TURAR JOY ZONALARI
Bu zona aholi yashaydigan rayonlar, ma’muriy idoralar, ilmiy markazlar,
oliy va o’rta o’quv yurtlari, tibbiy muassasalar, sport inshootlari va
boshqalarni o’z ichiga oladi. Turar joylar daryolar, o’rmonlar, temir yo’l
shoxobchalari, avtomobil yo’llari va boshqalar bilan chegaralanishi mumkin.
Aholi turar joylarining sanitariya holatini baholash uchun sanitariya
xodimlari yerning holati, aholisining soni, uy-joylar fondi, necha qavatli qilib
qurilishi zarurligini bilishlari kerak.
1975 yilda tasdiqlangan «Qurilish normasi va qoidasi»ga asosan aholi
turar joylarining normasi katta-kichikligi har bir kishiga
13,5 m
2
ni tashkil qiladi. Kelajakda esa har bir kishiga 18 m
2
bo’lishi ko’zda
tutilmoqda.
SHahar territoriyasidagi aholi turar joylari shunday joylashtirilishi
60
kerakki, unda shaharda joylashgan sanoat korxonalaridan chiqadigan chiqindi
atrofni zararlamasin. Havoning ifloslanmasligi shahar havosining almashinib
turishiga ham ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Buning uchun shahar atmosfera
havosining harakat tezligi sekundiga 1—1,5 metr bo’lishi kerak. SHamol
tezligiga imoratdarning baland-pastligi, daraxtlarning ko’p yoki kamligi,
ularning turi ham ta’sir ko’rsatadi.
SHahar havosining harakati uy-joylarning qaysi usulda qurilganiga qarab
tezligini o’zgartirib turipsh mumkin. Masalan, katta shaharlarda shu joyga xos
havo tezliga paydo bo’ladi. Bu tezlik o’zidan ustunroq bo’lgan havo
yo’nalishiga qarama-qarshidir. Bunday sharoitda shamol harakati ifloslangan
havoni shahar chetidan, ya’ni sanoat korxonalari joylashgan rayonlardan
shahar markaziga tomon tortishi aniqlangan. Bu shahar havosining chang, gaz
va boshqa kimyoviy moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo’ladi.
SHaharda uy-joylarni zich yoki ko’ndalang qilib qurish orqali shamol
yo’lini to’sish mumkinligi amalda isbotlangan. Baland o’sadigan daraxtlar
ham kuchli shamolni to’sishi mumkin. Turar joylarni gigiena talabiga asosan
shamol yo’nalishiga qarshi qilib qurish, sanoat korxonalarini esa turar
joylarga nisbatan shamol yo’nalishi tomon qurish shahar havosini turli
gazlardan xalos qiladi.
SHahar territoriyasida yashovchi aholini toza havo bilan ta’minlash,
ularning yashash sharoitini yaxshilash uchun uylar sanitariya normalariga
to’g’ri keladigan qilib qurilishi, ularni shamollatib turish katta ahamiyatga
ega. Bu yashash joyidan 2 metr yuqorida aniqlanadi. Inson yashab turgan
joyda shamol tezligi sekundiga 5—7 metrdan ortsa, bunday shamollatish
yuqori hisoblanib, insonning sog’lig’iga ayniqsa kuz, ko’klam faslida ta’sir
qiladi va qish davrlarida salbiy ta’sir etadi. SHuni aytish kerakki, shahar
tyerrito-riyasida havo harakati to’xtab qolmasligi kerak. Bunday holat
ko’pincha atrofi binolar bilan to’silgan kvartallarda kuzatiladi.
Ahadi yashashi uchun uy-joy qurishda eng qulay loyihalar tanlanadi. 5, 9
61
va 12 qavatli uy-joylar loyihasi ma’qul hisoblanib, bunday binolar orasida
shamol harakatining to’g’ri yo’nalishi ko’zda tutiladi.
Bizning mintaqada qurilayotgan binolar iqlim sharoitini hisobga olib va
me’morchilikning turli usullaridan foydalangan holda quriladi. Jumladan,
qattiq shamol esadigan rayonlarda uy-joylar shamol yo’nalishiga qarshi qilib
quriladi.
I loyiha oddiy uy-joy loyihasi, shamol tezligini 10% ga kamaytiradi.
2-rasm. Kuchli shamoldan himoya qiladigan uy-joy loyihasi.
62
II loyiha oddiy, ammo ixcham loyiha bo’lib, shamol tezligani 20—40%
ga kamaytiradi.
III.
Bir qatorli, shamoldan himoya qiladigan uy-joy loyihasi shamol
tezligini 40—60 foizga kamaytiradi.
IV.
Ikki qatorli, shamoldan himoya qiladigan uy-joylar loyihasi,
shamol tezligini 60—70 foizga kamaytiradi.
V.
Ikki qatorli, shamoldan himoya qiladigan loyihali uy-joylardagi
shamol tezligini 80 foizdan ko’proq kamaytiradi.
SHunday qilib, ko’p qavatli uy-joylar qurish, baland o’sadigan daraxtlar
ekish orqali shamol rejimini muayyan ushlab turish mumkin ekan.
SHahar territoriyasida shamol harakati kam bo’lsa, unda ko’p qavatli
binolar shamol yo’nalishiga qarshi tomonga 45° li burchak hosil qilib
joylashtiriladi. Binolarni minora shaklida qurish ham maqsadga muvofiq.
Turar joylar loyihasini tuzish va qurishda binolarni kungay tomonga
qaragan bo’lishi gigienik jihatdan katta ahamiyatga ega. Bunda 1982 yilda
qabul qilingan 2605 raqamli sanitariya normalari va qoidalaridan
foydalaniladi. 22 martdan to 22 sentyabrgacha 58— 48° dagi shimoliy
kengliklar uchun quyosh nurining xonalarga tushishi 2,5 soat bo’lishi kerak.
SHimoliy zonalarda 22 apreldan to 22 avgustgacha 58°, shimoliy
geografik kengliklarda quyosh nurining xonalarga tushishi kamida 3 soatni
tashkil qilishi kerak. Janubiy zonalarda esa 22 fevraldan to 22 oktyabrgacha
48° dan kamroq bo’lgan shimoliy geografik kengliklarda joylashgan
binolarning xonalariga kuniga kamida 2 soat quyosh nuri tushishi kerak.
To’qqiz va undan ko’proq qavatli binolar, jamo uylari uchun quyosh
nurining bir kunlik to’xtamay tushgan umumyy yig’indisini yarim soatga
oshishi yoki quyosh nurining bir marotaba uzilib qolishi unchalik salbiy ta’sir
ko’rsatmaydi.
Myeridional tipdagi yangi uy-joy binolarining hamda qayta qurilayotgan
uy-joy xonalarining quyosh nuri bilan ta’minlanishi quruvchilar uchun
qiyinchilik tug’dirsa (tarixiy yodgorliklar yoki shahar va rayon markazlarini
qayta qurish mumkin bo’lmagan hollarda), unda har bir zona uchun quyosh
63
nuri tushishini yarim soatga qisqartirish mumkin.
Xonalarga quyosh nurining doimiy tushishi yil fasllarida kuniga
to’xtovsiz 3 soatni tashkil etsa, unda umumta’lim maktablari, maktab
intyernatlar, davolash-profilaktika, sanatoriy-kurort, bolalar bog’chasi va
boshqa binolarning quyoshning tabiiy nuri bilan ta’minlanishi gigiena
talablariga javob byeradigan bo’lishi lozim.
Sanitariya xodimlari bino xonalarini quyosh nuri bilan ta’minlanishini
tekshirish uchun turli o’lchov asboblaridan foydalanadilar.
Quyosh nurining gigienik ahamiyati shundaki, ul’trabinafsha, infraqizil
va boshqa nurlar inson salomatligiga ijobiy ta’sir qiladi. U xonalarni yoritish
bilan birga kishilarning asabini tinchlantirib, salomatligini yaxshilaydi.
Quyoshning ul’trabinafsha nuri ayniqsa shimoliy rayonlarda joylashgan
binolar uchun zarur. YOsh avlodning o’sishi va fiziologik jihatdan to’g’ri
rivojlanishi uchun quyosh nurining ahamiyati juda katta. Janubiy rayonlarda
esa buning aksi, U yerda quyoshning jazirama issig’i havoni qizdirib ko’pgina
noxushliklarga sabab bo’ladi. Issiqlik ishlab chiqish jarayoniga kuchli ta’sir
etib, odam issiqlikni boshqara olmay qoladi.
Quyoshning ul’trabinafsha nuri ta’siri turli geografik kengliklarda kun
davomida, fasllar davomida o’zgarib turadi. Tyerri-
toriyalarning hammasi ul’trabinafsha nurlarining etarli, kam yoki ko’pligiga
qarab bir qancha rayonlarga bo’linadi. Jumladan I, II, III va IV rayonlar
ul’trabinafsha nurining kamligi bilan ajralib tursa V, VI va VII rayonlarda
ul’trabinafsha nuri etarli, VIII rayon ul’trabinafsha nuriga boy bo’lib qolmay,
balki ortiqcha hamdir (1-rasm). Bular uy-joylar qurish uchun joy tanlashda
katta ahamiyatga ega.
Quyosh nurining etarli bo’lishi binolarning qizib ketishi,. organizm
funkciyasining buzilishi, qolavyersa kasalliklarning oldini oladi. Turar joy
binolari geografik kengliklarni hisobga olib qurilsa, binoning sharqqa qaragan
64
tomoni ertalab, janubga qaragan tomoni kunduzi, g’arbga qaragan tomoni esa
kechqurun quyosh nuri bilan ta’minlanadi. SHuning uchun ham ko’p qavatli
binolarning 1 va 2 xonalilarini janubga qaragan, ko’p xonalilarini esa loaqal
30 foizini janubga qaragan oynalari bo’lishi kerak.
Ba’zi uy-joylar diagonal, ya’ni burchak-burchak qilib qurilgan bo’lsa,
ularning asosiy yashash xonalari albatta janubi-sharqqa va janubga qaragan
bo’lishi kerak. Kichik rayonlarda joylashgan bog’cha, yasli, dam olish
maydonlari, sport maydonlari esa quyosh nuri bilan etarli darajada
ta’minlanishi kerak.
Hozirgi vaqtda turar joylar turli usulda qurilmoqda. Ular guruh-guruh,
erkin pyerimetral shaklda qurilgan uylardir. Bu xilda qurilayotgan binolarga
gigiena nuqtai nazardan qaralsa ko’p jihatdan to’g’ri hisoblanadi.
Pyerimetral shaklda qurilgan uylar quyosh nuri bilan etarli ta’-
minlanmaydi, shamol almashinishi ham unchalik yaxshi bo’lmaydi. Ayniqsa
katta yo’llarga qaratib qurilgan binolarni shovqin-surondan, chang ta’siridan
va boshqa noxush holatlardan asrab bo’lmaydi.
Guruh-guruh holda qurilgan uylar pyerimetral shaklda qurilgan uylardan
birmuncha afzal bo’lib, unda shamol almashinishi yaxshi. Bunday uylar
odamlarning shovqin-suron, chang va zaharli gazlardan himoya qilinishiga
yordam byeradi.
Qatorlashtirib qurilgan binolarning xonalari kunga qaragan, bir yoqlama
bo’lib, territoriyaning shamollab turishiga ijobiy ta’sir qiladi. Binolarni bu
usulda qurganda ular shovqin-surondan, changdan birmuncha himoyalanadi.
Bu usuldagi uylar asosan kichik rayonlarda quriladi.
Erkin usuldagi loyiha asosida qurilgan uylar ko’p jihatdan qulaydir.
Bunda me’morchilikning eng nozik usullaridan foydalanish mumkin. Uy-
joylarni erkin usulda qurganda ular quyosh nuri bilan yaxshiroq ta’minlanadi.
Ularning shamollashi, chang, zararli gazlardan himoya qilinishi, tashqi muhit
bilan bog’lanishi yaxshi bo’ladi. Erkin usuldagi qurilishlarga bolalar
65
bog’chalari, savdo rastalari, sog’liqni saqlash muassasalari, fizkul’tura-sport
inshootlarini misol qilish mumkin (1—2—3—4-rasmlarga qaralsin).
KOMMUNAL OB’YEKTLAR VA SHAHAR OMBORLARI ZONASI
Bu zonada asosan shahar hayotini ta’minlash uchun mo’ljallangan
ob’yektlar joylashadi. Masalan, qurilish matyeriallari, toshko’mir va neft’
mahsulotlari, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlari omborlari, shuningdek
qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlovchi ombor-lar. Bu zonada yana yuqorida
aytib o’tilgan ob’yektlarni bir-biri bilan bog’lash uchun mo’ljallangan temir
yo’l, avtomobil yo’llari ham joylashadi. Omborlarda saqlanadigan
mahsulotlarni yonishdan, ifloslanishdan, hidlanib qolishdan asrash uchun bir-
biridan alohida saqlanadi.
SHahar territoriyasi katta bo’lsa, aholiga qulaylik tug’dirish maqsadida
omborlar sonini ko’paytirish mumkin. Ular aholi turar joylaridan ma’lum
uzoqlikda bo’lgani ma’qul. Agar ular sanitariya himoya zonasiga
joylashtirilsa, ayni muddao bo’ladi. Qurilish normalari va qoidalariga asosan
kommunal ob’yektlar, baza va omborxonalar shahar chekkasida quyidagicha
joylashtirilishi kerak:
I guruhdagi omborxonalarda neft’ va neft’ mahsulotlari; II guruhdagi
omborxonalarda suyultirilgan gazlar; III guruhdagi omborxonalarda kuchli
ta’sir qiluvchi va portlovchi moddalar; IV guruhdagi omborxonalarda esa
oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat xom ashyolari va hayvonlar uchun em-xashak
saqlanadi.
Eng yirik va katta shaharlardagi omborxonalar shunday joylashtirilishi
kerakki, u yerda transport qatnovi yo’lga qo’yilgan bo’lsin. Bu oziq-ovqat
mahsulotlari, sabzavotlarni o’z vaqtida do’kon peshtaxtalariga etkazib turish
imkonini byeradi. Ba’zi omborxonalar aholi turar joylaridan quyidagicha
uzoqlikda joylashtirilishi kerak. Masalan, cement elevatorlari — 500 metr,
changsimon toshko’mir omborxonalari — 300 metr, o’tin torf omborlari va
66
muzxonalar 100 metrli masofada joylashtiriladi.
Oziq-ovqatlar, sanoat mollari va sabzavotlar saqlanadigan omborxonalar
50 metrli masofada joylashtiriladi. Kichik shaharlar aholisi uchun
omborxonalar markazlashtirilgan bo’lib, rayon markazlarida yoki rayonga
yaqinroq joylarda joylashtiriladi.
SHuni aytish kerakki, neft’ va neft’ mahsulotlari saqlanadigan
omborxonalar ularning hajmiga qarab aholi turar joylaridan, ochiq suv
havzalaridan ma’lum masofa uzoqlikda joylashadi. Jumladan, neft’ va neft’
mahsulotlari har 50 ming m
3
uchun himoya masofasi 3000 metr, 10—50 ming
m
3
uchun 2000 metr, 10 ming m
3
gacha 1500 metr bo’ladi. Suv
elektrostanciyalari esa 1000 metr narida joylashtiriladi.
50 metrli masofada trolleybus, tramvay, avtobus parklari joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |