- dor: asosdan anglashilgan narsaga egalik belgisini hosil qiladi: mazmundor, bo‘ydor, unumdor, puldor, rangdor.
- mand: asosdan anglashilgan narsaga egalik belgisini anglatadi: davlatmand, orzumand, kasalmand.
- kor: asosdan anglashilgan xususiyatga kuchli darajada egalik belgisini hosil qiladi: fidokor, ehtiyotkor, isyonkor, omilkor, naqshinkor.
- i: asosdan anglashilgan narsaning millat, joy yoki vaqtga oidligini bildiruvchi sifat yasaydi: qozoqi, qishloqi, bahori.
- cha: asosdan anglashilgan narsaning millat, joy yoki miqdorga oidligini bildiruvchi sifat yasaydi: o‘zbekcha, farg‘onacha, otiqcha, erkakcha.
- parvar: shaxsning asosdan anglashilgan narsani sevishi, unga sadoqati belgisini bildiruvchi sifat yasaydi: xalqparvar, vatanparvar, adolatparvar.
11. So`zlarning morfologik strukturasi va ingliz tili negizining xususiyatlari
Morfologiya grammatikaning bir qismi bo‘lib, so‘z turkumlari nazariyasi haqidagi ta`limdir. So‘zlarni so‘z turkumlariga ajratish nazariyasining printsiplari quyidagilar:
1. So‘z turkumlarining kategorial belgilari
2. So‘zlarini turkumlarga ajratish printsiplari
3. Turli tillarda so‘z turkumlari
Turkumlarga va guruhlarga ajratish doimo qiyoslash orqali amalga oshiriladi.
Tilda son-sanoqsiz so‘zlar bor. Ularni shu holcha o‘rganib bo‘lmaydi. Tilshunoslik fanining rivojlanib borishi bilan so‘zlarni turkumlarga ajratish ham mukammallashib borgan. Narsa, predmet va hodisalarni turkumlarga ajratish uchun ma`lum o‘lchovlar, shartlar, mezonlarga asoslanish kerak. Bu muammoni echish tarixini hozirgi vaqtga kelib shartli ravishda uch asosiy etapga ajratish mumkin:
1. Strukturalizmgacha bo‘lgan davr
2. Strukturalizm davri
3. Strukturalizmdan keyingi, ya`ni hozirgi davr.
Birinchisi uch belgiga asoslanagan:
- so‘zlarning leksik ma`nosi
- so‘zlarning morfologik belgilari, ya`ni so‘zning grammatik shakli
- so‘zlarning gapdagi sintaktik vazifasi.
Strukturalistlar esa so‘zlarni distributsiyasini asosga oldilar. So‘zning distributsiyasi deganda so‘zning chap va o‘ng tomondan aloqaga kirishi mumkin bo‘lgan hamma imkoniyatlari nazarda tutiladi.
Amerika strukturalistlari ana shu qarashni-so‘zlar distributsiyasini tavsiya qildilar. Mas., CHarlz Frizning fikricha, ingliz tilida so‘zning ma`nosini bilmasdan, bu so‘zni gapda tutgan o‘rniga qarab, qaysi so‘z turkumiga kirishini aniq aytish mumkin. Bunda u ingliz tilidagi gaplarda so‘z tartibining qat`iy ekanligiga asoslanadi.
Shu tarzda u to‘rt mustaqil so‘z turkumini va o‘n beshta yordamchi so‘z turkumini aniqlaydi. Mana shu asosda Charlz Friz ingliz tilida so‘z turkumi so‘zlarning gapda tutgan o‘rniga boғliq, degan xulosaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |