1. Tabiatshunoslikni o’qitishning shakllari. Dars tabiatshunoslikdan olib boriladigan o’quv tarbiya ishining asosiy shakli ekanligi



Download 50,94 Kb.
bet1/19
Sana18.04.2022
Hajmi50,94 Kb.
#562019
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
tabiat.


MAVZU: Tabiatshunoslikdan zamonaviy dars
Reja:
1. Tabiatshunoslikni o’qitishning shakllari. Dars tabiatshunoslikdan olib boriladigan o’quv tarbiya ishining asosiy shakli ekanligi.
2. Ekskursiya darsi va uning boshlang’ich sinf oquvchilarining tabiatshunoslikni o’rganishdagi o’rni.
3. Tabiatshunoslikda sinfdan tashqari ishlar, ularning turlari.
4. Tabiatshunoslikni o’qitishning moddiy bazasi.


1. Tabiatshunoslikni o’qitishning shakllari. Dars tabiatshunoslikdan olib boriladigan o’quv tarbiya ishining asosiy shakli ekanligi.
Maktabda o’quvchilarga ta'lim va tarbiya berish o’quv ishlarining muayyan shakllarida amalga oshiriladi.
O’qitishning shakli tarbiyaviy ta'lim jarayonida o’qituvchi tomonidan foydalaniladigan o’quvchilarning o’quv, idrok qilish faoliyatini o’tkazish (sinfda, tabiatda va shu kabilarda) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir.
Maktablarda o’rganiladigan barcha predmetlar uchun o’quv ishlarining asosiy shakli darsdir. Darslarda davlat dasturi va ma'lum darajada darslikda belgilangan o’quv materiali o’qitiladi. Darslarga qatnashish o’quvchilarga majburiydir.
Dars deganda ma'lum fanlardan, ma'lum hajmdagi bilimlarning ma'lum yoshdagi o’quvchilar guruhiga, maxsus tayyorgarligi bo’lgan mutaxassis tomonidan berilishi tushuniladi. Darsning samaradorligini oshirish, beriladigan bilimlar saviyasini ko’tarish, nazariy bilimlarni hayot bilan bog’lab olib borish, yangi pedagogik texnologiyani qo’llab dars o’tish o’quvchilarning tabiatshunos-likdan olgan bilimlarini e'tirof etish o’quvchilarda tabiatshu-noslikdan bilimlarni o’zlashtirishga yanada qiziqish uyg’otadi, ular bilimini mustahkamlashga yordam beradi.
Darsda butun ta'lim-tarbiya tizimi: o’qitishning metodlari, uslublar va vositalar kompleksi amalga oshadi.
Tabiatshunoslik darslarida o’quvchilar dasturga muvofiq, o’qituvchi rahbarligida nazariy bilimlar, amaliy o’quv va ko’nikmalar oladilar. o’qituvchi materialni o’quvchilarga tushunarli bayon qilib, xilma-xil o’quv, ko’rgazmali qurollardan foydalanib, zarur tushuntirishlar beradi, o’quvchilarga darslik bilan mustaqil ishlash, o’z bilimlaridan amalda foydalanish o’quvlarini singdiradi.
Darsda har xil metodlarning qo’llanilishi yangi mavzuni to’liq va ravshan yoritishga imkon beradi, o’quvchilarni kamroq charchatadi, faolligini oshiradi.
Dars ta'lim jarayonida o’quvchilar jism va voqealar bilan tanishibgina qolmasdan, balki ular haqida fikrlaydilar. Bu esa o’z navbatida, o’quvchilarda tabiatning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlarni shakllanishiga olib keladi.
Darsning tarbiyaviy mazmun kasb etishi, berilayotgan material mazmuni bilangina chegaralanib qolmasdan, balki o’quv materiallarini egallash usullari bilan xarakterlanadi.
Tabiatshunoslikni o’qitish metodikasida o’quv ishlarining ko’p xildagi shakllari qaror topgan. o’simlik, hayvon va odam hayoti hamda tabiat taraqqiyotining qonuniyatlari o’iganiladigan maktab kursining mazmuni maktabda shu fanni o’qitish tizimining o’ziga xosligini belgilaydi.
Tabiatshunoslik o’qitishning asosiy shakli - darslarga qo’shimcha holda maktab amaliyotida o’qituvchining o’quvchilar bilan olib boriladigan o’quv ishlarining boshqa shakllari tarixan vujudga kelgani
Metodikjihatdan to’g’ri tashkil etilgan o’qitish jarayonida shu o’qitishning barcha shakllari asosiy shakl - dars bUan o’zaro bog’liqdir. Ular tabiat haqidagi tushunchalarni, dunyoqarashni, tafakkurni, amaliy ko’nikmalarni rivojlantiradi.
Tabiatshunoslik daislarida o’qituvchi barcha o’qitish metodlarini: og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarni qo’llaydi. U o’simlik va hayvonlarni namoyish etadi. Amaliy ishlarni bajarish yo’li bilan o’quvchilarni ayrim organizmlarning tashqi va ichki tuzilishi bilan tanishtiradi.
Ammo darslarda uzoq kuzatishni talab qiluvchi o’simlik yoki hayvonning rivojlanish jarayoni, har xil organizmlarning tabiiy sharoitlarda biigalikda yashashlarini ko’rsatib bo’lmaydi. Shuning uchun ham tabiatshunoslik o’qitish metodikasida darslarni to’ldiravchi maxsus shakllar qo’llaniladi. Ekskursiyalar tabiatdagi tabiiy guruhlashda, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida yoki muzeylarda, o’simlik va hayvonlar bilan tanishtiradi. o’rganilayotgan materiallar, tushunchalar yig’indisiga kiradi yoki ilgari qaror topgan tushunchalarni mustahkamlaydi, aniqlaydi, chuqurlashtiradi, umumlashtiradi.
Ekskursiyalar darslar bilan chambarchas bog’lanadi, ekskursiyada ko’rilgan obyektlar kurs davomida ko’p marta esga olinadi, to’plangan narsalar esa namoyish qilinadi. Yakunlovchi ekskursiyalarda o’quvchilar ilgari olgan bilimlarini qo’llab, topshiriqlar bo’yicha mustaqil kuzatishlar o’tkazadilar va material yig’adilar.
Darsning psixologik tugallanganligi dars davomida o’quv-chilarning egallagan bilimlaridan, ko’nikmalaridan bilinadi. Bu darsning uslubiy tugallanishiga qo’yilgan didaktik masalani mu-vaffaqiyat bilan yechishga imkon beradi va darsning mazmuni maqsadiga mos kelganligini ko’rsatadi.
Tashkiliy aniqlikning zarurligi materialni bo’laklarga bo’lish, o’qitish usullarini tanlash va darsning turli elementlarining o’zaro munosabatlari bilan belgilanadi.
Didaktik maqsad darsdagi asosiy ish turini aniqlaydi (yangi materialni o’zlashtirish, uni qaytarishdan iborat). Didaktik maqsadga qarab darsga vaqt ajratiladi. o’qitish uslublari va darsning to’liq tuzilishi belgilanadi.
Tabiatshunoslik darslariga qo’yiladigan umumiy talablar quyidagi vazifalardan kelib chiqadi:
1. o’quvchilarni tabiatdagi mavsumiy o’zgarishlar, vatanimiz tabiatining xilma-xilligi, yerning shakli va relyefi, odam oiganizmi va uning salomatligini muhofaza qilish to’g’risidagi bilimlar bilan qurollantirish;
2. Botanika, geografiya, yuqori sinflarda Odam anatomiyasi bo’yicha o’quv materialini o’zlashtirib olishga tayyorlashga yordam beruvchi puxta o’quv va ko’nikmalarni shakllantirish;
3. O’qitishning tarbiyaviy samaradorligini oshirish;
4. Rivojlanishning har tomonlama garmonik bo’lishiga erishish;
5. Tabiatshunoslik xarakteridagi kitob va jurnallardan bilim olish uquvlarini hosil qilish;
6. Tabiatshunoslikni o’rganishga qiziqishni shakllantirish;
7. Mehnatsevarlikni, maktabda va o’quv-tajriba maydonchasida mehnat qilish xohishini tarbiyalash.

  • Talablaraing bu guruhlarini shartli ravishda quyidagi:

  • ta'lim-tarbiyaviy;

  • didaktik;

  • psixologik;

  • gigiyenik talablarga birlashtirish mumkin. Ularning har biri ustida to’xtalib o’tamiz.


Download 50,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish