1. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning qanday tarbiyaviy ideallari kuzatilgan?



Download 198,42 Kb.
bet10/43
Sana16.01.2022
Hajmi198,42 Kb.
#374025
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43
Bog'liq
YaN variantlari kasbiy ma'naviyat

7-variant

  1. Korrupsiyaga qarshi kurashda ma’naviyatning ahamiyati.

Korrupsiyaga qarshi kurash bugungi kundagi dunyo hamjamiyati oldida turgan eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. Uning davlatlar, mintaqa iqtisodiyoti, siyosati, ijtimoiy hayotiga halokatli ta’sirini ayrim mamlakatlar inqirozi misolida ko‘rishimiz mumkin.Korrupsiyaga qarshi kurashish O‘zbekistonda ham davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Buni so‘nggi yilllarda sohaga oid qabul qilingan konseptual ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar misolida ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirishda Prezidentimiz tashabbusi bilan qabul qilingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ahamiyati katta hisoblanadi.Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilindi. Dastur doirasida qabul qilingan “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi, “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar ham mohiyatan korrupsiyaga qarshi kurashish orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.2018-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha qo‘mitalar tashkil etildi. Bu tuzilmalar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Abu Nasr Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida fuqarolik jamiyatini qurishda toʻgʻanoq boʻladigan muammolardan biri korrupsiyadir, deb qayd etgan. Bozor iqtisodiyoti tizimi kushandasi, davlatlar oʻrtasida ikki va koʻp tomonlama hamkorlik, biznes hamda investitsiya rivojida shafqatsiz toʻsiq ham ayni shu korrupsiya hisoblanadi. Har yili oʻnlab qoʻshma korxonalarning ochilishi va yopilishi zamirida ana shu “koʻrinmas qoʻllar” yotadi. Korrupsiya darajasi yuqorilashgan davlatga chet el investitsiyasini kiritish kamayib borayotganining asl sabablarini ham shu xavfli illatdan izlash lozimga oʻxshaydi.

Oldin Gʻarb, keyinroq Osiyo davlatlarida bu masala chuqurlashib, jamiyatda “kasallik” hududi, koʻlami va darajasi kuchayib borayotgan ekan, nima qilmoq kerak, degan doimiy savol paydo boʻladi. Nima qilsa, dunyoni egallab, mamlakatlar iqtisodiyotiga raxna solayotgan bunday balo-qazoning taʼsir doirasi kamayadi?!



Korrupsiya keng qamrovli tushuncha boʻlib, u jamiyatning ayrim qatlamlari, toifalari, guruhlarikundalik faoliyatiga aylanib, oʻzaro bir-biriga bogʻlanib, chirmashib ketganligidan koʻz yumib boʻlmaydi. “Nozik”, “chigalroq” ushbu masalada davlatning huquq-tartibot idoralari birmuncha hushyor, ziyrak boʻlishi, shuningdek, nodavlat tashkilotlari, turli komissiyalar, jurnalistlar, mustaqil sudlar tizimi faolroq ishlashi haqida tadqiqotchilar anchadan beri yozib keladi. Siyosatchilar, sotsiologlar, psixologlar, tarixchilar, davlat hamda jamoat organlari, siyosiy partiyalar, eng muhimi, amaliyotchilar masalani tahlil etish va yechimini topish ustida bosh qotirishi lozim.

  1. “Muloqot” tushunchasining mazmn-mohiyatini ochib bering.

Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi. «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir. Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.Muloqot maqsadi – bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona o‘z tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin.

  1. Yusuf Xos Hojib, Kaykovus asarlarida hunar, kasb madaniyati xususidagi qarashlarning ahamiyati. Kasb o‘rganish va o‘rgatishga doir talablarning o‘ziga xosligi.

Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig” asari 6500 baytdan yoki 13000 misradan iborat. Buyuk mutafakkir asarni yozib tugatgach, qoraxoniylar hukmdori Tavg’achxon (kitobda Tavg’och Ulug’ Bug’ra Qoraxon (xoqon), Abo Ali Hasan binni Sulaymon Arslon Qoraxon (xoqon) nomlari bilan zikr etilgan) huzuriga kelib, unga taqdim etadi. Kitob xonga manzur bo’lib, uning muallifiga Xos Hojiblik unvonini beradi. “Qutadg’u bilig” asari katta shuhrat qozonadi. SHuning uchun ham “Qutadg’u bilig”ni chinliklar (Xitoy) “Adab ul-muluk” (“Hukmdorlar odobi”), mochinliklar (SHarqiy Turkiston) “Anis ul-mamolik” (“Mamlakatning tartib usuli”), eronliklar “SHohnomai turkiy”, SHarq elida “Ziynal ul-umaro” (“Amirlar ziynati”), turonliklar “Qutadg’u bilig”, bahzilar esa “Pandnomai muluk” (“Hukmdorlar nasihatnomasi”) deb atagani kitob muqaddimasida keltiriladi.Mazkur asarning shuhrat topishi bejiz emas edi. CHunki Yusuf Xos Hojib o’z davrining yetuk mutafakkiri, chuqur bilimli, donishmand kishisi edi. Buni asarning mundarijasi va mazmunidan bilsak bo’ladi. U o’z asarida tibbiyot, falakiyot, tarix, tabiiyot, geografiya, riyoziyot, handasa, falsafa, adabiyot, ta’lim-tarbiya, fiqhga oid fikrlarni bayon etib, faylasuf va qomusiy olim sifatida o’zini namoyon etdi. CHunonchi u barcha ijtimoiy tabaqalar o’rtasidagi muomala, munosabatlarni yoritish bilan diplomatiyaga oid qoidalar tizimini yaratdi, turli kasb egalarining kasb koriga oid talablar va jamiyatning axloqiy tamoyillarini tarannum etish bilan ta’lim-tarbiya sohasida o’ziga xos uslubni yaratdi. Kaykovus oilada otaning vazifasi va burchiga alohida ahamiyat beradi. Farzand tug’ilganda avvalo unga yaxshi ot qo’yish, undan so’ng aqlli va mehribon murabbiyga topshirish, o’qitish, ulg’aya boshlaganda kasb va hunar o’rgatish, harbiy ish bilan tanishtirish, so’ng suvda suzishni o’rgatish kerak, deydi. Kaykovus otaning burchi yana o’z farzandlariga nisbatan qattiqqo’l bo’lishini talab etadi. Lekin bolalarni jazolashni otaning o’zi emas, murabbiy tomonidan bajarilishini istaydi. CHunki otaning o’z qo’li bilan farzandini jazolashi unda adovat hissini paydo qiladi, deydi. Lekin otadan farzand hayiqib tursin, agar u hayiqmasa, ota-onani xor qiladi, deydi. Kaykovus jamiyat taraqqiyotida ilm bilan birga kasb-hunarning ham zarurligini ta’kidlaydi: “Agar kishi har qancha oliy nasab va asl bo’lsa-yu, ammo hunari bo’lmasa, u haloyiqning izzat va hurmatidan noumid bo’lur. Ulug’lik aql va bilim biladur, nasl-nasab bila emas. Otni senga ota va onang qo’ymishlar, sen unga g’urra bo’lmag’il ... Ammo sen hunar bila bir nomga ega bo’lg’il”1. SHuning uchun ham asarda turli kasb egalari ulug’lanadi. Kasb-hunar o’rganishni bilim olish bilan qo’shib olib borishni tavsiya etadi. Fanni amaliyot bilan uzviy aloqada qaraydi. Kaykovusning bu qarashlari o’sha davrning ilg’or qarashlaridan sanaladi.


Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish