Sovuq urishining belgilari.
Yuz terisining oqarishi, burun, quloq, qo`l-oyoq barmoqlarining jimirlab og`rishi, so`ngra sezuvchanlikning yo`qolishi.
Birinchi tibbiy yordam.
Sovuq urish belgisi paydo bo`lgan sohani jun sharf, qo`lqop, ro`mol yoki qo`l bilan uqalash kerak. Shu joyning terisi qizarguncha, jimirlash va og`riq yo`qolgunicha uqalash davom etishi kerak.
Sovuq urgan sportchi iloji boricha tezroq issiq binoga olib borilishi, issiq ko`rpa-to`shakka yotqizilishi kerak. Unga issiq choy, kofe, ovqat beriladi. Qo`l-oyoqlariga issiq grelka qo`yiladi.
Yurak- tomir ishini yaxshilash uchun kofein, kordiamin, kamfora (shularning bittasi) 1-2 ml teri ostiga in`yeksiya qilinadi.
Izoh: Sovuq urgan joyni qor bilan ishqalash man etiladi. Chunki qor terini battar sovitadi. Qor orasidagi mayda muz donachalari terini shikastlaydi va shu joyga mikroblar kirib yiringli yaralarni hosil qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |