1. Tabiatshunoslikni o’qitishning shakllari. Dars tabiatshunoslikdan olib boriladigan o’quv tarbiya ishining asosiy shakli ekanligi


Jonli tabiat burchagini jihozlash



Download 50,94 Kb.
bet17/19
Sana18.04.2022
Hajmi50,94 Kb.
#562019
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
tabiat.

Jonli tabiat burchagini jihozlash. Burchakda hayvonlar uchun ajratilgan joy ularning tabiatdagi hayot sharoitlariga mos bo’lishi kerak. Akvariumni zoodo’kondan olgan ma'qul. Ammo akvarium sifatida xohlagan shisha idishdan foydalanish mumkin, lekin shuni hisobga olish kerakki, baliqlar asosan to’rtburchak idishda yaxshi ko’rinadi. Akvariumdagi baliqlar soni uning katta-kichikligiga (o’lchamiga) va undagi o’simliklarning soniga muvofiq bo’lishi kerak, bunda yutiladigan va chiqariladigan kislorodning balansi ta'minlansin.
Akvarium baliqlari doimiy parvarishga muhtoj. Ularga oziqni zoodo’kondan sotib olish mumkin. Baliqlar shartli refleks hosil qilishlari uchun ularni muayyan vaqtda oziqlantirish kerak. Bolalar suv haroratini termometr bilan o’lchab tekshirib boradilar.
Sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar uchun xilma-xil ko’rinish va o’lchamdagi terrariumlar quriladi. Odatdagi terrarium metalldan yoki yog’ochdan tayyorlangan yashik bo’lib, yon va tepa devoriari shisha va to’rdan iborat. Shisha devor terrariumda yashovchilarni kuzatish, yon devor hamda tepasining to’rdan bo’lishi toza havo bilan ta'minlash imkoniyatini beradi.
O’simlik va hayvonlar namunalarini yig’ish, kuzatishlar tashkil qilish. Jonli tabiat burchagining aholisi (ya'ni o’simlik va hayvonlari) uning asosini tashkil qiladi, unga qarab jihozlar tanlanadi. o’simlik va hayvonlar to’plami tabiatshunoslik dasturiga ko’ra, o’lkashunoslik xususiyatlari hisobga olinib belgilanadi. Barcha xona o’simliklari ularning nomlari, qachon va qayerdan olinganligi to’g’risida ma'lumotlar yozilgan yorliqlarga ega bo’lishlari zarur.
Avvalo, o’simliklarning shundaylarini tanlash kerakki, bunda, jumladan, quruq iqlimga (kaktus, aloe), nam iqlimga (asparagus, tradeskansiya) moslashgan o’simliklarni, tropik o’simliklarni (begoniya), mo’tadil iqlim o’smliklarini (navro’zgul), yorug’likni sevuvchi (xina) va soyaga chidamli (plushch, aspidistra) o’sim-liklarni namoyish qilish mumkin bo’lsin.
Tabiatshunoslikni o’qitish jarayonida akvarium katta rol o’ynay-di, o’quvchilar suv hayvonlarining harakatlanishini, qanday ov qilishlarini kuzatadilar, ularning tana qismlarini ko’radilar. Baliqlarni harakatda ko’rib, bolalar ularning harakat a'zolariga e'tibor beradilar, baliqlar hayotida rang qanday rol o’ynashligini aniqlaydilar. Gambuziya va tangabaliqlaming ko’payishini kuzatishga alohida e'tibor beriladi. Kuzatish kundaliklarida tangabaliq lichinkalari va gambuziya chavoqlarining paydo bo’lishi hatnda rivojlanish muddatlari yozib boriladi. Akvariumda hayvonlardan tashqari o’simliklar (shoxbarg, urut, vodokars, vallesneriya, elodeya, ryaska) ham saqlanadi, ular bilan o’quvchilar dasturni o’tish davomida tanishib boradilar.
Dasturga muvofiq kichik yoshdagi maktab o’quvchilari baqa va qurbaqaning rivojlanishi (itbaliq, dumli baqacha va yetuk baqaning vujudga kelishi)ni ham kuzatadilar. Jonli tabiat burchagida bolalar ularni solishtirishlari, tana qismlarini ko’rib chiqishlari, ularning tuxumlari bir-biridan qanday farq qilishini, tuxumdan itbaliq rivojlanishini kuzatishlari mumkin. o’quvchilar, shuningdek, kaltakesak va toshbaqalarning xulq-atvori, harakatlanishi, tashqi xususiyatlarini ham kuzatishsa bo’ladi.
Tabiatshunoslik o’qituvchisi o’quvchilarning jonli tabiat burcha-gidagi o’simlik va hayvonlarni izchil ravishda parvarish qilib borishlariga, gullarni muntazam sug’orishlari, barglarni yuvishlari, hayvonlarni boqishlari hamda toza joyda saqlashlariga erishishi kerak. Buning uchun o’quvchilarning navbatchiligi yo’lga qo’yiladi.
Jonli tabiat burchagidagi tajriba, kuzatish va amaliy ishlar o’qituvchining diqqat markazida bo’lishi va u tomonidan nazo-rat qilib borilishi kerak. Barcha ishlar reja bo’yicha tuzilishi zarur, reja tuzishda mavsumiylik tamoyiliga amal qilish lozim. Burchakdagi ishlar yillik, yarim yillik va choraklik reja asosida tuziladi. Reja tuzishda o’quvchilarning qiziqishlari, ishni ud-dalay olishlari hisobga olinadi. Rejada maqsad va mavzuni belgilash, ishning mazmuni va shakllari ochib berilishi, amalga oshirish metodlari ko’rsatilishi, o’quvchilar egallashi mo'1-jallangan amaliy ko’nikmalar belgilangan bo’lishi kerak. Ayrim mavzularni ham rejalashtirish mumkin. (Jonli tabiat burchagidagi ishlar rejasining taxminiy shakliga qarang).
Ish rejasining bajarilishini maxsus jumalda qayd etib borish zarur. Umumiy daftar jurnal sifatida xizmat qilishi mumkin, unda o’qituvchi o’quvchilar bajaigan ishning hajmi va olgan natijalarini ko’rsatadi. o’quvchilarning “Kundalik kuzatish daftarlari” hisobga olishning shaklidir, unda kuzatishlar qisqacha yozib boriladi, rasmlar chiziladi, quritilgan o’simliklar yelimlanadi.

Download 50,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish