Aylanalarni rejalash va ularni qismlarga bo‘lish
|
1.Berilgan diametrli aylanani rejalash.
|
1.O‘quv plastinkasi bo‘r ѐki mis kuporosi eritmasi bilan qoplanadi. Sirkul oѐqchalari aylana radiusiga teng o‘lchamga o‘rnatiladi. Sirkulning qo‘zg‘almas oѐqchasi markazning kernlangan o‘yiqchasiga o‘rnatilib, uning ikkinchi oѐqchasi bilan plastinada aylana chiziladi. Uni chizishda sirkul chizish tomoniga sal engashtiriladi.
|
2.Aylanani to‘rt teng qismga bo‘lib, doira ichiga kvadrat yasash
|
2. Chizg‘ich plastinaga shunday qo‘yilsinki, uning qirrasi aylana markazidan o‘tadigan bo‘lsin. Aylana markazidan aylanani ikki nuqta 1 va 2-nuqtalarda kesib o‘tadigan o‘q chizig‘i chiziladi va bu nuqtalar kernlanadi. Sirkul oѐqchalari aylana radiusidan 8-10 mm katta o‘lchamga keriladi. Sirkul oѐqchasi birin-ketin 1 va 2-nuqtalarga o‘rnatilib, I-I va II-II ѐylar chiziladi. Yoylar va aylana markazining kesishish nuqtalaridan aylanani 3 va 4 -nuqtalarda kesib o‘tadigan chiziq tortiladi va bu nuqtalar kerner bilan o‘yiladi. 1,2,3 va 4nuqtalar chiziqlar bilan birlashtiriladi.
|
1.Aylanani olti teng qismga bo‘lib, doira ichida oltiѐqlik yasash.
|
1.Plastinada berilgan diametrli aylana rejalanadi. Plastinada markazdan o‘tadigan va aylana chizig‘ini 1 va 2- nuqtalarda kesib o‘tadigan chiziq chiziladi, 1 va 2-nuqtalar kerner bilan o‘yiladi. Sirkul oѐqchalari holatini o‘zgartirmasdan, 1 va 2-nuqtalardan aylana chizig‘ini 3,4,5 va 6-nuqtalarda kesib o‘tadigan, aylana radiusiga teng ikki ѐy chiziladi (1, 4, 6, 2 ,5 va 3- nuqtalar aylanani olti teng qismga bo‘ladi). Yoylarning aylana chizig‘i bilan kesishish nuqtalari kernlanadi. 1, 4, 6, 2, 5,3 va 1- nuqtalar chiziqlar bilan birlashtiriladi.
|
To‘g‘ri chiziqlarni egri chiziqlar bilan tutashtirish
|
1.Ikki paralel chiziqni ѐy vositasida birlashtir ish.
|
1. Plastinada berilgan masofada ikkita parallel chiziq chiziladi. Chiziqlar o‘rtasidagi masofa teng ikkiga bo‘linadi va bo‘lish nuqtasidan ikkala chiziqqa parallel o‘q chizig‘i tortiladi. O‘q chizig‘ining ixtiѐriy joyida kerner bilan 0 o‘yiqchasi o‘yiladi. Sirkul oѐqchalari chiziqlar orasidagi masofani yarmiga teng o‘lchamga o‘rnatiladi. Sirkul oѐqchasi 0 kern o‘yiqchasiga o‘rnatilib, ikkala chiziqqa urinma ѐy chiziladi.
|
2.Bir-biriga nisbatan burchak holatida joylashgan ikki chiziqni ѐy vositasida birlashtirish
|
2.Plastinada berilgan burchak ostida ikkita chiziq chiziladi.Dumaloqlash ѐyi radiusigacha teng masofada chiziqlarga parallel ravishda ikki chiziq chiziladi va ularning kesishuv nuktasida kerner bilan 0 o‘yiqchasi o‘yiladi. Sirkul oѐqchalari dumaloqlash radiusiga teng o‘lchamga o‘rnatiladi. Sirkulning qo‘zg‘almas oѐqchasi kernlangan 0 o‘yiqchaga o‘rnatilib, ikkala chiziqqa urinadigan ѐy chiziladi.
|
Yassi detallarning egri chiziqli konturlarini rejalash
|
1.Flanesni yasash vositasida rejalash.
|
1.Zagotovka o‘rtasidan uning qirrasiga parallel ravishda I-I o‘q chizig‘i tortilib, kerner bilan uning o‘rtasidagi 0 nuqta belgilanadi. I-I chizig‘iga perpendikulyar ravishda, bir-biridan 40 mm masofada IIII, III-III va IV-IV o‘q chiziqlari tortiladi. Kesishuvning 01 va 02 nuqtalari kerner bilan belgilanadi. 0 nuqtadan R=28 mm. li aylana chiziladi. 01 va 02 nuqtalardan R1,20 mm.li radius bilan ikki aylana chiziladi. Bu aylanalarning chiziqlari urinma chiziqlar bilan birlashtiriladi. Markazlari 01 va 02 nuqtalarda bo‘lgan va diametri 20 mm.li ikki aylana chiziladi.
|
|
2.Andoza zagotovkaga shunday qo‘yilishi kerakki, u xom ashѐ chetlaridan chiqib qoladigan bo‘lmasin. Andoza chap qo‘l bilan bosib turilib va dastlabki holatdan siljitilmasdan, shakli chizg‘ich bilan har tomondan chizmb olinadi. Bu amallarni bajarish uchun zagotovka rejalash taxtasiga jips tegib turadigan qilib o‘rnatiladi. Andoza rejalanadigan zagotovkaga jips qilib qo‘yiladi. O‘ng qo‘lning barmoqlari bilan esa chizg‘ich olinib, og‘ish burchagini hamda chizg‘ichga bosish kuchini o‘zgartirmagan holda andoza shakli bo‘ylab chiziqchalar chizib chiqiladi.
|