1. Shovqin tasnifi va uni meyorlashtirish. Shovqinga qarshi kurash usullari. Shaxsiy himoya vositalari


Shovqin ulchagichlarning asosiy texnik ko’rsatkichlari



Download 92,09 Kb.
bet2/3
Sana15.01.2020
Hajmi92,09 Kb.
#34155
1   2   3
Bog'liq
SHOVQIN VA TITRASHDAN HIMOYALANISH TEXNIK VOSITALARNING


Shovqin ulchagichlarning asosiy texnik ko’rsatkichlari

Turi

Chastota

lar doirasi, kGs



Ulchanadi

gan shovqining darajalari doirasi, dB



Xarorat doirasi, t0S

Ruxsat etiladigan namlik, %

Tashki ulchamlari, sm

Ogirligi, kg

SH-3M

0,040-10

30-140

10 dan 35gacha

65-75

27x20x14

5,5

ISHV-1

0,022-12

30-150

-20dan 50 gacha

80 gacha

22x36x36

12,0

2203(Bryu

l va Kyer) PSI - 202



0,020-18

22-140

-10 dan 60 gacha

90 gacha

31x12x9

2,7

(RET-Germaniya)

0,020-12

17-135

-10 dan 10 gacha

90 gacha

26x12x18

3,6

5.3. Shovqinga qarshi kurash usullari.

Shovqinga qarshi kurashish kuyidagi usullar bilan amalga oshirilishi mumkin:

okilona akustik rejalashtirish (shovqinli uskunalarni to’g’ri joylashtirish);

manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish;

shovqinni ixotalash;

shovqinni yo’tish;

shovqinga qarshi to’siqlar qo’llash;

shovqinni buguvchi moslamalar qo’llash;

shovqinga qarshi shaxsiy himoya vositalari qo’llash.

Ratsional akustik rejalashtirish. Korxona obyektlarini rejalashtirish, bosh rejani loyihalashda shovqin chiqaruvchi obyektlarni lokallashtirish, ma’lum joylarga, ya’ni boshka obyektlarga shovqinning zarari tegmaydigan qilib joylashtirish talab qilinadi. Bunda birinchi navbatda “shamollar guldastasi”, ya’ni shu axoli punktida shamolning asosiy yo’nalishi hisobga olinadi.

Shovqinli sexlar bilan “tinch” xonalar (idoralar, konstruktorlik byurolari, ko’tubxona, tibbiyot xonasi va x.k. lar) orasidagi masofa shovqinni kerakli mikdorda kamaytira oladigan darajada bo’lishi kerak. Agar korxona shaxar xududida bulsa (to’qimachilik korxonalari aksar shaxar xududi ichida joylashgan bo’ladi), shovqinli sexlar axoli yashovchi uylardan uzoqrokda, ya’ni korxona xududining ichkarasida joylashtirilishi kerak. Agar bunday sexlar bir binoning ichida joylashtirilishi kerak bulsa “tinch” xonalar shovqinli xonalardan shovqinni yaxshi ixotalovchi to’siqlar bilan ta’minlanishi yoki boshka, odam kam bo’ladigan xonalar, sanuzel va koridorlar bilan ajratilgan bo’lishi kerak.

Umuman shovqin manbasidan L, m uzoqlikda qanchaga sunishini kuyidagi formula bilan aniqlash mumkin ( rasmga karang). Masalan, tukuv sexidan 30 m uzoqlikda korxona xovlisida joylashgan sartaroshxonadagi shovqinning kuchini aniqlash. Shovqin manbaidan 1 m masofadagi kuchi 94 dB.

Lx=Lshm-20 lg L -8= 94-20 lg 30-8=56,4dB.
bu yerda L-shovqin manbai bilan biror obyekt orasidagi masofa, m;

Lshm- shovqin manbaining shovqin chiqarish kuchi darajasi, dB (odatda undan 1 m masofada ulchanadi);

Lx- shovqinni L masofada sunishi, dB.

Shovqin kup chiqaradigan sexlar atrofi yaxshi kukalamzorlashtirilgan, bargi kalin daraxt va bo’talar bilan koplangan bo’lishi kerak.



M a n b a n i n g sh o v k i n ch i k a r i sh i n i k a m a y t i r i sh.

Manbaning shovqin chiqarishini kamaytirish usuli eng radikal usullardan hisoblanib, u shovqinni keskin kamaytirish imkonnini beradi. Bu shovqinli mashinaning konstruksiyasini yoki texnologik jarayonni uzgartirish yoki amalga oshiriladi. Masalan, mashina va uskunalardagi zarbalixarakatlarni zarbasiz xarakatlarga almashtirish, agregatlarning kichik tezlanishi kinematik sxemelarini yaratish va x.k.

Manbadagi shovqini pasaytirishda eng kulay usullardan biri detallarning titrashini kamaytirishdir. Buning uchun, metaldan detallarni ichki ishkalanish koeffitsiyenti katta bo’lgan materiallar (rezina, bitum, bo’tumlashtirilgan kigiz, karton) bilan koplanadi.

Plastmassadan yasalgan shersternyalarni qo’llash va shesternyalar yuzasini rezina bilan koplash shovqinni sezilarli darajada pasaytiradi. Pnevmatik yigiruv mashinalarida xalkali yigiruv mashinalariga nisbatan shovqin 10-20 dB kamdir.

Keyingi yillarda kupgina fabrikalarda shovqinni kamaytirish maksadida T-150 kushib urash mashinasining ekssentrik mexanizmi arikchali barabancha bilan almashtiriladi. Bunda asosiy shovqin manbai bo’lgan ip yunaltirgich, ekssentrik va uning vali kerak bo’lmay koldi va ular olib tashlanadi.

To’qimachilik sanoatida shovqin, asosan mexaniq va avtomatik tukuv dastgoxlaridan chiqadi. Dastgox mexanizmlarining zarbali ish prinsipi ayniksa tepki mexanizmi xarakat uzatuvchi shesternyalar, batanning va mokining urilish paytlarida shovqin oshib ketadi. AT-120-5 avtomatik dastgoxning ish paytidagi shovqin darajasi 98 dB bulsa, moksiz ishlaganda esa 83 dB ga, batan va pogonyalkasiz ishlaganda 79 dB, tepki mexanizmisiz ishlaganda 79 dB, tepki mexanizmisiz ishlaganda esa 65 dB gacha kamaygan.

Avtomatik tukuv dastgoxlari ishining zarbali prinsipining uzgarishi, mokisiz dastgoxlarga almashtirish shovqin darajasini sezilarni kamaytirish imkonini beribgina kolmay, shu bilan birga uning ish unumdorligini oshirishga imkon beradi.

Fakatgina mexaniq tukuv dastgoxlaridan to’g’ri tishli xarakatlantiruvchi shesternyarni kiyshik tishlilarga almashtirishning uzgina shovqin darajasini 60-75 % ga kamaytiradi. Shesternyalarni sifatli va aniq qilib tayyorlash 3-4 dB, xarakat uzatuvchi qismlarning sifatli moylanishi esa shovqin darajasini 2-3- dB ga kamaytiradi.

Shovqinni ixotalash.
Shovqinni manbada ixotalash, uni pasaytirishning ta’sirchan tadbirlaridan biridir. Xozirgi paytda ixotalashning texnik darajasi shovqinni 20-40 dB kamaytirish imkonni beradi. Shovqinni ixotalovchi vositalarga kabinalar, to’siqlar va himoya kobiklarini hamda mashina va mexanizmlarni yerga o’rnatish joylariga rezina kistirmalar, pukak va pulat prujanalar orqali o’rnatish misol bo’lishi mumkin.

Masalan, kalinligi 40 mm li namat va rezina-namat kistirmalar ishlatiganda tukuv dastgoxlaridan ajralib chiqadigan shovqin 1-2- dB, yukori chastolarda esa 5-7 dB ga kamayadi. Tukuv dastgoxlarining yuzalarini, 0,1-0,15 mm kalinlikdagi 709 nomerli lok bilan koplash esa shovqinni 4 dB ga kamaytirishi ma’lum.

Mashina va uning ayrim qismlarini kobiklar bilan berkitish shovqinni kamaytiradi. Bularning samaradorligini oshirish maksadida kobiklar ichi tovush yo’tuvchi materiallar bilan koplanadi. Bunda mashina va mexanizmlarning xarakatidan kobiklarning uzi titrab, shovqin chiqarmasligiga eshirish kerak.

Tbilisi Mexnatni muxofaza qilish ilmiy tadkikot instito’tining tajribalari shuni ko’rsatadiki, tukuv dastgoxidagi moki kuchitasini 0,99-0,1 g/sm3 zichlikdagi mirogovak plastikat bilan koplash shovqinni 3-3,5 dB kamaytirish imkonini beradi.

Kobikning shovqinni kamaytirish samaradorligi kuyidagi formula bilan aniqlanadi:
(5. 4)

bu yerda  - yo’tilish hisobiga shovqining kamayishi, dB.

 - ixotalash hisobiga shovqinning kamayishi, dB.

Yo’tilish hisobiga shovqinning kamayishi tovush yo’tuvchi materialning zichligiga boglik bulib, uni kuyidagi orqali hisoblanadi:




=13,51 lg R+13 dB;

R<200 kg/m3 bo’lganda

(5.5.)

=23 lg -9 dB;

R>200 kg/m3 bo’lganda

(5.6.)

Bunda R - tovush yo’tuvchi materialning zichligi, kg/m3. Tovushni ixotalash hisobiga shovqinning kamayishi esa kuyidagi formula orqali hisoblanadi:



dB (5.7.)

bu yerda S1 - kobik devorlari yuzasining maydoni, m2;

S2 - tovush yo’tuvchi koplama devlrlari yuzasining maydoni, m2;

1- tovushni ixotalash koeffitsiyenti (1=0,01)

2- tovushni yo’tilish koeffitsitsenti (bu koplamaning materialariga boglikdir, texnik namat uchun (2=0,3).

To’siqlarning (qurilish konstruksiyalari) urtacha orqali hisoblanadi:



dB (5.8.)
bu yerda Ri - shu qurilish konstruksiyasidagi xar bir elementning tovushni ixotalash kobiliyati. Masalan, konstruksiyadagi teshiklar (deraza yoki eshik o’rinlari) uchun Ri=0.

Si- qurilish konstruksiyadagi xar bir elementining maydoni, m2.

Misol. Proborlash uchastkasi tukuv sexidan umumiy yuzasi S1=50 m2 bo’lgan devor bilan tusilgan. Uning ikki darazasi va eshik urni (ochik) kabi konstruktiv elementlari mavjud. Bunda devorning tovushni ixotalash kobiliyati 500 Gs chastotada R1=50 dB, derazaning yuzasi S2=3,0 m2, R2=38 dB va eshik o’rining yuzasi esa S3=5,0 m2 R3=0.

Shu tsikning tovushni ixotalash kobiliyatini aniqlang.


Rur=10 lg (50+3+5)-10 lg (5010-5+310-3,8+5100)=11 dB.

Shovqinni sundirish.

To’qimachilik korxonalarida shovqinni bugish niyatida sex binosi elementlariga shovqin yo’tuvchi panellar ishlatiladi. Ayrim xollarda sexlarning orasi vatin bilan tuldirilgan yogoch ramalariga joylashgan govaklashtirilgan pulat koplamalar bilan koplanadi.

Sankt-Peterburg mexnatni muxofaza qilish ilmiy-tadkikot instito’tining tadkikotlari shovqin yo’tuvchi koplamalarning keng diapazonida (4000-6000 Gs) shovqin yo’tish koeffitsiyenti yukoriligini (0,5-0,65) ko’rsatadi. Ma’lumki, 4000 Gs atrofidagi chastotalarda sanitariya normalaridan ortuvchi shovqinlar eng zararlar hisoblanadi.

Bulardan tashkari, ayrim korxonalarda sex devorlari va shiftlarini shovqin yo’tuvchi materiallar bilan pardozlash joriy qilinadi. Bunda sexning balandligi juda xam yukori bo’lmagan xollarda (4-6 m) yukori samaraga erishishi mumkin. Sex shiftlari baland bo’lgan xollarda bunga kushimcha ravishda shovqin manbai bilan ish joylari oralariga govaklashtirilgan shovqin yo’tuvchi materiallar hamda koplangan shovqin ekranlar (ular metaldan, oyna, yogoch, plastmassa va boshka materiallardan tayyorlanishi mumkin) o’rnatiladi.

Yukorida aytib o’tilgan pardozlash materiallarining shovqin yo’tish hisobiga umumiy shovqin kuchining kamayishi kuyidagicha hisoblanadi (dB).
dB (5.9.)
bu yerda  2 S2 - xonalarda pardozlash hisobiga shovqin yo’tilish ekvivalentining yigindisi, dB;

 2 S1 - xonalarda shovqin yo’tuvchi pardozlash kulmagandagi shovqin yo’tilishi ekvivalentinig yigindisi, dB;

12 - devor, shift yoki panellarning tovush yo’tish koeffitsiyeti;

S1;S2 - devor, shift yoki panellarning yuzalari, m2.

Kupincha to’qimachilik korxonalarida aerodinamik shovqinlar, ya’ni kuchli havo okimi hisobiga ajralib chiqadigan shovqinlar uchraydi. Bu xollarda shovqinni kamaytirish maksadida xar xil konstruksiyali glushitellar ishlatiladi. Bular, naysimon ( rasm), ari iniga uxshash govak ( rasm) plastinkali, kamerali va boshka shakllarda bo’lishi mumkin. Bularning umumiy xususiyati shundaki, ichki devorlari tovush yo’tuvchi materiallar bilan koplagan bo’ladi.

Naysimon sundirgichlar uchun tovushni sundirish kobiliyati kuyidagicha hisoblanadi:



dB (5.11.)

bu yerda D - nayning diametri, m.

r - tovush yo’tish koeffitsiyentining hisoblash uchun ishlatiladigan kiymati, dB m0,5.

Naysimon sundirgichlarda doira shaklidagilar, turtburchak shakldagilarga nisbatan shovqinni kamrok sundiradi.

Sundirgichlar tovushni bugib, uning spektral tarkibini keskin uzgartiradi. Ayniksa odam kulogiga yokimsiz bo’lgan urta va yukori chastotali tovushlarni intensiv ravishda bugadi.

Tovush yo’tuvchi plastinkalar - orasi tovush yo’tuvchi materiallar bilan tuldirilgan, tur bilan koplangan yogoch yoki metall govlardir. Bunda tovush yo’tuvchi materiallar sifatida, paxta va lub tolasi, gisht kukuni va shunga uxshash materiallar qo’llanishi mumkin.

Jadval.

Tovush yo’tish koeffitsiyentining hisoblash uchun ishlatiladigan kiymatlari.

Materiallar

Sundirgichlardagi tovush yo’tish koeffitsiyentlarining hisoblash uchun ishlatiladigan urta geometrik chastotalardagi kiymatlari, Gs.




63

125

250

500

1000

2000

4000

8000

Lub, kapron tolalari, paxta, shisha tolasi

0,22


0,30


0,51


0,61


0,70


0,72


0,60


0,50


Gisht kukuni

0,20

0,26

0,42

0,50

0,53

0,52

0,50

0,48

Shovqinni sundirish uchun sexlarda bundan tashkari labirintlar ( rasm) qo’llaniladi.

Aerodinamik shovqinlarda sundirgichlarning turlari va ulchamlari ulardan o’tayotgan havoning hajmi, tezligi va shovqinning talab qilinadigan darajasi va boshka sharoitlar boglik.

Bundan sundirgichning kundalang kesim yuzasi kuyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:



(5.13)
Bu yerda Q - sundirgichdan o’tadigan havoning hajmi, m3/s;

Vykb - sundirgichda havoning yo’l kuysa bo’ladigan tezligi, m/s; jamoat va ma’muriy binolarda Vykb=4-10 m/s va to’qimachilik sanoati korxonasi binolarida - 12 m/s gacha kabul kilingan (tezlik 12 m/s bo’lganda glushitelning uzunligi 1 m qilib olinadi).

Umuman sundirgichning uzunligi kuyidagicha hisoblanadi:

m (5.14)

bu yerda  Ltd - sundirgichda shovqinning talab qilinadigan darajadagi kamayishi, dB;

 L - sundirgichda shovqinning xar bir metriga to’g’ri keladigan kamayishi, dB.

Ma’lumki, sexlardagi shovqin darajasi fakatgina manbalardan to’g’ridan-to’g’ri kelayotgan tovushlar hisobigagina emas, balki aks-sado (ya’ni, kaytgan tovushlar) hisobiga xam oshishi mumkin. Bunday xollarla, manba shovqinini kamaytirish imkoni bo’lmasa, kaytgan tovushlar energiyasini sundirish sexning ichki devor va shiftlari tovush yo’tuvchi koplamalar bilan koplanadi hamda shiftlarga kub, konus va boshka shakllarda tovush yo’tuvchi materiallar osib kuyiladi. YA’ni xonalarga akustik ishlov beriladi.

Odatda xamma qurilish materiallari tovush yo’tish xususiyatiga ega, lekin ularning tovush yo’tish koeffitsiyentlari () xar xil. Gisht, beton va shunga uxshash qurilish materiallarida =0,01-0,05 bulib, bu juda kamdir. Xonalarga akustik ishlov berishda  urta chastotalarda 0,2 dan yukori bo’lgan materiallar ishlatiladi.

Kupincha xonlarga akustik ishlov berishda rasmda ko’rsatilgan materiallar va shakllar qo’llaniladi. Akustik plitalar (4) shiftlarga to’g’ridan-to’g’ri yoki ma’lum masofa koldirib biriktiriladi. Bu plitalar, shisha, kapron, minearl tollardan hamda xar xil biriktiruvchi moddalar bilan korishtirilgan yogoch kipiklari, polivinilxlorid va shunga uxshash govak materiallardan yasalib, ularni buyab yoki ma’lum formalarda ishlab chiqariladi.

Bu plitallarning tovush yo’tish xususiyatlari govak materiallarning kalinligiga, tovushning chastotasiga va plita bilan devor orasida havo katlami bor yoki yukligiga boglikdir.

Ayni paytda bu koplama 20-200 mm ni tashkil kiladi, bunda asosan urta va yukori chastotalardagi tovushlar yo’tiladi.

Ishchilarni shovqindan saqlashning samarali turlaridan yana biri, shovqin manbalari bilan ish joylari orasiga o’rnatiladigan ekranlar. Ekranlarning akustik afzaligi ularning orqasida tovush to’lqinlari qisman o’ta oladigan zona xosil qilishdan iboratdir. Shovqinning ekrandan ktish darajasi ekranning ulchamiga va tovushning to’lqin uzunligiga boglikdir eKranning bir xil ulchamida tovush to’lqin uzunligi qancha katta bulsa, ekran ortida tovush o’ta oladigan zona shuncha kichik bo’ladi. Shuning uchun ekranlar asosan urta va yukori chastotali shovqinlardan tusish uchun ishlatiladi. Past chastotalarda ekranlar kam samaralidir. Shovqin darajasi yukori bo’lgan ayrim sexlaridagi ish joylari, masalan, operatorlarning boshkarish pultlari shovqindan himoyalangan kabinalarga joylashtiriladi.

Shovqinning zararli ta’siridan himoyalanish uchun kuyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:

-shovqinli uskunalar past shovqinli uskunalar bilan almashtiriladi;

-shovqinli uskunalar sexda eng kam odam ishlaydigan vaqtda ishlatiladi;

-korxona xududi kukalamzorlashtiriladi;

-shovqin manbaidan chiqadigan shovqin pasaytiriladi;

-shovqinning tarkalishini cheklash choralari quriladi;

-shovqin sundirgichlardan foydalaniladi;

-shovqinni tusadigan dastgoxlar (ekranlar) qo’llaniladi;

-tovush o’tkazmaydigan gifloflar yordamida shovqinning atrofga tarkalish kamaytiriladi;

-shovqin ta’sirlaridan himoyaladigan yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydaniladi.

Ishlab chiqarishda shovqinni pasaytirishga shovqin manbaining uzidayok shovqin sabablarini bartaraf etish va uning tarkalish darajasini kamaytirish yo’li bilan erishish mumkin.

Shovqinga qarshi kurash maksadida tovush yo’tadigan hamda tovush o’tkazmaydigan ashyolar va konstruksiyalarda foydalaniladi. Havo yo’llari buylab tarkaladigan aerodinamik shovqin xar xil tuzilishdagi sundirgichlar yordamida paysaytiriladi. Rasmda shovqin sundirgichlarning eng kup tarkalgan sxemalari keltirilgan.

Naychasimon shovqin sundirgichlari kvadrat yoki turtburchak kesimli qilib tayyorlanadi. Tovush yo’tadigan katlamning kalinligi 700 mm. Shovqin sundirgich turi havo sarfiga, ruxsat etilgan tezliklarga karib tanlanadi.

Shovqinga qarshi kurashning asosiy usuli kushni xonadagi shovqin darajasini pasaytirdigan tovush o’tkazmaydigan uskunalar o’rnatishdir. Devor va pardevorlarning tovush o’tkazmaslik xossasi oshirish yoki ularning ogirligini kamaytirish uchun oraligida havo tirkishi bo’lgan xar xil to’siqlarni qo’llash tavsiya etiladi.

Zichlovchi ashyolar sifatida yushmok rezanilar, toshpaxta (asbest) chilviridan, bitum shimdirlagan losdan, ruberoid foydalanish mumkin.


jadval

Download 92,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish