68
metrgacha bo’lishi lozim.
SHAHAR LOYIHASIDA MADANIY-MAISHIY MUASSASALARNI GIGIENIK
JIHATDAN TO’G’RI JOYLASHTIRISHNING AHAMIYATI
Aholi uchun xizmat qiladigan turli madaniy-maishiy idoralar va ularga
qarashli muassasalar shahar planida gigiena talabiga qarab joylashtirilsa,
aholiga qulaylik tug’diradi, ularning sihat-salomatligini saqlashda katta
ahamiyatga ega bo’ladi. Jumladan, davolash-profilaktika muassasalari, sport
maydonlari, madaniyat saroylari, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat
ko’rsatish idoralari, aloqa va boshqa ob’yektlarning etarli bo’lishi maqsadga
muvofiqdir. Kundalik ehtiyoj uchun kerak bo’ladigan ob’yektlar rayon
territoriyasida joylashtirilsa, vaqti-vaqti bilan kerak bo’ladigan muassasalar
rayon markazlarida, ishchi posyolkalarida joylashtiriladi, Madaniy-maishiy
muassasalarni shahar tsrritoriyasida joylashtirish uning katta-kichikligiga
bog’liq.
Aholiga madaniy-maishiy xizmat qiluvchi ob’yektlar ikki guruhga bo’lib
joylashtiriladi. CHunonchi, oshxonalar, tibbiyot muassasalari, kutubxonalar
zavod, kombinatlar ichida joylashtirilsa, madaniyat uylari, klublar, o’quv
markazlari va boshqalar korxonalar tashqarisidagi maydonlarda
joylashtiriladi, Dam olish zonalarida ham madaniy-maishiy xizmat ko’rsatish
yo’lga qo’yilgan bo’ladi.
SOG’LIQNI SAQLASH MUASSASALARI
Tarixiy dalillarga qaraganda, davolash-profilaktika muassasalari, dam
olish uylari va boshqa shu kabi muassasalar uchun ajratiladigan territoriyalar
quruq, qaddi baland, ko’kalamzor, shamol yaxshi esib turadigan bo’lishi
lozim ekan. Bu joylar transport yo’llari, aeroport, vokzal va tashqi muhitni
ifloslantiruvchi hamda shovqin-suronga sabab bo’luvchi manbalardan ancha
69
yiroq bo’lishi lozim.
SHifoxona, poliklinika, tug’ruqxonalar rayon bosh planida ko’zda tutilib,
aholi uchun ularning xizmat doirasi 2000 metrdan oshmasligi kerak. SHahar
sharoitida quriladigan shifoxona va poliklinikalar aholi turar joylari zonasida
joylashtiriladi. SHifoxonalar atrofining ko’kalamzor, daraxtzor bo’lishi katta
ahamiyatga ega.
Yirik davolash muassasalari, jumladan respublika, viloyat, shahar
shifoxonalari sanitariya-gigiena talablari asosida quriladi. Bunday
shifoxonalar uzoq rayon va shaharlardan kelgan aholiga xizmat qiladi. SHuni
hisobga olib, ular aholiga qulay bo’lgan joylarga, quriladi.
Qariyalar uylari ham aholi turar joylar zonasida joylashtiriladi. Ular har
ming aholiga 2—4 kishi hisobida qilib quriladi.
Fizkul’tura va sport inshootlari aholi turar joylari zonasida joylashgan
bo’ladi. Ular o’sha joy aholisiga xizmat qiladi. SHahar territoriyasida
quriladigan stadionlar, sport komplekslari, basketbol, voleybol maydonlari va
boshqalar sanoat korxonalar chiqindilari tashlanadigan joydan uzoqda bo’lishi
lozim. Hozir 50 dan ortiq sport turi mavjud. Mashg’ulotlar turli katta-
kichiklikdagi xonalarda bajariladi. Ular asosiy (maydonlar, maydonchalar,
zallar), yordamchi (echinish, dushda yuvinish xonalari va boshqalar), texnika
xonalari hamda tomoshabinlar o’tiradigan joylardan iborat.
SHahar territoriyasida sport uchun mo’ljallangan ob’yektlar rasa-madi
bilan gigiena normalarini hisobga olib joylashtiriladi. SHahar aholisining har
biri uchun 1m
2
sport maydoni to’g’ri kelishi kerak. Bundan 0,3 m
2
maydon
ko’kalamzorlashtirishga mo’ljallanadi. Bular sport maydonlarini o’rab, xuddi
chegara vazifasini o’taydi. Kichik rayonlardagi sport maydonlari asosiy
yo’ldan 300 metr ichkariroqda joylashtiriladi. Madaniyat va san’at ob’yektlari
odatda jamoa markazlarida, ishchilar posyolkasining markazida joylash-
tiriladi. Bu ob’yektlarga klublar, teatrlar, kutubxona, muzeylar, ki-noteatrlar,
koncyert zallari va boshqalar kiradi. Bunday ob’yektlar shahar va ishchi
posyolkalarining loyihalarida ko’zda tutilib, transport, magistral yo’llardan
70
ancha nariroqqa quriladi.
Savdo, umumiy ovqatlanish va maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari
turar joylar, kichik uy-joy rayonlari va kichik yo’l va yo’lkalardan 300—500
metr nariga quriladi. Sut va oziq-ovqat magazinlari, kafelar, oshxonalar, kir
qabul qilish punktlari va boshqa aholi uchun xizmat qiladigan ob’yektlar
uzoqligi 500 metrgacha bo’lishi mumkin. Ular shahar markazlarida yoki
maxsus savdo markazida joylashtiriladi. Savdo korxonalari, umumiy
ovqatlanish punktlari va maishiy xizmat ob’yektlarini aholi turar joylarida
tashkil qilish SNiP 11 60—75 bo’yicha joylashtiriladi.
SHahar loyihalarida savdo-sotiq bozorlari, sabzavotlar sotila-digan
bozorlar avtovokzallarga, vokzallarga, avtomobil yo’llariga yaqin joylarga
qurilishi kerak. Savdo korxonalari umumiy ovqatlanish ob’yektlari
planlashtirilganda odamlar dam oladigan oromgoh zonaga, xo’jalik zonasiga
bo’linadi, bunda chiqindilar, axlat yig’iladigan kichik maydonchalar ajratiladi.
Axlat yig’iladigan yashiklar turar joy binolaridan 20 metr nariroqqa
joylashtiriladi.
SHahar territoriyasida dam olish muassasalarini qurish ham shahar
loyihasida ishlab chiqiladi. Bunday muassasalar shahar tyer-ritoriyasining eng
ko’rkam, orombaxsh, tabiiy iqlimi yoqimli bo’lgan joylarga quriladi. Dam
olish muassasalari «qurilish normasi va qoidasiga» asosan rasamadi bilan
joylashtirilishi kerak. Dam olish muassasalari dam olish yoki
sog’lomlashtirish zonalariga bo’linadi. Bu zonada dam olish binolari,
ishchi-xizmatchilar uchun xonalar,
omborxona, kirxonalar joylashtiriladi. Avtobus, trolleybus parklari, kurort va
dam olish ob’yektlarini ta’minlaydigan sanoat korxonalarining qurilishi
ko’zda tutiladi. Bulardan tashqari, yashil zona ham tashkil qilinadi. YAshil
zonalar dam oluvchilarning ko’ngilli dam olishiga yordam byeradi.
Sog’lomlashtirish muassasalariga bo’lgan talab qurilish normasi va
qoidasida ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |