Iqlimi, ob-havosi turli xil bo`lgan hududlarda musobaqa o`tkazilganda sportchilarni gigiyenik ta`minlash.
Zamonaviy sport ob-havo, iqlim sharoiti har xil bo`lgan dunyoning turli qit`alarida xalqaro musobaqalar o`tkazilishi bilan xarakterlidir.
Iqlimi, ob-havo sharoiti biznikidan jiddiy farq qiladigan mamlakatga musobaqaga borgan aksariyat sportchilarning sog`lig`ida noxush holat yuzaga kelish hollari, ya`ni nafas qisishi, yurak-tomir faoliyatining buzilishi, kuch-quvvatining kamayishi kabilar kuzatiladi. Bunday noxush holatlarni musobaqa boshlanguncha bartaraf etish, ya`ni sharoitga moslashish maqsadida sportchilar belgilangan manzilga musobaqa boshlanishidan 7-14 kun oldin yetib kelishlarini ta`minlash gigiyenik nuqtai nazardan maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |