1. Saylov huquqi fani predmeti, maqsad va vazifalarini batafsil muhokama qiling


II bob. Mahalliy OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish



Download 0,65 Mb.
bet67/70
Sana07.03.2022
Hajmi0,65 Mb.
#485763
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
Saylov oraliq Javoblari

II bob. Mahalliy OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi kampaniyasi davrida saylovni yorituvchi OAV vakillari — MSK tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar saylovlari kampaniyasi davrida saylovlarni:
respublika miqyosida yorituvchi OAV vakillari — MSK tomonidan;
viloyat miqyosida yorituvchi OAV vakillari — viloyat saylov komissiyasi tomonidan;
tuman (shahar) miqyosida yorituvchi OAV vakillari — tuman (shahar) saylov komissiyasi tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
Viloyat, tuman (shahar) miqyosida saylov tadbirlarini yoritish uchun akkreditatsiyadan o‘tgan OAV vakillariga berilgan guvohnoma tegishli hudud doirasida amal qiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1077-sonli qarori tahririda)
6. Saylov kompaniyasini yoritish maqsadida respublika, viloyat, tuman va shahar miqyosidagi OAV rahbarlari mazkur Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan saylov komissiyalariga murojaat qiladi.
OAVning murojaatida akkreditatsiyaga taqdim etilgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatiladi hamda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va 3x4 sm. hajmdagi ikki dona fotosurati ilova qilinadi.
OAV vakilini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun murojaat OAVning rasmiy blankasida taqdim etiladi va rahbarning imzosi bilan tasdiqlanadi.
7. Murojaat besh kun ichida ko‘rib chiqilib, tegishli saylov komissiyasining qarori asosida OAV vakiliga akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
Mazkur Nizomning 6-bandida qayd etilgan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan, shuningdek murojaatlar belgilangan muddatda berilmagan bo‘lsa, tegishli saylov komissiyalari tomonidan OAV vakilini akkreditatsiyadan o‘tkazish rad etilishi mumkin.
III bob. Xorijiy OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Qonunchilik palatasi saylovlarida xorijiy OAV vakillari MSK tomonidan akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.
MSK xorijiy OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazishda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (bundan buyon matnda TIV deb yuritiladi) bilan hamkorlik qiladi.
9. TIVda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy OAV vakillarini MSKdan akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun tegishli OAV muxbirlik punkti (byurosi, ofisi) rahbari MSKga murojaat qiladi.
Murojaatda akkreditatsiyaga taqdim etilgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi ko‘rsatiladi hamda uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va 3x4 sm. hajmdagi ikki dona fotosurati ilova qilinadi.
Murojaat besh kun ichida ko‘rib chiqiladi va MSK qarori asosida xorijiy OAV vakiliga akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.
10. TIVdan akkreditatsiyadan o‘tmagan xorijiy OAV vakillari saylov kampaniyasini yoritish maqsadida TIVga murojaat qiladilar. Murojaatga:
ommaviy axborot vositasi to‘g‘risida ma’lumotnoma-axborot;
akkreditatsiyaga taqdim etilgan xodimning tarjimai holi ma’lumotlari, uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi va 3x4 sm. hajmdagi ikki dona fotosurati ilova qilinadi.
11. TIVdan akkreditatsiyadan o‘tmagan xorijiy OAV vakillarining murojaati taqdim etilgan kundan keyin ikki haftadan kechikmay TIV tomonidan ko‘rib chiqiladi. Mazkur Nizomning 10-bandida qayd etilgan ma’lumotlar ko‘rsatilmagan, shuningdek belgilangan muddatda berilmagan murojaat ko‘rilmasdan qoldiriladi.
12. TIV xorijiy OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazish to‘g‘risida MSKga taqdimnoma kiritadi.
Taqdimnoma besh kunlik muddat ichida ko‘rib chiqilib, MSK qarori asosida xorijiy OAV vakiliga akkreditatsiyadan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma beriladi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish