Asosiy fondlar, korxonalarning asosiy fondlari– ishlab chiqarishga uzoqxizmat qiladigan, o‘z natural buyum shaklini uzoq vaqt o‘zgartir-magan holda ishlab chiqarish jarayonida bir necha bor qatnashadigan mehnat qurollari va vositalari. Odatda Asosiy fondlarga ishlab chiqarishda bir yildan ortiq xizmat ko‘rsatadigan molmulk kiritiladi (rivojlangan kapitalistik davlatlarda Asosiy fondlar o‘rniga asosiy kapital tushunchasi qo‘llaniladi). Asosiy fondlar o‘z qiymatini tayyor mahsulotga asta-sekin, bir necha yillik ishlab chiqarish jarayonida qismlar bilan o‘tkazadi, mahsulot sotilgach, korxonaga pul sha-klida qaytib keladi (qarang Amortizatsiya ajrat-malari). Asosiy fondlar qiymat jihatidan korxonaga qo‘yilgan pul bo‘lsa, moddiy jihatdan bino, inshootlar, mashina-uskuna va boshqalardan iborat. Asosiy fondlarning qiymat ifodasi buxgalteriya balansida asosiy vositalar deb yurtiladi. Asosiy fondlardatutgan o‘rniga qarab Asosiy fondlar asosiy ishlab chiqarish va asosiy noishlab chiqarish fondlariga bo‘linadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish jarayonida mahsulotlar yaratishda qatnashadi. Ular tarmoqlararo taqsimlanishi jihatidan sanoat, qurilish, transport, qishloq xoʻjaligi fondlaridan iborat bo‘ladi, texnologik jihatdan aktiv va passiv fondlarga bo‘linadi. Aktiv fondlar mahsulot yaratishda bevosita qat-nashuvchi mehnat qurollaridan, passiv fondlar ishlab chiqarishning moddiy sharoiti bo‘lgan qurilmalar, binolar, inshootlar, omborlar va boshqalardan iborat. Mod-diy-natural tarkibiga ko‘ra Asosiy fondlar quyidagi guruhlarga ajratiladi: binolar, inshootlar; uzatma qurilmalar; quvvat mashinalari va jihozlari; ish ma-shinalari va jyhozlari; transport vosi-talari; ishlab chiqarish va xo‘jalik inventari; ulov va mahsuldor chorva; mevali bog‘lar va da-raxtlar; yerlarni yaxshilashga sarflangan kapital harajatlar. Asosiy noishlab chiqarish fondlariga uy-joy binolari, maktablar, klublar, davolash muassasalari va boshqa kiradi. Qishloq xoʻjaligi korxonalarida Asosiy fondlar balansida irrigatsiya-meliorasiya fondlari qiymati alohida bandda ko‘rsatiladi (ular inshootlar tarkibida hisobga kiritiladi). Xo‘jaliklarning Asosiy fondlar buxgalteriya hisobida 01 raqamli hisobvaraqda qayd etiladi, natural hamda qiymat ko‘rsat-kichlarida hisobga olinadi. Natural ko‘rsatkichlar (dona-si, Vt hisobidagi quvvat, m2 hisobidagi sathi va boshqalar) Asosiy fondlarning sifat va miqdori tarkibi, xo‘jaliklarning ishlab chiqarish imkoni-yatlari, sotib olingan texnika yoki bino, inshootning qurilgan vaqti haqida tasavvur beradi. Asosiy fondlar qiymati joriy narxlarda yoki qiyosiy narxlarda hisoblanadi. Hisobga olish asosiy vositalarning barcha ko‘rinishlarini turlar bo‘yicha taqqoslashga, ularning jami qiymatini, ulardagi yangi tayyor mahsulotga o‘tadigan eskirish darajasini aniqlashga im-kon beradi. Asosiy fondlar real miqdori mamla-katning iqtisodiy salohiyatini, ishlab chiqarish quvvatini ko‘rsatadi. Oʻzbekiston Respublikasi xalqxo‘jaligi barcha tarmoqlarining asosiy ishlab chiqarish fondlari amaldagi (joriy) narxlarda 1993 yilda 19218,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan.Ahmadjon O‘lmasov.
Ишлаб чиқаришда иштрок этиш хусусиятларига қараб ишлаб чиқариш воситалари: асосий ва айланма воситаларга бўлинади. Асосий ишлаб чиқариш воситалари деб ишлаб чиқаришда бир неча йил иштрок этиб, ўз қийматини янгидан етиштирилган маҳсулотга оз–оздан ўтказиб борадиган воситаларга айтилади. Трактор, қишлоқ хўжалик машиналари, иморат ва иншоотлар, кўп йиллик дарахтлар, ишчи ва маҳсулдор хайвонлар асосий воситаларга киради.
Бу фондларга қуйидагилар киради:
•ер ресурслари;
•бинолар;
•иншоотлар;
•машина ва техникалар;
•транспорт воситалари;
•ишлаб чиқариш ва хўжалик инвентарлари;
•сут берувчи қорамоллар;
•гўшт берувчи қорамоллар;
•кўп йиллик экинлар;
•ерни яхшилаш учун қилинган сарфлар (иншоотлардан ташқари).
•асбоблар ва ҳоказолар.
Asosiy vositalar deb qishloq xo`jaligida uzoq yillar
davomida xizmat qilib o`z ko`rinishini o`zgartirmasdan,
o`z qiymatini asta-sekinlik bilan (eskirishini) ishlab
chiqarilyotgan mahsulotlarga, ish va hizmatlarga yilmayil
o`tkazib beradigan vositalarga aytiladi.
• Aylanma vositalar deb tarmoq ishlab chiqarishidagi ish
jarayonlarida bir marta qatnashib, o`zining shaklini
to`liq o`zgartiradigan hamda o`z qiymatini ishlab
chiqarilgan mahsulotlarga, ish va hizmatlarga to`liq
o`tkazadigan vositalarga aytiladi. Asosiy va aylanma
vositalarning qiymat holidagi ko`rinishiga fondlar
deyiladi. Asosiy vositalarning eskirishini ularning amaldagi
eskirish me'yorlari (normativlari) yordamida aniqlash
mumkin. Ularning eskirish qiymati amortizatsiya
summalari, deb ataladi. Asosiy vositalarning eskirish
me'yorini belgilab beruvchi amortizatsiya me'yori asosida
ularning eskirish qiymati (summasi) quyidagi formula
yordamida aniqlanadi:
• Аs = АBq/Аn x 100; yoki АBq/Аn
• Bunda: As - asosiy vositaning amortizatsiya summasi
(so’m);
• ABk - asosiy vositaning balans qiymati (so’m);
• An - asosiy vositaning eskirish me'yori (koeffitsientda,
foizda, yilda). Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish fondlari
(vositalari)ning katta qismini asosiy fondlar
tashkil etadi. Ularga qishloq xo’jaligida
qatnashadigan barcha mehnat vositalari
kiradi. Ular qishloq xo’jalik korxonalarining
doimiy kapitalini tashkil etadi. Funksional
vazifasiga qarab, asosiy fondlar (vositalar)
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
vositalariga bo’linadi.
30. Asosiy ishlab chiqarish fondlari (vositalari) va ulardan foydalanish darajasini,
samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar, ularning aniqlanishi
Asosiy fondlar (vositalar)dan foydalanish darajasi hamda
samaradorligini aniqlashda bir qancha ko’rsatkichlardan,
jumladan, asosiy vositalardan foydalanish darajasini
isbotlovchi natural ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Chunonchi, bitta mashinaning bir yil mobaynida bajargan
ishi, bitta kombaynning bir yilda ishlagan kuni, hosilini
yiqqan maydoni hamda yig`ishtirgan hosili. Ularni
quyidagi formulalardan foydalangan holda aniqlash
mumkin:
• ХМ = MI/XM; ХТ = TI/XT; ХК = Ki/XK.
• Bunda: XM, XT, XK - ishlagan mashinalarning,
traktorlarning, kombaynlarning o’rtacha soni (dona);
• MI, TI, Ki - mashinalar, traktorlar, kombaynlar bilan jami
bajarilgan ish hajmi (tn.km; et; ga, tonna).
Xo’jalikning asosiy fondlar bilan
ta'minlanganligini aniqlash uchun undagi asosiy
fondlarning o’rtacha yillik summasini unda
foydalanilgan yer maydoniga taqsimlash lozim.
• Bu quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
• Aft= АFк / Fe
• Bunda: Aft – asosiy fondlar bilan ta'minlanganlik
darajasi (so’m/ga);
• АFк – asosiy fondlarning yillik o`rtacha sumasi
(so`mda);
• Fe – foydalanilayotgan yer maydoni (ga).
Do'stlaringiz bilan baham: |