-axloq asosiga qurilgan munosabatni, xushfe’llikni, to’g’rilik esa har qanday vaziyatda o’zini tuta bilishni anglatadi.Xushmuomalalik- xulq-atvorning kundalik xususiyati bo’lib, odamlarni hurmat qilishni anglatuvchi axloqiy qadriyatdir.Xushmuomalalik-bu xulq madaniyatining elementar talabi, odamlar bilan mehr-oqibat asosida qurilgan muloqotning sharti, har qanday kishiga, agar u yordamga muhtoj bo’lsa, yordam qo’lini cho’zish, nazokat doirasida ko’zga tashlanadigan xislatlardir.Xushmuomalalik- mehmonxona xodimlarining madaniyatliligi haqida dalolat beradigan eng muhim xislatlardan biridir.
Kamtarlik- yutuqlarini pesh qilmaslik, manmanlikdan xoli bo’lish, vazminlikni bildiradigan sifatdir. Shu bilan birga, o’ta kamtarlik ham manmanlikka kiradi. Iste’dodli odam o’z iste’dodini yashirsa ham, iste’dodi ko’rinib turadi.Kamtarlik tortinchoqlik degani emas. Tortinchoq odam o’zini yetarli darajada baholay olmaydi. Bunday odamlarni tez-tez maqtab turish, ularga dadillik beradi, o’ziga bo’lgan ishonchini oshiradi.
Jamiyatda ta’lim va pedagog shaxsiga bo‘lgan munosabatning sotsial, madaniy va psixologik tahlili.
«O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi» 41-moddasida ta’kidlanganidek, «har kim bilim olish xuquqiga ega».
O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma’naviy yangilanishini, ijti-moiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanitirish-ni, jahon hamjamiyatiga qo‘shilishini ta’minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq (demokratik) fuqarolik jamiyati qurishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. 1997 yil 29 avgustda Prezident Islom Karimov Oliy Majlis X ses-siyasida «Barkamol avlod – O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzuida nutq so‘zladi. Shu sessiyada «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi. U 5 bo‘lim 34 moddadan iboart. Shuningdek, sessiyada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham qabul qilindi.
Inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andoza-larini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohot-larning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qad-riyatlar asosida, zamonaviy ma-daniyat, iqtisodiyot, fan, texni-ka va texnologiyalarning yutuq-lari asosida kadrlar tayyorlash-ning mukammal tizimini shakl-lantirish O‘zbekiston taraqqiyo-tining muhim shartidir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» «Ta’lim to‘g‘risi»dagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvo-fiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimida jahon miqyo-sidagi yutuqlar asosida tayyor-langan holda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotga musta-qil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishda har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslash-gan, ta’lim va kasb-hunar ixti-sosligini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashti-rish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiya-lashni nazarda tutadi.
O‘z-o‘zini anglash va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirishning bog‘liqligi qanday?
Madaniyatga moslashish jarayonida har bir inson bir vaqtning o‘zida ikki asosiy masalani – o‘zining madaniy xususiyatlarini saqlash hamda o‘zga madaniyatga aralashishni hal etishi lozim bo‘ladi. Mazkur masalalar yechimi uchun madaniyatga moslashishning to‘rtta asosiy strategiyasi beriladi:
Assimilyatsiya – madaniyatga moslashishning varianti bo‘lib, bunda kishi o‘z madaniyatining qadriyat va me’yorlaridan voz kechib, o‘zga madaniyatning qadriyat va me’yorlarini to‘laligicha qabul qiladi.
Separatsiya – o‘z madaniyatining xususiyatlarini saqlagani holda, o‘zga madaniyatni rad etishi. Bunday holatlarda hukmron bo‘lmagan guruhlarning vakillari hukmron madaniyatdan u yoki bu darjada uzoqroq turishni ma’qul ko‘rishadi. Marginalizatsiya – bir tarafdan o‘z madaniyati xususiyatlarini yo‘qotish va boshqa tarafdan ko‘pchilik, ya’ni o‘zga madanayat xususiyatlarining mavjud emasligini anglaatadi. Bunday vaziyat o‘ziga xos xususiyatlarni saqlab qolish imkoniyati bo‘lmagan (odatda qandaydir tashqi ta’sirlar sababli) va yangi xususiyatlarni o‘zlashtirshga qiziqishning yo‘qligi tufayli yuzaga chiqadi. Integratsiya – ham eski, ham yangi madaniyatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon etadi. Olimlar yaqin kunlargacha madaniyatga moslashishning eng yaxshi strategiyasi hokim madaniyat bilan to‘liq moslashadigan assimilyatsiya, deb hisoblashgan. Hozirgi kunda madaniyatga moslashishning maqsadi bimadaniyatli yoki multimadaniyatli shaxsni shakllantiruvchi madaniyatlar integratsiyasiga erishish sanaladi. Ilgari integrallashayotgan guruhlarning etnik xususiyatlarini saqlashi madaniyatga moslashishning murakkab jarayoni sifatida baholangaan bo‘lsa, bugungi kunda u qiyin jarayonni yumshatadigan ijobiy hodisa sifatida baholanmoqda. Bu ayniqsa, qochoq muhojirlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Yangi madaniy sharoitlarga moslashish zarurati bilan muayyan muddatga xorijga chiqqan va o‘zga madaniyat bilan munosabatga kirishgan ishbilarmonlar, olimlar; chet ellarda ko‘p yillar yashagan talabalar; xorijiy shirkat vakillari; missionerlar; davlat rahbarlari, diplomatlar; boshqa davlatga doimiy yashash uchun ixtiyoriy yoki majburiy ravishda ko‘chib kelgan muhojirlar, qochoqlar va h.k. yangi jamiyat va madaniyatga shunchaki moslashishi emas, balki uning to‘laqonli a’zosi bo‘lishi lozim. Odatda boshqa mamlakatga ko‘chishga va u yerdagi hayot sharoitiga ruhiy jihatdan tayyor bo‘lmagan qochoqlarga nisbatan ko‘chishni ixtiyor qilgan muhojirlar bunga yaxshi tayyorlangan bo‘ladi. Bunday murakkab jarayon oqibatida kishi ko‘proq yoki ozroq darajada yangi madaniy muhitga moslashishga erishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |