Bosh va ko’krak qismga steril bog’lamlar qo’yish qoidalari. Bosh shikastlangan paytda har xil tipdagi bint bog’larn, durracha (kosinka), steril salfetka va yopishqoq plastir bog’lab qo’yish mumkin. Boshning sochli qismi jaroxat iga «Chepets» deb ataladigan bog’lam qo’yiladi. Bu-ning uchun bintdan 1 metrcha qirqib olinib, o’rtasi jaroxatni yopib turgan steri! salfetka ustiga, bosh tepasi sohasiga qo’yiladi, uning uchlari quloqlar oldidan tik pastga tushirilib, tarang qilib tortiladi. Boshdan g’ir aylantirib ushlab turgan bint o’tkaziladi, so’ngra tugiladigan joyga yetgandan keyin bintni shu joydan qaytarib, qiyshiq xolda ensaga qarab olib boriladi. Bint ikkinchi tomonda ham tugiladigan joy atrofidan qaytarilib, qiyshiq xolda peshanaga qarab yurgiziladi. Shu tariqa bintni bir safar ensadan va bir safar peshanadan o’tkazib, har safar tikroq yurgizib borib, boshning butun sochli qismi bekitib chiqiladi. Shundan keyin bintni 2-3 marta g’ir aylantirib o’rab. mahkam bog’lab qo’yiladi. Tugunning uchlari engak tagidan kapalak nusha qilib bog’lanadi.
Odamning bo’yni, tomog’i yoki engagi jaroxatlangan bo’lsa, «Butsimon» bog’lam qo’yiladi (21-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |