1. Saylov huquqi fani predmeti, maqsad va vazifalarini batafsil muhokama qiling


Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi hamda ular faoliyatining kafolatlari haqida huquqiy asoslantirilgan ma’lumot bering



Download 0,65 Mb.
bet69/70
Sana07.03.2022
Hajmi0,65 Mb.
#485763
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70
Bog'liq
Saylov oraliq Javoblari

Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi hamda ular faoliyatining kafolatlari haqida huquqiy asoslantirilgan ma’lumot bering
938
III. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolatlari va faoliyat ko‘rsatish tartibi
9. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar o‘z vakolatlari doirasida quyidagi huquqlarga ega:
saylov komissiyalarining majlislarida hozir bo‘lish;
nomzodlar ko‘rsatishga bag‘ishlangan yig‘ilishlarda, nomzodlarning saylovchilar bilan uchrashuvlarida ishtirok etish;
saylov uchastkasida hozir bo‘lish, tayyorgarlik ishlarining borishini, yashirin ovoz berish kabinalarining yoki xonalarining joylashtirilishini va saylov qutilarining muhrlanishini, fuqarolarning ro‘yxatga olinishini, saylov byulletenlarining ularga berilishini kuzatish;
saylov kuni ovoz berish jarayonini kuzatish;
muddatidan oldin ovoz berishni o‘tkazish vaqti va joyi haqida xabardor bo‘lish hamda ushbu jarayonni kuzatish;
saylovchining turgan joyida uning ruxsati bilan ovoz berishi jarayonini kuzatish;
ovozlar sanab chiqilayotganda va saylov komissiyasining bayonnomasi tuzilayotganda hozir bo‘lish;
saylov natijalari to‘g‘risidagi hujjatlarning tegishli saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini so‘rash va olish;
kuzatuv olib borish davomida o‘zi yollagan tarjimon hamrohligida bo‘lish;
saylov jarayoni va ovoz berishning yashirinligini buzmasdan foto, video, audio yozuvlarni amalga oshirish (qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylari, harbiy qismlar, davolash muassasalari bundan mustasno);
kuzatuv natijalari bo‘yicha ommaviy axborot vositalari vakillariga murojaat qilish;
saylovoldi tashviqoti belgilari bo‘lmagan, familiyasi, ismi va otasining ismi, o‘zi vakillik qilayotgan tashkilotning nomi ko‘rsatilgan ko‘krak nishonlari taqish;
okrug saylov komissiyasi tomonidan uchastka saylov komissiyalaridan ovozlarni sanab chiqish natijalari to‘g‘risidagi bayonnomalarni qabul qilib olish hamda okrug bo‘yicha saylov natijalarini aniqlash jarayonida hozir bo‘lish;
Oldingi tahrirga qarang.
harbiy qismlarda, qamoqda saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida tuzilgan saylov uchastkalariga borishi haqida kamida uch kun oldin tegishli uchastka saylov komissiyasini belgilangan tartibda xabardor qilish;
(9-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 2-iyuldagi 1076-sonli qarori tahririda)
agar saylov uchastkasida saylovga oid qonunchilik va xalqaro normalar talablari buzilishiga yo‘l qo‘yilgan deb hisoblash uchun asoslar bo‘lsa, o‘z kuzatuvlari to‘g‘risida ushbu uchastka saylov komissiyasi a’zolariga ularning ishiga aralashmagan holda ma’lum qilish, shuningdek yuqori turuvchi saylov komissiyalariga xabar berish;
saylov to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari haqida hamda saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uning o‘tkazilishi bo‘yicha o‘z fikrini bayon qilish.
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlardan ham foydalanadi.
10. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning majburiyatlari:
o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, jumladan O‘zbekistonda bo‘lish qoidalariga, saylovni tashkil etish va o‘tkazish borasidagi xalqaro huquqning umum e’tirof etilgan normalariga amal qilish;
saylov ustidan xalqaro kuzatuvni amalga oshirish borasidagi o‘z vazifalarini xolislik, siyosiy betaraflik prinsiplariga amal qilgan holda bajarish, saylov komissiyalari, davlat organlari, mansabdor shaxslar, saylov jarayoni ishtirokchilariga nisbatan qanday bo‘lmasin biron-bir tarzda afzallik bildirishdan voz kechish;
barcha darajadagi saylov komissiyalariga, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga hamda boshqa tashkilotlarga kirganida MSK tomonidan berilgan mandatni shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan birgalikda ko‘rsatish;
o‘z xulosalarini o‘tkazilgan kuzatuv va haqiqiy materiallar bilan asoslantirish.
11. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarga quyidagilar man etiladi:
saylovchi saylov byulleteniga o‘z belgisini qo‘yayotgan paytda yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida bo‘lish;
fuqarolarga ta’sir o‘tkazish, biron bir tashviqot materialini yoki adabiyotini tarqatish;
saylovchilardan ular qanday ovoz berganligini surishtirish yoki saylovchilarga saylov byulleteniga belgi qo‘yishda biron bir tarzda yordam ko‘rsatish;
saylov komissiyasining faoliyatiga, shu jumladan saylov qutilarini muhrlash, ularni ochish, ovozlarni sanab chiqish jarayoniga aralashish;
biron bir partiya yoki nomzodga tegishli ramziy tusdagi belgilarni taqib yoki olib yurish;
saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini, saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish.
Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq bo‘lmagan tadbirlarda ishtirok etishi MSK tomonidan oldindan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
12. Xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilarning vakolat muddati ularga mandat berilgan kundan boshlanadi va saylov yakunlari rasman e’lon qilingan kuni tugaydi.
MSK tomonidan takroriy ovoz berish yoki takroriy saylov o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda xorijiy (xalqaro) kuzatuvchilar mandati tegishli muddatga uzaytiriladi.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish