1. qishloq xo’jaligi ning respublika iqtisodiyotidagi o’rni


Fermer xo’jaligi tushunchasi va faoliyatining qisqacha tavsifi



Download 326,12 Kb.
bet3/20
Sana23.02.2022
Hajmi326,12 Kb.
#174542
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
m en e j m e n t

Fermer xo’jaligi tushunchasi va faoliyatining qisqacha tavsifi.
Respublikamiz qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklarini tashkil etish jarayoni kengayib bormoqda. Bu iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish jarayonining negizini tashkil qiladi. Ma’lumki, fermer xo’jaliklari qishloq xo’jaligida tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim o’rin tutadi. Fermerlar bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqa tadbirkorlar kabi mustaqil faoliyat ko’rsatadilar, ularda yer va boshqa mulklarga egalik hissiyoti rivojlanib boradi.
Fermer xo’jaligi – bu tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda, qishloq xo’jaligi tavar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi, yuridek shaxs huquqlariga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subektdir.1
O’z xususiy mulkiga ega bo’lgan fermer xo’jaligi a’zolarida, mulkka egalik hissiyoti oshadi, mehnatga bo’lgan munosabati tubdan ijobiy tomonga o’zgaradi, boqimondalik kayfiyati yo’qoladi, oqibatda xarajatlarni tejash va mehnat unumdorligini oshirishga, hamda arzon, sifatli va raqobatbardosh qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarishga bo’lgan ishtiyoq, intilish oshadi.
Fermer xo’jaligi deganda qanday sub’ekt tushuniladi?
1998 yil 30-aprelda O’zbekiston Respublikasining “Fermer xo’jaligi to’g’risida” qonun qabul qilindi va ushbu qonunga 2004 yil 26 –avgustda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Ushbu qonunning 3-moddasida keltirilgan, ya’ni «Fermer xo’jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan shug’ullanuvchi, mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektdir» deb qonunda uning mazmuni lo’nda qilib bayon qilingan. Demak, fermer xo’jaligi ijaraga olingan yer uchastkalarida o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi qishloq xo’jalik korxonasi bo’lib hisoblanadi.
Fermer xo’jaligining maqsadi- qishloq xo’jaligi tavar mahsulotlarini yetishtirish yo’li bilan daromad (foyda) olish, o’zining ijtimoiy va iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishdir.
Fermer xo’jaliklariga ishlab chiqarishni yuritish uchun yer uchastkalari tanlov asosida ellik yilgacha bo’lgan, lekin o’ttiz yildan kam bo’lmagan muddatga beriladi.
O’simlikchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaliklariga ijara asosida beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami paxtachilik va g’allachilik yo’nalishlari uchun kamida 10 gektarni, bog’dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik yo’nalishlari uchun kamida 1 gektarni tashkil qilishi kerak.
CHorvachilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo’jaliklarida chorva mollari soni kamida 30 shartli boshga teng bo’lgan taqdirda tashkil etiladi. Ijaraga beriladigan yer uchastkalarining o’lchami 1 shartli bosh chorva moli uchun Andijon, Namangan, Samarand, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlarida sug’oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, boshqa viloyatlarda va Qoraqalpog’iston Respublikasida – kamida 0,45 gektarni, lalmikor yerlarda esa kamida 2 gektarni tashil qilishi kerak.
Fermer xo’jaligi o’z ustavida va yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasida qayd qilingan ixtisoslashuvga mos holda o’z faoliyati yo’nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilmasi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Fermer xo’jaligi (ish beruvchi) va uning xodimlari o’rtasidagi mehnatga oid munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. Xodimlar mehnatiga haq to’lash taraflarning kelishuviga asosan pul hamda natura shaklida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo’lmagan miqdorda belgilanadi.
Fermer xo’jaligi o’zi yetishtirgan mahsulotini o’zi realizatsiya qiladi. Bu jarayonni u yuridik va jismoniy shaxslar bilan tuzilgan xo’jalik shartnomalari negizida amalga oshiradi.
Fermer xo’jaligining foydasi soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlar to’langandan keyin fermer xo’jaligi boshlig’ining tasarrufiga o’tadi va unga soliq solinmaydi.
Fermer xo’jaligi uzoq muddatli va qisqa muddatli kredit turlaridan foydalanadi. Ishlab chiqarish ahamiyatiga molik bo’lgan ob’ektlar qurish va asosiy ishlab chiqarish vositalarini sotib olish uchun uzoq muddatli kreditlardan, joriy ishlab chiqarish faoliyatini yuritishda zarur bo’lgan moddiy resurslarni shakllantirish uchun qisqa muddatli kreditlardan foydalanadi. Ularni u kredit shartnomasi asosida amalga oshiradi.
Fermer xo’jaligi o’z faoliyatining natijalarini buxgalteriya hisobi orqali hisobga olib boradi, ular asosida mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda buxgalteriya va statistik hisobotlarni taqdim etadi. Hisobotlarda aks ettirilgan ma’lumotlar ob’ektiv holatda tasvirlangan bo’lishi kerak, chunki ularning faoliyatiga chetdan baho berishda ular asos bo’ladi. Haqiqiy hisobot ma’lumotlari iqtisodiyotning taraqqiyotini ob’ektiv ta’riflaydi. Buxgalteriya hisobi va hisoboti hamda statistik hisobot ma’lumotlari asosida fermer xo’jaligi faoliyatining natijalari tahlil qilinadi va xulosalar chiqariladi.
Ma’lumki, Prezidentimiz xo’jalik yuritish shakllaridan fermerlikni rvojlantirishga katta e’tibor berib, fermerlar muammolarini hal qilish hamda ularga yordam berish to’g’risida ko’pdan beri g’amxo’rlik qilib kelmoqda. Bunga misol qilib fermerlar huquqlarini kengaytirish, fermerlar haqidagi qonunlarga qator o’zgartirishlar kiritilishi, shu jumladan, ularga yerlarni uzoq muddatga ijaraga berish va ijara muddatida meros qilib qoldirish huquqining berilishi va bu yerlarni shirkatlar yer balansidan chiqarilishi, xizmat ko’rsatuvchi va tayyorlov hamda qayta ishlash korxonalari bilan to’g’ridan-to’g’ri shartnoma tuzish huquqining, resurslardan foydalanish va yollanma ishchilar olib ishlatish huquqining berilishi kabilarni keltirish mumkin.
«Fermer xo’jaligi to’g’risida»gi, «Dehqon xo’jaligi to’g’risida»gi qonunlar qabul qilingandan so`ng o’tgan qisqa davrda dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirish sohasida ijobiy o’zgarishlarga erishildi. Qishloqda haqiqiy mulkdorlar sinfiga asos solindi, dehqonning yerga, mulkka va o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulotga egalik hissi paydo bo’ldi. Respublikamiz aholisining oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda dehqon va fermer xo’jaliklarining o’rni va rolini yanada oshirish masalalariga katta e’tibor berildi. Shuningdek, dehqon va fermer xo’jaliklarini rivojlantirishga qaratilgan qonunlar, hukumat qarorlari va boshqa me’yoriy-huquqiy xujjatlar bilan ularga bir qator imtiyozlar yaratildi.
«2005 yilning 1 yanvar holatiga ko`ra Respublikada fermer xo’jaliklari soni 116741 tani tashkil etib, yaqin 3 yil davomida respublikamizdagi 337 ta qishloq xo’jalik korxonalari tugatilib, ularning negizida 20 mingdan ortiq fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Respublikaning 11 tumanidagi shirkat xo’jaliklari tuliq tugatildi.»1
Fermer xo’jaliklarini tashkil etish o’z natijalarini bermoqda. 2003 yilda 177 xo’jalik negizida 11383 fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Natijada paxtaning hosildorligi 4,3 sentnerga, donning hosildorligi3,8 sentnerga oshdi. Rentabellik darajasi, paxtachilikda – 2,4 foizdan 7,4 foizga, donchilikda – 3,8 foizdan 22,7 foizga oshdi.
Yuqoridagi farmonga ko’ra Qishloq va suv xo’jaligi vazirligiga irrigatsiya tizimlarini havzalar bo’yicha boshqarish tamoyillari asosida yer usti va suv resurslarining davlat boshqaruvini amalga oshirish va barcha darajalarda suvdan foydalanishning bozor prinsiplarini joriy etish yuklatilgan.
2005 yilning 1 choragida 445 ta zarar bilan ishlayotgan va past rentabelli shirkatlar o’rnida tanlov asosida 22,7 ming ta fermer xo’jaliklari tashkil etildi. Mazkur xo’jaliklarga 722,9 ming ga yer maydoni ajratilib, ulardan 471,2 ming ga ekin maydonlari hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan 22,7 ming fermer xo’jaliklarining 15,1 ming tasi yoki 66,5%i paxtachilikka ixtisoslashgan.2
2005 yildan boshlab davlat rejasini bajarayotgan barcha fermer xo’jaliklari imtiyozli kreditlar asosida kreditlanmoqda.
Tabiiy sharoitning qulayligi va vujudga kelgan iqtisodiy muhitning yaxshilanganligi sababli o’tgan yilga nisbatan sabzavotlar (usish – 14,1%), qorako’l terilari (8,7%), jun (7,8%), go’sht (6,6%), sut (5,8%), tuxum (2,6%) ishlab chiqarish sezilarli darajada o’sdi. Dehqon va fermer xo’jaliklarida barqaror o’sish kuzatilmoqda. Ularning ulushiga barcha ishlab chiqarilayotgan sabzavotlarning 81,5%dan ortig’i (2004 yilning 1 choragida 72,2%), go’shtning 95,6% (2004 yilning 1 choragida 95,5%), sutning 98,6% (98%) to’g’ri kelmoqda. Mos ravishda shirkat xo’jaliklarining fermer xo’jaliklariga aylantirilayotganligi sababli ularning ulushi sezilarli darajada pasayib bormoqda.
Tahlil qilinayotgan davr mobaynida qoramollar sonidan boshqa barcha chorva mollarining soni o’sishi ko’zatildi, ayniqsa dehqon va fermer xo’jaliklarida. Chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda xususiy sektor ulushi ortib bormoqda. Buning natijasida respublikadagi mavjud yirik shoxli qoramollarning 99,6% (2004 yilning 1 choragida 95,5%), jumladan sigirlarning 97,5% (96,6%), qo’y va echkilarning 74,8% (72,2%), cho’chqalarning 77,4% (68,9%), otlarning 85,3% (82,9%), va 71,1 % parrandalarning (68,6%) bugungi kunda dehqon va fermer xo’jaliklarining qaramog’ida boqilmoqda
Tahlil qilinayotgan davrning o’ziga xos jihatlaridan biri bu, fermer xo’jaliklari sonining keskin oshishi hisoblanadi. 2005 yilning 1 aprelida fermer xo’jaliklari soni 22,7 mingtaga o’sib 116,7 mingtani tashkil etdi. Fermer xo’jaliklariga 3,5 mln ga (2004 yilda - 2,5 mln. ga) yer maydoni biriktirilgan, shundan 2,7 mln. ga yer maydoni yoki 72,4% ekin maydonlari hisoblanadi.
Respublika qishloq xo’jaligida mulkchilik shakllariga ko’ra kooperativ (jamoa xo’jaliklari, xo’jaliklararo korxonalar, shirkatlar uyushmalari, davlat xo’jaliklari negizida tashkil etilgan xo’jaliklar, jamoa mulkiga aylantirilgan fermalar va boshqalar), davlat (davlat xo’jaliklari, naslchilik zavodlari, o’quv tajriba hamda tajriba xo’jaliklari), xususiy (dehqon va fermer xo’jaliklari, xususiylashtirilgan korxonalar), aholining shaxsiy yordamchi xo’jaliklari (shaxsiy ehtiyojlar uchun ayrim qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish) sektorlari mavjud.
Respublikada qishloq xo’jalik mahsulotining 99% foizi iqtisodiyotning nodavlat sektorida ishlab chiqarilmoqda.1 Qishlok xo’jaligining YaIM tarkibidagi ulushi 2005 yilning 1 choragida o’tgan yilning shu davriga nisbatan 0,6 foiz darajaga pasaydi va 9,1%ni tashkil etdi. (2004 yilning 1 choragida – 9,7%). Iqtisodiyotni isloh qilis hva erkinlashtirish borasida amalga oshirilgan chora tadbirlar natijasida qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti 6,6%ga ortdi. Jumladan, dehqonchilik mahsulotlari o’sish sur’atlari 110,2% (2004 yilning 1 choragida 106,2%), chorvachilikda 106,0 % (106,8%)ni tashkil etdi. Qishloq xo’jaligi yalpi mahsuloti tarkibida mulk shakllari va mahsulot turlari bo’yicha sezilarli o’zgarishlar yuz bermadi. 1-chorakda o’tgan yildagiga nisbatan 1,9 % daraja past bo’lsa ham chovachilik mahsulotlarininng yuqori salmog’i saqlanib qoldi va 84,3% ni (2004 yilning 1 choragida 86,2%) tashkil etdi. Dehqonchilik mahsulotlari ulushi 1,9 foiz daraja o’sib, o’tgan yildagi 13,8%dan 15,7%ga yetdi. 1
Mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligini isloh qilish va mustahkamlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Uning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat:
Qishloqda agrar va iqtisodiy munosabatlarni isloh qilishning huquqiy asoalari yaratildi. Mustaqaillikning birinchi yillarida qabul qilingan «Yer to’g’risida»gi, «Kooperatsiya to’g’risida»gi, «Ijara to’g’risida»gi, «Dehqon xo’jaliklari to’g’risida»gi Qonunlar va qishloq xo’jaligini isloh qilish to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Hukumat qarorlari qishloqda yangi huquqiy munosabatlarni vujudga keltirishga imkon berdi, natijada ko’p ukladli iqtisodiyot shakllanishiga, fermer va dehqon xo’jaliklari rivojlanishiga sharoit yaratildi.
Qishloqda yangicha xo’jalik yuritish mexanizmining, qishloq xo’jaligini moliyalashtirish, kreditlash va sug’urta qilishning yangi tizimining, qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan mahsulot va qishloqqa keltiriladigan texnika, yoqilg’i va mineral o’g’itlar uchun bo’ladigan o’zaro hisob-kitobning asoslari ishlab chiqildi va tadbiq etildi. Qishloq xo’jalik korxonalarining iqtisodiy mustaqilligi kengaydi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini sotib olishda shartnomaviy baholar tizimikengqo’llanilmoqda. 5 yil Qishloq xo’jaligida boshqaruv tizimi va tamoyillari yangilandi. Sovxozlar tugatilib, ular mulkchilikning boshqa shakllariga o’zgartirildi yagona Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi tashkil etildi. Qishloq xo’jaligiga xizmat ko’rsatish maqsadida «Paxta bank», «G’alla bank», «Mevasabzavot bank», «Turon-bank», «Zamin-bank» tijorat banklari va «O’zagrosug’urta» kompaniyasi to’zildi. Mashina traktor parklari tashkil qilindi. Qishloq joylarida ijtimoiy va bozor infrato’zilmasi jadal sur’atlarda shakllanmoqda.Turli mahsulotlar yetishtiriladigan yerlar tashkil etildi. Er fondi yaxshilandi va rivojlantirish, tuproq unumdorligini oshirishga katta e’tibor qaratildi.
Amalga oshirilgan chora – tadbirlar natijasida 1997 yil jami Qishloq xo’jaligida yetishtirilgan mahsulotlar hajmining 98,4 foizi nodavlat sektoriga to’g’ri keldi.
2.2. FERMER XO’JALIGI FAOLIYATINING NATIJALARINI TAHLIL QILISHNING AHAMIYATI, MAQSADI VA VAZIFALARI
Har qanday qishloq xo’jalik korxonasi va shu jumladan fermer xo’jaligi o’zini rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun foydali faoliyat ko’rsatishi zarur. Foyda – har bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning rivojlanishi va taraqqiy etishining asosiy manbai bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun foydani ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlash va undan samarali foydalanish yo’llarini ko’rsatish tahlilning asosiy masadidir. SHu masadga erishish uchun birinchi navbatda fermer xo’jaligida hisob-kitob ishlarini va xo’jalik faoliyatining tahlilini to’g’ri tashil qilish zarur, chunki shularni to’g’ri yo’lga o’ymasdan turib, foydani ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlash nihoyatda qiyin. Ushbu muammolarni hal qilish masalasi Respublika Prezidenti I.Karimovning ham har doim diqqat-e’tiborida bo’lib kelmoqda. Masalan, u o’zining «qishloq xo’jalik taraqqiyoti – to’kin hayot manbai» asarida «Buxgalteriya hisobi va hisobotini to’g’ri yo’lga o’ymasdan turib, qishloq xo’jaligida biror-bir muvaffaqiyatga erishish mumkin emas» deb qayd qilgan. Tahlilning ahamiyatiga kelsak, u ham Prezidentning ko’p asarlarida, farmon va farmoyishlarida o’z aksini topgan. Masalan, uning «2005-2007 yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirishga qaratilgan takliflarni tayyorlash bo’yicha maxsus komissiya tuzish to’g’risida»gi Farmoyishida qayd qilingan. Ushbu farmoyishning deyarli har bir bandida u o’z aksini topgan. Prezident tomonidan aytilgan bu fikrlar va u tomonidan qabul qilingan hujjatlar bejiz yuzaga kelgan emas. Haqiqatda hisob-kitob ishlarini va xo’jalik faoliyatining tahlilini to’g’ri tashkil qilmasdan turib, ishlab chiqarishni foydali sohaga aylantirish mumkin emas. Ishlab chiqarishdagi mavjud imkoniyatlarni topishda tahlilning roli nihoyatda katta ekanligini har bir o’quvchi, mutaxassis va fermer bilishi kerak. SHuning uchun ham har bir o’quvchi hamda faoliyat ko’rsatayotgan mutaxassis va fermer Prezidentimiz fikrlari va yo’l-yo’riqlariga amal qilib, fermer xo’jaligi faoliyatining natijalarini o’z vaqtida tahlil qilish, qo’yilgan xato va kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish, hamda mavjud imkoniyatlarni topish va ularni o’z vaqtida ishlab chiqarishga jalb qilish yo’llarini, usullarini va qoidalarini yaxshi bilishi zarur. Fermer xo’jaligi faoliyatining natijalarini ham nazariy, ham uslubiy jihatdan ongli va maxsus bilimga suyangan holda o’rganish albatta fermer xo’jaligining taraqqiy etishiga va uning itisodiyotining mustahkamlanishiga, qolaversa, mamlakatimizning milliy itisodiyotini rivojlanishiga sababchi bo’ladi. Bu haqiatni bilimni egallayotgan yoshlarimiz-talabalarimiz esda salamog’i zarur.
Iqtisodiy tahlilni yaxshi o’zlashtirish orqali xo’jalik faoliyatining pirovard natijasi – foydasiga ta’sir qiluvchi omillarni aniqlash va ularning ta’sirini hisoblash asosida mavjud bo’lgan imkoniyatlarni ko’rsatish tahlilchining – har bir mutaxassis va fermerning asosiy maqsadi bo’lib hisoblanadi.
Ushbu masadga erishish uchun tahlilchi fermer xo’jaligi faoliyatining tahlilini amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishi zarur:
1. ishlab chiqarish jarayonining natijalarini qiyoslama va omilli tahlil qilish orqali o’rganish;
2. mahsulotlarni sotish va sifatini ifodalovchi jarayon ko’rsatkichlarini ahvolini o’rganish;
3. xo’jalikning moddiy resurslar bilan ta’minlanish ahvolini va ulardan foydalanish darajasini omilli tahlil qilish;
4. mahsulot tannarxini chuqur o’rganish;
5. mehnat unumdorligi darajasini o’rganish;
6. moddiy manfaatdorligi ahvolini omilli tahlil ilish;
7. xo’jalikning moliyaviy ahvolini va unga ta’sir qiluvchi omillarning ta’sir doirasini o’rganish.
Respublikamizda olib borilayotgan qishloq xo’jaligi sohasidagi islohatlar natijalarini, yutuq va kamchiliklarini, muommolarini ayrim viloyatlar misolida keltirib o’tamiz.
Respublikada infratuzilmalarni rivojlantirish sohalari, yo’nalishlari belgilangan. Hozirgi vaqtda ishlab chiqaruvchilarga davlat tomonidan xom ashyo, materiallarni yetkazib berish, mahsulotni sotib berish kafolatlanmagan. SHuning uchun ulgurji vositachilik tuzilmalar – tashkilotlar, xo’jaliklar, ulgurji do’konlar, omborlar tashkil etilmoqda.
Bozor infratuzilmasi – mahsulot (xizmatlar) ishlab chiqaruvchini iste’molchi bilan yagona bozor makonida birlashtirib, ishlab chiqarish va iste’mol ko’lamlari o’rtasidagi ziddiyatni bartaraf etuvchi va uning barcha ishtirokchilari o’z oldilariga qo’ygan maqsadlariga erishishlarini ta’minlovchi muassasalar va vositachilik tarkiblari tizimidir.
Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qabul qilish, tozalash, quritish, sortlarga ajratish, saqlash va iste’molchiga taqsimlab berish yuli bilan bu tuzilmalar hosil nobud bulishining oldini oladi. Buni Buxoro viloyati misolida tahlil qilinganida 1999-2002 yillarda qishloq xo’jalik mahsulotlarini tayyorlash shahobchalari soni 3 ta bo’lgan bo’lsa, 2007 yilda ular soni 52 taga yetganini aniqlandi. Bu viloyatdagi har 297 ta fermer xo’jaligiga bitta shunday shaxobcha to’g’ri kelishini ko’rsatyapti. Tahlillarga qaraganda, fermer xo’jaliklariga xizmat ko’rsatuvchi infratuzilma shaxobchalari bilan ta’minlanganlik darajasi o’ta past bo’lib, bunday holat ularning rivojlanishiga salbiy ta’sir qilmoqda.
Natijada aksariyat fermer xo’jaliklarida qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi, chorva hayvonlarining mahsulodorligi past bo’lyapti. Bunga bizning fikrimizcha, quyidagilar ta’sir ko’rsatmoqda: infratuzilma shaxobchalarining texnika vositalari bilan to’liq ta’minlanmaganligi, mavjudlarining esa ma’naviy va jismoniy jihatdan eskirganligi, ehtiyot qismlar yetarli emasligi; infratuzilma shaxobchalarining malakali mutaxassislar,mablag’lar bilan to’liq ta’minlanmaganligi; servis sub’ektlarining fermer xo’jaliklari bilan o’zaro shartnomaviy munosabatlari talab darajasida yo’lga qo’yilmaganligi; viloyatda xizmat ko’rsatish sohasida raqobat muhitini yaratishga yetarlicha e’tibor berilmasligi xizmat ko’rsatish yo’nalishlari bo’yicha infratuzilma ob’ektlarining yakka hukmdorligi saqlanib qolmoqda. Oqibatda esa, tegishli xizmat turiga bo’lgan talabning to’laqonli qondirilmasligi ekin ekish ishlarining kechikishiga yoxud hosilni yig’ib olishga turli muammolar yuzaga kelishiga asosiy sabab bo’lmoqda, pirovard natijada xo’jaliklar iqtisodiyoti yanada zaiflashmoqda.
Agrar tarmoqda bozor infratuzilmasi barcha tarmoqlar o’rtasida
amalga oshiriladigan ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash va iste’mol o’rtasidagi munosabatlarni bog’lab, iqtisodiyotda moddiy, moliyaviy va axborot zaxiralarining aylanishini tezlashtirib, ishlab chiqarishning samaradorligini oshishini ta’minlaydi. Viloyatda 1999-2002 yillar orasida mini banklar soni 1 ta bo’lgan bo’lsa, 2007 yilga kelib ular soni 108 ta yetdi. Har 143 ta fermerga bitta mini bank xizmat ko’rsatyapti. Viloyatdagi mini banklar sonining bittaga ko’payishi paxta yalpi hosilini 140 tonnaga oshirgan. YOki 1999-2002 yillar mobaynida zotli mollarni sotish va zooveterinariya xizmatlari ko’rsatish shaxobchasi 1 ta bo’lsa, 2007 yilda ular soni 501 taga ko’paygan. Bu xizmat turining soni bittaga oshishi viloyatda go’sht yetishtirish miqdorini 190 tonnaga oshirgan. Tahlillardan ko’rinib turibdiki, infratuzilma shaxobchalari sonining ko’payishi viloyatda yalpi mahsulot hajmining oshishiga olib kelyapti.
Bozor infratuzilmalar faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish uchun quyidagilarga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’lardi: bozor sharoitida mahsulot ishlab chiqaruvchining muvaffaqiyatini ta’minlovchi sifatli urug’, ilg’or texnologiyalar, yangi ilm-fan yutuqlari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlovchi axborot konsalting markazlari ishini jonlantirish; infratuzilmalar va fermer xo’jaliklari faoliyatini samarali olib borishda ilg’or xorij tajribalarini tadbiq etish. Masalan, YAponiyada fermerlar tomonidan yetishtirilgan mahsulot bozor ma’muriyati tomonidan brokerlarga auksion orqali sotiladi. Mablag’ning 9%i bozor ma’muriyatiga, qolgani fermerlarga beriladi. Agar fermer mahsulotini bozorga olib chiqmasa, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qabul qiluvchi va qayta ishlovchi korxonalarga topshiradi. Evaziga pul yoki zarur texnika vositalari oladi; axborot-konsalting xizmatlarini fermer xo’jaliklari
joylashgan hududlar yaqinida tashkil etish; bank-moliya, soliq va boshqa tizimlarda ishlagan yoki ishlayotgan kadrlarni, jumladan hukukshunoslarni doimiy yoki o’rindoshlik asosida ishlashga jalb etish; majburiy davlat buyurtmasi mexanizmi va ishlab chiqarishni
markazlashgan tizimda resurslar bilan ta’minlashni tugatish; xususiy tadbirkorlik yo’nalishlarini kengaytirish; kichik ulgurji do’konlarning sonini raqobatchilik asosida
tashkil etish. Bunday kichik ulgurji do’konlarning ko’plab barpo qilinishi tadbirkorlarga moddiy resurslarni topish uchun imkon beradi; davlat tomonidan turli fondlar va boshqa moliyaviy manbalar hisobidan agrar tarmoqqa xizmat ko’rsatuvchi bozor infratuzilma shaxobchalarini moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish; servis korxonalarining noan’anaviy va istiqbolli xizmat
turlarini kengaytirishni rag’batlantiruvchi mexanizmini amaliyotga keng joriy qilish zarur.
Bozor infratuzilmasi respublikada vujudga kelayotgan umummilliy va mintaqaviy bozorlarning ishlashini, davlatlararo iktisodiy munosabatlarning tartibga solinishini ta’minlaydi.
Iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish sharoitida mamlakatimiz mintaqalari tabiiy-iqlim sharoitiga ko’ra xilma xil qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va ularni sanoatda mukammal qayta ishlash natijasida katta miqdorda qo’shimcha qiymatlar hosil qilish imkoniyatiga ega. Respublikamiz qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini barqaror rivojlantirishning ahamiyati shu bilan bog’likki, respublikamiz aholisining 2\3 yaqini qishloq joylarda yashaydi, ularning daromodi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan bog’liq. YAlpi ichki mahsulotning 21,7 foizi, ichki tovar aylanmasining 70 foizdan ortig’i agrar sektor hissasiga to’g’ri keladi. Ayniqsa, qazilma boyliklari kam uchraydigan mintaqalarda iqtisodiyotni barqaror rivojlantirishning ustivor yo’nalishi - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini asosli qayta ishlashni muntazam oshirib borish, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarib, eksport hajmini oshirishga bog’liq.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlanganlaridek, “Hech shubhasiz, bugungi kunda qishloq xo’jaligi samaradorligini tubdan oshirish, so’nggi yillarda paxtachilik, g’allachilik va meva-sabzavotchilikda mo’l hosil yetishtirish, ishlab chiqarish hajmlarining o’sishida chuqur o’ylangan va izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohotlar asosiy omil bo’layotganini barchamiz yaxshi anglaymiz”1.
Mamlkatimiz mintaqalarida iqtisodiy islohotlar jadallashtirilishi tufayli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmining o’sishiga erishilmoqda. Ammo, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashning rivojlanish holati past darajada qolmoqda. Ko’p xududlarda qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash texnologiyasining juda eskiligi tufayli har yili sabzavot va mevalarning 20 foizigacha isrof bo’lmoqda. Qishloq xo’jaligida ko’p mehnat va mablag’ sarflanib yetishtirilayotgan mahsulotlarning bir qismi nes-nobud bo’lib turgan bir paytda, aholining oziq-ovqat va boshqa keng istemol tovarlariga bo’lgan talabining ma’lum qismi import va g’ayri-qonuniy yo’llar bilan keltirilayotgan sifatsiz tovarlar hisobidan qondirilmoqda.
Endilikda, mintaqalardagi mavjud ishchi kuchlaridan oqilona foydalanish orqali qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatini jadal rivojlantirish asosiy vazifa bo’lib qolmog’i lozim.
Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qanchalik ko’p yetishtirib, ularni qancha ko’p miqdorda qayta ishlashni oqilona tashkil etilsa, qo’shimcha qiymatlar hosil qilish miqdorining shuncha o’sib borishiga erishish mumkin bo’ladi. Bu masalani Toshkent viloyati misolida ko’rishimiz mumkin.
Mustaqilliq yillarida viloyatning jami sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmida qishloq xo’jaligi xom ashyosini qayta ishlovchi yengil va oziq-ovqat sanoat tarmoqlarining ulushlari ancha pasayishiga qaramay, bu saholar o’sish sur’atlari ancha yuqori bo’ldi. 2007 yilda yengil sanoat 2006 yilga nisbatan 153,5%, oziq-ovqat sanoati 116% , iste’mol mollari ishlab chiqarish 121,1% ga o’sgan.
O’zbekiston mintaqalari ichida Toshkent viloyati qishloq xo’jaligi xom-ashyosini qayta ishlash sanoati bo’yicha respublikamizda oldingi o’rinlarda turadi. Jumladan, viloyatda uzumni qayta ishlash darajasi (42,1 foiz) bo’yicha unga qo’shni joylashgan Sirdaryo (34,5 foiz va Namangan (7,2 foiz) mintaqalariga nisbatan ancha yuqori turadi.
Ammo, Toshkent viloyatida ham qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash darajasi zamon talabidan orqada qolmoqda. Jumladan, mevalarni va ayniqsa sabzavotlarni qayta ishlash darajasi past bo’lib, mavjud imkoniyatlardan yetarli foydalanilmasdan kelinmoqda.
20 oktyabr 2008 yilda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oziq- ovqat ekinlari ekiladigan maydonlarni optimallashtirish va ularni yetishtirishni ko’paytirish chora-tadbirlari to’g’risida» farmoni e’lon qilindi.1 Farmonda respublikada aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talabini yanada to’laroq qondirish maqsadida paxta ekiladigan maydonlarni 50 ming gektarga qisqartirish hisobiga boshoqli don, sabzavot, moyli o’simiklar va boshqa oziq-ovqat ekinlari maydonlarini yanada kengaytirish zarurligi ta’kidlangan.
Toshkent viloyati meva, uzum, sabzvot va polizning yuqori sifatli navlarini yetishtirsh bo’yicha noyob imkoniyatlarga ega. Ushbu ekinlarni yetishtirish va ularni qayta ishlash orqali olinadigan mahsulotlar eksportini yanada ko’paytirish uchun barcha asoslar bor. Buning uchun viloyatdagi mavjud barcha zarur sharoit va imkoniyalardan foydalanib, sahoning samaradorligini oshirish zarur. Bunda viloyaning tog’ va tog’ oldi zonasidagi buloq va soy suvlarini tartibga solib sug’oriladigan maydonlarni kengaytirish hisobiga mevazor va bog’larni kengaytirish maqsadga muvofiq bo’ladi. SHuningdek, tog’ yonbog’rlaridagi lalmikor yerlarga ko’p suv talab etmaydigan takzorlar barpo etish, zig’ir, kunjut, saflor va boshqa moyli o’simiklar maydonlarini kengaytirish yuqori samara beradi.
Umuman olganda, Toshkent viloyatida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirishni ko’paytirish va ularni qayta ishlashni barqaror rivojlantirish uchun quyidagi chora - tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi: qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashni chuqurlashtirish, raqobatga bardoshli tayyor mahsulot ishlab chiqarishga yo’naltirilgan texnologik siklning tugallangan darajasini oshirish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sanoatida faoliyat ko’rsatayotgan bo’linmalarning texnologik va tashkiliy tizimini o’zaro muvofiqlashtirish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalarni kichik shaharlar va qishloq joylarida qurilishiga ustuvorlik berish; kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasiga ko’proq jalb etish; xorijiy investitsiyalarni qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga yo’naltirishni rag’batlantirish; mahsulot tarkibini sifat jihatdan yaxshilash, tovarlarning raqobatbardoshlik darajasini va eksportini oshirish; fermer va dehqon xo’jaliklarida ekologik toza mahsulotlar yetishtirishni rag’batlantirish.
Bozor munosabatlari sharoitida qishloq xshjaligining barcha tarmoklarida ishlab chikarishni ilmiy asosda tashkil etish, amaliy boshkarishga majmuaviy yondashishning axamiyati tobora oshib bormokda.
Mintaqalarida qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirishga erishish aholi turmush darajasini yaxshilashning asosiy omili hisoblanadi.
Camarqand viloyatda mustaqillik yillarida qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xo’jalik yuritish usullari va boshqaruv tizimida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. Viloyat qishloq xo’jaligini bozor iktisodiyoti talablariga moslashtirish borasida, ishlab chikilgan dasturlar va tadbirlar negizida tub agrar isloxotlar amalga oshirilmokda.
O’tgan yillar maboynida viloyat qishloq xo’jaligi tarkibi ancha o’zgardi. Paxta yakka xokimligiga barham berilib, uning ekin maydonlari keskin qisqartirildi, don ekinlari maydonlari va yalpi hosili ko’paytirildi. 2007 yilda viloyatda o’simlikchilikning yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 53,8%, (shundan paxtachilik ulushi 8,3%, don yetishtirishda 14,1% ni), chorvachilik 46,2% ni tashkil etgan.
Qishloq xo’jaligida mulkchilik va ko’p ukladli xo’jalik yuritish shakllari vujudga keldi. Iqtisodiy nochor shirkat xo’jaliklari negizida fermer xo’jaliklari, agrofirmalar tashkil etilish jryoni davom etmoqda. Natijada ularning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi salmog’i muttasil o’sib bormoqda. 2000-2007 yillarda viloyatida fermer xo’jaliklarining yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishdagi ulushi 3,7% dan 31,4% ga, ekin maydonlarining12,4% dan 81,3%,ga, paxta yalpi hosilining 14,3% dan 99,1%ga va donning 11,0% dan 79,1% ga o’sdi.1
Viloyatning barcha tumanlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi agrofirmalar faoliyat ko’rsatmoqda. Qishloq xo’jaligi sektorlari tarkibida xususiy mulkchilik rivojlanib, nodavlat sektorining ulushi 98,9 % dan oshib ketdi.
Samarqand viloyati iqtisodiyotining rivojlanishida xorijiy investitsiyalarni jalb etish faollashdi. Agar, O’zbekiston respublikasi bo’yicha 2006 yilda investitsiyaning o’sish su’ati 109,1% ni tashkil etgan bo’lsa, Samarqand viloyatida ancha yuqori bo’lib 143,1%, ga yetdi.
Viloyatda 2000 yilda yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti 157,9 mlrd. so’m, o’sish sur’ati 104,8%, aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish 58,3 ming so’m, O’zbekistonga nisbatan indeks 1,037ni tashkil etgan edi. 2007 yilda bu ko’rsatgichlar mos ravishda 1 188,8 mlrd. so’m, 106,3%, 399,1 ming so’m va 1,193 ni tashkil etib, 2000 yilga nisbatan ancha yuqori bo’lishiga erishilgan.
Umuman, kishlok xo’jaligiga xukukiy, iktisodiy va tashkiliy jixatdan katta e’tibor berilishi ishlab chikarish xajmini oshirishga imkoniyat berdi. Samarqand viloyati respublikadagi yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda 13,7 foizni, yalpi paxta hosilini yetishtirishda 12,3 foizni, yalpi don maxsulotlarini tayyorlashda - 11,9 foizni tashkil etdi. SHuningdek, viloyati mamlakatimizda yetishtiriladigan meva, uzum, sabzavot, poliz kabi mahsulotlarning ham salmoqli qismini yetishtirib, yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlariga ho’l va konserva mahsulotlari shaklida eksport qiladi.
Viloyat qishloq xo’jaligi, axolining asrlar davomida to’plagan tajribasidan va madaniyatidan, ulardan yangi xo’jalik yuritish sharoitida okilona foydalanish, bozor sharoitiga moslashtirish borasida ancha yuqori su’atlarda rivojlanib kelmokda.
Ayni paytda, viloyatning iqlim va tabiiy sharoitidan unumli foydalanib, paxtachilik, g’allachilik, sabzavotchilik, meva-uzumchilik sohalarini, shuningdek chorvachilikning qoramolchilik, quychilik, pillachilikni samarali sohalarga aylantirish dolzarb hisoblanadi.
Viloyatda buyuk tarixiy Samarqand shahrining joylashganligi hamda boshqa bir qator turistik ob’ektlar mavjudligi ularga xorijiy mehmonlar, turistlar kelishi yil sayin ko’payib bormoqda. SHuningdek, Camarqand viloyati mineral-xom ashyo resurslariga boy bo’lib, ularni o’zlashtirilib borilishi bilan qazib olish joylarida yangi sanoat shaharchalari vujudga kelmoqda, aholi soni o’sib bormoqda. Aholi sonining, ayniqsa shahar aholisi sonining o’sib borishi turli xildagi qishloq xo’jaligi mahsulotlarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda. SHu bois, viloyatda qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish boshqa mintaqalarga nisbatan ustivor rivojlanishini ta’minlashni taqoza qiladi. Camarqand viloyati qishloq xo’jaligini rivojlantirishda mahalliy tabiy-iqlim sharoitini hisobga olgan holda birqator chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqoza qiladi: mavjud yer-suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish; lalmikor yerlardan unumli foydalanish maqsadida adirlar, tog’ yonbog’rilarini buloq, say suvlarini tartibga solish yo’li bilan o’zlashtirish; mintaqaning xududiy agro resurslari xusuiyatlarni hisobga olgan holda ixtisoslashishini takomillashtirish; qishloq xo’jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlashga xorijiy investitsiyalarni ko’proq jalb etish zarur.
Respublikamiz mintaqalarida qishloq xo’jaligini barqaror rivojlantirishga erishish aholi turmush darajasini yaxshilashning asosiy omili hisoblanadi.
Mustaqillik yillarida Navoyi viloyat qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida xo’jalik yuritish usullari va boshqaruv tizimida jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi.
Qishloq xo’jaligi sektorlari tarkibida xususiy mulkchilik rivojlanib, nodavlat sektorining ulushi 98,9 % dan oshib ketdi. Paxta yakka xokimligiga barham berilib, uning ekin maydonlari keskin qisqartirildi, don ekinlari maydonlari va yalpi hosili ko’paytirildi.
Iqtisodiy nochor shirkat xo’jaliklari negizida fermer xo’jaliklari, agrofirmalar tashkil etilib, ular soni ko’payib bormoqda.Viloyatda 2007 yil yakuniga ko’ra 7526ta fermer xo’jaliklari faoliyat ko’rsatgan. Novoyi viloyatida fermer xo’jaliklarining ulushi ekin maydonlari bo’yicha 14,6%dan 70,6% ga, paxta yalpi hosilining salmog’i 10,8% dan 98,7% ga, don yalpi hosili salmog’i 80,1% ga ko’tarildi.1 Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash maqsadida barcha tumanlarda agrofirmalar tuzildi. Bularning natijasida qishloq xo’jaligi barqaror rivojlanaboshladi. 2000 yilda viloyat yalpi qishloq xo’jaligi mahsuloti hajmi 55,1 mlrd. so’mga yetgan bo’lsa, 2007 yilga kelganda 5,5 marta ko’payib, 302,6 mlrd.so’mga yetgan. SHu davrda aholi jon boshiga qishloq xo’jaligi mahsulotini ishlab chiqarish miqdori 69,6 ming so’mdan 448,1 ming so’mga, yoki bo’lmasa 6,4 martaga ko’paygan. Natijada viloyatning respublikamizga nisbatan indeksi 1,238 dan 1,343 ga ortdi.
Novoyi viloyati qishloq xo’jaligi tarkibida chorvachilik yetakchi o’rinni egallaydi. Bu yerdagi bepayon cho’l yaylovlari qorko’l qo’ylarini urchitishga qulaylik tug’diradi. Viloyat yalpi qishloq xo’jaligi mahsulotida chorvachilikning salmog’i respublikamizning barcha mintaqalariga nisbatan eng yuqori. 2007 yilda viloyatda chorvachilikning salmog’i 60,1% ni tashkil etgan bo’lsa, Jizzax viloyatida 51,0% ni, O’zbekiston bo’yicha bu ko’rsatgich o’rtacha 44,9% ga teng bo’lgan.
2007 yilda viloyatda dehqonchilikning salmog’i respublikamiz mintaqalari orasida eng kam bo’lib, 39,9%,ni tashkil etgan. Respublikamiz bo’yicha bu ko’rsatgich o’rtacha 55,1%ni tashkil etgan. Viloyat o’simlikchiligida paxtachilikning salmog’i 11,5 % ni, g’allachilikning salmog’i 13,0% ga teng bo’lgan.
Ma’lumki, Navoyi viloyati mineral-xom ashyo resurslariga juda ham boy. Bu yerda ana shu yer osti boyliklarining o’zlashtirilib borilishi natijasida shaxtalar, karerlar, yangi-yangi sanoat markazlari vujudga kelmoqda, aholi soni o’sib bormoqda. Aholisi sonining, ayniqsa shahar aholisining ko’payib borishi qishloq xo’jaligi mahsulotlarga bo’lgan talabni yanada oshirmoqda.
Bozor islohotlarini chuqurlashtirish davrida Navoyi viloyati qishloq xo’jaligi rivojlantirishda mahalliy tabiy-iqlim sharoitini inobotga olgan holda birqator chora-tadbirlarni amalga oshirishni taqoza qiladi: mintaqaning mavjud agro va inson resurslari salohiyatidan samarali foydalanish; qishloq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirishda ular ixtisoslashishini mahalliy tabiiy sharoitni inobotga olgan holda takomillashtirish; mavjud suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, artezian quduqlar sonini ko’paytirish, yer osti suvlari zaxiralarini ko’paytirish evaziga sug’oriladigan maydonlarni kengaytirish; yaylovlarni suv bilan ta’minlash, ularning hosildorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirish; qishloq xo’jaligini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni ko’proq jalb etish; viloyatning sanoat markazlariga yaqin xududlarda qishloq xo’jaligini rivojlantirishda ekologik holatning xususiyatlarni e’tiborga olish va ularni yaxshilash chora-tadbirlarini ko’rish; tabiiy ofatlarga bardosh berish qiyin bo’lgan yaylov chorvachiligi rivojlangan xududlarda soliq va kredit-moliya siyosatini samarali tashkil etish zarur.
Istiqbolda viloyat qishloq xo’jaligini rivojlantirishda Hukumatimizning 2008 yilning 19 martida qobul qilingan .2008-2020 yillarda sug’oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash to’g’risidagi Davlat programmasi hamda 2008 yilning 21 aprelida qobul qilingan dexqon va fermer xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlarini ko’paytirish to’g’risidagi qarorlarini amalga oshiraborish katta ahamiyat kasb etadi.
17.Фермер хўжагининг ҳуқуқий, иқтисодий асослари, уларни ташкил этиш тартиби.
Ўзбекистон республикасининг Президенти ва Ҳукумати фермерликга оид бўлган жаҳон тажрибаси, мамлакатнинг ўзига хос хусусиятларини эътиборга олган ҳолда республикада фермерликни босқичма-босқич ривожлантириш жараѐнини амалга оширмоқда. Даставвал, Ўзбекистонда фермер хўжаликларини ташкил этиш ва ривожлантиришнинг ҳуқуқий, меъѐрий хужжатлари яратилди. Жумладан, - 1998 йилда “Фермер хўжалиги тўғрисида”ги қонун Олий Мажлис томонидан қабул қилинди. - Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2003 йил 27 октябрдаги “2004- 2006 йилларда фермер хўжаликларини ривожлантириш Концепцияси тўғрисида”ги ПФ – 3342 – сонли фармони; - Вазирлар Маҳкамасининг 2003 йил 30 октярдаги “2004-2006 йилларда фермер хўжаликларини ривожлантириш Концепциясини амалга ошириш чоратадбирлари тўғрисида”ги 476-сонли қарори; - Вазирлар Маҳкамасининг 2004 йил 24 декабрдаги “2004-2007 йилларда фермер хўжаликларини жадал ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги 607- сонли қарори; - қайта ташкил этилаѐтган қишлоқ хўжалиги корхонаси негизида фермер хўжалигини ташкил этишда танлов ғолибларини аниқлаш тўғрисидаги Низом (2005 йил 4 январ) “Екин майдонларини оптималлаштириш ва озиқ-овқат маҳсулотларини кўпайтириш тўғрисида”ги УП4041-сонли фармони ва бошқалар. Шу ҳужжатлар талабларига қатъий риоя этган ҳолда қишлоқ ҳудудларила фермер хўжаликлари ташкил этила бошлади. Мустақиллик йилларининг дастлабки даврида деҳқон, фермер хўжаликлари ҳақида аниқ тушунча бўлмаган эди. Бу ҳол 1998 йилда “Фермер хўжалиги тўғрисида”ги қонуни қабул қилиши билан эчилди. Шу қонуннинг 5-моддасида Фермер хўжалиги аксарият ҳолларда ортиқча меҳнат ресурслари бўлмаган ерларда ва ҳудудларда ташкил этилади. Деҳқончилик маҳсулоти етиштиришга ихтисослаштирилган фермер хўжаликларига ижарага бериладиган ер участкаларининг энг кам ўлчами пахтачилик ва ғаллачилик учун 10 гектар, боғдорчилик, узумчилик, сабзавотчилик ва бошқа маҳсулотларни етиштириш учун эса 1 гектарни ташкил этади. Чорвачилик маҳсулоти етиштиришга ихтисослаштирилган фермер хўжалиги камида 30 та шартли бош чорва моли бўлган тақдирда ташкил этилади. Фермер хўжалигига ижарага бериладиган ер участкаларининг энг кам миқдори бир шартли бош чорва молга ҳисобланганда Фарғона водийси вилоятларига, Тошкент, Самарқанд ва Хоразм вилоятларидаги суғориладиган ерларда камида 0,3 гектарни, қолган вилоятларда. Қорақалпоғистон Республикасида эса 0,45 гектарни, суғорилмайдиган ерларда эса камида 2 гектарни ташкил этиши, Низомда эса аниқ ер участкалари (контурлар) берилиши кўрсатилган. Булар мамлакатда фермерликни ташкил этишнинг ўзига хос хусусиятларини белгилаб беради. Ўзбекистонда фермер хўжаликларини ташкил этиш қуйидаги икки хил тартибда амалга оширилмоқда: - биринчиси, меҳнат ресурслари бўлмаган ѐки кам бўлган ерларда ва ҳудудларда: - иккинчиси, уч йил давомида рентабеллик даражаси паст бўлган ширкат хўжаликлари негизида ташкил этилди. Иккала усулда ҳам фермер хўжалигини уни бўлажак раҳбари ташкил этади. У ўзининг мол-мулкини кўрсатиши зарур. Фермер хўжалигининг иқтисодий негизини унинг мол-мулки ташкил этади, унга қуйидагилар киритилиши мумкин: уй-жойи мавжуд бўлган техникалари, чорва ҳайвонлари маблағИ, мевали дараҳтлари, интелектуал қобилияти ва бошқалар; Бўлажак фермер хўжаликнинг уставини сифатли қилиб тузиш лозим. У қуйидагича тартибда тузилиши мумкин  фермер хўжалигининг номи;  фермер хўжалиги бошлијининг фамилияси, ўзининг ва отасининг исми ва яшаш жойи;  фермер хўжалигининг жойлашган жойи тўғрисидаги маълумотлар ва почта манзили;  фермер хўжалигининг ихтисослашуви ва фаолиятининг асосий турлари, йўналишлари;  унинг устав фондининг миқдори ва бошқалар. Фермер хўжалигининг уставига асосланган ҳолда унинг бизнес-режаси ишлаб чиқилади. Сўнгра фермернинг раҳбари белгиланган тартибда талаб этилган ер участкасини олишга киришади. Биринчи усулда фермер раҳбари ер олиш учун қандай хўжалик ҳудудида жойлашишини эътиборга олган ҳолда, унинг ширкат раҳбарига, тугатилаѐтган ширкат хўжаликларида эса эса тендер ўтказувчи комиссиясининг рахбарининг номига ариза берган. Аризалар белгиланган тартибда, муддатда кўриб чиқилган. Унда фермер, хўжалигининг барча имкониятлари; мутахассислиги, маълумоти, тармоқдаги иш стажи, пул маблағлари, мавжуд бўлган яроқли техникалари ҳамда раҳбарнинг билими, қобилияти, дунѐқараши, маънавиятли, мафкуралик ва бошқа қобилиятлари акс эттирилган. Шундай хусусиятларга ва имкониятга эга бўлган фуқароларга талаб этилган ерни 30 йилдан 50 йилгача бўлган муддатга ижарага бериш тўғрисида қарор қабул қилиган. Бу қарорлар вилоят ҳокими раҳбарлигидаги комиссия томонидан белгиланган муддатда, тартибда кўриб чиқилиб қарор қабул қилиниши шарт. Бу бир қанча муаммоларни вужудга келтирилган. Жумладан бўлажак фермерлар масофанинг узоқлиги муносабати билан ортиқча вақт, маблағ сарфлаганлар. Шундан сўнг фермер хўжалигини рўйхатдан ўтказиш белгиланган тартибда амалга оширилади. Фермер хўжалиги давлат рўйхатидан ўтганидан сўнг ташкил этилган деб ҳисобланган. У тўлиқ юридик шахс мақомини олиш учун ўзи алоқа қиладиган банкларда турли хилдаги хисоб рақамларини очиши, туманнинг солиқ, статистика ташкилотларида рўйхатдан ўтиб, ўз муҳрига, бланкаларига эга бўлиши керак бўлган. Шундан сўнг фермер хўжалиги тўлиқ фаолият юритадиган юридик шахс мақомига эга бўлган.
18.Республикада фермер хўжаликларини ривожланиши ҳамда самарадорлиги

Жамиятнинг экологик жиҳатдан тоза маҳсулотларга бўлган талаби ўсиб бормоқда. Аммо бу борадаги талаб ҳозирги даврда тўлиқ қондирилгани йўқ. Муаммони ҳал этиш учун бир қанча ташкилий, иқтисодий, ижтимоий тадбирларни амалга ошириш, жумладан, чорвачиликда иқтисодий ислоҳотларни янада чуқурлаштириш керак. Бу жараённи бир неча йуналишлар бўйича амалга ошириш мумкин. Масалан, республика ҳудудларининг, хўжаликларнинг йуналишларини эътиборга олган ҳолда чорвачилик тармоқларини мақсадга мувофиқ жойлаштириб, уларни ихтисослаштириш жараёнларини ривожлантиришга эътибор бериш лозим. Чорва ҳайвонларини ижара пудратчиларига, чорвачилик фермаларини эса ижарага бериш, ижарачиларга талабини қондирадиган ҳажмдаги экин майдонларини ҳам узоқ муддатга ижарага ажратиш зарур. Бу жараёнда самарадорликка эришиш учун ижарачилар молиявий маблағлар билан етарли миқдорда таъминланишига ҳам алоҳида эътибор бериш керак. Бу тадбир очиқ танлов асосида шу соҳа бўйича тажрибали, билимдон, қонун устуворлигини тан оладиган, инсофли, маънавияти юқори бўлган фуқаролар зиммасига юкланиши мақсадга мувофиқдир.


Ширкат хўжаликлари маҳсулот етиштириш мақсадида чорва ҳайвонларини аъзоларига ижара пудрати асосида беришини ҳам ривожлантириш мумкин. Бунда пудратчилар чорва ҳайвонлари бош сонини кўпайтириш, зотларини яхшилаш, маҳсулдорлигини ошириб, тобора кўпроқ маҳсулот етиштириш учун қилган хизматлари ва етиштирган маҳсулотлари миқдорига кўра, рағбатлантирилишлари лозим.
Хўжаликларда бу масалаларни ҳал этишда ерлар унумдорлиги ошишини таъминлайдиган тадбирларга ҳам алоҳида эътибор қаратишлиши зарур. Бу борада ижара муносабатларини эркин бозор талабларига мослаштириш керак.
Чорвачилик фермаларининг замонавий талабларга жавоб берадиган моддий-техника базасини босқичма-босқич ривожлантиришга алоҳида эътибор бериш вақти келди. Чорвачилик бино-иншоотлари фан-техника ютуқларини эътиборга олган ҳолда мослаштирилишига, тегишли воситалар билан таъминланишга, чорва ҳайвонлари яхши парваришланиб, сифатли маҳсулот етиштиришда янги техникалар, илғор технологиялар жорий этилишига эришиш лозим. Шудагина тармоқда ишлаб чиқариш жараёнлари механизациялаштирилиб, меҳнат унумдорлигининг ошиши таъминланади. Наслчилик ишларини ривожлантириб, сермаҳсул чорва зотларини яратиб, улар ишлаб чиқаришга тезроқ татбиқ этилишини таъминлаш, бунда зотли, сермаҳсул чорва ҳайвонларини сотиб олиш вариантидан фойдаланишни ҳам эсдан чиқармаслик кутилган натижага эришиш имкониятини кенгайтиради.
Чорвачиликнинг озуқа базасини мустаҳкамлаш учун ем-хашак етиштириладиган майдонларни кенгайтириб, экинларни алмашлаб экишни ривожлантириш лозим. Бунда ем-хашак экинлари экиладиган майдонларнинг сув таъминотига, мелиоратив ҳолатини яхшилашга ҳамда органиқ ва минерал ўғитлардан талаб даражасида фойдаланишга алоҳида аҳамият бериш зарур. Бу масалани ҳал этиш учун қайта ишлаш саноати корхоналарида ишлаб чиқариладиган тўйимли озуқа моддалари талаб даражасида олинишини, чорва молларига шаклланган озуқа рацион асосида вақтида берилишини ҳам ташкил этиш зарур. Бу масаланинг долзарблигини эътиборга олиб, республика ҳукумати хўжаликларга иқтисодий жиҳатдан кўмаклашиш йўлларини, механизмларини ишлаб чиққан. Жумладан, озиқ-овқат маҳсулотлари етиштиришни ривожлантириш учун имтиёзли кредитлар ажратиш, шу мақсадда четдан моддий-техника ресурслари келтирилса, улар божхона тўловларидан озод этилиши ва бошқа чора-тадбирлар белгиланган.
Бу жараёнда чет эл инвестициялари жалб этилишига алоҳида эътибор бериш зарур. Чунки ҳозирги даврда бу масала жуда суст ечилмоқда.
Юқоридагилар билан бирга чорвачилик маҳсулотларининг шартномавий баҳолари инфляция даражасини эътиборга олган ҳолда оширилишига ҳам давлат томонидан ёрдам кўрсатиш мақсадга мувофиқдир. Чунки бу маҳсулотларни асосан давлат акциядорлик корхоналари сотиб олмоқдалар.
Таъкидланган барча масалаларнинг ижобий ҳал этилиши тармоқларда фаолият кўрсатаётган ишчи-хизматчиларнинг муносабатларига, билимига, тажрибасига, эътиқодига, онггига ҳамда рағбатлантирилишига бевосита боғлиқ. Шундай экан, бу масалаларни ҳал этиш механизмларини, йўлларини янада ривожлантириш зарур. Ишчи-хизматчиларнинг иш ҳақларини вақтида бериш ҳамда уларни етиштирган маҳсулотлари миқдори ва сифатини эътиборга олган ҳолда мукофотлашнинг реал усулини ташкил этиш мақсадга мувофиқдир.
Чорвачилик тармоқлари ҳисобланган паррандачилик, пиллачилик, йилқичилик, асаларичилик, балиқчилик иқтисодиёти ҳақида ҳам шу мазмундаги фикрларни айтиш мумкин. Лекин бу тармоқларнинг иқтисодиётини ўрганишда уларнинг ўзига хос хусусиятларини, жумладан, паррандачиликни саноат негизида ҳамда ғаллачилик хўжаликларида ташкил этиб, ривожлантириш ва бошқаларни эътиборга олиш лозим.
Юқорида кўрсатилган масалаларнинг ҳал этилиши натижасида чорвачилик тармоқлари ривожланиб, самарадорлиги юксалиши таъминланади.
19. Ўзбекистонда фермер хўжаликларини ривожлантириш истиқболлари
Саволлар мазмунан бир жавоб битта!!!
2010-2016 йиллар давомида жами қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқариш ҳажми барқарор суръатларда ўсиб борди, бунда ўсиш суръати йилига 6-7 фоизни ташкил этди. Қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари ишлаб чиқаришни хўжаликлар тоифалари кесимида таҳлил этилганда, йилдан-йилга фермер хўжаликларининг улуши ошиб бораётганлиги, ўз навбатида қишлоқ хўжалиги фаолиятини амалга оширувчи ташкилотлар улуши эса камайиб бораётганлиги кузатилмоқда. Республикамизда фаолият юритиб келаётган паст рентабелли қишлоқ хўжалиги ташкилотлари ер майдонлари қисқартирилиб, улар негизида мустаҳкам моддий техника базасига эга бўлган кўп тармоқли фермер хўжаликларининг ташкил этилиши, жами қишлоқ хўжалиги ялпи маҳсулотида фермер хўжаликлари улушининг 2000 йилдаги 5,5 фоиздан 2016 йилда 32,9 фоизгача кўпайишида ҳамда қишлоқ хўжалиги фаолиятини амалга оширувчи корхоналар улушини эса 2000 йилдаги 27,8 фоиздан 2016 йилда 2,0 фоизгача камайишида ўз ифодасини топди (1-жадвал) [12]. 1-жадвал 2016 йилда қишлоқ хўжалиги ялпи маҳсулотининг хўжаликлар тоифалари бўйича тақсимланиши Йиллар (%) Деҳқон (шахсий ёрдамчи) хўжаликлари Қишлоқ хўжалиги фаолиятини амалга оширувчи ташкилотлар Фермер хўжаликлари 2016 65,1 2,0 32,9 Манба: Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари. “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 4, июль-август, 2018 йил 4/2018 (№ 00036) www.iqtisodiyot.uz 4 Шу билан бирга, қишлоқ хўжалиги ялпи маҳсулотининг таркиби ҳам ўзгарди. Деҳқончиликда озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқаришга устуворлик берилиши натижасида уларга ажратилаётган экин майдонларининг кенгайтирилиши ва ҳосилдорлигини оширишга оид агротехнологик тадбирларни амалга ошириш эвазига қишлоқ хўжалиги маҳсулоти ишлаб чиқаришнинг ўсиши динамикаси 2016 йилда тирик вазнда 2172,5 минг тонна гўшт ишлаб чиқарилди ва 2000 йилга нисбатан 2,6 мартага ўсиш таъминланди [12]. Фермер хўжаликлари ва қишлоқ хўжалиги фаолиятини амалга оширувчи ташкилотларда чорвачилик маҳсулотларини ишлаб чиқариш ҳажмларининг барча тоифадаги хўжаликларга нисбатан улуши 2000-2016 йилларда 0,7-31,6 фоизга тенг бўлди (2-жадвал). 2-жадвал Чорвачилик маҳсулотлари ишлаб чиқариш ҳажмларининг хўжаликлар тоифалари бўйича тақсимланиши (барча тоифадаги хўжаликларга нисбатан улуши, фоизда) Фермер хўжаликлари Деҳқон (шахсий ёрдамчи) хўжаликлари Қишлоқ хўжалиги фаолиятини амалга оширувчи ташкилотлар 2000 й. 2016 й. 2000 й. 2016 й. 2000 й. 2016 й. Гўшт, тирик вазнда 1,3 2,9 91,1 94,4 7,6 2,7 Сут 1,5 3,6 93,6 95,7 4,9 0,7 Тухум 1,0 10,7 59,9 57,7 39,1 31,6 Жун 1,1 8,0 74,3 85,5 24,6 6,5 Қоракўл тери 1,1 5,4 32,1 83,5 66,8 11,1 Манба:Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари. Қишлоқ хўжалигида давом этаётган таркибий ўзгаришлар жараёнида, қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқаришини ташкил этишнинг асосий шакллари этиб, фермер ва деҳқон хўжаликлари танлаб олинди. Фермер хўжаликларини ривожлантиришни рағбатлантириш бўйича чора-тадбирларни амалга ошириш уларнинг барқарор ва самарали ривожланишида муҳим омил ҳисобланади. Мамлакатлар иқтисодиёти тури ва ривожланиш даражасига қараб, асосан, хомашё ишлаб чиқаришга ихтисослашган иқтисодиёт, индустриал иқтисодиёт, постиндустриал иқтисодиёт, аралаш иқтисодиёт ва инновацион иқтисодиёт ёки билимлар иқтисодиётига асосланган мамлакатларга бўлинади. Инновацион иқтисодиёт иқтисодиётнинг энг юқори ривожланган тури ҳисобланади ва у учун билимли жамият хосдир. Ҳозириги кунда фан -техника ютуқларини кенг жорий этиш ва ундан самарали фойдаланиш учун турли механизмлар ва институционал тузилмалар, яъни миллий инновацион тизим шаклланмоқда. Қишлоқ хўжалигини барқарорлаштиришда қишлоқ хўжалигини технологик жиҳатдан модернизация қилиш устувор йўналишлардан биридир. Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun eksport imkoniyatlaridan maksimal foydalanish kerak
2018 yilda O‘zbekiston agro oziq-ovqat mahsulotlari eksport qiymati bor-yo‘g‘i 1,3 mlrd dollarni yoki har gektar mahsuldor yerga nisbatan 330 dollarni tashkil qildi. Taqqoslash uchun, o‘sha yili Vetnam 40 mlrd dollarlik qishloq xo‘jalik mahsulotini eksport qilgan. Bu davlatning eksportdan olgan foydasi har bir gektar mahsuldor yerga 6100 dollarni tashkil qiladi.
Jahon savdo tashkiloti tarkibiga kirish uchun hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohot va chora-tadbirlar O‘zbekiston uchun qishloq xo‘jalik mahsulotlari, xususan meva-sabzavotlarni jahonning ko‘pchilik mamlakatlariga eksport qilish imkonini beradi.
Mamlakat qishloq xo‘jaligining asosiy masalalardan yana biri — eksport tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlarni amalga oshirishda mehnat resurslarining keng miqyosda ishtirok etishini ta’minlash zaruriyatidir. Hozirgi kunda meva-sabzavot mahsulotlarining 60 foizi katta bo‘lmagan dehqonchilik xo‘jaliklari va uy-joy uchastkalarida yetishtirilmoqda. Lekin ularning eksportga yo‘naltirilgan qo‘shimcha daromadli mahsulot ishlab chiqarish zanjiridagi ishtiroki hozircha past bo‘lib qolmoqda.
Qishloq xo‘jalik kooperativlarining agrobiznes va eksportchilar bilan kooperatsiyasi va hamkorligini rag‘batlantirish bo‘yicha davlat dasturlari yordamida yuqorida ko‘rsatilgan ishlab chiqaruvchilarning mazkur zanjirlar bilan integratsiyalashuvi ishlab chiqarish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda kichik dehqon va xususiy mulkdorlar biznesining rentabelligini oshirishga yordam bergan bo‘lar edi.
Agar dehqon xo‘jaliklarining ehtiyojlariga e’tibor qaratilmasa, qishloq xo‘jaligi eksporti faqat kichik fermerlar va agrotashkilot guruhlari uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi va mazkur fermerlar guruhining inklyuziv iqtisodiy rivojlanishi uchun ajoyib imkoniyat qo‘ldan boy beriladi.

Download 326,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish