Aseptika va antiseptika to’g’risida tushuncha. Aseptika-jaroxatga mikroblar tushishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida ko’riladigan chora-tadbirlardir, ya’ni u jaroxat infeksiyasining oldini olish, profilaktika usuli hisoblanadi. Jaroxatga uriladigan narsalarning hammasi steril (mikroblardan xoli) bo’lishi kerak, degan oddiy qoidani qo’llash bilan unga erishiladi. Jaroxatga qo’l urish, undagi narsalar, kiyim-kechak parchalarini yulib tashlash, jaroxatni bekitish uchun unga sterillanmagan materialni ishlatish mumkin emas.
Antiseptika deb jaroxatdagi mikroblar sonini kamaytirish yoki ularni yo’q qilishga qaratilagan chora-tadbirlarga aytiladi. Mexanik, fizik. kimyoviy va bilogik antiseptika usullari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |