Ish bo‘yicha hisobotda:
Ishning maqsadi va vazifalari, kerakli jihozlar, ishning bajarish tartibi, havfsizlik qoidalari ko‘rsatiladi.
Nazorat savollari.
1.Aylanalar qanday rejalanadi va necha qismlarga bo‘linadi?
2.Kerner qanday asbob?
3.Rejalashda sodir bo‘ladigan nuqsonlarni ayting?
4.Namuna bo‘yicha rejalashda nimalarga e’tibor beriladi?
5-AMALIY ISh
METALL Qirqish
Ishning maqsadi :
- qirqishning nimaga mo‘ljallanganligini va qirqish usullarini: kerakli asboblarni va ulardan foydalanish, ish o‘rnini tashkil qilish va xavfsiz ishlash qoidalarini; panja, tirsak va yelka zarblari berishni; zubilo va kreysmeysel burchaklarini charxlash va nazorat qilish tartiblarini; metallni gira jag‘lari sathida va undan yuqori sathda qirqish usullarini o‘rganish;
- xavfsiz ishlash va ish o‘rnini tashkil qilish qoidalariga rioya qilish; panja, tirsak va yelka zarblari bilan qirqish; metallni gira jag‘lari sathida va undan yuqori sathda qirqish; buning uchun zarur asbobni charxlash va charxlash burchagini tekshirish amallarini egallash.
Do'stlaringiz bilan baham: |