35-variant
Inson uchun munosib hayot tamoyillarini shakllantirish va ularni kasbiy ma’naviyat nuqtai nazaridan asoslash.
Prezidentimizning ushbu asarida aynan shu jihatdan o’qituvchilar mehnatiga yuksak baho berilgan. «SHu nuqtai nazardan qaraganda, - deb ta’kidladilar Yurtboshimiz, - ma’rifatparvar bobolarimizning fikrini davom ettirib, agarki dunyo imoratlari ichida eng ulug’i maktab bo’lsa, kasblarning ichida eng sharaflisi o’qituvchilik va murabbiylikdir, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. CHindan ham o’qituvchi nainki sinf xonasiga fayz va ziyo olib kiradigan, balki ming-minglab murg’ak qalblarga ezgulik yog’dusini baxsh etadigan, o’z o’quvchilariga haqiqatan ham hayot maktabini beradigan mo’’tabar zotdir. Ona tilimizda «maktab ko’rgan», «maktab yaratgan» degan chuqur ma’noli iboralarning mavjudligi ham bu muqaddas dargohning, zahmatkash o’qituvchi mehnatining davlat va jamiyat hayotida qanchalik muhim o’rin tutishidan dalolat beradi».Olamni go’zallik qutqaradi, degan purma’no so’zlarning mag’zini chaqsak aslida go’zallik inson ma’naviyatida zohir bo’lishini anglaymiz.Har qanday inson o’zining ma’naviyati bilan go’zal. Demak, olamni ma’naviy go’zal insonlar qutqaradi. SHu ma’noda odamlarga ma’rifat nuri ulashadigan muallim, ta’bir joiz bo’lsa, ma’naviyatning chinakam timsolidir.Darhaqiqat, shunday. O’qituvchi tom ma’noda odamlarga nur, ziyo, go’zallik baxshida etuvchi inson. U o’zining ana shu xislati bilan boshqalar uchun ibrat namunasidir. Zero, el-yurtga ma’rifat ulashib, ma’naviyat chashmasidan bahramand etgan o’qituvchi, ya’ni ustoz, murabbiy har doim odamlar izzat-ikromiga sazovor bo’lib kelgan. Xalqimiz muallim hurmatini doimo joyiga qo’ygan. Ilm-ma’rifatga havas, intilish bizning zaminimizda azaldan oliy qadriyat hisoblanib kelingan. Xalqimiz ziyo ulashuvchi odamlarni mulla (ziyoli), ilmu-urfon ahlini esa domulla (katta mulla, katta ziyoli) deb atash bilan ma’rifat ahliga bo’lgan hurmatini ifoda etgan.
Bugun o’qituvchilik mas’uliyati har qachongidan ham yuksak va sharafli. Bu mas’uliyat XXI asr kishisini kamol toptirish demakdir. Yigirma birinchi asr - aql zakovat asri deya e’tirof etilganligini inobatga olsak, o’qituvchi mas’uliyati naqadar muhimligini anglab yetamiz.
2. Milliy xususiyat, etniklikning eng “murakkab bo'lgan” hodisa sifatida ta’riflab bering.
Xususiyat — biror narsa va hodisaning boshqa narsa va hodisadan farqini yoki ularning umumiyligini kursatib turuvchi xossalari, jihatlari va belgilari. X. narsalarning uzaro taʼsir va munosabatlari jarayonida uzini namoyon etadi. Xossa X.ni bilishda pogʻona boʻlib xizmat qiladi. X. barcha narsaga tegishli bulib, uziga xos va umumiy, asosiy va asosiy bulmagan, zaruriy va tasodifiy, tabiiy va sunʼiy va sh.k. xossalarga ajratiladi. X. narsalarning ichki mohiyatini belgilab, inson ongiga boglik boʻlmagan holda mavjud. Har qanday X. nisbiydir. Narsa va hodisalar X.larini oʻrganish ularning sifatini bilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Etnik- Kelib chiqish jixatidan biror xalqqa oid, mansub, xos boʻlgan. ◆ Aholi-ning etnik tarkibi. n ◆ Bu xalq va millat-larning oʻztili.. oʻzining etnik xususiyatlari boʻlib, oʻlkamizda yagona doʻstlik va qardoshlik oilasini tashkil etadi.
Milliy xususiyat – bu omma psixologiyasining muhim qismi bo’lib, uning ijtimoiy ongini belgilab beradi. Milliy xususiyatlar muayyan etnik guruhga mansub bo’lgan shaxs yoki guruhning ijtimoiy ongi, e’tiqodi, axloqiy qarashlari bilan bog’liq ravishda uning xulq-atvorida namoyon bo’ladigan real hodisadir. Milliy xususiyatlar shaxsning milliy xarakterini shakllanishiga xizmat qiladi. Milliy xarakter shaxsning etnik mansubligi negizida shakllanuvchi individual psixologik xususiyatdir.
Ma’lumki, har bir millat o‘ziga xosligi, milliy madaniyati, milliy adabiyoti, milliy tili va shu millatning ruhiy (ma’naviy) olami tarzining majmuasida, ya’ni milliy ruhiyatida o‘z ifodasini topadi.
O‘zbek xalqining o‘z ruhiy qiyofasi, milliy xususiyati, milliy xarakteri, milliy his-tuyg‘usi, mijozi (temperament), xulq-atvori, xulqi, didi, ta’bi alohida ajralib turadi. O‘zbek millatining bilish jarayonlari (sezgisi, idroki, tasawuri, xotirasi, tafakkuri, xayoloti) qobiiiyatining aniq yo‘nalishga qaratilganligi, ehtiyoji va qiziqishi, milliy ongi o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
O‘zbek xalqining tarixiy an’analari, urf-odatlari, udumi, rasm-rusumlari, axloq me’yori, turmush tarzi, madaniy qadriyatlari, shaxslararo munosabati, muomala va muloqot maromi va xususiyati boshqa xalqlarnikidan ma’lum darajada tafovutlanadi. Milliy xarakter muayyan millat fazilatlarining o‘ziga xos xususiyatlari majmuasidan iborat bo‘ladi. Milliy xarakter o‘z ichiga irodaviy sifatlarni (mustaqillik, chidamlilik, prinsipiallik, o‘z-o‘zini tuta bilish, o‘ziga buyruq berish, o‘zini qo‘lga olish, qat’iyatlik, matonat kabilarni) va axloqiy xislatlarni (poklik, intizomlilik, samimiylik, haqqoniylik, insonparvarlik va boshqalami) qamrab oladi. Shuningdek, milliy xarakter odamlarga bo‘lgan munosabatlarni (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takabburlik), mehnatga bo‘Igan munosabatlarni (mehnatsevarlik yoki yalqovlik, mas’uliyatlilik yoki mas’uliyatsizlik), narsalarga bo‘lgan munosabatlarni (ozodalik, ifloslik, tejamkorlik, isrofgarchilik, ayash yoki ayamaslik) va odamlaming o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarini (izzatnafslilik,shuhratparastlik, mag‘rurlik, o‘zini katta olish-dimog‘dorlik, kamtarinlik kabi xususiyatlami) ifodalaydi.
Ontogenetik taraqqiyotning dastlabki davrlarida altruistik ruhdagi milliy xarakterni tarbiyalashda foydalaniladigan maqol, matal va ertaklarni tushuntirish orqali bolada mental kognitiv tajriba shakllanishida muhim o’ringa egadir. O’zbek milliy mental xususiyatidagi tarbiyaning bir jihati natijasida shaxsdagi altruistik xulqning shakllanishi o’ziga xos tarzda kechgan, ya’ni al’turizm qiz bolalarda bu ko’proq “g’amxo’rona yordam berish” ko’rinishda kuzatiladi va bu ularning boshqalarni shaxsiy, hissiy ehtiyojlari haqida qayg’urishi hamda ularga o’z maqsadlariga erishishlariga yordam berishi sifatida namoyon bo’ladi. Og’il bolalarda esa bu “qahramonlik yordami” ko’rinishida bo’lib, g’ayrioddiy va tavakkal harakatlarni bajarish, o’zlarini haqiqiy qahramonlardek tutish holatlarini o’zida mujassam etadi.
3. Emotsional hissiyotlar professionallarning kasbiy faoliyat jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan ichki resurslari sifatida.
Hissiyot» bilan «emotsiya» terminlari (ayniqsa, chet mamlakatlarda) bir xil ma'noda ishlatiladi, lekin ularni aynan bir xil holat deb tushunish murnkin emas. Bunday nuqson ommabop adabiyotlarda, chet ellarda chop etilgan darsliklarda ko'p uchraydi. Odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bd'ladigan his-tuyg'ularning ichki kechinmalarda ilbdalanishidan iborat psixik ja-rayon yuzaga kelishining aniq shaklini emotsiya deb atash maqsadga muvofiq. Masalan, ranglarning o'zgarishi, yuzlarning tabassumlanishi, lablarning titrashi, ko'zlarning yarqirashi, kulgu, yig'i, g'amginlik, ikkilanish, sarosima va boshqalar emotsiyaning ifodasidir.
Lekin vatanparvarlik, javobgarlik, mas'uliyat, vijdon, mehr-oqi-bat, sevgi-muhabbat singari yuksak xislatlarni emotsiya tarkibiga kiritish g'ayritabiiy hodisa hisoblanadi. Ushbu emosional kechinmalar o'zining mohiyati, kuch-quvvati, davomiyligi, ta'sirchanligi, yo'nal-ganligi bilan bir-biridan keskin farq qilishlariga qaramay, ularni emotsiya sifatida talqin qilish oddiy safsataga aylanib qolgan bo'lar edi. Shu boisdan ularning o'zaro eng muhim farqi shundaki, birisi ijtimoiy (hissiyot), ikkinchisi esa (emotsiya) individual, xususiy aha-miyat kasb etadi.
His-tuyg'ularning kechishi subyekt alohida his etayotgan psixik holat sifatida gavdalanadi. Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunish, biron-bir narsa to'g'risida bilib olish idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma'lum yoki noma'lum narsalarga nisbatan shaxsiy munosabat bilan birgalikda ro'y beradi. Ana shu hollarning barchasida his-tuyg'ularning boshdan kechirilishi xususida, kishining alohida emotsional holati haqida gapiriladi. Shu bilan birga, his-tuyg'ularning kechishi o'z rivojlanishiga ega boigan joriy va o'zgarib turadigan psixik jarayondir.His-tuyg'uni boshdan kechirishning turli shakllari' — 'emotsiya, affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress holati) ehtiros va nihoyat, tor ma'nodagi his-tuyg'ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi. Bilishning jonli manbai bo'lib, odamlar o'rtasidagi murakkab va ko'p qirrali munosabatlarning ifodasi hisoblanadi.
Emotsiyalar. Emotsional jarayonlar, holatlar yoki tor ma'noda emotsiyalar emotsional kechinmalarning o'ziga xos jihatga ega shakl-laridan biridir. Emotsiya u yoki bu hissiyotni insonning bevosita kechirishidan iborat. Masalan, shaxsning musiqani sevishi emotsiyani vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno aytish, undan hayajonlanish yoki asar ijrosi yoq-masa, g'azabli emotsional kechinma hosil boiishi ijobiy yoki salbiy emotsiya deyiladi.
Qo'rqinch, dahshat emotsional kechinma sifatida obyektlarga shaxsning munosabatini aks ettirib, turlicha shaklda namoyon boiishi mumkin: odam dahshatdan qochadi, qo'rquvdan serrayib qoladi, o'zini idora qila olmay har tomonga uradi, hatto o'zini xavf-xatarga tashlashi ham mumkin.
«Hissiyot» (emotsiya) va «his-tuyg'u» degan so'zlar ko'pincha si-nonimlar sifatida qoilaniladi. Torroq ma'noda olganda, hissiyot bu qandaydir biroz doirniyroq his-tuyg'ularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishidan iborat. «Emotsiya» so'zi o'zbek tiliga aniq tarjima qilinganda, u ruhiy hayajonlanish, ruhiy harakatlanish degan ma'noni anglatadi.
Ayrim holatlarda emotsiyalar ta'sirchanligi bilan ajralib turadi. Ular xatti-harakatlarga, fikr-mulohaza bildirishga turtki beradigan kuch boiib, g'ayratni oshiradi va bu holat stenik hislar deb ataladi. Boshqa bir hollarda emotsiyalar (astenik deb atalmish emotsiyalar) faoliikning sustligi yoki loqaydligi bilan ajralib turadi, his-tuyg'ularning boshdan kechirilishi kishini bo'shashtirib yuboradi.
Emotsional portlash ro'y bergan taqdirda, uning keyingi bosqich-larida kishi o'zini tuta olmasdan qoladi, qilayotgan ishining oqibatini o'ylamaydi va aql-hushini yo'qotib qo'yadi. Tormozlanish miyaning qobig'ini egallab oladi va kishining tajribasi, uning madaniy va ma'naviy negizlari mustahkamlangan muvaqqat bogianishlarning tarkib topgan tizimini ishlatmay qo'yadi.
Kayfiyatlar - ancha vaqt davomida kishining butun xatti-ha-rakatiga tus berib turadigan umumiy emotsional holatini ifoda etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |