1. Turli tarixiy davrlarda jamiyatning qanday tarbiyaviy ideallari kuzatilgan?



Download 198,42 Kb.
bet14/43
Sana16.01.2022
Hajmi198,42 Kb.
#374025
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Bog'liq
YaN variantlari kasbiy ma'naviyat

11-variant

  1. O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida milliy taraqqiyot masalalari.

Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga ko‘ra, har bir xalq o‘z oldiga ulug‘ va istiqbol maqsadlarni qo‘yishi hamda uni amalga oshirish salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallaydi. Bugun kunda O‘zbekiston ham o‘z tarixining ana shunday mas’uliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Binobarin, 2017 yil 7 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr bosqichini ifodalovchi milliy g‘oyaga aylanmoqda. Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat.Siyosat, strategiya va taktika — strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bogʻliq uchta mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va amalga oshirish uchun qabul qilingan boʻlsa, uning joriy qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayogʻiga aylanadi. Taktika esa strategik vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kundalik, oylik va yillik (joriy) rejalarni va ularning yechimi boʻyicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va integratsiya qilinishidir. Koʻrib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-umidlari yoʻgʻrilgan gʻoyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi. Mafkuradan nusxa olib boʻlmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham boshqa davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan oʻzlashtirib yoxud nusxa olib boʻlmaydi. Zero, har bir xalqning oʻziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy tarixi, tabiiy resurslari mavjud boʻladi. Aynan shu omillar maʼlum ijtimoiy sharoit va imkoniyatlarni vujudga keltiradi. Davlat strategik rejalari aniq va oʻzgarmas tamoyillarga boʻysundirilishi muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yoʻnalishini taʼminlashga xizmat qiladi. Jumladan, rahbar oʻz vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi maʼlumotlar va xulosalar bilan qurollanmogʻi, bundan tashqari, improvizatsiya qilmogʻi, quyilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ yondashuvlarni tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni oʻzgartirish ehtimoli yoki oʻzgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish imkoniyatini berishi zarur. Strategik maqsadlarning aynan inson kapitaliga va u orqali adolatli qonunlarning, faol ijtimoiy institutlar harakati tashkil etilishiga qaratilayotganligi bejizga emas. Shuning uchun har qanday islohotlar inson kapitalini rivojlantirish bilan amalda uning tamal toshi mustahkamlanadi. Jamiyatda ijtimoiy ongning oʻzgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham rivojlanib boradi. Jamiyat va uning holati aslida inson ongining inʼikosi. Fuqarolar qanday ezgu amallar maʼrifati bilan qurollangan boʻlsa, ana shu ruhiy qudrat istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon ulkan toʻlqin sifatida millatning mushtarak maqsadlarida namoyon boʻladi. U, oʻz navbatida, ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida yangi tarmoqlarning, ishchi oʻrinlarning paydo boʻlishiga, aholining real daromadi va shunga muvofiq turmush darajasining oʻsib borishiga xizmat qiladi. Harakatlar strategiyasida mamlakatimiz mustaqilligi va suverenitetini yanada mustahkamlash maqsadida milliy iqtisodiyot va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, investitsiyalar tarkibini takomillashtirish yo‘li bilan viloyatlar, shahar va tumanlarning iqtisodiy muammolarini yechish, hududlarni bosqichma-bosqich rivojlantirish, har bir shahar va tumanni puxta o‘ylangan reja va loyihalar asosida barqaror taraqqiy ettirish, faoliyat yuritmayotgan sanoat korxonalariga investitsiyalar kiritib, ularga qaytadan jon bag‘ishlash, ishsizlikni kamaytirish, yalpi bandlikni ta’minlash ishlarini amalga oshirishni dolzarb vazifa sifatida belgilanganligi to‘g‘rsida talaba yoshlarga ma’lumotlar berildi

  1. Globallashuv davrida matbuot hamda ommaviy axborot vositalarining o‘rni va roli.

XXI asr boshlariga kelib dunyo mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro ta'sir shu qadar kuchayib ketdiki, bu jarayondan to’la ihotalanib olgan birorta ham davlat yo’q, deb to’la ishonch bilan aytish mumkin. Hattoki, xalqaro tashkilotlardan uzoqroq turishga intilayotgan, ularga a'zo bo’lishni istamayotgan mamlakatlar ham bu jarayondan mutlaqo chetda emas. Globallashuv shunday jarayonki, undan chetda turaman, degan mamlakatlar uning ta'siriga ko’proq uchrab qolishi mumkin. Bunday g’ayri ixtiyoriy ta'sir esa ko’pincha salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.Globallashuvning turli mamlakatlarga o’tkazayotgan ta'siri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, axborot, ma'naviy salohiyatlari va siyosati qanday ekani bilan bog’liq. Global axborotlashuv asri nomi bilan tarixga kirgan XXI asrni zamonaviy ommaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, radiotelevidenie, Intyernet tarmog`isiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, intyernetning imkoniyatlari keng va cheksiz bo`lib, u gazeta, radio va hatto televideniedan ko`ra ham kuchliroq ta`sirga ega. Axborot uzatish, almashinish va qabul qilish jarayonida tezkorlik, aniqliq, sifat va tasirchanlikni ta`minlash, axborotni global miqyosda keng yoyilish imkoniyatlarini ochib byerishi “butun jahon o`rgimchak to`ri”ning ahamiyatini, undan foydalanish ehtiyojini orttirmoqda. O`zbekistonga ham Intyernet shiddatli qadamlar bilan kirib kelmoqda va kundalik hayotimizda o`zining o`ringa ega bo`lmoqda. 2008 yilga kelib O`zbekistonda Intyernet foydalanuvchilari soni 2 mln 200 ming kishidan oshib ketdi. Fan-texnikaning yutuqlari insoniyat foydasiga, ezgu maqsadlarga xizmat qilishi ijobiy holat. Lekin, virtual olamdan ayrim kuchlarning g`arazli niyatlarini amalga oshirish uchun foydalanayotganligi ham haqiqatdir.

Afsuski, elektron dunyoni turli siyosiy kuchlar, tyerroristik, ekstremistik-tashviqotlar va g`oyalarni targ`ib qiluvchi, har-hil jinoiy to`dalarning faoliyatlarini amalga oshirishlariga va o`z qarashlarini ommaga targ`ib qilishlariga ham ko`maklashmoqda. Xalqaro tyerrorizm va ekstrimizmning “Al-Qoida”, “Hizb ut-tahrir”, “Hamas” kabi yirik tashkilotlarining tahdidlari, Intyernet tarmog`ida ham o`zlarining mafkuraviy maydonlarini yaratib, umumjahon komp`yutyer tarmog`ida keng qamrovli axborot tyerrorini, "muqaddas urush" - "elektron-jihod"ni olib borayotganliklari, global va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar va yangi muammolar paydo qilayotganliklari, ayni paytda, globallashuv sharoitida, dunyo mamlakatlarining oldida axborot xavfsizligini ta`minlash muammolarini keltirib chiqarmoqda. Tarmoq ichida insoniyatga qarshi, yoshlarga qarshi tajovuzlar bilan yo`g`irilgan giyohvand moddalar iste`mol qilish, sotish, axloqsizlik, zo`ravonlik, qotillik va millatlararo, dinlararo va irqiy murosasizlik keltirib chiqarishni keng targ`ib qiluvchi, tyerrorchilik va ekstremistik tashkilotlarga xizmat qilayotgan saytlar faoliyatlarini amalga oshirishda davom etmoqdalar. Ularning tyerrorchilikka, jinoyatga undovchi resurslar bilan to`lib-toshib borishi insonlar ongini, ayniqsa yoshlarni tezda o`ziga jalb qilyapti. Qo`poruvchilik, harbiylar va tinch aholini qiynoqlarga solish, ko`z ko`rib, quloq eshitmagan usullar bilan jazolash sahnalari namoyish etish orqali, vahima uyg`otish, tinch hayot tarzini izdan chiqarish, g`oyaviy porokandalik yuzaga keltirish maqsadida, shuningdek ma`naviyatga zarar etkazadigan, aqidaparastlik ruhida yo`g`irilgan, o`z mafkuraviy ta`sirlarini muttasil tarzda saqlab turishga qaratilgan manbalar tobora xavfli ko`rinish kasb etib bormoqda. Bu kabi axborotlar nafaqat alohida olingan yagona bir yoki bir necha davlat uchun, balki butun jahon hamjamiyati uchun katta xavf tug`diradi.



3. Kasbiy ma’naviyatning inson hayotidagi roli va ahamiyati.

Etiketning qamrovi keng, u, ma’lum ma’noda, xalqaro miqyosda qabul qilingan muomala qonun - qoidalarini o’z ichiga oladi. Masalan, siyosiy arbob etiketi, mehmondorchilik etiketi va h. k. Etiketga rioya qilishning mumtoz namunasini biz tez - tez televizor ekrani orqali ko’rib turamiz. Prezidentimiz Islom Karimovga horijiy mamlakatlar elchilarining ishonch yorliqlarini topshirish marosimlarini eslang. Unda faqat bir hil holat, xalqaro miqyosda o’rnatilgan qoida hukmron. Uni Prezidentning ham, elchilarning ham buzishga haqqi yo’q. Yoki juda oddiy, kichkina bir misol: dasturhonda tanovul payti, pichoqni o’ng qo’lda ushlash zamonaviy mehmondorchilik etiketining qat’iy qoidalaridan biri sanaladi – uni buzish atrofdagilarda hayrat va istehzo uyg’otadi. Shu bois etiketni odat tusiga aylantirilgan, qat’iylashtirilgan muomala odobi deyish ham mumkin Aхloqiy madaniyat kasbiy odobda ham yaqqol ko’zga tashlanadi. Chunki inson voyaga etib, bir kasbning boshini tutgach, o’z kasbi doirasida odamlar bilan muntazam munosabatda bo’ladi. Bu munosabat, bir tomondan, hamkasabalar davrasida ro’y bersa, ikkinchi jihatdan, u kasb talabiga binoan uchrashadigan turli toifadagi odamlar bilan yuzaga keladi. Ayni paytda, kasbiy odob aхloqiy madaniyatning eng yuksak shakllaridan biri, uning jamiyat aхloqiy hayotidagi o’rni yuksak. Har bir jamiyatda muayyan guruhlar borki, egallagan kasblari ularni boshqa jamiyatdoshlariga nisbatan imtiyozli darajaga olib chiqadi. Ko’pchilik jamiyat a’zolarining hayot - mamotlari, sog’ligi, ma’naviy sog’lomligi, huquqiy himoyasi, ilmiy salohiyatining namoyon bo’lishi kabi omillar o’shanday imtiyozli kasb egalarining o’z kasbiy burch mas’uliyatini qay darajada his etishlariga, halollik va vijdon yuzasidan ish ko’rishlariga bog’liqligi hammaga ma’lum. Tarixda o’z dushmanini davolagan tabiblar ham ko’p uchraydi. Chunonchi, qadimgi hind eposi «Ramayana»da (II - asr) behush yotgan Lakshman boshida turgan devlar shohining xos tabibi kechinmalari shu jihatdan muhim. Tabib oldida ikki yo’l bor edi: biri – saltanat dushmanini muhtoj bemor sifatida davolash, ikkinchi yo’l davolashdan bosh tortish bilan uni o’limga mahkum etish. Tabib uzoq mulohazadan so’ng, tabiblik odobi qoidalariga bo’ysunishni – Lakshmanni davolashni afzal ko’radi. Zero kasbiy odob qonun - qoidalari talabiga ko’ra, bemor to’shagi ustidagi tabib uchun do’st yoki dushman degan tushunchalar o’z ma’nosini yo’qotadi, uning qoshida faqat tibbiy yordamga intizor, shafqatga muhtoj, zaif inson yotadiBulardan tashqari, muallimlik odobi, huquq - tartibot xodimlari odobi, muhandis odobi singari birqancha kasbiy odob turlari borki, ular ham jamiyatda aхloqiy munosabatlar silsilasida muhim ahamiyatga ega. Yuqorida keltirilganlardan ko’rinib turibdiki, kasbiy odob muammosi, ba’zilar o’ylaganidek, aхloqshunoslikning mayda masalalaridan emas. Uni har tomonlama o’rganish kasbiy erkinlik va kasbiy burch munosabatini tadqiq etish XXI asr aхloqshunosligida muhim o’rin egallayajak. Zero kasbiy odob shaxs va jamiyat aхloqiy hayotida o’zini amaliy aхloq tarzida namoyon etuvchi ma’naviy hodisa sifatida baholanishi lozim. Insonning aхloqiy hayoti uning aхloqiy tarbiyasi bilan chambarchas bog’liq. Zero aхloqiy tarbiya insonning shaxs bo’lib etishuvini ta’minlaydigan uzluksiz jarayonlaridan biri.


Download 198,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish