1. Semantikaning lingvistika va leksikologiyada o`rganilishi


Qo`shma so`zlarning semantik xususiyatlari



Download 119,27 Kb.
bet9/44
Sana16.01.2023
Hajmi119,27 Kb.
#899800
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44
Bog'liq
@Nargiza Aliyevna

9. Qo`shma so`zlarning semantik xususiyatlari
Ikki yoki undan ortiq asoslardan tashkil topib, bitta so‘roqqa javob bo‘lgan so‘zlar qo‘shma so‘zlar deyiladi.
Qo‘shma so‘zlar yozilishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: 1) qo‘shib yoziladigan qo‘shma so‘zlar; 2) ajratib yoziladigan qo‘shma so‘zlar.
Qoʻshma soʻzlar — ikki yoki undan ortiq oʻzak morfemaning qoʻshilishidan hosil boʻlgan va yagona struktur-semantik birlikni tashkil etgan soʻzlar. Mas; koʻzoynak, bilaguzuk, uchburchak, atirgul, boʻtakoʻz, nomoz-shomgul, mehmondoʻst, balandparvoz, erksevar, jigarrang kabi. Qoʻshma soʻzlar yasalishi uchun asos boʻlgan soʻzlar oʻzlarining dastlabki maʼnolarini qisman yoki butunlay yoʻqotadi: ular birgalikda tamoman yangi lugʻaviy maʼno bildiradi. Chunonchi, osh va qozon soʻzlari alohida leksemalar sifatida oʻz lugʻaviy maʼnolariga ega. Lekin ularning qoʻshilishidan hosil boʻlgan oshqozon soʻzi mazkur soʻzlarning dastlabki maʼnolaridan farqlanuvchi yangi maʼnoni — "inson va hayvonlarning ovqat hazm qilish aʼzo-si" maʼnosini bildiradi. Qoʻziqorin, itogʻiz, oqsoch, oqsuyak, kampirchopon singari Qoʻshma soʻzlar haqida ham shunday fikrni aytish mumkin.
Qoʻshma soʻzlar qismlari orasidagi maʼno munosabati har xil. Ular oʻxshatish, qiyoslash (karnaygul, otquloq, tuyaqush, sheryurak, qoʻykoʻz), xoslik, biror narsaga moʻljallanganlik (gultuvak, molqoʻra, olovkurak, tokqaychi, qiymataxta), biror oʻrin-joyga mansublik (suvilon, togʻolcha, choʻlyalpiz, qoʻqonarava), biror belgiga nisbat berish (achchiqtosh, olaqargʻa, shoʻrdanak, qizilishton, Qiziltepa), miqdorga munosabat (beshbarmoq, mingoyoq, qirqogʻayni, Beshariq) va boshqa maʼnolarni anglatadi. Qoʻshma soʻzlar strukturasi mavjud sintaktik aloqalarni eslatadi, boshqacha aytganda, Qoʻshma soʻzlar ega-kesim munosabatida, boshqa-ruv, moslashuv. bitishuv aloqalarida boʻlgan soʻz birikmalari asosida yuzaga kelgan. Mas, goʻshtkuydi, kelintushdi kabi Q.s ega va kesim munosabatini eslatsa, toʻyboshi. tomorqa, koʻzoy-nak kabi Qoʻshma soʻzlar moslashuvni, kitobsevar, dunyoqarash kabilar boshqaruvni, xom-kalla, koʻksulton, iskabtopar kabilar esa bitishuvni eslatadi.
Q.s ot, sifat, ravish va qisman feʼl turkumida tarqalgan. Ularning komponentlari bir soʻz turkumiga yoki turli soʻz turkumlariga mansub boʻlishi mumkin. Mas, qoʻshma otlar ot-+ot (belkurak), sifat+ot (oqqush), son+ot (sakkizoyoq), feʼl+ot (Yoril-tosh), ot+feʼl (boʻyoʻsar), feʼl+feʼl (Sotib-oldi, ishlabchiqarish) kabi qoliplarda boʻladi. Boshqa soʻz turkumlariga oid Q.s ham oʻziga xos qoliplar asosida yasaladi.
Oʻzbek tilshunosligida Qoʻshma soʻzlarni oʻrganish boʻyicha A.Hojiyev, B.Madaliyev, N.Mamatov va boshqa tomonidan anchagina izlanishlar olib borilgan.



Download 119,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish