SANOAT KORXONALARI JOYLASHGAN ZONALAR
Bu funkcional zona sanoat korxonalari bilan bog’liq ob’yektlarni
joylashtirishga mo’ljallangan. U yerga shu ob’yektlarning bir-biriga
bog’lanishini yaxshilash maqsadida temir yo’llar quriladi. Turar joylar bilan
korxonalar o’rtasidagi yo’llar esa qulay, transport bilan ta’minlangan bo’lishi
kerak. Tranzit shaharlar orasidagi temir yo’l va avtomobil yo’llari alohida
qilib quriladi. Temir yo’l vokzallari, avtovokzallar shahar tashqarisiga,
aholiga zarar yetkazmaydigan qilib quriladi. U yerga sanoat korxonalarini
joylashtirish sanitariya-epidemiologiya qoidalari asosida bo’ladi.
Sanoat markazlarida asosan sanoat korxonalari, issiqlik elek-
trostanciyalari, avtomobil bazalari joylashgan bo’ladi. Konstruktorlik
idoralari, o’quv markazlari hamda sanoat korxonalariga texnik tomondan
xizmat qiladigan ob’yektlar joylashtiriladi.
Sanoat korxonalari joylashgan zonada quyidagilarga e’tibor byeriladi:
a)
aholi turar joylari havosining ifloslanishining oldini olish va
aholini shovqin-surondan muhofaza qilish maqsadida aholi turar joylari bilan
sanoat korxonalari orasida sanitariya muhofaza zonasi o’rnatilishiga;
b)
sanoat chiqindi suvlarining aholi foydalanadigan suv havzalariga
56
tushmasligiga;
v)
tuproqlar ifloslanishining oldini olish maqsadida sanoat
korxonalari chiqindilarining o’z vaqtida shahardan chetga olib chiqib
ketilishi, shuningdek yig’ilgan axlatlarning zarur hollarda zararsiz holatga
keltirib, so’ngra olib chiqib ketilishiga;
g)
yuk tashishga mo’ljallangan transport vositalari qatnovining
aholiga zarar byermasligiga;
d)
sanoat korxonalari shamol yo’nalishiga to’g’ri qilib
joylashtirilganligiga va hokazo.
1971 yilda chiqarilgan va tasdiqlangan sanitariya va qurilish normalariga
asosan aholi turar joylari va sanoat korxonalaridan chiqadigan zaharli gaz va
changlarning havodagi miqdoriga qarab sanitariya-himoya zonalari 5 turga
bo’linadi.
I tur-1000 m; II tur —500 m; III tur —300 m; IV tur—100 m va
V tur-50 m.
Mabodo, aholi turar joylari bilan sanoat korxonalari orasidagi himoya
masofalari talabga javob byermasa, sanoat korxonalaridan chiqadigan zararli
gazlar, chang va boshqalar aholi sihat-salomatligiga putur etkazsa, turar
joyning sanitariya holatiga zarari tegsa, u holda respublika Sog’liqni saqlash
vazirligi qoshidagi Davlat Bosh sanitariya-epidemiologiya boshqar-masi va
respublika Davlat qurilish komitetining qo’shma ravishda chiqargan va
tasdiqlangan qaroriga yoki farmoniga asosan aholi turar joylari bilan sanoat
korxonalari oralig’idagi himoya masofasi uzaytirilishi yoki qisqartirilishi
mumkin. Masalan, keyingi yillarda qurilayottan yirik sanoat korxonalari
talabini yuqorida zikr qilingan himoya masofalari mutlaqo qoniqtirmaydi.
Bunday holatlarda aholi turar joylari bilan sanoat korxonalari orasidagi
masofa kamida 5—10 km ga uzaytirilishi lozim.
Navoiy shahrida qurilgan ximiya sanoati korxonalari haqiqatan ham
zamon talabiga javob byeradi. CHunki, shahar bilan korxonalar oralig’i 10—
15 km ga to’g’ri keladi. SHuni ham aytish kerakki, agar chiqindilarni ushlab
qoladigan qurilmalar tozalash inshootlari chiqargan zaharli chiqindilar
ta’sirini kamaytirsa, aholiga zarari tegishi oldini olsa, u holda himoya
57
masofasini qisqartirish mumkin. Bu nazorat organlari tomonidan amalga
oshiriladi.
Qachon aholi turar joylari va sanoat korxonalari oralig’idagi himoya
masofalaridan foydalanishga ruxsat byeriladi? Nima uchun u maydonlarga
hammomlar, avtomobillar uchun garajlar, konstruktorlik idoralari, korxonalar,
oshxonalar, magazinlar, zavod va kombinatlarning idora-boshqarmalari,
texnika inshootlari qurilgan? Agar ushbu maydonlarning 35—40% iga
daraxtlar ekilib, kichik o’rmonlar tashkil qilinsa yoki ko’kalamzorlashtirilsa, u
yerdan foydalanish mumkin. Daraxtzorlarning eni 30—40 metr, uzunligi
100— 200 metrga etgan bo’lsa, ishchi-xizmatchilarning dam olishiga xizmat
qiladi. Bunday daraxtzorlar iqlimni yumshatib, havoning oksigen bilan
boyishiga, ifloslangan havoni tozalashga imkon byeradi.
Sanoat markazlarn joylashtirnlgan maydonlar darhol obodon-
lashtirilishi, ko’kalamzorlashtirilishi lozim. U yerga vodoprovod va
kanalizaciya tarmoqlari ulansa, favvoralar qurilsa ayni muddao bo’ladi.
Bulardan tashqari, sanoat korxonalari zonasida transport harakati hamda
odamlarning yurishi uchun qonun-qoidaga asoslanib yo’llar quriladi.
Ishchilarga qulay bo’lishi uchun ular yashayotgan joydan korxonalargacha
bo’lgan masofa 25 km dan ortiq bo’lsa, jamoa transporti bilan ta’minlanadi.
3000 metrdan ziyodroq himoya masofasini talab qiladigan katta korxonalar
shahar tashqarisiga quriladi.
Odatda, sanoat korxonalari qishloq xo’jaligi uchun zarur bo’lmagan yoki
kam foyda byeradigan, hosil unmaydigan yerlarga quriladi.
Sanoat korxonalari suv havzalariga yaqin joylarga, sanitariya-himoya
zonalari atrofiga, sanatoriy va kurort, dam olish zonalari yaqiniga qurilsa,
unga yuqori gigienik talablar qo’yiladi. Bunda korxona chiqindilari aholining
58
sihat-salomatligiga ta’sir qilmasligiga, ifloslantirmasligiga ahamiyat byeriladi.
Buning uchun sanoat korxonalarini zamonaviy texnika asbob-uskunalari bilan
ta’minlash, asboblarni ish tushgach yaxshilab byerkitish, chiqindilarni
tozalash inshootlari orqali zararsizlantirish va boshqalar ko’zda tutiladi.
Sanoat korxonalari ishi suv bilan bog’liq bo’lsa, ular suv havzalariga
yaqinroq qilib quriladi. Bunda sanitariya xodimlarining vazifasi
murakkablashadi, chunki chiqindi suvlarni zararsizlantirish va ularni sanoat
korxonalaridan olib chiqib ketish va suv havzalarini ulardan muhofaza qilish
masalasi hal qilinishi kerak bo’ladi. Ba’zi sanoat korxonalari ishlab chiqqan
mahsulotlar suv transporti orqali boshqa rayonlarga tashiladi. Buning uchun
daryo bo’ylarida yuk qabul qilish, yuk tushirish portlari, inshootlar
joylashtiriladi. Bunday ob’yektlar suv oqimining quyiroq qismiga
joylashtiriladi. Agar ular aholi turar joylari yaqiniga joylash-tirilsa, suv
havzalarini ifloslantirib, aholi sog’lig’iga zarar etkazishi mumkin.
Sanoat korxonalari suv havzalari yaqinida joylashgan bo’lsa, qirg’oq
bo’ylarida dam olish uchun maydonlar qoldiriladi. Sanitariya nazorati
xodimlari qayta qurish uchun mo’ljallangan shahar loyihasini izchillik bilan
tekshirib, xulosa yozishi kerak. Unda shahar ichida joylashgan sanoat
korxonalarini shahardan tashqariga olib chiqib ketish, sanitariya-himoya
zonalari tashkil qilish, shahar ichida joylashgan, ammo tashqi muhitni
ifloslantiradigan kichik korxonalardan muhitni himoya qilish choralari ishlab
chiqiladi.
SHaharlarni qayta qurcsh bosh planida murakkab vazifalar ham hal
qilinadi. Bunda shunday masalalar ko’tariladiki, toki bu korxona aholiga zarar
byermaydigan korxonaga aylansin. Ba’zan korxona chiqindilarini texnologik
yo’l bilan tozalash inshootlari yordamida zararsizlantirib bo’lmasa yoki ularni
shahardan chetga olib chiqishning iloji bo’lmasa, korxonalar atrofida
yashovchi aholi boshqa yerga ko’chiriladi. Qolgan aholiga esa turar joylar
59
bilan korxonalar oralig’ida himoya masofalari tashkil qilinadi.
Xavfli portlash yoki yong’in chiqish xavfi bo’lgan korxonalar shahar
chekkasiga, aholidan uzoqroq masofaga shamol yo’nalishiga to’g’ri qilib
quriladi. Ko’pgina sanoat korxonalaridan qayta ishlab bo’lmaydigan
chiqindilar chiqadi. Masalan, shlaklar, kul va boshqalar. Bular uchun maxsus
poligonlar, chiqindi tagalanadigan axlatxonalar tashkil qilinadi. Bunday joylar
tepaliklar yonida, suv toshmaydigan joylarda tashkil qilinadi.
Sanoat korxonalari joylashgan zonalarni qayta qurish masalasi
ko’tarilganda korxonalarning rivojlanishini nazarda tutib, rezyerv maydonlar
tashkil qilinadi. YAngi korxonalar qurish uchun ham maydonlar ajratiladi.
SHu bilan bir qatorda temir yo’llar, avtomobil qatnovini tartibga solish,
foydalanilmagan yo’llarni buzib, u yerga boshqa ob’yektlar qurish ko’zda
tutiladi.
Sanoat korxonalari chiqindilari havoni ifloslamasligi uchun zavodlarga
chiqindilarni tozalash inshootlari qurish, ulardan unumli foydalanish
maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |