1. Sport inshootlarining joylashuviga gigiyenik talablar. Sport trenirovkasiga gigiyenik talablar


Havo harorati yuqori bo`lgan sharoitda sportchilarni tayyorlashda gigiyenik ta`lablar



Download 36,74 Kb.
bet8/14
Sana19.08.2021
Hajmi36,74 Kb.
#151647
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
1474655802 65074

Havo harorati yuqori bo`lgan sharoitda sportchilarni tayyorlashda gigiyenik ta`lablar.

Jismoniy mashq bajarganda organizmda issiqlik energiyasining hosil bo`lishi ko`payadi va tana qiziydi. Havo harorati yuqori bo`lgan sharoitda esa bunga qo`shimcha organizmga tashqi muhitning yuqori harorati ham ta`sir qiladi. Havo harorati yuqori bo`lgani uchun organizmda hosil bo`lgan ortiqcha issiqlikni tashqi muhitga ajratish qiyinlashadi.

Ayniqsa, havo harorati va namligi yuqori bo`lib, shabada bo`lmagan ob-havo sharoitida, katta kuch va tezlik talab qilinadigan jismoniy mashg`ulotlar bilan shug`ullanish odamda issiq urish holatini yuzaga keltirishi mumkin.

Havo harorati +20 +25o, havoning nisbiy namligi 40-60 % bo`lib, odam tinch turgan paytda organizmning issiqlik almashinuvi me`yorida va ish qobiliyati yaxshi bo`ladi.

Yengil jismoniy mashg`ulot bajarganda, organizmda issiqlik almashinuvi me`yorida bo`lishi uchun, havoning harorati +10 +15o, nisbiy namligi 30-50 % bo`lsa, sportchining ish qobiliyati yaxshi bo`ladi.

Og`ir jismoniy mashq bajarganda havo harorati +5 +10o, nisbiy namligi 25-40% bo`lsa sportchining ish bajarish imkoni yaxshi bo`ladi.

Umuman, katta kuch va tezlik talab qilinadigan jismoniy mashg`ulotlarda, havo harorati +10 +15o atrofida, havoning nisbiy namligi 40% dan past bo`lgani maqsadga muvofiq hisoblanadi.

Havo haroratining yuqorida ko`rsatilgan gigiyenik me`yorlardan yuqori bo`lishi, sportchining mashg`ulot bajarishiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Havo harorati yuqori bo`lgan sharoitda sportchining e`tiborliligi, harakatlarining aniqliligi, tezligi, tana muvozanatini saqlashi, bir harakatdan tezda boshqa harakatga o`tish qobiliyati susayadi. Buning natijasida sportchining ish qobiliyati pasayib, shikastlanish xavfi ortadi.

Issiq sharoitda mashq oldidan sportchi tana haroratini normaga nisbatan hatto ozgina, ya`ni 1-1,5 darajaga ko`tarilishi mashqni bajarishga salbiy ta`sir ko`rsatadi.

Jismoniy mashq bajarish jarayonida sportchining tana haroratini +41- +42o gacha ko`tarilishi issiq urish belgisi bo`lib, hayot uchun xavf tug`diradi.

Quyosh nurlari to`g`ridan-to`g`ri sportchining ochiq boshiga ta`sir qilishi, hayot uchun xavfli bo`lgan quyosh urishi holatini yuzaga keltiradi.

Havo harorati yuqori bo`lgan sharoitda quyidagi gigiyenik tadbirlar o`tkazilishi maqsadga muvofiqdir:

1. Issiq sharoitga moslashtirilgan ratsional kun tartibini tuzish. Kun tartibida mashqlarni havo harorati nisbatan pastroq bo`lgan paytda o`tkazish, yuklama hajmi, dam olish, ovqatlanish, shaxsiy gigiyena tadbirlari bilan birgalikda, sportchini suv bilan yetarli ta`minlash, mashqdan keyin iliq suvda cho`milishi uchin sharoit yaratish, sport kiyimi va poyabzalini issiq sharoitga mos ravishda tanlash, issiq urishi va quyosh urishi hollarining oldini olish kabi tadbirlarga e`tibor beriladi.

2. Sport mashqlarini kuniga 2 marta, kunning salqin bo`lgan vaqtlarida, ya`ni ertalab va kechki paytlarda o`tkazish rejalashtiriladi.

3. Tabiiyki, issiq sharoitda mashq paytida terlash kuchayadi, shuning uchun vaqti-vaqti bilan sport kiyimini yechib, badan quruq sochiq bilan artilib, kiyim almashtiriladi. Chunki, terlash tufayli nam holatiga kelgan kiyim, quruq kiyimga nisbatan tana issiqligini tashqi muhitga kam o`tkazadi.

4. Trenirovka mashqi jarayonida sportchining tanasi qizib ketmasligi uchun unga har 30 minutda 5-10 minutlik dam (gipotermik pauza) beriladi.




63
Dam olish paytida sovuq dush qabul qilish, yoki ustidan sovuq suv quyish kabilar iloji boricha kam qo`llanishi kerak. Chunki, qizib turgan tanaga sovuq suvning tez-tez ta`siri shamolash kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.Cho`miladigan suvning harorati havo haroratidan atigi 3-5o past bo`lishi kerak.

5. Shaxsiy gigiyenaga alohida e`tibor berish lozim. Chunki, issiq ob-havo sharoitida havoda chang ko`payadi, u esa kiyimlarga va teriga yopishadi. Chang va kir terining ter bezlari yo`lini to`sib, ter ajralishini va issiq ajralishini qiyinlashtiradi, shu bois, har safar mashqdan keyin iliq suvda sovunlab yuvinish va sport kiyimlarini almashtirish zarur.

6. Uyqu 8-9 soatdan kam bo`lmasligi kerak.

7. Sportchining kiyimi shtapel, paxta, kanop matolardan tayyorlangan bo`lgani ma`qul. Ushbu matolardan tayyorlangan kiyim quyidagi gigiyenik talablarga javob bera oladi:

- yupqa va yengil, havoni yaxshi o`tkazadi;

- tashqi muhitdan issiqlikni tanaga kam o`tkazadi;

- quyosh nurini tanaga kam o`tkazadi, ya`ni uni qaytarish xususiyatiga ega bo`ladi;

- tanadan ajralgan terni o`ziga shimib olib, uni sekinlik bilan bug`latadi;

- terini changdan himoya qiladi.

8. Bosh kiyimi bosh va ko`zni quyosh nuridan himoya qilish xususiyatiga ega bo`lishi, yengil, havo va namlikni tanadan tashqi muhitga yaxshi ajratadigan bo`lishi kerak.

9. Poyabzal sandaliy tipida, yengil, yupqa bo`lishi lozim. Poyabzal ichiga kigizdan tayyorlangan patak (stelka) qo`yiladi. U terni yaxshi so`rib oladi. Har kuni mashqdan keyin oyoqlarni va paypoqlarni yuvish kerak.

10. Issiq sharoitda chanqashni kamaytirish uchun og`iz iliq suv bilan tez-tez chayib turiladi. Suvni ko`p ichish yaramaydi. Har zamonda 50-100 ml iliqroq suv ichib turiladi. Yaxshisi iliqroq ko`k choy ichish foydalidir.

Ovqat tarkibida go`sht, sut, tvorog, tuxum, pishloq, meva va sabzavotlar ma`lum miqdorda ko`paytiriladi. Yog` miqdori kamaytiriladi.

Ishtahani yaxshilash uchun ovqatlanishdan yarim soat oldin bir stakan ko`k choy ichish tavsiya etiladi. Shuningdek, oz miqdorda qalampir, sarimsoq, piyoz kabilar ham ishtahani yaxshilaydi.

Issiq sharoitda sportchining ovqatlanish tartibi quyidagicha bo`lishi tavsiya etiladi:

- ertalabki nonushta – soat 7 da – kunlik ovqatning 20-25 foizi;

- ikkinchi nonushta – soat 12 da - kunlik ovqatning 15-20 foizi;

- tushlik - soat 16 da - kunlik ovqatning 35-40 foizi;

- kechki ovqat - soat 20 da - kunlik ovqatning 15-25 foizi;

Yuqoridagi gigiyenik talablarga e`tibor bermaslik sportchida issiq urish holatining yuzaga kelishiga, ish qobiliyatining pasayishiga sabab bo`ladi.




Download 36,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish