1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

YER OSTI VA YUZA SUVLAR 
YUqorida zikr etilganidek, suv va suv havzalarining shahar va ishchi 
posyolkalari kichik iqlimini yaratishdagi roli juda kattadir. Yer osti 
suvlarining mavjudligi shahar, rayon va qishloq aholisini toza ichimlik suv 
bilan ta’minlashga yordam byeradi. Ayniqsa artezian suvlarining fizik, ximik 
va baktyeriologak tomondan toza bo’lishi aholini ichimlik suv bilan 
ta’minlashga imkon byeradi. 
Daryo, ko’l, suv omborlarining suvi odamlarning faol dam olishiga, 


50
cho’milishiga, sport ishlarini rivojlantirishga katta ta’sir ko’rsatadi. 
SHahar territoriyasidan daryolarning oqib o’tishi uning iqlimiga, 
manzarasiga, havosining namligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Suv o’tloqlar, 
maysazorlar, daraxtzorlar barpo qilishga yordam byeradi. 
Neva daryosi Sankt-Petyerburg shahrining ko’rkiga ko’rk qo’shib turadi. 
Moskva shahri esa Volga daryosi suvlari evaziga suv manbalariga boy 
shaharga aylangan. Ayniqsa, keyingi yillarda qurilayotgan shaharlar 
loyihasida obodonlashtirish, suv manbalari bilan ta’minlash masalasi ko’zda 
tutilgan. 
Misol tariqasida O’zbekiston diyoridagi Angren, Zarafshon, Navoiy va 
boshqa shaharlarni keltirish mumkin. SHaharlarni loyihalash va qurishda 
inson sihat-salomatligi uchun zarur bo’lgan tabiiy omillarni iloji boricha
saqlab qolish yoki sun’iy ravishda 
uni tashkil qilish inson bilan tabiat o’rtasidaga bog’liqlikni mu-stahkamlashda 
katta ahamiyat kasb etadi. 
SHAHARLARNI BARPO ETISHDAGI OMILLAR 
SHaharlar, ishchi posyolkalarining paydo bo’lishiga ko’p omil, ya’ni 
ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, konlar, yanga yerlarning ochilishi, 
dengiz va daryo yoqalarida portlarning qurilishi sabab bo’lgan. Masalan, grek 
shaharlarining paydo bo’lishiga hunarmandchilik va savdo-sotiqning 
rivojlanishi ta’sir etgan bo’lsa, chet el va bizdagi shaharlarning paydo 
bo’lishiga katta-katta sanoat korxonalarining qurilishi sabab bo’lgan. 
Endilikda shaharlarning paydo bo’lishiga tabiiy boyliklarning o’zlashtirilishi, 
shu bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish vositalarining joylashtirilishi, 
sanoat komplekslarining qurilishi sabab bo’lmoqda. 
Keyingi 25—30 yil ichida 400 dan ziyod shahar va kichik shaharlar qad 


51
ko’tardi. Jumladan, Ust’-Ilimsk, Vorkuta, Nurobod va shu kabilar. 
Ulardan tashqari, ma’muriy idoralar, iqlimni o’rganuvchi markazlardan 
tashkil topgan shaharlar ham mavjud. Bunga Novosibirskdagi akademiklar 
shahri, Qarag’anda viloyatidagi Boyqo’ng’ir shahri, o’z tarkibiga faqat sanoat 
markazlarini emas, balki oliy, o’rta o’quv yurtlari, ilmiy tekshirish ilmgohlari, 
kurort va sanatoriylarni qamrab olgan shaharlarni misol qilish mumkin. 
Toshkent, Kiev, Tbilisi, Olma-ota, Minsk, Sochi, YAlta, Riga va boshqa 
shaharlar ham shular jumlasidandir. 
SHaharlarning paydo bo’lishiga va taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatuvchi 
omillar shaharlarni tashkil qiluvchi omillar deyiladi. 
SHaharlarning taraqqiyotida transport, ya’ni temir yo’l, havo, avtomobil 
va suv transporti vositalari katta rol’ o’ynaydi. Tabiiy davolash resurslari — 
minyeral suv manbalari, dengiz qirg’oqlari, tog’lik rayonlar, o’rmonlar, 
daraxtzorlar ham shahar paydo qilishda eng zarur omil hisoblanadi. 
Har bir shaharda aholiga xizmat qilish uchun madaniy-maishiy xizmat 
ko’rsatish idoralari, korxonalar mavjud. Bu idora va korxonalar shaharni 
barpo qilishda ishtirok etgan ishchi-xizmatchilarga, qolavyersa aholiga xizmat 
qiladi. Bulardan tashqari, maktablar, magazinlar, tibbiyot muassasalari, engil 
sanoat korxonalari va boshqalar ham aholiga xizmat qilish uchun quriladi. 
SHahar aholisi uch guruhdan tashkil topadi: 
a) asosiy yoki shaharni tashkil qiluvchi guruh. Bular ishchilardan 
tashkil topib, shaharning sanoat korxonalari va muassasalarida ishlaydilar; 
b) xizmat ko’rsatuvchi guruh — bular asosan aholiga xizmat ko’rsatib
shahardagi savdo do’konlarida, ovqatlanish korxonalarida, 
sog’liqni saqlash va madaniy-maishiy muassasalarda va boshqalarda 
ishlaydilar; 
v) ishga yaroqsiz kishilar guruhi — bu guruhga maktabgacha va maktab 
yoshidagi bolalar, pensiya yoshidagi kishilar, uyda band bo’lgan kishilar, oliy 
va o’rta o’quv yurtlari o’quvchilari kiradi. 


52
SHahar aholisining 25—35% i asosiy guruhni tashkil qiladi, aholiga 
xizmat qiladigan guruhdagilar soni shaharning katta-kichikligiga bog’liq. 
Katta shaharlarda ular 23—28%, o’rtacha kattalikdagi yoki kichik shaharlar 
va ishchi posyolkalarida 19—22% ni tashkil qiladi. 
SHaharlarning kattalashishi, savdo, maishiy ob’yektlarning ko’plab 
qurilishiga, aholiga xizmat ko’rsatadigan ishchilar sonining tobora ortib 
borishini talab qiladi. Mehnatda qatnashmaydigan guruhdagilar 46—48 foizni 
tashkil qiladi. 
SHahar aholisining hozir va kelajakda yuqorida zikr etilgan guruhlari 
sonini bilish uchun quyidagi formulalardan foydalanamiz: 
N=100 A/a, 
bunda N — kelajakdagi aholi soni, A — shaharni tashkil qiluvchi 
guruhning mutloq belgasi: a — shaharni tashkil qiluvchi guruhning foizli 
ko’rsatkichi. 
a=100-(V+S), 
bunda: V — aholiga xizmat qiluvchi guruh foizi, S — ishga yaroqsiz 
guruh foizi. 
Aholi guruhini aniqroq hisoblash quyidagi formula bilan bajariladi: 
N = 100 x A , 
R – K – n - S + m - V 
Bunda: R — aholini mehnatga yaroqli yoshdagi qismi, 
K — aholi orasidagi ishga yaroqli, ammo mehnat qilmaydigan xotin-
qizlar soni, 
n —aholi orasidagi ishga yaroqli yoshdagi ishlamaydigan nogironlar 
soni, 
S — aholi orasidagi mehnatga yaroqli yoshdagi, ammo ishlab 
chiqarishda qatnashmaydigan o’quvchilar soni, 
m — aholi orasidagi ishlaydigan mehnat faxriylari soni, 
V — aholiga xizmat qiluvchi guruhning soni. 
SHaharlarni, ishchi posyolkalarini loyihalashda aholi guruhlarining har 
bir turar joydagi miqdori oldindan aniqlanishi kerak, bunda aholining yoshi, 


53
jinsi ham hisobga olinadi. 
Keyingi vaqtlarda yangi qurilayotgan shaharlarda aholi soni asosan 
mexanik ravishda ko’paymoqda, ya’ni u shahardan bu shaharga ko’chib 
borish, sanoat korxonalariga ishga joylashish va hokazo. 
Qurilayotgan shaharlarni loyihalashda aholining o’sishi va ko’payishi 
hisobga olinishi kerak, chunki tabiiy va mexanik ko’payishlar nazarda 
tutilmasa, ularning yoshi, jinsi inobatga olinmasa keyinchalik aholining 
yashash sharoiti, ijtimoiy va madaniy sharoiti unchalik yaxshi bo’lmasligi 
mumkin. SHuning uchun ham sanitariya vrachi bulardan xabardor bo’lmog’i 
lozim. 
SHuni qayd qilish kerakki, shaharda bolalar bog’chasi, yaslilar, 
maktablarning etarli bo’lishi uchun aholini yoshiga qarab guruhga bo’lishni 
yaxshi bilish kerak. Quyidagi jadvalda aholining yoshiga qarab guruhga 
bo’lish ko’rsatkichi byerilgan. 
3 – j a d v a l 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish