1. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning qanday tarbiyaviy ideallari kuzatilgan?



Download 198,42 Kb.
bet8/43
Sana16.01.2022
Hajmi198,42 Kb.
#374025
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43
Bog'liq
YaN variantlari kasbiy ma'naviyat

5-variant

  1. Globallashuv va axborotlashuv sharoitida ma’naviy tahdidlar.

Bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib bora-yotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechir-gan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shid-datli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalist-lar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma’-lum ma’noda haqiqat, ratsional mag‘iz bor. CHun-ki ularning har biri o‘zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko‘pchilikning ongi-da bu davr globallashuv davri tariqasida taassu-rot uyg‘otmoqda. Bunday ta’rif, menimcha, ko‘p tomondan masalaning mohiyatini to‘g‘ri ifoda-laydi. Nega deganda, hozirgi paytda er yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zud-lik bilan xabar topishi hech kimga sir emas. Ana shunday globallashuv fenomeni haqida ga-pirganda, bu atama bugungi kunda-ilmiy-falsa-fiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’no-ni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuq-tai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yan-gicha ma’no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyo-siy, tabiiy-biologik global muhitning shakl-lanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosi-dagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlat-ning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa min-taqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘la-nib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayon-dan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kel-masligini tushunish, anglash qiyin emas.Har bir ijtimoiy hodisaning ijobiy va salbiy tomoni bo‘lgani singari, globallashuv jarayoni ham bundan mustasno emas. Hozirgi payt-da uning g‘oyat o‘tkir va keng qamrovli ta’sirini deyarli barcha sohalarda ko‘rish, his etish mum-kin. Ayniqsa, davlatlar va xalqyaar o‘rtasidagiintegratsiya va hamkorlik aloqalarining kucha-yishi, xorijiy investitsiyalar, kapital va to-varlar, ishchi kuchining erkin harakati uchun qulayliklar vujudga kelishi, ko‘plab yangi ish o‘rinlarining yaratilishi, zamonaviy kommuni-katsiya va axborot texnologiyalarining, ilm-fan yutuqlarining tezlik bilan tarqalishi, turli qadriyatlarning umuminsoniy negizda uyg‘unla-shuvi, sivilizatsiyalararo muloqotning yangicha sifat kasb etishi, ekologik ofatlar paytida o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlarining orti-shi — tabiiyki, bularning barchasiga globalla-shuv tufayli erishilmoqda.Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko‘rsatadi-ki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda - ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydala-nish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tadrijiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’-limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz.Bugungi kunda zamonaviy axborot maydoni-dagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tez-korki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi.

  1. Kasbiy ma’naviyatning madaniy munosabatlar bilan uyg‘unligi, kasbiy ma’naviyatda shaxs erkinligi va kasbiy burchning sotsiomadaniy mohiyati.

Ma’naviyat va madaniyat munosabatlarini ko‘rib chiqish uchun, avvalo, madaniyat nima degan savolga javob berish zarur. Madaniyat tushunchasi eng murakkab, chalkash, barchaga ma’qul mukammal ta’rifi topilmagan tushunchadir. Ushbu tushunchaga olimlar har xil ma’no yuklab kelishgan va hozirgacha uni har xil talqin qilish davom etmoqda. Masalan, arxeologiyada «madaniyat» ibtidoiy odamlar manzili qoldiqlarini, unda topilgan barcha narsalarni - suyakdan yasalgan ignalar, toshpichoqlar, qirg‘ichtoshlar, o‘k uchlari, mehnat qurollaridan tortib, maishii chiqindilargacha, usha manzil odamlarining turmushi, ovlagan hayvonlari-yu, yeydigan o‘t-o‘lanlarigacha ma’lumot beradigan barcha topilmalar - madaniyat deyiladi. Ashel madaniyati, muste madaniyati kabi iboralar (shu nom bilan ataladigan joylarda birinchi topilgan va keyin boshqa joylarda aniqlangan) ibtidoiy odamlar manzili qoldiqlarini anglatadi. Kundalik ongda madaniyat aslo maishiy chikindi yoki kundalik zarur asbob-uskunalar bilan emas, balki odob-axloq, adabiyot va san’at, ilm-fan bilan bog‘lanadi. Masalan, madaniyatli inson deganda bilimli, odob-axloqli, ozoda kiyingan, o‘zini boshqalar orasida yaxshi tutadigan, xushmuomalali, hushfe’l kishi nazarda tutiladi.

Madaniyat so‘zini juda ko‘p iboralarda qo‘llaymiz: nutq madaniyati, muloqot madaniyati, kiyinish madaniyati, ovqatlanish madaniyati, dam olish madaniyati, mehmon kutish madaniyati, ishlab chiqarish madaniyati, texnologik madaniyat. Xullas, inson faoliyatining, odamlar munosabatining biror yo‘nalishi yoki shakli yo‘qki, madaniyatga taalluqli bo‘lmasa. Atamaning yevroiacha ma’nodoshi lotincha «култура» - yerga ishlov berishni, ekinni parvarishlashni hamda qishloq xo‘jaligi ekinining o‘zini anglatadi. Masalan, rus tilida ozuqa o‘simliklari- «кормовме културп), moy olinadigan o‘simliklar

- «масличню култур!», dukkakli o‘simliklar - «бобовю култур!», don o‘simliklari - «зерновме културо>

deyiladi. Keyinchalik inson tomonidan yaratilgan, tabiatda uchramaydigan har kanday moddiy va ma’naviy mahsulotlar madaniyat deb atala boshlagan. Bizda, o‘zbeklarda, madaniyat tushunchasi shahar gushunchasi bilan bog‘liq. Madaniyatga ilk ta’riflardan biri G.V. Plexanovga tegishli. G. Plexanovning ta’rifida madaniyat inson va jamiyat yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklar (kadriyatlar) yig‘indisi ekanligi ta’kidlanadi. Bu masalaga ontologik nuktai nazardan, ya’ni moddiylikka (materialga) yoki ma’naviylikka (g‘oyaga) mansublikni aniqlashga karatilgan yondashuv edi. Madaniyatni ikkiga - moddiy va ma’naviyga ajratish bugun ham fanda keng tarqalgan. Ammo G. Plexanov ta’rifida madaniyat fakat qo‘lga kiritilgan yutuqlar - g‘oyalar, me’yorlar, bilimlar, asarlar, mehnat qurollari, mashina va uskunalar, inshootlar va h.k.lar to‘plami bo‘lib qolyapti. Jonli jarayon, odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlar, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni yaratish, insonning kamol topishi va, umuman, jamiyatning ma’naviy-madaniy rivojlanishi va shu kabilar chetda kolib ketyapti. Axir odamlarning o‘zaro mulokoti, bir-birini ko‘llab-quvvatlashi, mehr-oqibati, umuman faoliyati yoki ta’lim, sog‘liqni saqlash, ishlab chiqarish texnologiyalari, ilmiy va badiiy tadkikotlar olib borish jarayonining o‘zi, OAV, inson hukuklarini ta’minlash, muhofaza qilish va h.k.lar ham madaniyat-ku.

Aholi o‘rtasida tarqalishiga, mahorat saviyasiga ko‘ra madaniyatni xos (xavos) va avom (omma) madaniyatlariga ajratish qabul qilingan. Chunki jamiyatda ijtimoiy tabaqalashuv yuz berishi natijasida o‘ziga to‘q yuqori tabaqalar turmushi, yashash sharoiti, savodxonligi, adabiyot va san’atdan, ta’lim va ilm-fandan xabardorligi bilan savodsiz oddiy avom xalq, jismoniy mehnat bilan mashg‘ul tabakalardan ajralib turgan. Xos va avom madaniyatlarini g‘arbliklar elita (elitar) va omma (ommaviy) madaniyati deb ataydi. Madaniyatning mavjudlik va namoyon bo‘lish shakllari rang-barangdir. Madaniyatning voqe bo‘lish mezonidan kelib chiqib, uning tizimida biz alohida shaxs madaniyatini, ma’lum manfaatlar

va qiziqishlar tufayli birlashgan jamoa madaniyatini (korporativ madaniyatni), alohida sinflar, tabaqalar va

yirik ijtimoiy guruhlar madaniyatini, ular orasida, masalan, yoshlar, xotin-qizlar va sh.k. madaniyatini (submadaniyat), kasb madaniyatini (professional madaniyat), millat madaniyatini, jamiyat madaniyatini ajratamiz.

Madaniyatning barcha voqelik shakllari, albatta, bir-biri bilan yakindan, uzviy boglangan. Lekin har kaysisi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Sotsiumning nisbatan kichik birliklari o‘zidan yuqoriroq birlik

madaniyatining teranligini, mazmunan va shaklan mavjud barcha boyliklarini aks ettira olmaydi. Ijtimoiy guruh yoki bir kasbga mansub kishilar korporativ madaniyati milliy madaniyatining barcha qirralari,

teranliklarini qamray olmaydi. Alohida shaxs madaniyati na o‘zi mansub ijtimoiy guruh yoki jamoa madaniyatini, na milliy madaniyatning barcha boyliklarini, qirralarini to‘liq o‘zlashtiroladi. Chunki alohida shaxs milliy san’at, adabiyot, ilm-fan va boshka yutuklarning hammasini, shuningdek, o‘z kasbining barcha sir-asrorlarini, mahorati va tajribasini to‘lik egallay olmaydi. Jamoaning manfaatlari, qiziqishlari va imkoniyatlari, ularni yuzaga chiqarish, amalga oshirish usullari ham bir kishi tomonidan egallanishi amri mahol. Lekin sotsiumning kichik birliklari madaniyati katta birliklar va milliy madaniyatga nisbatan o‘zining konkretligi, aniq detallarga boyligi, takrorlanmasligi, individual belgilari bilan ajralib turadi.

Yuqoriroq tashkillashgan sotsium madaniyati uning tarkibiga kiruvchi sotsiumlar madaniyatining mexanik

yig’indisi emas. Masalan, jamoa madaniyati uning a’zolari madaniyatining oddiy yigindisi emas. Chunki jamoaning o‘z korporativ manfaati, uni yuzaga chiqaradigan va himoya qiladigan faoliyat yo‘nalishi, ichki qaror topgan munosabaglari, an’analari bor. Ular jamoa madaniyatida o‘z aksini topadi. Milliy madaniyat mamlakatning turli mintakalari, viloyatlari madaniyati yig‘indisigina emas, balki umumiy manfaaglarni, umummilliy maksadlarni ifodalovchi g‘oyalar, qadriyatlar va ularni yuzaga chiqaruvchi vositalar, umummilliy faoliyatni ham o‘z ichiga oladi. Madaniyatning har bir bosqichi o‘zidan avvalgi boskichlardan sifat jihatdan farq qiladi. Shaxs madaniyati boshqa sotsiumlar madaniyatidan ancha ilg‘or



bo‘lishi, ilgarilab ketishi yoki ancha-muncha ortda kolib ketishi mumkin. Ayrim shaxslar, guruhlar madaniyati mazmuni va maksadiga ko‘ra radikal, keskin o‘zgarishlar tarafdori, ayrim shaxslar, guruhlar madaniyati, aksincha, ancha konservativ, yangiliklarni unchalik xushlamaydigan bo‘ladi.


  1. “Kasbiy ma’naviyat” ga oid o‘z-o‘zini rivojlantirish uchun qo‘yiladigan vazifalarni yozing.

Ma’naviyat – bu o‘ziga xos insoniy mohiyat shakllanadigan o‘zak bo‘lib, u inson shaxsining o‘ziga qadr-qimmat bag‘ishlaydi, chunki u insonni uyg‘unlikka va o‘ziga xos shaxsiy hayotga yetaklaydi, shaxsning ichki holatini aks ettiradi, yuksak ideallar va qadriyatlarga intilish bilan ajralib turadi. bo'lish, o'z-o'zini bilish va o'zini takomillashtirishga intilish ... Shaxsning ichki dunyosining holati va yaxlitligini tavsiflovchi ma'naviyat o'zaro bog'liq va o'zaro ta'sir qiluvchi tarkibiy qismlar - etnik jamoaning munosabati, qadriyat yo'nalishlari, ma'nolari, axloqiy munosabatlari va munosabatlari yig'indisidir. Bu sifatda ma'naviyat shaxsning o'zini o'zi rivojlantirish va o'z-o'zini takomillashtirish salohiyatidir. “Ma’naviyat tarbiyasi” tushunchasi o‘zida “tarbiya”, “ma’naviyat” kabi ta’riflar ma’lumotlarini sintez qiladi. “Tarbiya” tushunchasini tahlil qilish va uning semantik muhim ma’nosini anglash ma’naviy o‘zgarish, yangilanish, shaxsni aniqlash, ya’ni ma’naviyat tarbiyasi maqsadli ta’sir etish, maqsadli sharoit yaratish, maqsadli faoliyat jarayonida sodir bo‘lishini tushunishga olib keladi. . Mahalliy pedagogikada ma'naviyat tarbiyasining turli tomonlarini S. L. Soloveychik, V. A. Suxomlinskiy, Sh. A. Amona-shvili va boshqalar o'rgandilar, jamiyatning axloqiy qadriyatlarini o'zlashtirdilar. Ma'naviyat tarbiyasi o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, u, birinchidan, inson tabiatida, uning ongida, axloqiy-axloqiy sohada nafaqat aqliy, balki aqlga sig'maydigan ko'plab lahzalarning mavjudligi bilan belgilanadi. Ma'naviyat aql bilan teng emas, balki u yuqori darajadagi maqsadlar, dunyoni anglash, hayot ma'nosining metafizik mavjudligi bilan bog'liq bo'lib, u maxsus, chuqur o'z-o'zini bilish natijasidir. va bilish. Qolaversa, inson hayoti jarayoni faqat oqilona tafakkur bilan chegaralanib qolmaydi: hatto alohida olingan bilish jarayoni ham sovuq-ratsionallik emas, balki haqiqatni ehtirosli izlashdir. Inson o'zi tushungan narsani boshdan kechiradi. Inson ongi tomonidan qayta ko'rib chiqilgan va tanlab olingan, uning ichki dunyosiga kirgan barcha ma'lumotlar, albatta, hissiy va hissiy ranglarda bo'yalib, shaxsiy tajribaga aylanadi. Ta'lim jarayonini tashkil etishning asosiy talabi: u shaxsga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Bundan tashqari, shaxsning ma'naviyati yangi individual ma'nolarni yaratishda va o'z-o'zini yaratishning uzluksiz jarayonida, o'zini axloqiy, mustaqil va ijodiy shaxs sifatida qurishda yangi ma'naviy qadriyatlarni o'zlashtirishda namoyon bo'ladi. U har doim shaxsiy, individual va noyob bo'lgani uchun uni boshqalardan qarzga olish yoki olish mumkin emas, uni saqlash va saqlash kerak. U o'z-o'zini qurish jarayonida shakllanadi, bu erda har bir kishi o'z ma'naviyatini o'zi yaratadi. Ma’naviyatning asosiy yo‘li esa, bizningcha, ta’lim-tarbiyadan o‘tadi. Shaxs ma’naviyatini tarbiyalashning eng muhim mezonlaridan biri – ma’naviy-axloqiy savollarni qo’yish va ularga shaxsning javob izlashi o’zini, o’zga odamlarni, dunyoni bilish orqali amalga oshiriladi. Shu bilan birga, hayotning ma'nosini shaxsiy anglash boshqa shaxsga va mutlaq ekzistensial qadriyatlarga qaratilgan qizg'in aqliy mehnat va ruhiy faoliyat orqali namoyon bo'ladi. Shunday qilib, ma'naviyat - bu hayotingizning mazmuni va maqsadini tushunish zarurati.

Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish