1. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning qanday tarbiyaviy ideallari kuzatilgan?



Download 198,42 Kb.
bet11/43
Sana16.01.2022
Hajmi198,42 Kb.
#374025
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43
Bog'liq
YaN variantlari kasbiy ma'naviyat

8-variant

  1. XIV–XV asrlar Uyg‘onish davrida Voiz Koshifiy, Alisher Navoiy asarlarida hunar va kasb madaniyatiga xususidagi qarashlar. Halollik, mehnatsevarlik, adolat kasb madaniyatining mezoni sifatida.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy yosh avlodning ilm-hunarli va eng yaxshi insoniy fazilatlarni egallagan kishilar bo’lishini orzu qiladi. Alisher Navoiy jamiyat kishilarini oldiga qo’ygan maqsadlarini amalga oshirishning birinchi omili bu halol mehnat qilishdir, deb uqtiradi. Har bir insonning biror kasbni egallashi va bu yo’lda tinimsiz mehnat, mashqlar darkorligini ta’kidlaydi. Hunarsiz kishilarni qiladigan ishlarini tayini bo’lmasligini eslatib: Yo’q hunari yolg’uz esa bir kishi, Qayda kishi sonida yolg’uz kishi. Shoir “Farxod va Shirin” dostonida Farhodning bolalik chog’laridayoq ilm- hunarga, mehnatga va ilmga havas qo’yishini, shaxzodaman-ku, deb o’tirmasdan qasr qurilishida turli ilm va hunarlarni qunt, havas bilan egallab,yuksak kamolot bosqichiga ko’tarilishini bayon qiladi, uning mehnatga bo’lgan muhabbatini zo’r mahorat bilan tasvirlaydi. Alisher Navoiy Farhod obrazini mehnat va hunarga zo’r havasli, sangtaroshlik, rassomlik, naqqoshlik hunarlarini mukammal egallab olgan yigit sifatida ijodkorlik va mehnatsevarlik ruhi bilan sug’ordi. U ilm va hunarni omma manfaati uchun xizmat ettirish lozim deb hisoblaydi. Farxod Shirinni qidirib, Armanistonga borganda, Arman yurtidagi kanal qazish uchun qiynalib kishilarni ko’radi va: Hunarni asrabon netkumdir oxir, Olib tuproqqamu ketkumdir oxir?!- deya, o’z bilimi, hunar va g’ayratini ishga soladi, kanal qazuvchilar mashaqqatini yengillashtiradi va xalq o’rtasida katta shuhrat qozonadi. Farhod mo’jizakor teshasi va hunarmandligi bilan kanalning tez qazib bo’linishiga erishadi.... Demak, Farhod kanal qazishda mehnat mo’jizalarini ko’rsatadi.Ulug’ shoir o’zi bu dostonni “Mehnatnoma” deb atadi va unda mehnatning zo’r madhiyasini yaratib qoldirdi. Alisher Navoiy reja bilan, aql bilan halol qilishni maslahat beradi, mehnat bilan oila, yurt obod bo’lishini aytadi.

Xusayn Voiz Koshifiy insonni bilim orqali tarbiyalash, uning aqliy qobiliyatini o‘stirish mumkin, deb bilimning insonni shakllantirish mezoni sifatida talqin etadi.U ilgari surgan axloqiy tushunchalar: yaxshilik va adolat, burch, vijdon, or-nomus, baxt-saodat kabilarni ta’riflab, xar birini insonda shakllantirish yo‘llari va usullarini xam bayon etadi, ularning tarkibiy qismlarigacha ajratib, ularni ijtimoiy talab darajasida tushuntiradi. SHu bilan birga asosiy mezonlarini xam ko‘rsatib beradi. U axlokiylikning asosiy mezonlari sifatida insoniylik, adolatlilik, sof insoniy munosabatlar deb biladi. Bularga teskari bo‘lgan xatti-xarakatlar: yolgonchilik, chaqimchilik, g‘araz, xasad, baxillik, pastkashlik, g‘iybatchilikni qoralab, ulardan qutulish yo‘llarini xam bayon etadi. Koshifiyning "Futuvvatnomai Sultoniy" asari xam boshqa ta’limiy-axloqiy asarlar qatori ana shu javonmardlik ilmining qoida-nizomlarini ifoda etgan.Futuvvat (javonmardlik) ilmi xam tasavvuf, so‘fiylikka muvofiq kelib, insonni axloqan poklash, mexru shafqat, ximmat va mardlik ko‘rsatishni targ‘ib etgan. Tasavvuf futuvvatda yuksak g‘oyalarning amaliy-ijtimoiy tadbiqini ko‘rsa, futuvvat esa tasavvufda nazariy-e’tiqod asosini topgan. Alisher Navoiy o’z asarlarida kishilarni ilm-ma’rifatli bo’lishga undaydi. Ilm olish har bir kishining insoniy burchi deb hisoblaydi. U o’zining «Hamsa», «Maxbub ul-qulub», « Munojot», «Vakfiya» va asarlarida ta’lim tarbiya masalalariga e’tibor berar ekan, tarbiya jarayonlarini, vositalarini, talablarni ko’rsatadi. U ta’limda ilmiylikka asoslanganlik, tarixiylik, kabi talablarni asos qilib oladi. O’z davrdagi musulmon maktablarini yutuq va kamchiliklarini tahlil etadi. U o’qituvchi gapirar ekan, muallim o’z shogirdlarini ham, o’zi ta’lim berayotgan fanni sevgan bo’lishi zarur deydi. O’ziga ham, o’qituvchiga ham talabchan bo’lishni Navoiy o’qituvchini jamiyatda obro’li va hurmatga loyiq inson bilib, shogirdlar muallimni vatandek juda hurmat qilishlarini, e’zozlashlarini uqtiradi.



  1. Shaxsning intellektual rivojlanishida turli xil muloqot turlari qanday rol o‘ynaydi?

Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.

«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.

Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.

Insonning nutq faoliyati inson ongining barcha qirralari bilan chambarchas bog‘langan. Nutq – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining qudratli omilidir. Nutq ta’siri ostida qarashlar, e’tiqodlar, intellektual, ma’naviy va estetik hissiyotlar tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutq yordamida barcha bilishga oid psixik jarayonlar erkin va boshqariladigan tus oladi. SHunday ekan, nutq – bilishga oid psixik jarayon bo‘lib, inson tomonidan talaffuz qilinayotgan va eshitib turilgan tovushlar uyg‘unligidan iborat, ayni vaqtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orqali ifodalangan ma’no va mazmunga ega.

Til – shartli belgilar tizimi bo‘lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga va mazmunga ega bo‘lgan tovushlar yig‘indisi uzatiladi.

Nutqda alohida insonning ruhiyati ifoda topadi. Nutq xususiy jihatdan alohida shaxsga xos bo‘lib, unda alohida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa hamma uchun bittadir.

Nutq orqali bildirilgan ishoralar yordamida muayyan predmet, harakat, holat va h.k. ifodalanadi. So‘z esa, predmet yoki hodisa to‘g‘risidagi tasavvur bilan bog‘liq.

Umumlashtirish funksiyasi har bir so‘z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan bog‘liq, bu esa tafakkurning yuzaga chiqishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, ya’ni muloqot muayyan ma’lumotlarni, fikrlarni, tuyg‘ularni odamlar bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo‘lgan jarayondir.

Inson nutqining aniqligi cheklangan miqdordagi nutqiy belgilar – turli murakkablikdagi tarkibiy qismlar (tovushlar, bo‘g‘inlar, so‘zlar va gaplar) yordamida insonning cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maqsadlarini va tuyg‘ularini ifodalash imkonini beradi.

Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.

Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.

3. Mamlakatimizda yoshlar ma’naviyatiga yot tahdidlarga barham berishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish

YOshlar ma’naviyatiga tahdidlar va milliy g‘oya. Mustaqillikning dastlabki va eng oliy ne’mati o‘zligimizni anglab etish bo‘ldi. O‘zligini anglab etgan tafakkurning birinchi belgisi milliy g‘oya, milliy mafkuradan bahramand bo‘lishdir. Mamlakatimizdagi tinchlik va barqarorlik milliy mafkura doirasida uchrashi mumkin bo‘lgan ichki ixtiloflarning oldini oldi va uni keng miqyosda yoshlar qalbiga kirib borishiga imkon yaratdi. YOshlar ongi va tafakkurida o‘zgarish kuchayar ekan, ular o‘z hayoti va istiqbolini millat hamda mamlakat istiqboli bilan bog‘liq ekanligini chuqur his qila boshlaganini anglatadi. «Dunyoda yoshlar ongi va qalbini egallashga» urinishlar saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, yoshlar tafakkuri, dunyoqarashini shakllantirish masalalariga befarq bo‘lmaslik kerak. Demak, mafkuraviy tahdidning saqlanib qolishi yoshlarni ham o‘ylashga undaydi.Foyaviy tahdid yuzaki qaraganda birdan va bevosita ko‘zga tashlan-masligi mumkin. CHunki g‘oya inson ongi, tafakkurida shakllanadi. SHunga binoan, ongni, tafakkurni tahlikaga soluvchi har qanday tahdidlarning oldini olish, ularga yo‘l qo‘ymaslik zarur.Dunyoviy fuqarolik jamiyatida har kim o‘z ishini qilishi, shug‘ul-lanishi, shuningdek, «din dinning ishini, davlat davlatning ishini qilishi kerak. Davlat diniy masalalarga aralashmaganidek, din ham davlat ishlariga, siyosiy jarayonlarga aralashmasligi kerak. Agar yoshlarimiz orasida o‘z mamlakatida diniy qadriyatlarning rivoji, ma’naviy yuksalishning jamolini ko‘rishga xayrixohlar bo‘lar ekan, ular, birinchi navbatda, zamon farzandi, milliy g‘oya va milliy mafkura egasi bo‘lgan bilimdon va ma’rifatli inson bo‘lmog‘i lozim. Ular azaliy va abadiy ma’naviy qadriyatlarimizdan uzilmagan holda zamonaviy tafakkur darajasidagi bilim va idrokka ega bo‘lishlari kerak».YOshlarda milliy g‘urur, milliy or-nomus va milliy iftixor fazilatlarini shakllantirish.

1) Milliy g‘urur va milliy or-nomus. Milliy g‘urur - shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o‘z-o‘zini anglashi asosida shakllanadigan ajdodlari qoldirgan moddiy, ma’naviy merosdan, o‘z xalqining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi, o‘zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro‘-e’tiboridan faxrlanish hissini ifodalovchi tushuncha.

Bu tuyg‘u quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: millatning yutuqlari, obro‘-e’tibori bilan faxrlanish, uning muammolariga befarq qarab turmaslik; o‘z eliga, millatiga jonkuyar bo‘lish; o‘z millatining moddiy, ma’naviy merosini asrab-avaylash; xalq odatlari, an’analari, qadriyat-larini hurmat qilish, ularni boyitish va takomillashtirish; o‘z millatiga mehr-muhabbatini amaliy faoliyatda namoyon qilish. Mustaqillik kishilar milliy g‘ururini oshirib, uni xalq, Vatan, ajdodlar xotirasi oldidagi mas’uliyatini his qilishdek, mazmun bilan boyitmoqda.



Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish