Qo’lga odatda spiral, boshoqsimon va butsimon bog’lamlar qo’yiladi. Barmoqqa spiral bog’lam qo’yishni kaft ustini g’ir aylantirib o’rab olishdan boshlanadi, so’ngra bintni qol panjasining orqasidan tirnoq falangasiga olib boriladi va barmoqning uchidan to asosiga qadar bintni spiral qilib o’rab chiqiladi . yana qol panjasining orqasidan otkazib, bintni kaft ustiga bog’lab qo’yiladi. Qo’l panjasining kaft tomoni yoki orqa tomoni shikastlanganida butsimon bog’lam ni kaft ustida ushlab turadigan o’ram solishdan boshlanadi, keyin bint qo’l panjasining orqasidan kaftiga olib o’tiladi. Tirsak bo’g’imiga oyoqning tovon sohasiga bog’lam qo’yishda bintning birinchi o’rami tovonnning do’mbayib turgan joyidan boshlanib, galma-gal yuqori va pastga o’raladi. Bog’lamni mustahkamlash uchun bintni qiyshiqroq va sakkizsimon qilib o’rash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |