1. qishloq xo’jaligi ning respublika iqtisodiyotidagi o’rni


Qishloq xo'jaligidagi xarajatlar, ularning ahamiyati



Download 326,12 Kb.
bet20/20
Sana23.02.2022
Hajmi326,12 Kb.
#174542
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
m en e j m e n t

48. Qishloq xo'jaligidagi xarajatlar, ularning ahamiyati
Qishloq xo`jaligi mamlakatimiz xalq xo`jaligining eng muhim tarmog`i, uning serqirra faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun ma`lum miqdordar moddiy, pul hamda mehnat sarfxarajatlari amalga oshiriladi. Ularning mamlakat miqyosidagi miqdori jami ijtimoiy xarajatlar deb ataladi. Ijtimoiy xarajatlar ijtimoiy mahsulot qiymati bilan tengdir. Ularning tarkibi quyidagilardan tashkil topadi:
1. Ishlab chiqarish vositalarida buyumlashgan xarajatlar. Ular o`tgan davr xarajatlari bo`lib, S harfi bilan belgilanadi.
2. Jonli mehnat xarajatlari. Ular o`zi uchun yangi qiymatni yaratadi, V harfi bilan belgilanadi.
3. Buyumlashgan va jonli mehnat uyg`unlashishi natijasida jamiyat uchun qo`shimcha qiymat
yaratiladi. U m harfi bilan belgilangan.Ijtimoiy xarajatlar, ya`ni yalpi ijtimoiy mahsulot qiymatining umumiy ko`rinishi quyidagicha:
m V ɋ
Mamlakatning jami ijtimoiy xarajatlari–davlat hamda tarmoqlar, korxona va tashkilotlar miqyosidagi barcha xarajatlarning yig`indisidir.Tarmoqning ijtimoiy xarajatlari–individual korxonalarning, tashkilotlarning xarajatlari yig`indisidir. Shunday tarmoqlardan eng muhimi, qishloq xo`jaligidir. Qishloq xo`jalik korxonalari turli xildagi talablarni qondirish maqsadida mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlarni
bajarish uchun moddiy, pul va mehnat xarajatlarini amalga oshiradilar. Yuqorida qayd
etganimizdek, korxona miqyosidagi moddiy va buyumlashgan xarajatlar S harfi bilan, mehnat
xarajatlari, ish haqi shaklida bo`lib, V harfi bilan belgilanadi. Korxonalar xarajatlarining umumiy
ko`rinishi quyidagicha: V ɋ Bu umumiy xarajat hisoblanadi.
Qishloq xo`jalik korxonalari turli xildagi mahsulotlarni etishtirish, xizmat va ishlarni baja uchun moddiy va buyumlashgan quyidagi xarajatlarni amalga oshiradilar: urug`lik, ko`chat,mineral, mahalliy o`g`itlar, kimyoviy vositalar, yoqilg`i, yog`lovchi materiallar, ozuqa va emxashaklar, asosiy vositalarning eskirish qiymati, ishchi xizmatchilarning mehnatlariga to`langan haqlar, soliqlar, kreditlar uchun to`lovlar, mahsulotlarni sotish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar, kam qiymatli, tez eskiruvchan materiallar va boshqalar.
49 Xarajatlar tarkibi, ularning turkumlashtirilishi
Qishloq xo`jaligida mahsulot etishtirish, ish va xizmatlarni bajarish uchun qilinayotgan
barcha xarajatlar iqtisodiy mazmunga, maqsadga, hisobot ob`ektiga hamda shakllanish
manbalariga ko`ra, quyidagi elementlarga va moddalarga guruhlashtirilgan (11-chizma):
x mahsulot etishtirish, ishlarni, xizmatlarni bajarish bilan bog`liq xarajatlar;
x davr xarajatlari;
x moliyaviy faoliyat bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar;
x favqulodda qilinadigan xarajatlar(foyda, zararlar).
Iqtisodiy mohiyatiga ko`ra, bir xil xarajatlar xarajat elementlarini, bir nechta xarajat
elementlari xarajat moddalarini tashkil etadi. Demak, xarajat moddalari xarajat elementlariga
nisbatan kengroqdir.
Amalga oshirilayotgan va oshirilishi lozim bo`lgan xarajatlarni iqtisodiy elementlar bo`yicha
guruhlashtirish natijasida mehnat xarajatlari uchun berilgan ish xaqini va uning tarkibini,
sarflangan moddiy (material) xarajat, turli maqsadlarga sarflangan pul xarajatlari (ob`ektlari
bo`yicha) summasini aniqlab, ularni chuqur tahlil qilish imkoniyati yaratiladi.
Sarflanayotgan xarajatlarni tahlil etish jarayonida ularning qanchasi mahsulot
etishitirishga oid texnologik jarayonlar bo`yicha sarflanganligiga ham alohida e`tibor beriladi.
Bundan maqsad – fan-texnika, texnologiya yangiliklarini ishlab chiqarishning u yoki bu
jarayoniga tatbiq etish natijasida xarajatlarni tejash imkoniyatini aniqlashdir. Shuning uchun ham
xarajatlarni mahsulot etishtirish texnologik jarayonlari bo`yicha ham turkumlashtirish mumkin
Xarajatlarning bunday tartibda turkumlashtirilishi ularning o`simlikchilik mahsulotlari etishtirish
davrlari bo`yicha qilinadigan miqdorini, qiymatini aniqlash imkoniyatini yaratadi. Shunga
asoslangan holda ularning samarali amalga oshirishlishini ta`minlash mablag`lar bilan
ta`minlanish masalalari ham hal etilishini taqozo qiladi.
ɓosilni yi\ib-terib olish
davridagi xarajatlar
Ekishgacha bɵlgan
davrdagi xarajatlar
Xarajatlarni maɳsulot ishlab
chi=arish texnologik jarayonlari
Ekish va ishlov berish
davridagi xarajatlar
x erlarni ɵzlashtirish;
x erlarning meliorativ
ɳolatini yaxshilash;
x Kuzgi shudgor;
x Yaxob suvi berish;
x erlarni tekislash;
x Mineral va organik
ɵ\itlarni solish;
x Kimyoviy vositalar;
x Meɳnatga ɳa= tɵlash;
x Yo=il\i moylash
materiallari;
x Bosh=a korxonalar uchun
Wɵlovlar;
x (ɳtiyot =ismlar
x Uru\, kɵchat;
x Meɳnat ɳa=i
ajratmalar bilan;
x Ishlov berish;
x Su\orish;
x Mineral va
Qishloq xo`jaligida xarajatlarni sarflashdan yana bir maqsad–etishtirilayotgan bir birlikdagi
mahsulot, bajarilayotgan ishlar, xizmatlar uchun o`rtacha qancha xarajat qilinganligini ham
aniqlashdir, ya`ni ularning tannarxlarini bilishdir. Mahsulot (ish, xizmat) tannarxi darajasi
ularnining foydali yoki zararliligi bo`yicha aniqlanadi. Shuning uchun xarajatlar har bir tannarx
ob`ekti bo`yicha to`g`ri olib borilishini ta`minlash lozim. Buning uchun sarflanayotgan xarajatlar
mahsulot ishlab chiqarish davrlariga qarab qo`shilishi bo`yicha turkumlashtiriladi

50. maxsulot tannarxi haqida tushuncha uning turlari va aniqlanish tartibi


Tannarxda kоrxоna ishlab chiqarish faоliyatining sifat ko`rsatkichlari - ishlab chiqarish rеsurslaridan fоydalanish samaradоrligi, ishlab chiqarish tеxnоlоgiyasi va mеhnatni tashkil etish darajasi, kоrxоnani tеjamkоrlik bilan va оqilоna yuritish оmillari, mahsulоt ishlab chiqarishni yuksaltirish sharоitlari o`z aksini tоpadi.
Mahsulоt tannarxini hisоblashdan ko`zda tutilgan asоsiy maqsad - uni ishlab chiqarishga sarflangan haqiqiy xarajatlarni tеgishli hujjatlarda o`z vaqtida, to`liq va ishоnchli aks ettirish hamda mоddiy, mеhnat va mоliyaviy rеsurslardan tеjamkоrlik asоsida, оqilоna fоydalanish ustidan nazоrat o`rnatishdir.
Mahsulоt tannarxi kоrxоna xarajatlari tushunchasidan farq qiladi. Kоrxоnaning mahsulоt ishlab chiqarish, sоtish va bоshqa mоliyaviy-x o`jalik faоliyati natijasida yuzaga kеladigan barcha xarajatlari mahsulоt tannarxiga kiritilmaydi. Mahsulоtning (ishning, xizmatning) ishlab chiqarish tannarxiga uni bеvоsita ishlab chiqarish bilan bоg`liq xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tеgishli:
- bеvоsita mоddiy xarajatlar;
- bеvоsita mеhnat xarajatlari;
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bilvоsita ustama xarajatlar. Bu xarajatlarning ko`pchiligini naturada, ya’ni dоna, kg, mеtr va bоshqa ko`rinishlarda hisоbga оlib bоrish va rеjalashtirish mumkin. Ammо mahsulоt ishlab chiqarishga sarflangan barcha xarajatlarni birgalikda hisоbga оlish uchun ularni yagоna o`lchоv birligiga - qiymat-pul ko`rinishiga kеltirish talab etiladi.
Hozirgi davrda mahsulot (ish, xizmat)ning ishlab chiqarish tannarxi aniqlanadi. Tannarx deganda
bir birlikdagi mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarish uchun sarflangan moddiy,
mehnat, pul xarajatlari nazarda tutiladi. Uning mutlaq (absolyut) darajasini aniqlash uchun
barcha bevosita va bilvosita ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasi shu xarajatlar
yordamida ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot miqdoriga taqsimlanadi. Qishloq xo`jaligida 1 ts.
mahsulotning narxi; 1 etalon gektarning; 1 tonna-km/ning; 1 kvt/soat elektroenergiyaning
tannarxi aniqlanadi.
Bunda: Tn – mahsulot, ish, xizmat tannarxi, so`mda;
6Ix – ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasi, so`mda;
6Mm (Im, Xm) – yalpi etishtirilgan mahsulot, jami bajarilgan ish, xizmatlar miqdori tsen.,
tonnada, etalon gektarda…
etishtirilayotgan mahsulotlarning:
- ishlab chiqarish tannarxi;
- to`liq tannarxi, tijoriat tannarxi aniqlanadi.
Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini aniqlash usuli yuqorida keltirilgan. Uning to`liq yoki
tijorat tannarxi jami xarajatlarni (jumladan, sotish xarajatlari bilan) etishtirilgan yalpi mahsulot
miqdoriga yoki sotiladigan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi.
Qishloq xo`jalik mahsulotlari (ishlar va xizmatlar) ning haqiqiy hamda reja tannarxlari
aniqlanadi. Haqiqiy tannarx darajasi yil yakunidagi ma`lumotlar yordamida hisoblanadi. Reja
tannarxi esa normativlar, erishilgan ma`lumotlar asosida aniqlanib, «Biznes reja»da aks ettiriladi.
Qishloq xo`jaligida barcha xarajatlarni amalga oshirish natijasida turli xildagi asosiy, qo`shimcha
hamda yordamchi mahsulotlar olinadi. Jumladan, paxtachilikda paxta xomashyosi asosiy
mahsulot hisoblansa, g`o`zapoyasi qo`shimcha mahsulot sanaladi. Donchilikda don asosiy,
somoni (poyasi) qo`shimcha mahsulotdir. Qoramolchilikda go`sht, sut asosiy, buzoq qo`shimcha,
go`ng esa yordamchi mahsulot hisoblanadi. Lekin tarmoqdagi barcha xarajatlar asosiy
mahsulotni etishtirishga qaratilgan bo`ladi. Shundan kelib chiqqan holda 14-chizmada aks
ettirilgan ob`ektlar tannarx ob`ektlari hisoblanadi.
Qishloq xo`jaligida etishtiriladigan asosiy, qo`shimcha hamda yordamchi mahsulotlarning ishlab
chiqarish tannarxlari quyidagi usullarda hisoblanadi:
1. Masalan, donchilikda qo`shimcha mahsulotlar belgilangan koeffitsientlar
yordamida asosiy mahsulotlarga aylantiriladi. Ularni asosiy mahsulotlarning miqdoriga qo`shib,
jami yalpi don mahsulotining shartli miqdori aniqlanadi. Shartli mahsulot tarkibidagi asosiy
hamda yordamchi mahsulotlarning shartli miqdori salmog`i aniqlanadi. Shundan so`ng jami
ishlab chiqarish xarajatlaridan shartli mahsulot salmog`iga mutanosib ravishdagi salmog`i
hisoblanib, ularning umumiy summasi aniqlanadi. Shu aniqlangan summa asosiy mahsulot
miqdoriga taqsimlanib, asosiy mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi aniqlanadi. Shartli
yordamchi mahsulot hissasiga to`g`ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlarini yordamchi
mahsulotning haqiqiy miqdoriga taqsimlab, yordamchi mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi
aniqlanadi.
Mahsulot tannarxini hisoblashning jahondagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida o`zini
oqlagan «Direkt-kosting» tizimini Respublikamiz qishloq xo`jaligida ham joriy etish yo`li
tanlangan.
«Direkt-kosting» tizimining mohiyati shundan iboratki, bunda jami xarajatlar doimiy va
o`zgaruvchan qismlarga ajratiladi va marjinal daromad miqdori aniqlanadi. Ushbu tizimda
mahsulotlar tannarxi faqatgina to`g`ri (o`zgaruvchan) xarajatlar chegarasida aniqlanadi.
Mahsulotlarni sotishdan kelgan pul tushumi bilan ularning xarajatlar bo`yicha tannarxin
taqqoslash natijasida xo`jalikning marjinal daromadini aniqlash mumkin. Marjinal daromaddan
doimiy xarajatlarni ayirish orqali xo`jalik mahsulot sotish natijasida olgan sof foyda aniqlanadi
51 .qishloq xojaligi maxsulotlarini tannarx darajasi dinamikasi va xarajatlarni qisqartirish maxsulotni tannarxini pasaytiriw yollari
Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish xarajatlari va tannarxini tahlilining ahamiyati va vazifalari
Ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan sarf-xarajatlardir, yani Ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotlarni yetishtirish uchun sarf bo’lgan barcha moddiy va mehnat xarajatlari yig’indisi tushuniladi.Bular – xom ashyo,materialar,urug’,o’g’it,yem-xashak,ish haqi va boshqalardir. Ishlab chiqarish xarajatlarining pul shaklida ifodalanishi tayyor mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari hajmini kamaytirish va mahsulot tannarxi darajasini pasaytirish, samaradorlikni oshirishning asosiy imkoniyatlaridan bo’lib hisoblanadi. Tannarxning pasayishi foydaning ko’payishi va rentabellikning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish xarajatlari hajmi dinamikasini hamda o’simlikchilik va chorvachilik mahsulotlari tannarxi darajasi dinamikasini uzluksiz ravishda tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir, chunki tahlil tufayli xarajatlarni kamaytirish va tannarxni pasaytirish imkoniyatlari aniqlanadi, natijada ulardan foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi. Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish xarajatlari hajmining tahlili
Hisobot yilidagi xarajatlar summasini bazis yilidagi xarajatlar summasiga solishtirib, uning umumiy o’zgarishi mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlar bo’yicha aniqlanadi. Buning uchun ishlab chiqarish xarajatlari indeksi formulasidan foydalanish kerak:
Bunda, q1- hisobot yilida ishlab chiqarilgan mahsulot har bir turining miqdori;
q0 - bazis yilida ishlab chiqarilgan mahsulot har bir turining miqdori;

z1- hisobot yilida ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulot tannarxi;

z - bazis yilida ishlab chiqarilgan bir birlik mahsulot tannarxi;

- hisobot yilida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot uchun sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari summasi;

- bazis yilida ishlab chiqarilgan mahsulot uchun sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari summasi.

Ishlab chiqarish xarajatlari hajmining o’zgarishi bevosita:mahsulot miqdori bilan tannarxning o’zgarishi hisobigi yuzaga keladi.Omillar ta’sirini quyidagi indekslar orqali aniqlanadi.:


1.Mahsulot fizik miqdori umumiy indeksi:
2.Mahsulot tannarxining umumiy indeksi:
Ushbu indekslar ko’paytmalarining yig’indisi ishlab chiqarish xarajatlari umumiy indeksiga teng kelishi shart:. Qishloq xo’jalik mahsulotlari tannarxining tahlili
Hisobot davridagi bir birlik mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini bazis davridagi (yoki rejalashtirilgan) tannarxiga solishtirib, mutlaq va nisbiy o’zgarishlari aniqlanadi. 1 s. mahsulot tannarxining o’zgarishi bevosita quyidagi omillar ta’siri ostida sodir bo’ladi:
1) 1 gektar ekin maydoni (yoki 1 bosh chorva moli) hisobiga sarf bo’lgan ishlab chiqarish xarajatlari hajmining o’zgarishi;
2) Hosildorlik yoki mahsuldorlikning o’zgarishi).
Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlaymiz. Tannarx tahlilini o’simlikchilik mahsuloti misolida ko’rib chiqamiz. Tannarxning o’zgarishiga omillarning ta’sirini aniqlashdan oldin 1 s. mahsulotning shartli tannarxini aniqlab olish zarur. Shartli tannarx qanday aniqlanadi? Shartli tannarxni (Zsh) aniqlash uchun hisobot yilidagi 1 gektar ekin maydoni hisobiga sarf bo’lgan xarajatlar hajmini (IX1) bazis yilidagi hosildorlik darajasiga (H0) bo’lish kerak
52 .0q.x ning yalpi va Tovar maxsuloti haqida tuwinca
Qishloq xo`jaligidagi barcha korxonalar,
tashkilotlar zimmalaridagi asosiy vazifasini
bajarish uchun ishlab chiqarish jarayonida
turli ishlarni, xizmatlarni amalga oshiradilar,
xilma-xil mahsulotlarni yetishtiradilar.
Jumladan, paxta xom ashyosi, bug`doy,
sholi, makkajo`xori, kartoshka, karam,
pomidor, sabzi, sut, go`sht va boshqa
mahsulotlarni yetishtiradilar.
– Qiymat shaklida hisoblangan yalpi
mahsulotning tarkibi quyidagicha bo`ladi:
– Tayyor mahsulot;
– Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari.
– Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi jarayonida
bir yil davomida yyetishtirilib, yig`ishtirilib,
hisobga olingan, taqsimlashga va sotishga
tayyor bo`lgan mahsulot qishloq xo`jaligining
tayyor mahsuloti hisoblanadi.
• 2. Qishloq xo`jaligining yalpi mahsuloti tarkibi dinamikasi
(o`zgarishi)
• Iqtisodiyotning turlicha bosqichlarida, jumladan inqiroz
sharoitida ham respublikada qishloq xo`jaligini
rivojlantirish siyosati izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Masalan, 2010-yilda qishloq xo`jaligi mahsulotlarini
105foizga oshirish ko`zda tutilgan.[1] Buning uchun
tarmoqda ko`p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish
maqsadida agrar iqtisodiy islohotlar bosqichma-bosqich
olib borilmoqda. Natijada barqaror ravishda
mulkchilikning turli shakllari barpo etilib, ularning erkin
faoliyat ko`rsatishlari uchun siyosiy, huquqiy va iqtisodiy
sharoitlar yaratilmoqda.
[1] Karimov I A “Asosiy vazifamiz Vatanimiz taraqqiyoti
va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir” Xalq
so`zi. 30.01.2010yil

53 q ,x yalpi maxsulot tarkibi dinamikasi


Qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti – hisobot davrida qishloq xo`jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi sub`ektlar tomonidan ishlab chiqarilgan dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari hajmlarining qiymatini belgilab, ishlab chiqarishning umumiy hajmini ifodalaydi.
Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini isloh qilishni diversifikatsiyalash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, zamonaviy yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish hamda xo`jaliklarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, qishloq xo`jaligi yalpi mahsuloti hajmi 2016 yilda 5957,1 mlrd. so`mni tashkil etib, 2005 yilga nisbatan 9,1 martaga o`sishini ta`minladi. Shu jumladan, dehqonchilik mahsulotlari hajmi 3720,8 mlrd. so`mni (11,9m.), chorvachilik mahsulotlari hajmi 2236,2 mlrd. so`mni (6,9 m.) tashkil etdi. 2010-2016 yillar davomida jami qishloq xo`jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi barqaror sur`atlarda o`sib bordi, bunda o`sish sur`ati yiliga 5-6 foizni tashkil etdi.
54 .q.x.m taqsimlsh sotish va ularni tovarlilik darajasi
Mаrkеting-korxonaning ishlab chiqarish, sotish va ilmiy-tехnik faoliyatining bozor va uning kоnyukturаlarini, iste’molchilarning аniq talablarini kоmplеks o‘rganish majmuasidir. Mаrkеting mohiyatini shunday ifоdalаsh mumkin: qаysi mahsulot mаksimаl foyda bilan sоtilsа, o‘shаni ishlab chiqish.
Mаrkеtingga yo‘nаltirilgan korxonaning mаntiqiy harakat chizmasi quyidagichа: аvval ishlab chiqаrilmоqchi bo‘lgan mahsulotga iste’molchilar talabi o‘rganilаdi, raqobatchilarning o‘хshаsh tovarlari pаrаmеtrlari baholаnаdi va shundan keyinginа mahsulotni ishlab chiqarish, hamda sotish haqida o‘ylаnаdi.
Ishlab chiqаrilgan tovarlar hammа xaridоrlarga birdek yoqishi mumkin emаs chunki ularning ehtiyojlari, imkoniyatlari, оdat va аn’аnаlari, hаttо didi ham turlichа. Аnа shularni hisоbga olib bozorni sigmеntlаsh zаrur.
Bozorni sigmеntlаsh-bu tovarga bir хilda talab quyuvchi iste’molchilar guruhini аjrаtish. Аgar raqobat darajasi yuqori, lеkin mahsulotlarni sotish qiyin bo‘lib qоlgan hоllarda sigmеntlаsh iqtisodiy jihatdan o‘zini оqlаydi. Bunday hоlаt, qayta ishlаsh sanoatining ko‘pginа tarmoqlarida (go‘sht, mеva-sаbzаvоt kоnservasi, nоn mahsulotlari va boshqa) yuzаga kеlgan.
U yoki bu prinsip bilan sigmеntlаshda tovar ishlab chiqаruvchi bozorni o‘хshаsh guruhlarga bo‘lаdi, kеyin maqsadli deb аtаluvchi sigmеntni yoki bir nеchtа shunday sigmеntni tаnlаb oladi, ularning hаr biri uchun tovar аssortimеntini bеlgilаydi shundan keyinginа ishlab chiqarish va mahsulot sotishni bоshlаydi.
Sigmеntlаshtirishning quyidagi to‘rt prinsipi kеng tаrqаlgan: gеоgrafik (hududiy) psiхоgrafik (iste’molchilarning hаyot tаrzi, shахs tipi) fе’l-аtvоriga оid (iste’molchi ushbu tovardan qidirаdigan foyda, iste’molning jadalligi) va demоgrafik (jinsi, yoshi, оilаsining tarkibi, daromadining darajasi).
Iste’molchilar sigmеntlarga аjrаtilgan quyidagi qarorlarni qabul qilishi zаrur:
qancha sigmеntni qаmrаb olish kerak bo‘lаdi;
sigmеntlarni qo‘llаsh uchun eng foydalisini qаnday aniqlash kerak?
Tovar ishlab chiqаruvchi bozorni qаmrаb olishning uchtа variаntidan birii tаnlаshi mumkin:
1. Аgar аjrаtib olingan sigmеnt tahlili ularning оrаsida fаrq mavjud emаsligini ko‘rsаtsа, tadbirkor ularga e’tibor qilmаsligi va bozorning hammаsiga tovarini taklif qilishi mumkin. Bunday hоllarda maqsadi bir хil talab va ehtiyojli xaridоrlarni ko‘plаb jаlb etish lozim bo‘lgan mаrkеting dasturi tuzilаdi. Bozorni qаmrаb olishning bunday strаtеgiyasi differеnsiyalаshmаgan mаrkеting deb аtаlаdi. Bunday mаrkеting tеjаmli bo‘lib, kаttа sаrf talab qilmаydi. Biroq bir nеchа korxona bir vaqtning o‘zida bunday strаtеgiyani qo‘llаy bоshlаsа, shаfqаtsiz raqobat bоshlаnаdi va boshqa variаntlarni qidirishga to‘g‘ri kеlаdi.
2. Korxona bozorning bir nеchtа sigmеntiga ishlаshga qaror qildi, ularning hаr biri uchun o‘zga xususiyatlarini hisоbga оlgan holda аlоhida mаrkеting dasturi tаyyorlаydilar (tovar, baholar, rеklаmа va boshqa). Bunday hоlаtlarda mahsulotlarning sоtib оlinishi o‘sishiga umid qilish mumkin, chunki u bozorning hаr bir sigmеnti talabiga mоslаshаdi.
Bu differеnsiаllаshgan mаrkеting. Bunday strаtеgiyadan kеng dоirаda tovar ishlab chiqib, ularni bozorga chiqаrа olishga qurbi yеtаdigan, yеtаrli mаblаg‘ga ega yirik kоmpаniyalarning foydalanishi tavsiya etilаdi.

55. yalpi maxsulotni kopaytirish uning tavarlilik darajasi oshirish yollari


Joriy yilning yanvar-iyun oylarida yalpi ichki mahsulot o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,8 foizga o‘sdi. Bunda sanoat — 6,9, xizmatlar — 12,7, chakana savdo aylanmasi — 6,4 va qishloq xo‘jaligi 2,1 foizga o‘sishi iqtisodiy yuksalishning asosiy omili bo‘lib xizmat qildi, — deydi Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xodjayev. — Shuningdek, jami investitsiyalar 58,9 foiz va qurilish ishlari hajmi 20 foizga o‘sdi. Yana shuni aytish mumkinki, mamlakatimiz tashqi savdo bozorlarida ham o‘z o‘rnini mustahkamlashda davom etmoqda. Natijada yanvar-iyun oylarida tashqi savdo hajmi 19,7 milliard dollarni (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 129,8 foiz) tashkil etgan bo‘lib, eksport hajmi 8,4 milliard dollarni (127 foiz), import 11,2 milliard dollarni (132,0 foiz) tashkil etdi.
Olti oylikda inflyatsiya darajasi 5,56 foizni tashkil qildi. Inflyatsiya darajasini jilovlash bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususan, iste’mol tovarlari narxining o‘sishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan elektr energiya, tabiiy gaz va siqilgan gaz narxlarining oshirilishi bekor qilindi. Ushbu holat inflyatsiya darajasini 0,49 foizga jilovlash imkonini berdi.
Shuningdek, Markaziy bank bilan birgalikda inflyatsiya darajasini belgilangan prognoz parametrlari doirasida saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
Shu bilan birga, aholi bandligini ta’minlash va ishsizlikni pasaytirish maqsadida o‘tgan davr mobaynida respublika bo‘yicha jami 137,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan.
Yana shuni aytish mumkinki, respublika aholisining daromadi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha joriy yilning birinchi yarmida aholi jon boshiga umumiy daromad o‘tgan yilning mos davriga nisbatan nominal qiymatda 19,4 foizga oshib, inflyatsiyani hisobga olgan holda real qiymati esa 5,2 foizga o‘sdi. O‘rtacha yillik ish haqi va pensiyalarning o‘sishi mos ravishda 14 va 7 foizni tashkil etdi. Shuningdek, aholi jon boshiga real daromadlarni eng ko‘p o‘sishi Toshkent shahrida, ya’ni 12,6 foiz va Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 9,4 foiz kuzatildi.
Daromadlar tarkibida tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning ulushi so‘nggi 2 yilda deyarli o‘zgarmay 60 foiz atrofida saqlanib kelmoqda.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilga qadar ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan ustuvor vazifalar va chora-tadbirlar amalga oshirilishi mamlakat iqtisodiyotini o‘rtadan yuqori daromadli mamlakatlar guruhi (Jahon banki tavsiyasi bo‘yicha)ga kirish imkonini berib, 2030 yilda yalpi ichki mahsulot kishi boshiga 4500 AQSh dollarini tashkil etishi taxmin qilinayotgani aytildi.
56. subekitlar ortasidagi munosabatlarning xususiy asosi turi mazmuni
57. Qishloq xoʼjalik subʼektlaridagi ichki shartnomaviy munosabatlar.
58. Shartnomalar bajarilish monitoringi.
59.Қишлоқ хўжалик корхоналарининг даромад ва фойдалари, иқтисодий самарадорлиги ҳақида тушунча, унинг аҳамияти.
Тармоқда мулкчиликнинг турли шаклларига асосланган корхоналар ишлаб чиқариш фаолиятида ҳар хил қишлоқ хўжалик маҳсулотлари етиштирадилар, хизматларни бажарадилар. Улар даставвал натура шаклида ҳисобга олинади, кейин ҳар хил талабларни қондириш мақсадида сотилади, айирбошланади ҳамда истеъмол учун ишлатилади. Бу жараёнда етиштирилган маҳсулот, хизматларнинг қиймати пул-товар муносабатлари ёрдамида аниқланади.
Маълумки, ялпи маҳсулотнинг қиймати буюмлашган (С) ҳамда жонли меҳнат (V) харажатларидан, шунингдек, қўшимча қийматидан (m) ташкил топади. Ялпи маҳсулот қийматидан ишлаб чиқариш жараёнида ишлатилган моддий воситаларнинг қиймати ҳамда эскириш суммаси (С) айирилиши натижасида тармоқнинг, корхонанинг ялпи даромади ёки янгитдан яратилган қиймат аниқланади (VҚm). У тармоқ миқёсида ялпи ички маҳсулот ёки миллий даромад деб аталади. Маҳсулотларни сотиш, хизматлар кўрсатиш натижасида хўжаликнинг банклардаги жорий ва валюта счетларига кассасига келиб тушадиган маблағлар унинг пул тушумлари (даромадлари) ни ташкил этади. Шу пул тушумларидан сотилган маҳсулотларнинг ишлаб чиқариш харажатларини айириш натижасида корхонанинг ялпи фойдаси аниқланади. Ялпи фойда суммасидан давр харажатлари, солиқлар, тўловлар, жарима ва пения суммалари айрилиши натижада соф фойда аниқланади.
Хўжаликлар ялпи маҳсулот миқдорини сифатини таъминлаган ҳолда кўпайтиришга эришсалар, ялпи даромад, ялпи ва соф фойда суммалари кўпайиши мумкин. Бу ҳол, ўз навбатида, корхона ишчи-хизматчиларини моддий рағбатлантириш учун қўшимча имкониятлар яратади, уларнинг иш ҳақларини ошириш ҳамда мукофотлаш учун ҳам, маҳаллий ва давлат бюджетига ҳам ва ниҳоят, корхона ишлаб чиқаришини кенгайтирилган такрор ишлаб чиқариш заминида ривожлантириш учун ҳам кўпроқ маблағ ажратилади. Натижада ишлаб чиқаришга янги техникалар, самарали технологияларни жорий этиш таъминланади. Бу ҳол меҳнат ҳарактерини ўзгартириб, унумдорлиги ошишини таъминлайди.
Демак, юқоридаги иқтисодий категориялар салмоғи ва қийматининг ўсиши корхонанинг ҳам, давлатнинг ҳам иқтисодиёти, самарадорлик юксалиши негизидир. Шунинг учун бу масалага республикамизда алоҳида эътибор берилмоқда. Республика Вазирлар Маҳкамасининг қарорларига мувофиқ қишлоқ хўжалик маҳслотларининг харид баҳолари имконият доирасида оширилмоқда, тижорат банкларидан олинаётган кредитларнинг тўлаш муддатлари айрим вақтларда бироз кечиктирилмоқда, қишлоқ хўжалиги корхоналарига кредит олишда, солиқлар тўлашда имтиёзлар яратилмоқда, чет эл инвестицияларини жалб этишда ёрдам кўрсатилмоқда. Буларнинг ҳаммаси корхоналар фаолиятининг иқтсодий самарадорлиги юксалишини таъминлайди. Бунинг учун корхоналар ўз фаолиятлари билан боғлиқ бўлган ҳуқуқий, ташкилий, технологик ҳамда иқтисодий тадбирларни вақтида, сифатли ўтказишлари зарур.
Иқтисод фанларида «самарадорлик» ва «иқтисодий самарадорлик» тушунчалари мавжуд. Улар мамлакат, тармоқ, корхона, йўналишлар ҳамда айрим маҳсулотлар бўйича аниқланиши мумкин. «Иқтисодий самарадорлик» тушунчаси «самарадорлик» тушунчасига нисбатан кенгроқ мазмунга эга. Иқтисодий самарадорлик деганда бир йил давомида (маълум даврда) амалга оширилган тадбирлар тизими билан боғлиқ бўлган харажатлар улар натижасида олинган соф фойда суммаси билан таққосланади. Шунда сарфланган харажатлар эвазигав олинган соф фойда суммаси қанча кўп бўлса, иқтисодий самарадорлик даражаси шунча ошган ҳисобланади ва аксинча. Самарадорликни эса у ёки бу тадбирларни, ишларни маҳсулотларни етиштириш натижасида эришилган ютуқлар ифодалайди. Масалан, маҳаллий ва минерал ўғитлардан, ем-хашаклардан фойдаланиш натижасида ҳосилдорликнинг ошиши ва бошқалар. Демак, «самарадорлик» ҳамда «иқтисодий самарадорлик» категориялари бир-бирлари билан боғлиқ бўлган энг муҳим кўрсаткичлар ҳисобланади. Уларни юксалтириш учун корхоналар барча масалаларни ижобий ҳал этишлари лозим. Корхоналар фаолиятининг самарадорлиги ошса, мамлакатимизнинг иқтисодиёти, халқимизнинг турмуш даражаси юксалади.

60.Даромадни, фойдани, иқтисодий самарадорликни аниқлаш тартиби.


Қишлоқ хўжалик корхоналарининг пул ва ялпи даромадлари, ялпи ҳамда соф фойда суммаларини, ишлаб чиқариш фаолиятининг рентабеллигини аниқлаш алоҳида аҳамият касб этади. Чунки шу кўрсаткичлар ёрдамида корхоналар фаолияти молиявий таҳлил қилинади. Улар билан мамлакат ҳамда корхона иқтисоди бевосита боғлиқ. Уларни аниқлашда бир қанча маълумотлардан фойдаланилади. Корхонанинг маълум бир даврдаги пул даромади (тушумлари) жами сотилган маҳсулотлар, хизматлар миқдорини уларнинг ҳақиқий баҳоларига кўпайтириш натижасида аниқланади. Унда ушбу формуладан фойдаланиш мумкин:

Бунда: Пд – пул даромади (сўмда);
См – сотилган маҳсулотлар, хизматлар миқдори (тонна, цент.);
Мб – сотилган маҳсулотларнинг, қилинган хизматларнинг баҳолари, тарифлари.
Корхонанинг ялпи даромади ёки янгитдан яратилган қиймат суммасини ялпи маҳсулот қийматидан ишлатилган асосий воситаларнинг эскирган қийматини, яъни амортизация суммасини (С) айириш натижасида аниқлаш мумкин. Унинг формуласи қуйидагича:

Бунда: С – асосий воситаларнинг амортизацияси суммаси, сўмда;
V – иш ҳақи фонди, сўмда;
m - қўшимча қиймат, сумда.
Корхонанинг ялпи фойдаси маҳсуот сотиш(хизмат кўрсатиш)дан тушган пул даромадалридан шу маҳсулотларни ишлаб чиқариш учун сарфланган харажатларни айириш натижасида аниқланади. Уни қуйидаги формула ёрдамида аниқлаш мумкин:

Бунда: Яф – ялпи фойда, сўмда;
Сд – маҳсулот сотишдан, иш, хизмат кўрсатишдан тушган пул, сўмда;
Ст – сотилган маҳсулот учун сарфланган ишлаб чиқариш харажатлари, сўмда.
Корхонанинг соф фойдаси ялпи фойда суммасидан давр харажатлари, кўзда тутилмаган харажатлар, молиявий харажатлар суммасини айириш натижасида аниқланади. Буни ушбу тенглик ёрдамида аниқлаш мумкин:

Бунда: Сф – соф фойда суммаси;
Дх – давр харажатлари, сўмда;
Мх – молиявий харажатлар суммаси, сўмда;
Кх – кўзда тутилмаган тасодифий харажатлар, сўмда.
Корхона ишлаб чиқариш жараёнининг иқтисодий самарадорлигини ифодаловчи кўрсаткич рентабеллик ҳисобланади. Унинг даражасини аниқлаш учун соф фойда суммасини таннарх ёки ишлаб чиқариш харажатлари суммасига тақсимлаб, 100% га кўпайтирилади. Унинг тенглиги қуйидагича:
, Бунда: Рд – рентабеллик даражаси, фоизда.
Бу кўрсаткич ёрдамида корхона, тармоқ миқёсида алоҳида маҳсулотларни етиштириш учун қилинган ишлаб чиқариш харажатларининг иқтисодий самарадорлик даражаси аниқланади. Шу усул ёрдамида 1 сўмлик ишлаб чиқариш харажатлари эвазига олинган соф фойда суммаси аниқланади. Бунинг учун олинган соф фойда суммаси ишлаб чиқариш харажатларига тақсимланиши лозим. Бу кўрсаткичлар даражаси қанчалик юқори бўлса, бу иқтисодий самарадорлик даражаси ҳам юқори, яъни яхши эканлигидан далолат беради.
Корхона фаолиятининг рентабеллик меъёри, умумий иқтисодий самарадорлиги ҳам аниқланиши мумкин. Бунда ишлаб чиқаришда қатнашадиган ерларнинг ҳам, асосий воситаларнинг ҳам қийматлари ҳисобга олиниши мақсадга мувофиқдир. Ернинг қиймати эса қишлоқ хўжалик ерлари қийматини аниқлаш бўйича ишлаб чиқилган услубий қўлланма ёрдамида аниқланади. Бунда рентабеллик меъёри ушбу тенглик ёрдамида аниқланиши мумкин:
,
Бунда: Рн – рентабеллик меъёри, фоизда;
Аиф – айланма фондларнинг ўртача йиллик қиймати, сўмда;
Асф – асосий фондарнинг ўртача йиллик қиймати, сўмда;
Ек – асосий фондларнинг иқтисодий самарадорлик коэффициенти (0,12);
Еқ - ернинг қиймати, сўмда.
Бу кўрсаткич ёрдамида корхона ихтиёридаги барча ишлаб чиқариш ресурсларидан иқтисодий жиҳатдан самарали фойдаланганлик даражаси аниқланади.
61.Қишлоқ хўжалиги даромадлари, ялпи ва соф фойдасининг ўзгариши. Қишлоқ хўжалигида бозор иқтисоди муносабатлари босқичма-босқич давлат раҳбарлигида шакллантирилмоқда. Унга тармоқда амалга оширилаётган иқтисодий ислоҳотлар далил бўлади. Масалан, баҳолар, солиқлар, кредитлар тизимидаги ислоҳотлар.
Сўнгги йилларда қишлоқ хўжалигининг ялпи маҳсулоти, барча харажатлари, шунингдек, пул даромадлари ҳам ортиб бормоқда. Лекин қишлоқ хўжалиги маҳсулотлари баҳоларига нисбатан саноат маҳсулотлари баҳоларининг ўсиш даражаси юқори бўлганлиги учун тармоқда олинаётган соф фойда суммаси доимо ҳам ортаётгани йўқ. Масалан, қишлоқ хўжалик маҳсулотларининг 1991-1998 йилларда ўртача сотиш баҳоси 15150,9 мартага ошган бўлса, саноат маҳсулотларининг ўртача сотиш баҳолари 134431 мартага ошган. Улар ўртасидаги мутаносибат 1:8,9 га тенг. Бундай ҳол қишлоқ хўжалигида фойданинг камайишига салбий таъсир кўрсатган. Бундан ташқари қишлоқ хўжалиги корхоналари барча ишлаб чиқариш ресурсларидан етарли даражада яхши фойдаланмаган. Шуларнинг оқибатида Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги таркибидаги тармоқ корхоналари хўжалик фаолиятини 1996 йилда 11153,5 млн.сўм, 1997 йилда эса 16111,3 млн.сўм зарар билан якунлаган. Шу йиллар ичида фақатгина Андижон ва Фарғона вилоятларидаги хўжаликларнинг умумий фаолияти фойда билан якунланган. Қишлоқ хўжалигида сўнгги йиллардаги иқтисодий ислоҳотлар ижобий натижа бермоқда. Жумладан, ишлаб чиқариш ресурсларидан тўлиқ фойдаланиш натижасида тармоқнинг ялпи маҳсулоти ҳажми кескин ошди. Шу билан бирга қишлоқ хўжалик маҳсулотларининг баҳолари ҳам анчага кўтарилди. Лекин харажатлар суммаси кўп ошмади. Натижада тармоқнинг соф фойдаси ортиб, 2001 йили 111,7 млрд.сўмни ташкил этди. Қишлоқ ва сув хўжалиги вазирлиги таркибидаги корхоналарнинг рентабеллиги 26,9%га етди.
Қишлоқ хўжалик корхоналарининг иқтисодий самарадорлик даражасига бир қанча омиллар таъсир этади.
Иқтисодий самарадорликка таъсир этувчи омиллар:

  • қишлоқ хўжалиги ерларининг ҳолати, улардан фойдаланиш даражаси;

  • хўжаликларнинг ишлаб чиқариш фондлари билан таъминланганлик ва улардан фойдаланиш даражаси;

  • меҳнат ресурслари, улардан фойдаланиш ҳамда рағбатлантирилиши;

  • ишлаб чиқаришнинг интенсивлашганлик даражаси;

  • чорва ҳайвонлари, уларнинг маҳсулдорлиги;

  • баҳолар, солиқлар, тўловлар даражаси;

  • сув ресурслари, улардан фойдаланиш даражаси;

  • давлат, маҳаллий бюджетдан ажратилаётган маблағ ва бошқалар.

Тармоқда ишлаб чиқарилган ўсимликчилик маҳсулотларини (айниқса буғдой, пахта хом-ашёси) сотиш хажмининг ошиши ҳамда уларнинг нархларининг ошиши натижасида ширкат ва фермер хўжаликларининг пул тушумлари ошиб борган.
Лекин шу сотиб олинган маҳсулотлар учун маблағнинг ўз вақтида етказиб берилмаётганлиги учун хўжаликларнинг пул тушумлари тез сурътлар билан ошаётгани йўқ. Демак, келажакда товар пул муносабатларини, яъни тўлов тизимини йўлга қўйишга алоҳида эътибор бериш лозим. Эндиликда, пахта тозалаш дон маҳсулотлариучун маблағни контрактация шартномаларида кўрсатилган муддатларда тўлашлари зарур. 2004 йилда шу масала бўйича қишлоқ хўжалик субъектларидан 565 таси хўжалик судларига мурожаат қилганлар. Бу ҳол эркин бозор муносабатларини ҳам бажарилмаётганлигидан далолат беради. Шунинг учун келажакда барча эркин бозор муносабатларини ўз вақтида сифатли бажарилишини таъминлашга ҳаракат қилиш мақсадга мувофиқдир. Ҳисоб-китобларга кўра, қишлоқ хўжаликлари корхоналари ўсимликчилик маҳсулотлари хажмини 2004 йилда оширишга эришганлари муносабати билан ўзларининг ялпи ва соф фойда суммасини кўпайишини кутмоқдалар. Айниқса, соф фойда суммасининиг кўпайиши корхоналарни кенгайтирилган такрор ишлаб чиқариш асосида ривожланишини таъминлаш билан биргаликда уларнинг меҳнат ресурсларини рағбатлантириш ҳам таъминлаш имкониятини беради. Бу ҳол ўз навбатида аҳолини турмуш даражасини юксалишини таъминлайди.
62.Қишлоқ хўжалигининг пул даромадларини, ялпи ва соф фойдаларини кўпайтириш, иқтисодий самарадорлигини ошириш йўллари
Қишлоқ хўжалигининг пул даромадларини, ялпи ва соф фойдаларини кўпайтириш, иқтисодий самарадорлигини ошириш йўллари Қишлоқ хўжалигининг пул даромадларини, ялпи ва соф фойдаларини келажакда янада кўпайтириш унинг барча тармоқларида бозор иқтисоди талабларига мос келадиган ташкилий, техникавий, технологик ҳамда иқтисодий тадбирлар тизими ҳаѐтга ўз вақтида, сифатли татбиқ этилишини объектив равишда тақозо этади. Шунинг учун ҳам бу масалага иқтисодий инқироз шароитида ҳам Республика ҳукумати катта эътибор бермоқда. Улар дарсликда батафсил ѐритилган. Келажакда қишлоқ хўжалигининг иқтисодий самарадорлигини ошириш йўллари. Қишлоқ хўжалигида ялпи ҳосилни кўпайтириш ва унинг сифатини яхшилаш тадбирлари: екинларнинг серҳосил навларини, чорва ҳайвонларининг эса сермаҳсул зотларини яратиш, уларни ишлаб чиқаришга жорий этишни тезлаштириш; ерларнинг мелиоратив ҳолатини яхшилаш, экинларни сув билан таъминлаш тадбирларини ривожлантириш; чорва ҳайвонларини сифатли озуқа билан таъминлаш ва озиқлантиришни талаб даражасида амалга ошириш; екологияни эътиборга олган ҳолда ишлаб чиқариш жараѐнларида маҳаллий, маданий ўғитлардан ҳамда кимѐвий воситалардан мақсадга мувофиқ равишда фойдаланишни талаб даражасида таъминлаш; маҳсулотларнинг сифатини, уларни ташиш ва сақлаш жараѐнларини яхшилаш тадбирларини тезкорлик билан амалга ошириш ва бошқалар. Қишлоқ хўжалигида модий, меҳнат ва пул харажатлари тежалишини таъминловчи тадбирлар: ишлаб чиқаришни самарали жойлаштириш, ихтисослаштириш ва ташкил этишни жадаллаштириш; янги техникаларни, илғор технологияларни жорий этиш, мавжуд ишлаб чиқариш воситаларидан самарали фойдаланиш натижсида иш жараѐнларини тўлиқ механизациялаштириш, автоматлаштириш, электрлаштириш; ишчи-хизматчиларни рағбатлантириш тизимини ривожлантириш; давр ҳамда молиявий харажатларни имконият даражасида камайтириш ва бошқалар. Бозор иқтисоди муносабатларини қишлоқ хўжалигига жорий этишни эркинлаштириш ва жадаллаштириш тадбирлари: саноат ҳамда қишлоқ хўжалик маҳсулотлари ишлаб чиқаришни, сотишни эркинлаштириш, улар ўртасидаги эквивалентликни таъминловчи тадбирлар жорий этилишини жадаллаштириш; нодавлат мулкчилик шакллари барпо этилишига асосланган тадбиркорлик турларини ривожлантириш; инвестициялар жалб этилишини таъминловчи иқтисодий механизмларни жорий этиш; биржаларнинг турларини ривожлантириш; суғурта ишларини ривожлантириш ва бошқалар. Бу тадбирлар, аввало, етиштириладиган маҳсулотлар миқдорини талаб даражасида кўпайтиришга ва уларнинг сифатини яхшилашга қаратилган бўлиши зарур. Маҳсулотлар миқдори экин майдонларини кенгайтириш ҳамда уларнинг ҳосилдорлигини ошириш ҳисобига кўпайтирилиши мумкин. экин майдонларини кўпайтириш учун янги эрларни ўзлаштириш талаб этилади. Лекин бу тадбир чекланган. Шунинг учун асосий эътиборни экинларнинг ҳосилдорлигини оширишга қаратиш зарур. Бунинг учун экинларнинг янги, серҳосил, тезпишар навларини яратиш, ирригация, мелиорация, агротехник, кимѐвий тадбирларни ўз вақтида амалга ошириш натижасида тупроқнинг унумдорлиги ошишини таъминлаш лозим. Шу билан биргаликда экинларни алмашлаб экишни илмий асосланган ҳолда кенг жорий этиш мақсадга мувофиқ. Алоҳида эътибор ишчи-хизматчиларни моддий ва маънавий рағбатлантиришга қаратилиши зарур. Юқоридагилар билан бирга ишлаб чиқариш, давр ҳамда молиявий харажатлар ҳажмини қисқартириш ҳам муҳим аҳамият касб этади. Бунинг учун корхоналарнинг, меҳнатнинг оқилона шаклларини ташкил этиш талаб этилади. Янги техника, илғор технологияларни ҳаѐтга жорий этиш натижасида жонли меҳнат харажатлари камайишини исботлаш лозим. Бу жараѐннинг ишлаб чиқаришни ихтисослаштириш, агросаноат интеграциясининг ривожланиши билан бевосита боғлиқлигини исботлаш зарур. Чорва ҳайвонлари маҳсулдорлигини ҳам ошириш лозим. Бунинг учун наслчилик ишларини йўлга солиш зарур. Чорва ҳайвонларини тўйимли эмхашак билан таъминлашга эришиш мақсадга мувофиқдир. Бу тармоқда ҳам барча харажатларни қисқартириш билан боғлиқ бўлган тадбирлар сифатли амалга оширилишини таъминлаш зарур. Ялпи фойданинг кўпайиши маҳсулотларни сотиш билан боғлиқ бўлган харажатлар камайишини тақозо этади. Шунинг учун маҳсулотларни сотиш билан боғлиқ бўлган бўлимлар, ташкилотлар сонини қисқартириб, бевосита алоқаларга ўтишни таъминлаш лозим. Ҳозирги даврдаги мавжуд бўлган ягона эр солиғини, тўловлар, кредит ставкаларини тартибга солиш натижасида соф фойда суммаси кўпаяди. Юқорида таъкидланган иқтисодий категорияларнинг кўпайиши, ривожлантирилиши, ўз навбатида, қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариши иқтисодий самарадорлиги ошишини таъминлайди.

63.Қишлоқ хўжалиги тармоқлари структураси. Тармоқларни оқилона қўшиб олиб бориш тамойиллари.


Qishloq xo‘jaligi yetishtirilayotgan mahsulotlaming xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ilddta yirik tarmoqqa: dehqonchilik va chorvachilikka boTinadi. Dehqonchilik qishloq xo'jaligining yetakchi tarmog'i boTib, unda ko‘p turdagi mahsulotlar yetishtiriladi. Jumladan, aholi iste'moli uchun kerak boTadigan oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat va yengil sanoatlarining ko‘plab korxonalari uchun xomashyo hamda chorvachilik uchun ozuqa mahsulotlari yetishtiriladi. Dehqonchilik tarmog‘i o‘z navbatida quyidagi kichik tannoqlarga boTinadi: - donchilik (bug‘doy, arpa, makkajo‘xori, sholi va hokazo); - texnika ekinlari (paxta, kanop, tamaki, qand lavlagi, moyli ekinlar va hokazo); - kartoshkachilik; - sabzavotchilik (pomidor, bodring, sabzi va hokazo); - polizchilik (qovun, tarvuz va hokazo); - mevachilik (olma, o‘rik, shaftoli va hokazo); - uzumchilik; - chorva ozuqasi ekinlari yetishtimvchi va boshqa tarmoqlardan iboratdir. 251 www.ziyouz.com kutubxonasi Dehqonchilik tarmoqlari tarkibida donchilik muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Ushbu tarmoq mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Milliy xususiyatlarimizdan kelib chiqqan holada non va non mahsulotlari xalqimizning dasturxonida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu sababli mustaqillikning ilk davridan boshlab Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan don mustaqilligiga erishishga alohida e'tibor berildi. Ushbu maqsadga erishish uchun donli ekinlar maydoni keskin oshirildi, seleksiya va urug‘chilikka e'tibor berildi, donli ekinlaming hosildorligini oshirish bo'yicha tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu islohotlar o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda va hozirgi vaqtda mamlakatimizda yillik ehtiyoj uchun yetarli miqdorda don yetishtirilmoqda. Donli ekinlar chorvachilikni ozuqa bazasi bilan ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Texnika ekinlari yetishtiradigan tarmoqda oziq-ovqat va to'qimachilik sanoatlari uchun xomashyo yetishtiriladi. Texnika ekinlari tarkibida mamlakatimizda eng keng tarqalgani va ko‘p miqdorda yetishtiriladigani paxta xomashyosidir. Hozirgi vaqtda 0 ‘zbekiston paxta yetishtirish bo‘yicha dunyoda oltinchi, uni eksport qilish bo‘yicha esa ikkinchi o‘rinni egallab kelmoqda. Mamlakatimizning iqlim sharoiti eng shirin, eng sifatli meva. uzum, sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish uchun sharoit yaratadi. Qolaversa, xalqimizning ushbu mahsulotlarni yetishtirish bo‘yicha boy tajribasi mavjud. Ushbu imkoniyatlardan foydalangan holda mazkur mahsulotlar bilan faqat ichki bozomi ta'minlabgina qolmasdan, balki xorijiy mamlakatlarga ham eksport qilishga erishishimiz lozim.
Qishloq xo‘jaligi korxonalari tarmoqlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
- asosiy tarmoq;
- yordamchi tarmoq;
- xizmat ko‘rsatuvchi tarmoq;
- qo‘shimcha tarmoq.
Ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi tovar mahsulotlari ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ixtisoslashtirish yo‘nalishi ularda yetishtirilgai tovar mahsulotining strukturasiga qarab aniqlanadi.
Ma’lumki xo‘jaliklarda faqatgina tovar mahsulotlar yetishtirilmay balki urug‘lik, chorva uchun yem, sut, inkubatsiya uchun tuxum va shunga o‘xshash mahsulotlar yetishtiriladiki, ular yalpi mahsulot strukturasida o‘z ifodasini topadi va aniqlanadi.
O‘zlarining iqtisodiy ahamiyatiga ko‘ra xo‘jaliklardagi ixtisoslashish tarmoqlari asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchilarga bo‘linadi.
Asosiy tarmoqlarga xo‘jaliklarning tovar mahsulotlaridagi nisbiy o‘rni eng yuqori bo‘lgan tarmoqqa kiradi.
Yordamchi tarmoqlarning o‘rni tovar mahsuloti strukturasida asosiy tarmoqdan keyin turib, ular asosiy tarmoqni rivojlantirishga shart sharoit yaratish, hamda yer, suv va mehnat resurslaridan to‘laroq foydalanish maqsadida tashkil etiladi.
Xizmat qilish tarmoqlariga xo‘jaliklardagi qurilish, tamirlash, har xil xizmat qilish ustaxonalari kirib ular ham kishloq xo‘jaligi korxonalarining ishlab chiqarish resurslaridan unumli foydalanishiga ijobiy ta’sir etadi.
Kishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashishi avvalom bor asosiy tarmoqni rivojlantirishga ta’sir ko‘rsatib kompleks mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish, yangi navlarni joriy etish, yuqori mahsuldor nasldor mollarni ko‘paytirish, intensiv texnologiyalar qo‘llash va hokazolarni amalga oshirishni taqozo etadi. Birok, xo‘jaliklar ixtisoslashishining iqtisodiy samaradorligini yuqori darajasiga asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlarni bir-biriga mutanosib rivojlantirish orqaligina erishish mumkin.

64.Жойлаштириш ва ихтисослаштириш тушунчаси, уларнинг илмий асослари


Ishlab chiqarishni joylashtirish- bu qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish maqsadida mamlakat tumanlarining tabiy-iqtisodiy va ekologik omillarini hisobga olgan holda, ularda u yoki bu turdagi qishloq xo‘jalik ekini yoki chorva mollari turini hamda ularga ko‘rsatiladigan xizmatni mos holda joylashtirishdir. Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirish ijtimoiy mehnat taqsimotini miqdor tomondan ko‘rsatib, mamlakat hududlarila joylashgan har bir xo‘jalik, tuman, viloyat, qaysi turdagi qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishini, chorva mollar turini saqlashni va ularga mos bo‘lgan xizmatni ko‘rsatishini aniqlab beradi.
Ixtisoslashtirishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning muhim shartidir. U bozor iqtisodiyotining mehnat taqsimoti qonuni, mehnat unumdorligini o‘sib borishi, mehnat turlarining o‘rin almashinuvi kabi umum iqtisodiy qonunlaridan kelib chiqadi. Ixtisoslashtirish mehnat unumdorligini, xo‘jalikning rentabelligi va daromadini keskin oshirishiga xizmat qiladi.
Ixtisoslashtirish bozor uchun eng zarur iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan tovar mahsulotlarini yetishtirish va xizmat turlarini ko‘rsatish uchun mehnat va moddiy resurlarning bir joyga to‘plashni, yangi texnikadan keng va samarali foydalanishga: yangi, ilg‘or texnologiya va mehnatni tashkil etishni ijara munosabatlari va oila pudrati usullarini joriy etishga qulay sharoit yaratib, yetishtiriladigan mahsulot miqdorini va xizmat turini anchagina ko‘paytirish imkonini beradi, mehnat unumdorligini oshiradi, xo‘jaliklarning ishlab chiqarish samaradorligini ko‘taradi.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini ixtisoslashtirish korxonalar oldida turgan asosiy vazifalarni to‘liq bajarilishi ya’ni, ishlab chiqarishga ilg‘or, ekologik toza agrotexnika, zooveterinariya, texnikaviy xizmat, organik va mineral o‘g‘itlar hamda o‘simliklarni va chorvani himoya qilish vositalarini, fan yutuqlari, ilg‘orlar ish tajribasini joriy etib, ulardan unumli foydalanib, mehnat va mablag‘larni kam sarflagan holda qishloq xo‘jaligiga yaroqli har bir gektar yer va shartli bosh mol hisobiga dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini mumkin qadar tez va barqaror ko‘paytirishini ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirish bo‘yicha ish olib borganda quyidagi tamoyillarga qat’iy amal qilish lozim:
- ixtisoslashtirish va joylashtirishda muntazmlik va barqarorlik;
-xo‘jalik iqtisodini va ishlab chiqarish tuzilmalarini hisobga olgan holda, tashkiliy mulk shaklini va ishlab chiqarish yo‘nalishini tanlashga ilmiy yondashish;
-korxonalarning bir-biri bilan ixtiyoriy hamkorlik va iqtisodiy mustaqilligini saqlash;
-korxonalar ishlab chiqarish faoliyatini boshqarishni tashkil qilishda, ijtimoiy mehnat taqsimotini amalga oshirishda va mehnat resurslaridan foydalanishda demokratik tamoyillarga amal qilish;
-ish bajaruvchilarning mehnat unumdorligini o‘stirganligi uchun moddiy manfaatdorligini ta’minlash;
Qishloq xo‘jalik korxonalarida ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va joylashtirishga quyidagi omillar o‘z ta’sirini o‘tkazadi:
-bozor talabini hisobga olish;
-ishlab chiqarish resurslaridan unumli va to‘la foydalanish;
-ishlab chiqarishni iste’molchilarga yaqinlashtirish;
-har bir iqtisodiy tumanni o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarini hisobiga, o‘z talabini qondirish;
-respublika , viloyat va tumanlarida mehnat taqsimotini hisobga olish va mehnat bozorini tashkil etish.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini joylashtirishda quyidagi omillarga e’tiborini berish lozim:
-yirik sanoat markazlari va shaharlar talabini hisobga olish;
-qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarakteriga, tez buzilish, tashish qiyinchiligi, transport harakati va hokazolarga;
-mahsulot yetishtirish uchun sarflanadigan xom ashyo xarakteriga sut, qatiq, yog‘va boshqa mahsulotlar yetishtirish uchun oziqani chorva mollariga yaqinlashtirishga;
-transport vositalari hamda yo‘llar holatiga;
-mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va sotuvchi korxonalarni joylashishiga va rivojlanish darajasiga;
-mintaqa aholisi, uning mehnatga yaroqli qismi, mehnat malakasi, kabi va bo‘sh ish o‘rinlarining mavjudligiga.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining tuproq va iqlim sharoiti bilan uzviy bog‘likligi undagi mehnat taqsimotini geografik jihatidan taqsimlanish zaruriyatini keltirib chiqaradi va bu xususiyat uning joylashishida o‘z ifodasini topadi. Qishloq xo‘jaligini joylashtirish uni ixtisoslashishi bilan uzviy bog‘liqdir. Ixtisoslashtirishni amalga oshirishdan oldin hudud va xo‘jalikning tabiiy va iqtisodiy sharoiti sinchiklab hisob kitob qilinadi va so‘ng qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini ratsional joylashuvi ta’minlanadi.
Ixtisoslashtirish-ijtimoiy mehnat taqsimotining mahsuli bo‘lib, u har bir ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyanint o‘ziga xos bo‘lgan iqtisodiy qonunlari ta’sirida vujudga keladi.
ishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish deganda - mamlakatning ayrim iqtisodiy hududlari, tuman va ayrim xo‘jaliklarini u yoki bu mahsulot turini ko‘plab yetishtirish uchun moslashuvi tushuniladi. Kishloq xo‘jaligini ixtisoslashtirish kompleks mexanizatsiya, tarmoqlarni intensiv texnologiya asosida olib borish, mehnatni tashkil qilishni progressiv shakl va uslublarini joriy etish, ishchilarning malakasini oshirish va mehnat unumdorligini o‘sishiga, mehnat vositalari va buyumlaridan ratsional foydalanish sharoitlarini yaratishga keng imkoniyatlar ochib beradi. Ixtisoslashtirish darajasini chuqurlashishi jarayonida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi takomillashadi va bu o‘zgarishlar undagi tarmoqlar bilan bir qatorda 6utun qishloq xo‘jaligini iqtisodiy samaradorligini oshishiga olib keladi.
Qishloq xo‘jaligini iqtisodiy asoslangan joylashtirish va ixtisoslashtirish ma’lum darajadagi qonuniyatlar asosida amalga oshiriladi:
Bozor talablarini hisobga olish,
Ishlab chiqarish resurslaridan to‘la foydalanish,
Mahsulot ishlab chiqarishni talab joylarni yaqinlashtirish,
Hududlarni o‘z-o‘zini oziq-ovqat bilan ta’minlash,
Mamlakatni iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash,
Xalqaro mehnat taqsimotini hisobga olish.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish mamlakatning ayrim hududlari, viloyat, tuman, xo‘jalik va ularning bo‘limlari miqyosida amalga oshiriladi. Shu boisdan ixtisoslashishning quyidagi shakllari mavjuddir:
1) Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish,
2) Xo‘jaliklararo ixtisoslashish,
3) Xo‘jalik ichidagi ixtisoslashish.
4)Tarmoq ichidagi ixtisoslashish
Zonalar bo‘yicha ixtisoslashish- bu mamlakat viloyat va qishloq xo‘jaligi hududlari va boshqa shu kabi ma’lum territorial birliklarniig ixtisoslashishidir.
65.Ихтисослаштиришнинг шаклллари, кўрсаткичлари ва самарадорлигини ошириш имкониятлари
Ixtisoslashtirish deganda korxona faoliyatini asosan biror tur (yoki tor doirada bir necha tur) mahsulot yetishtirishga qaratilishi, yetishtiriladigan mahsulotlar tarkibida shu mahsulot salmog‘ining asosiy o‘rin egallashi tushuniladi. U yoki bu qishloq xo‘jalik mahsulotini yetishtirishga nafaqat qishloq xo‘jaligi korxonasi, balki butun bir hudud, viloyat, iqtisodiy hudud va zonalar ixtisoslashishi mumkin.
Qishloq xo‘jaligida ixtisoslashtirish to‘rtta turga bo‘linadi (5-chizma):
- hududiy (zonal) ixtisoslashuv;
- xo‘jaliklararo ixtisoslashuvi;
- ichki xo‘jalik ixtisoslashuvi;
- tarmoq ichida ixtisoslashuv.
Shakllari
Mazmuni
Obekti

Hududiy (zonal)


Ixtisoslashtirish
Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi zonalari yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmalar o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Bir zona yoki ma’muriy-hududiy bo‘linmada joylash-gan qishloq xo‘jaligi korxonalarining tovar ishlab chiqarishi

Xo‘jaliklararo ixtisoslashtirish


Tovar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish maqsadida qishloq xo‘jaligi korxonalari (fermer, shirkat xo‘jaligi) o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining (fermer, shirkat xo‘jaligining) tovar ishlab chiqarishi

Ichki xo‘jalik ixtisoslashtirish


Yalpi qishloq xo‘jaligi mahsu-lotlari yetishtirish maqsadida korxonaning ishlab chiqarish bo‘linmalari o‘rtasidagi mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqarishi

Tarmoq ichida ixtisoslashuv


Qishloq xo‘jaligi korxonalari yoki ularning bo‘linmalari o‘rtasida biror turdagi mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida texnologik jarayonning bir qismini bajarishga ixtisoslashgan mehnat taqsimoti
Qishloq xo‘jaligi kor-xonalarining yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulotini ishlab chiqa-rishi
ko‘rsatkichlar ifoda etadi:
korxona tovar mahsulotining tarkibi, ya’ni jami tovar mahsulotidagi u yoki bu turdagi mahsulotning salmog‘i;
korxona yalpi mahsulotini tarkibi;
yer maydoni, ekin maydoni tarkibi, chorva va poda tarkibi;
ishchi kuchlari va mehnat sarfining tarkibi va taqsimlanishi.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining u yoki bu mahsulot turi yetishtirishga ixtisoslashuv darajasini ifodalovchi umumiy ko‘rsatkich sifatida ixtisoslashuv darajasini ko‘rsatish mumkin:

Bu yerda: Id – ixtisoslashuv darajasi, foizda;


Mk – muayyan turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotining qiymati, ming so‘mda;
YAMk – korxonaning yalpi qishloq xo‘jaligi mahsulot qiymati, ming so‘mda.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga turli omillar ta’sir ko‘rsatadi. Ulardan biri korxonaning tabiiy-iqlim sharoiti va jug‘rofik joylashuvidir. Cho‘l zonalarda, tabiiy yog‘ingarchilik juda kam hududlarda suvni kam talab etadigan sohalar rivojlantiriladi. Shuning uchun cho‘l zonalarida joylashgan korxonalar qo‘ychilik, shuningdek, qorako‘lchilik yo‘nalishiga, tog‘ yonbag‘rida joylashgan korxonalar bog‘dorchilikka ixtisoslashgan.
Qishloq xo‘jaligi korxonalarining ixtisoslashuviga ta’sir etuvchi muhim omillardan yana biri – xo‘jalik joylashgan hududda ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilmalarning rivojlanish darajasidir.
Ixtisoslashuv darajasining ortishiga davlatning agrar iqtisodiy siyosati ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Xususan, mustaqillik yillarida davlat tomonidan paxta va g‘alla yetishtirishning strategik yo‘nalishlardan biri sifatida e’tirof etilishi, paxta va g‘allaga davlat buyurtmalarining joriy etilishi natijasida dehqonchilik yo‘nalishidagi qishloq xo‘jaligi korxonalarining asosiy qismi paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan.
Ixtisoslashuvga korxona joylashgan hududdagi aholining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi tajribalari, asrlar davomida shakllanib kelgan va avloddan-avlodga o‘tuvchi bilim va malakalari, yashash tarzi ham o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Masalan, Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Varganza qishlog‘i va Farg‘ona viloyatining Quva tumani aholisi anor yetishtirish sirlarini yaxshi egallagani bilan mashhur.
Ixtisoslashuv tushunchasi eng avvalo korxonaning tarmoq tarkibini shakllantiruvchi asosiy omil hisoblanadi.
Ixtisoslashtirish darajasiga ko‘ra xo‘jaliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Tor ixtisosli xo‘jalik,
2) Ixtisoslashgan xo‘jalik,
3) Ko‘p ixtisosli (tarmoqli) xo‘jalik,
Birinchi guruhga qoidaga asosan tarkibida bitta tarmog‘i bo‘lib, uning tovar mahsulot strukturasidagi ulushi 90-100 foizni tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (parrandachilik fabrikasi, bug‘doychilik komplekslari, parnik va teplitsa, meva kuchati yetishtirish va shunga o‘xshash xo‘jaliklar kiradi).
Ikkinchi guruhning tarkibiga hozirda nisbatan keng tarqalgan, tarkibida asosiy, yordamchi va xizmat qiluvchi tarmoqlar mavjud bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi. Bu guruhdagi xo‘jaliklar tarkibida asosiy tarmoqlarning soni va ularning katta-kichikligiga qarab uchga bo‘linadi:
a) tarkibida bitta asosiy tarmoq bo‘lib uning tovar mahsulotidan nisbati 50 % dan yuqori bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (paxtachilik, chorvachilik, parrandichilik xo‘jaliklari).
b) tarkibida ikkita asosiy tarmoq bo‘lib, ularning har biri tovar mahsulotidagi nisbati 20 foizdan kam bo‘lmay, birgalikda tovar mahsulotining yarmidan ko‘proq qismini tashkil qilgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtachilik, don-chorvachilik, sabzavot-sutchilik, bog‘dorchilik-uzumchilik)
v) Tarkibida uchta asosiy tarmoq bo‘lib, ular xo‘jalik tovar mahsulotini to‘rtdan uch qismini tashkil qilgan hamda tarkibida bir nechta yordamchi tarmoqlar bo‘lgan xo‘jaliklar kiradi (don-paxtalavlagi-chorvachilik, don-kartoshka -chorvachilik va h.).
Xo‘jaliklardagi mavjud asosiy tarmoqlarga qarab uning ixtisoslashishini yuritish qabul qilingan. Ba’zi ixtisoslashgan xo‘jaliklarda asosiy tarmoq mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash kabi xizmat qiluvchi tarmoqlar keng rivojlanish ham mumkin. Bular sabzavot, meva, uzumni qayta ishlovchi tarmoqlar kabilar.
Uchinchi guruhga (ko‘p tarmoqli xo‘jaliklarga) - tarkibida ko‘p sonli qishloq xo‘jaligi tarmoqlari mavjud bo‘lgan va yaqqol ko‘rinadigan ixtisosga ega bo‘lmagan xo‘jaliklar kiradi.
Bu xo‘jaliklarda tarmoqlarni kamaytirilishi va ixtisoslashtirishni chuqurlashishi natijasida ixtisoslashgan xo‘jaliklar guruhiga o‘ta boradilar.

66.Ўсимликчиликнинг халқ хўжалигидаги аҳамияти ва уни ўрганиш хусусиятлари.


0 ‘simlikchilik - qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, o‘z ichiga dalachilikda ekinlarni yetishtirish paxtachilik, g‘allachilik, sabzavotchilik, bog'dorchilik, mevachilik, bog'dorchilik va shu kabilami oladi. Odam undan oziq-ovqat mahsulotlarini, yengil va oziq-ovqat sanoati qayta ishlash uchun xomashyo, chorvachilik - ozuqa oladi. Tarmoq tuzilmasining ko‘rsatkichi bo'lib umumiy hajmda ishlab chiqilgan mahsulotlaming har bir tarmog‘idan sotilgan mahsulotning ulushi xizmat qiladi. Hozirgi paytda o‘simlikchilik qishloq xo'jaligining hamma mahsulotlari orasida eng ko‘p ulushni egallaydi. 0 ‘simlikchilik em-hashak, dag‘al, yashil, shirali ozuqa bo‘lib, chorvachilikning rivojlanishi uchun baza hisoblanadi. 0 ‘z navbatida chorvachilik ham somon, poya, shuningdek, oziq-ovqat sanoati chiqindilari (kunjara, sheluxa, kepak, barda va b.) kabi qo'shimcha mahsulotlami chiqaradi. O'simlikchilikda foydalaniladigan asosiy resurs - bu yer, pichanzor, yaylov, bog'lar). Haydaladigan yer maydonini ekinlar bo'yicha taqsimlash uzoq vaqtlargacha qabul qilingan dehqonchilik tizimiga bog'liq bo'ldi. Xo'jaliklar daromadliroq ekinlarni tanlay boshladilar va ekin ekiladigan, yer maydoni strukturasi narx ta’siri ostida o'zgara boshladi. Shu tarzda, qishloq xo'jaligi mahsulotlarining hamma turini, chorvachilikni va qayta ishlashni ham qo'shib ishlab chiqish, bevosita o'simlikchilikni shartli ravishda quyidagi tarmoqlarga ajratish mumkin: paxta ishlab chiqarish, g'alla ishlab chiqarish, yog'li ekinlar ishlab XVI Bob. 0 ‘simlikchilik tarmoqlari iqtisodiyoti 371 chiqarish, kartoshka va sabzavot ishlab chiqarish, meva va polizlar o‘stirish. Bu tarmoqlarda ishlab chiqarilgan mahsulotlami realizatsiya qilish texnologiyasi har biri o‘ziga xosligi bilan farqlanadi. Ushbu sharoitda eng rentabelli bo‘ladigan qishloq xo'jaligi ekinlarini tanlashda tabiiy-iqlim omillari, transport tarmoqlarining rivojlanishi, mintaqada u yoki bu mahsulotlami qayta ishlashga mo'ljallangan qayta ishlash korxonalarining mavjudligi katta ta’sir o'tkazadi. Barcha g'alla mahsulotlarini oziq-ovqat va yem-hashakka ajratish qabul qilingan. Shu bilan birga, oziq-ovqatga oid ekinlar tarkibidan non va non mahsulotlariga doirlari ajratiladi. Umuman, asosiy qishloq xo'jaligi ekinlari sanab o'tilgan guruhlar bo'yicha quyidagi tarzda klassifikatsiyalanadi: - paxta-paxta xom-ashyosi; - oziq-ovqat - non mahsulotlari olinadigan g'alla ekinlari, bug'doy, javdar; - oziq-ovqat - krupa-g'alla ekinlari: tariq, grechixa, makkajo'xori, shoh; - yem-hashak ekinlari; - dukkakli ekinlar; - yog'li ekinlar: kungaboqar, kanop, zig'ir; - texnika ekinlari: kartoshka, qand lavlagi; - sabzavotlar: pomidor, bodring, piyoz, sarimsoq piyoz, karam, sabzi; - mevalar: danakli mevalar, pista mevalar, uzum va boshqa ekinlar. Keltirilgan ro'yxat mamlakatimiz hududida o'stiriladigan hamma ekinlarni qamrab ololmaydi. Ro'yxatda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishning umumiy hajmida eng ko'p ulushiga ega bo'lganlari, holos. O'simlikchilikda ishlab chiqarishning asosiy vositasi - yer. Undan to'g'ri foydalanish tuproq unumdorligining oshishiga yordam beradi, bu esa qishloq xo'jaligi ekinlarini o'stirishga samarali ta’sir qiladi. Yerdan foydalanishda xo'jalik yuritishning hududiy tizimini yuritishning hisobi katta ahamiyatga ega. Dehqonchilik tizimi deganda tuproq unumdorligini oshirishga, o'simlikchilik mahsulotlarining yer maydoni, birligidan mehnat sarfini va mahsulot birligiga mablag' va mehnat sarflarini kamaytirib, mahsulot ishlab chiqarishni ko'paytirish maqsadida tuproqni suv va shamol eroziyasidan himoyalashga yo'naltirilgan tashkiliy va agrotexnik tadbirlar kompleksi tushuniladi. 372 Dehqonchilik tizimining asosiy elementlari: almashlab ekish tizimlari, mashinalar tizimi, o‘g‘itlar tizimi, urug'chilik tizimi, o'simliklami himoya qilish tizimi, melioratsiya tadbirlari tizimi (sug'orish, quritish, kimyoviy melioratsiya va boshqalar), suv va shamol eroziyasiga qarshi kurash bo'yicha tadbirlar tizimi, dalani himoyalash, ixota daraxtlarini yaratish. Mamlakatning hamma mintaqalarida dehqonchilikning yagona tizimidan foydalanishning imkoni yo'q, chunki turlicha tuproq-iqlim sharoitlarida tizimidagi alohida elementlaming ahamiyati har xil bo'ladi. Quruq iqlimli tumanlarda - sug'orish, shamol eroziyasiga qarshi kurashish, namlik ko'p tumanlarda - yeming melioratsiya holatini yaxshilash, sug'oroladigan dehqonchilik tumanlarida - o'g'itlardan oqilona foydalanish, sho'rlangan va kislotasi yuqori tuproqlarda - kimyoviy melioratsiya katta ahamiyatga ega. Dehqonchilik tizimining asosini almashlab ekish tizimi - dala, o'tloqbeda, makkajo'xori, sabzavot, tuproqni himoya qiluvchi va boshqa ekinlarni almashlab ekish tashkil etadi. Ilmiy asoslangan almashlab ekishlar - tuproqqa ishlov berishning tavsiya etilgan tizimini joriy etish uchun sharoit yaratadi, uning suv-havo tizimini yaxshilaydi, yuqori samarali texnikadan, organik va mineral o'g'itlardan foydalanishga imkon beradi. Unumdor tup
67.Ўсимликчиликнинг асосий тармоқлари ва уларнинг хусусиятлари.
Деҳқончилик қишлоқ хўжалик ишлаб чиқаришининг етакчи тармоғи ҳисобланади. Унинг маҳсулотлари инсонлар учун озиқ-овқат, чорвачилик учун ем-хашак, саноат учун хомашё сифатида фойдаланилади.
Деҳқончилик маҳсулотлари жаҳон халқларининг энг йирик табиий ва иқтисодий бойлигидир. Жаҳон олимлари томонидан ер юзида 500 мингга яқин ўсимликларнинг мавжудлиги аниқланган. Ўсимликларнинг 23 минг туридан жаҳон халқлари турли хил мақсадлар учун фойдаланадилар. Уларнинг 6 минг ёки 26,1 фоизи маданий экинлар гуруҳига киради, шу жумладан 400 тури ёки 6,6 фоизи Ўзбекистонда учрайди. Ўсимликлардан 120 тури ёки 30 фоизи очиқ ва ёпиқ майдондарда ривожлантирилади. Бу маҳсулотлардан аҳоли истеъмолида озиқ-овқат, чорвачиликда ем-хашак, саноатда натурал хом ашё сифатида фойдаланилади.
Мустақиллик йилларида мамлакатимиз деҳқончилик маҳсулотлари ишлаб чиқаришида амалга оширилган кенг миқёсли иқтисодий ислоҳотлар деҳқончилик маҳсулотлари ишлаб чиқариш соҳасида туб ўзгаришларга олиб келди. Деҳқончилик маҳсулотлари ишлаб чиқаришни ташкил этишнинг ўзбек халқининг менталитетига мос ва жаҳоннинг илғор тажрибасига асосланган хўжалик юритиш шакллари – деҳқон ва фермер хўжаликлари ташкил этилди. Маҳкамавий бошқарув тизими бартараф этилиб, унинг ўрнига бозор усуллари татбиқ этила бошланди. Бу эса ўз навбатида қайта ишловчи тармоқларни деҳқончилик маҳсулотлари хом-ашёси билан, аҳолини эса деҳқончилик маҳсулотлари билан тўла таъминлашга асос яратди. Шунингдек, деҳқончилик маҳсулотлари экспорти борасида ҳам етакчи соҳалардан бирига айланди. Энг асосийси қисқа муддатда мамлакатда деҳқончилик маҳсулотлари ишлаб чиқаришда катта ютуқларга эришилди.
Деҳқончилик маҳсулотлари ишлаб чиқаришда инсон саломатлигида муҳим аҳамиятга эга бўлган мойли экинларга бўлган муносабат ижобий томонга ўзгарди. Яъни, пахта якка ҳокимлиги шароитида илгари мамлакатимизда етиштирилмаган ёки етарли эътибор берилмаган кунгабоқар, зайтун, масхар, соя каби мойли экинлар майдонлари сезиларли даражада кўпайди. Ушбу экинларни қайта ишловчи махсус ишлаб чиқариш корхоналари ташкил этилди. Деҳқончилик маҳсулотлари ишлаб чиқаришида соҳанинг барқарор ривожланиши учун давлат томонидан катта кўмак бериб келинмоқда. Деҳқончилик маҳсулотлари ишлаб чиқарувчиларни давлат томонидан қўллаб-қувватланиши ўз ичига қуйидаги асосий йўналишларни олади:
- деҳқончилик маҳсулотлари ишлаб чиқаришини ривожлантиришда якка тартибдаги ишлаб чиқарувчилар аҳамиятини кучайтириш;
- деҳқончилик маҳсулотлари ишлаб чиқарувчиларнинг ҳуқуқ ва мажбуриятларини ҳимоя қилиш;
деҳқончилик маҳсулотлари ишлаб чиқарувчи деҳқон ва фермер хўжаликларига самарали фаолият олиб боришлари учун амалий ёрдам бериш;
- деҳқончилик тармоғидаги кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликнинг иқтисодий асосларини мустаҳкамлашни қўллаб-қувватлаш;
- деҳқончилик маҳсулотлари ишлаб чиқарувчиларнинг турмуш даражасини ошириш ва иқтисодий ўсишнинг муҳим омилига айлантириш;
- истеъмол бозорларини деҳқончилик маҳсулотлари билан тўлдириш ва улгуржи савдо тизимини янада ривожлантириш;
- деҳқончилик маҳсулотлари экспортини давлат томонидан қўллаб-қувватлаш. Жаҳонда иқтисодий ва озиқ-овқат инқирози тобора чуқурлашаётган бир даврда мамлакатимизда деҳқончилик маҳсулотлари ишлаб чиқаришининг барқарорлигини таъминлаш, мамла-катимиз аҳолиси турмуш даражасининг ошишига, тиббий меъёрлар даражасида деҳқончилик маҳсулотлари истеъмоли даражасига эришишга, саноатни деҳқончилик маҳсулотлари хом ашёси билан таъминлашга олиб келади.
68.Ўсимликчилик тармоқлари ишлаб чиқариши ва агротехник тадбирларнинг иқтисодий самарадорлиги.
69.Дончилик иқтисодиёти ва бошқаруви.
70.Пахтачилик иқтисодиёти ва бошқаруви.
Ўзбекистонда Дунёда 30-35 миллион гектар майдонда пахта экилиб келмоқда. Ҳар йили 19, 5-20,5 млн.тонна тола ишлаб чиқарилади. Пахта толасиетиштириш бўйича Ўзбекистон Хитой,Хиндистон,АҚШ,Покистон, Бразилияданкейин олтинчи ўринда, экспорти бўйича АҚШ, Хиндистондан кейин учинчи ўринда туради.Енг юқори стандартларга жавоб берадиган ўзбек пахтасига жаҳон бозорларида эҳтиёж ортиб бормоқда. Жаҳон пахта бизнеси етакчиларидан бири бўлган Ўзбекистоннинг нуфузи йилдан-йилга ортиб бормоқда. Пахта толасини жаҳон бозорида сотиш натижасида Ўзбекистоннинг валюта фонди кўпаяди, янги техника ва технология сотиб олиш имконияти мустаҳкамланади, ҳамда иқтисодий тараққиёт тезлашади.
Ўзбекистоннинг келажакдаги иқтисодий сиёсатининг мақсади хомашё экспортини ривожлантириш эмас, балки юқори қўшимча қийматга эга тайёр маҳсулотни экспорт қилишга ўтишдан иборат. Бу борада ишлаб чиқаришни жадаллаштириш ва модернизация қилиш, унинг даромади ва рақобатбардошлигини ошириш бўйича янада юксак марраларга эришиш вазифалари босқичма-босқич бажарилмоқда. Бунинг учун тўқимачилик саноатига инвестициялар фаол жалб қилинмоқда, корхоналар замонавий ускуна ва технологиялар билан жиҳозланмоқда, ишлаб чиқаришнинг илғор услублари жорий қилиниб, инновацион лойиҳалар амалга оширилмоқда.
Пахтачилик универсал тармоққа айланиб бормоқда Унинг асосий маҳсулотлари пахта хомашёси ва поясини қайта ишлаш жараёнида 1200 дан ортиқ саноат маҳсулотлари олинади. Ўзбекистон тўқимачилик саноати хомашёси балансида пахта толаси 70 фоизни, ўсимлик ёғ-мой саноати балансида – чигит 90 фоизни ташкил этади.
Пахта хомашёсидан газлама, ип, момиқ, сунъий ипак, тўқимачилик ва бошқа кўпгина буюмлар ишлаб чиқарилади. Чигитдан энг арзон ёғ, маргарин, совун, глицерин ва бошқа маҳсулотлар, чигит қолдиғидан эса кунжара, шелуха олинади. Пахта тозалаш ва ёғ заводлари чиқиндиларидан изоляция материаллари, целлюлоза, спирт, линолеум, лак, ҳар хил буёқлар, кино плёнкаси ва бошқа кўпгина товарлар тайёрланади.
Ғўза баргидан органик кислоталар, жумладан, сирка, лимон, олма кислотаси олинади. Ғўзапоядан дағал қоғоз, картон, фанер вабошқа материаллар ишлаб чиқарилади. Чигитдан олинадиган шелуха чорва моллари учун тўйимли озуқа ҳисобланади, ундан гидролиз саноатида хомашё сифатида фойдаланилади, фурфулон ва техник спирт олинади. Фурфулондан смола, пластмасса, капрон, синтетик тола, алиф, ҳар хил дориворлар ва бошқа маҳсулотлар олинади. Ҳар бир гектар ғўза гулларидан мавсумда 60-70 кг асал маҳсулоти олиш мумкин. Асаларичиликни ташкил этиш ҳисобига ғўзанинг чангланиш сифати тубдан яхшиланади ва унинг ҳосилдорлиги 2-3 центнерга ошади.
Ўзбекистоннинг мустақил мамлакат бўлиб ривожланиш йилларида ялпи пахта маҳсулоти камайди.
Мустақил ривожланиш йилларида пахта майдонларини қисқартириш ҳисобига суғориладиган ғалла, айниқса, буғдой ишлаб чиқариш кўпайтирилди. Суғориладиган ерлар мелиоратив ҳолатининг ёмонлашиши, минерал ўғитлар меъёрининг камайиши, сув танқислиги ва ҳ.к. гектаридан олинадиган ҳосилдорликка салбий таъсир этди. Лекин, ғўза экиладиган майдонларнинг камайишига қарамасдан Ўзбекистон унинг ялпи маҳсулоти ҳажми бўйича жаҳонда
бешинчиунумдор ерлар ва айниқса, сув ресурслари чегараланган. Мавжуд ресурслардан фойдаланиш самарадорлигини ошириш, биринчи навбатда ҳар бир гектар пахтадан олинадиган ҳосилдорликни ошириш ҳисобига эришилади.
Ҳосилдорликни ошириш агротехнологик жараёнларни сифатли ва қисқа муддатларда бажариш билан боғлиқ. Тармоқни ташкил этишнинг барча даврларида ва истиқболида ҳам юқори ҳосил олиш учун пахтачиликнинг хусусиятларини ҳисобга олиб даставвал алмашлаб экишни илмий асосда амалга ошириш лозим.
71.Сабзавотчилик, боғдорчилик иқтисодиёти ва бошқаруви.
Сабзавот экинлари 14 та ботаник оилага мансуб 80 га яқин турни ўз ичига олади, шундан ХХ асрдан бошлаб 40 га яқини Ўзбекистонда экилади. Улар морфологик ва биологик белгилари, ҳосилдорлиги, сотиш баҳолари бўйича кескин фарқ қилади. Шунинг учун сабзавотчиликнинг ривожланиш даражаси, айниқса, уларни таҳлил қилиш ва баҳолаш ўта мураккаб ҳисобланади. Ер юзида, шу жумладан Ўзбекистонда маданий экинлардан сабзи, шолғом, лавлаги 2 минг йилдан, пиёз ва бодринг 4 минг йилдан бери экилади. Сабзавотчиликнинг биологик хусусиятларини ҳисобга олиб, очиқ ва ёпиқ майдонларда ўстириш усуллари қўлланилади. Кўпчилик сабзавотлар нисбатан сермеҳнат ресурслар потенциалига, айниқса қуёш нурига ва сувга талабчан экинлар таркибига киради. Бу тармоқни интенсив ривожлантириш меҳнат, суғориладиган ер ва бошқа ресурслардан фойдаланиш самарадорлигини оширади. Кўпчилик экинлардан 2 марта ҳосил олиш имконияти тармоқнинг самарадорлигини кескин оширади.
Сабзавотларни ҳўл истеъмол этиш унинг самарадорлигини кескин оширади. Бироқ, сабзавотлар таркибида кўп сув бўлиши ва эрувчан углеводларнинг борлиги учун уларни узоқ муддатларга сақланса, нобудгарчилик кўпаяди ва сифат белгилари пастлашади. Шунинг учун уларни узоқ жойларга ташишда қийинчилик туғилади, консервалаш зарурияти туғилади.
Ўзбекистоннинг иссиқ иқлим шароитида консервалашнинг энг оддий ва самарали усули қуритишдир. Қуритилганда сабзавот таркибидаги сувнинг кўп қисми буғланади, сабзавот вазни 7-10 баравар камаяди, кам харажат қилиб узоқ сақлашга ва ташишга шароит яратилади. Сабзавотларни консервалашда яна бир кенг амалга оширилган усул –ачитиш ва тузлашдир. Мустақил ривожланиш йилларида ялпи сабзавотнинг тахминан 85-90 фоизи республика аҳолиси томонидан истеъмол қилинади, ички бозорларда сотилади, уруғлик учун фойдаланилади. Унинг сифат белгилари жиҳатидан истеъмолга лойиқ бўлмаган қисми чорвачиликда озуқа учун фойдаланилади. Сабзавотчилик маҳсулотларини ишлаб чиқариш ва уни сотишнинг юқори самарадорлигини ҳисобга олиб, уни истиқболда кўпайтириш имкониятларидан тўлароқ ва тезроқ фойдаланиш долзарб муаммолардан биридир.

71.Сабзавотчилик, боғдорчилик иқтисодиёти ва бошқаруви.


rish sabzavotlarni tashish va vaqtincha saqlash texnologiyalarini egallashlari lozim. Sabzavotchilikning vazifalari, maqsadi, kelib chiqishi va xususiyatlari. Sabzavot ekinlari mamlakatimizning hamma joyida o‘stiriladi va haydaladigan jami maydonning yaqin 1% ni egallaydi. Biroq gektaridan olinadigan umumiy mahsulot miqdoriga ko‘ra sabzavotlar o‘simlikshunoslikda birinchi o‘rinda turadi. Qishloq xo‘jaligining bir tarmog‘i sifatida sabzavotchilikning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: aholi va qayta ishlash sanoatlarining sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talablarini to‘la qondirish, sabzavot turlarini kengaytirish aholini yil bo‘yi davomida sabzavot mahsulotlariga talabini bir me’yorda ta’minlash va mahsulotlar sifatini yaxshilash. Aholini sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish uchun ularni yetishtirishni keskin ko‘paytirish lozim. Bunga esa qo‘l mehnatini kamaytirgan holda mahsulot tannarhini pasaytirib, hosildorlikni oshirish hisobiga erishish mumkin. Buning uchun sabzavotchilikni yiriklashtirish va ixtisoslashtirish, uning texnikaviy manba’ini mustahkamalash, mexanizatsiyani ishlab chiqarishga joriy yetish, ekinlarni parvarishlashning jadallashgan texnologiyasini qo‘llash, parvarishda, yig‘imterimda, transportlarga ortish, tashish, saqlash va sotishla mahsulotni nobud bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Sabzavot mahsulotlarining asosiy qismi yozning oxirgi va kuzda etiladi. Lekin aholini sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlanishdagi bunday mavsumiylikni yo‘qotish uchun himoyalangan er sabzavotchilik maydonlarini oshirish, shimoliy viloyatlarda va mintaqalarni ta’minlash uchun janubda sabzavot yetishtirishni ko‘paytirish, ochiq yerda sabzavot yetishtirish mavsumini uzaytirish, mahsulotlarni yaxshi holatda va uzoq saqlanishini tashkil yetish kerak bo‘ladi. Yetishtirilayotgan sabzavotlar xilini va ularni kam tarqalgan turlarini ko‘paytirish lozim. Sabzavot mahsulotlarining sifatini yaxshilash uchun oliy navlarni maqbul texnologiya bo‘yicha tashkil qilish, shuningdek, ularni o‘z vaqtida tashib keltirish hamda yaxshi saqlash hisobiga erishiladi. Sabzavotchilik oldida turgan vazifalar uning o‘ziga xos quyidagi xususiyatlarni belgilaydi: 96 1. Sabzavotlarni oddiy dala sharoiti-ochiq yyerda hamda su’niy mikroiqlim sharoitidagi yopiq yyerda yetishtiriladi. 2. Boshqa tarmoqlarda kam qo‘llanadigan agrotexnik usullardan (ko‘chat o‘stirish, qantarish, saqlash, chala o‘sgan, etilmagan mahsulotlarni to‘la yetiltirish) foydalaniladi. 3. Xilma-xil sabzavotlar va turlicha navlardan mahsulot yetishtirish va yig‘ibterishda ularning biologik va xo‘jalik xususiyatlariga mos texnologiyalar qo‘llanadi. 4. Mahsulotlar nobudgarchiligiga qarshi sabzavotchilikni yirik shaharlar, sanoat markazlari, konserva zavodlari atrofida tashkil qilish. 5. Mavsumda birinchi, ikkinchi, zichlovchi va oraliq ekinlar hisobiga yerdan samarali foydalanishga erishish. 6. Jadallashgan tarmoq bo‘lgani uchun o‘g‘itlar, sug‘orishlar, kimyoviy preparatlar, mahsus inshootlarga kerakli issiqlik manbalaridan va shu kabilardan keng foydalanish. O‘zining xususiyatlariga va vazifalariga ega bo‘lgan sabzavotchilik, qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlari, ayniqsa, o‘simlikshunoslik va chorvachilik birbiri bilan mustahkam bog‘langan. Ana shu bog‘liqlik asosida bu ikki tarmoq bir-birini rivojlantirishga bevosita ta’sir ko‘rsatadilar. Sabzavotlarning biokimyoviy tarkibi va oziq-ovqatlik qiymati. Sabzavotlar o‘zining xushxo‘rligi, to‘yimliligi hamda shifobaxshligi bilan asosiy oziq-ovqat turlaridan biri hisoblanadi. Sabzavotlarning to‘yimliligi ular tarkibidagi uglevodlar, oqsillar, yog‘lar va boshqa moddalarning ozko‘pligi bilan aniqlanadi. Sabzavotlar tarkibi asosan suvdan (65-96%) iborat bo‘lib, quruq moddalar bodring, pomidor va tarvuzda – 4-7%, ildizmevalada – 11-17%, faqat ko‘k no‘xatda – 20%, sarimsoq piyozda – 35% gacha bo‘ladi. Shuning uchun sabzavotlarning to‘yimlilik qiymati katta emas: bir kilogramm eng ko‘p iste’mol qilinadigan sabzavotlar 150-400 kkal yoki 600-1700 kJ quvvatga ega. Sabzavotlar oziq-ovqat sifatida organizmning energiyaga talablarini qondira olmaydi (insonning kundalik talabi 8-17 ming kJ yoki 2-4 ming kkal). Biroq ular qo‘shimcha karbon suvlari, oqsillar va moylar manbai bo‘lib xizmat qiladi. Shunga qaramasdan kishilarning hayotida sabzavotlarning ahamiyati juda kattadir. Ularning tarkibida ko‘plab miqdorda biologik aktiv moddalar: vitaminlar (darmondorilar), mineral tuzlar, fermentlar, organik kislotalar, efir moylar hamda xushbuy moddalar mavjud. Inson hayotida vitaminlarning roli katta, ular fiziologik zarur moddalar hisoblanadi. Uning nomi lotincha “vita” – bo‘lib, hayot degan ma’noni bildiradi. Kishining o‘rtacha faoliyati uchun 20 ga yaqin turli vitaminlar zarur hisoblanadi. Ular orasida ayniqsa, B1 (tiamin), B2 (riboflavin), C (askorbin kislota), A (retinol), shuningdek, E (tokoferol) vitaminlari eng zarurlaridir. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida tarkibida vitaminlari ko‘pligi bo‘yicha sabzavotlar birinchi o‘rinni egallaydi va ularning asosiy manbai hisoblanadi. Sabzavotlar tarkibida 50 dan ortiq kimyoviy elementlar bor. Ularda kul miqdori 0,1-2% ga etadi. Sabzavotlarda kishi organizmiga zarur va oson o‘zlashadigan tuzlar: natriy, kaliy, kaltsiy, fosfor, magniy, temir, marganets, xlor, yod, oltingugurtlar 97 mavjud. Bu mineral moddalar ishqoriy xususiyatga ega bo‘lib, ovqat hazm bo‘lish jarayonida non, moy, go‘sht iste’molidan hosil bo‘ladigan va organizmga salbiy ta’sir qiladigan kislotali birikmalarni neytrallaydi hamda qonning ishqoriyligini doimiy bo‘lishini ta’minlaydi. Sabzavotlar tarkibidagi organik (ayniqsa olma, limon, vino, shovul) kislotalar, fermentlar, effir moylari va boshqa xushbo‘y moddalar kishi ishtahasini qo‘zg‘atib oqsillar, uglevodorodlar va moylarning so‘rilishini yaxshilaydi. Insonning ovqat hazm qilish a’zolari serhajm mahsulotlarga odatlangan. Ularni normal ishlashlari uchun ovqatlar tarkibida hazm bo‘lmaydigan ballastchiqindi moddalar ham bo‘lmog‘i lozim. Bunday moddalarni ham organizmga sabzavotlar etkazadi. Sabzavotlarning shifobaxsh xususiyati ham qadimdan ma’lum. Ular asab qo‘zg‘alishini normallashtiradi va asabiyruhiy holatlarni oldini olish imkonini beradi. Bir qator sabzavot o‘simliklari (piyoz, sarimsoqpiyoz, pomidor, qalampir, petrushka, xren, turp) tarkibida bakteritsid (emiruvchi) xususiyatiga ega bo‘lgan fitotsidlar mavjud. Ba’zi sabzavotlar (seldereylar va sarimsoqpiyozlar) quvvatni oshirish xususiyatiga ega. Sog‘lom odamning oziq-ovqatida turli sabzavotlar miqdori sutkalik ratsionning 1/4 qismidan kam bo‘lmasligi lozim. Har kuni taxminan 300 g kartoshka va 400 g sabzavot iste’mol qilish zarur. Ma’lumotlarga qaraganda aholi boshiga sabzavotlar iste’mol qilishning o‘rtacha yillik me’yori 146 kg, respublikalar va mintaqalararo 128 kg dan 164 kg gacha, jumladan: oqboshli karam – 32-50, gulkaram, bryussel va savoy karamlar – 3-5, pomidor – 25-32, poliz mahsulotlari – 20, qovoqcha va baqlajon – 2- 5, chukuk qalampir – 7-13, ko‘k no‘xot – 7-8, xushbo‘y sabzavotlar – 1-2, turli xil sabzavotlar 3-5 kg ni tashkil yetishi kerak. O‘zbekiston viloyatlarida sabzavot va poliz ekinlarining yillik me’yorini 164 kg gacha oshirish, kartoshkani esa 50 kg ga tushirish taklif qilinmoqda. Hosilni saqlashda va transportlarda tashishda nobud bo‘lishini hisobga olib, iste’mol me’yori bo‘yicha taqqoslaganda sabzavot tayyorlash normasini 25-30% ga oshirish lozim. Chet mamlakatlarda sabazvotchilik. Sabzavot ekinlari dunyoning barcha mamlakatlarida yetishtiriladi. Hozirgi vaqtda uning yalpi hosili 560-570 mln. t ni tashkil etib, har bir kishining sabzavotlar iste’mol qilishi yil davomida 100 kg ga to‘g‘ri kelmoqda. Fiziologik (tibbiy) me’yorga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 120-130 kg dan kam bo‘lmasligi lozim. Sabzavot va poliz mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha birinchi o‘rinda Xitoy (202-205 mln. t yoki aholi jon boshiga 170 kg sabzavotlar, 100 kg tarvuz) turadi. Sabzavotchilik taraqqiy etgan mamlakatlar Hindiston (68-75 mln. t), AQSh (34- 36 mln. t), Turkiya (17-21 mln. t), Italiya (12-15 mln. t), Rossiya (11,5-14,2 mln. t), Yaponiya (11-13 mln. t), Eron, Meksika, Ispaniya, Frantsiya, Indoneziya (6-11 mln. t) va h.k. Aholi jon boshiga yil mobaynida sabzavotlar yetishtirish Italiyada 230-250, Polshada 150-160, AQShda 130-145, Yaponiyada 120-140, Ukrainada 90-100, Rossiyada 86-94 kg ni tashkil etmoqda. Xitoyda sabzavotchilik dehqonchilikning qadimiy sohalaridan hisoblanadi. Bu yerda sabzavot ekinlarining barcha (80 ta) madaniy turlari ekilib, har bir gektar 98 maydondan yil davomida 1-3 (shimoliy hududlarda), 3-9 martagacha (janubiy hududlarda) hosil olinadi. Himoyalangan va dala sabzavotchiligi rivojlangan mamlakatlardan biri – Gollandiyadir. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan issiqxona maydoni bo‘yicha (4,24 m 2 ) birinchi o‘rinda turadi. YAponiyada sabzavotchilik yuqori darajada mexanizatsiyalashganligi, yuqorihosilli geterozisli duragay urug‘lar va o‘stiruvchi stimulyatorlardan keng ko‘lamda foydalanishi bilan xarakterlanadi. Har bir mamlakatda sabzavotlar turi (assortimenti), xalqlarning urf – odatiga va iqlim sharoiti xususiyatlariga bog‘liq. Masalan, AQShda asosan shirin makkajo‘xori, pomidor, dukkakli va salat o‘simliklar, Xitoy, Yaponiya va Koreyada – turp, Bolgariya, Ruminiya va Vengriyada 40% sabzavot ekinlari maydonini pomidor, qalampir, baqlajon egallaydi. O‘zbekiston va jahon sabzavotchiligi oldidagi vazifalar. Birinchidan: Sabzavot ekinlari hosildorligini oshirish va tannarxini arzonlashtirish. Ikkinchidan: Aholini sabzavot bilan ta’minlashda mavsumiylikni bartaraf yetish. Uchinchidan: Sabzavotlar turini kengaytirish va sifatini yaxshilash. Respublikamizda muntazam yuqori, sifatli hosil yetishtirishga to‘siq bo‘layotgan va sabzavotchilik samaradorligini oshirishdagi vazifalar quyidagilardan iborat: 1. Iqlim va tuproq sharoitlari turli sabzavot o‘simliklarini yetishtirish imkoniyatini bersa-da, ekilayotgan sabzavot ekin turlari 20 dan oshmaydi. Sabzavotlarning assortimentini kengaytirish aholining o‘sib borayotgan ehtiyojinigina emas, balki mamlakatimizga kelib – ketayotgan va shu yerda istiqomat qilayotgan xorijliklar talabini ham qondiradi, tarmoq salohiyatini boyitadi. 2. Muayyan ekin turiga ixtisoslashgan xo‘jaliklarning bo‘lmasligi ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish darajalarini kamaytirib, qo‘l kuchiga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda. 3. Sabzavotchilikda yuqori hosilli geterozisli duragaylardan keng foydalanish. 4. Organik va mineral, azotli, fosforli va mikrobiologik o‘g‘itlardan ekin turi, tuproq xossalari va rejalashtirilgan hosilga qarab foydalanish. Kaliyli o‘g‘itlarni qo‘llash. 5. Ekinlarni faqat egatlab sug‘orish usulidan emas, yangi progressiv usullardan (tomchilatib, yomg‘irlatib sug‘orish va h.k.) foydalanish. 6. Texnologiyalarni joriy yetishdagi kamchiliklarni bartaraf etib, ishlab chiqarish jarayoni tadbirlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish. Urug‘larni ekishga tayyorlashda ilg‘or usullarni qo‘llash. 7. Begona o‘tlar, kasallik va zararkunandalarga tabaqalashtirilgan usullar asosida qarshi kurash. Urug‘larni zararlantirish ishlarini etarli darajada o‘tkazish. 8. Poliz ekinlarining har xil kasalliklari, ayniqsa, qovunda fuzarioz so‘lish kasalligining keng tarqalganligi va unga qarshi samarali choralarni ishlab chiqish. 9. Poliz ekinlari yaxshi hosil beradigan tog‘ oldi mintaqalaridagi lalmikor va adir yerlardan keng foydalanish. 10.Noyob qovun navlari maydonini kengaytirib, dunyo bozoriga mahsulot eksportini oshirish. 11.Ekinlarni asosiy va takroriy qilib o‘stirishda zamonaviy tejamkor texnika, urug‘, o‘g‘it va samarali himoya vositalaridan foydalanishga erishish. 99 Sabzavot, kartoshka va poliz mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish uchun mazkur tarmoqlarda sifat o‘zgarishlarini amalga oshirish kerak. Buning uchun intensivlashtirish omillari yordamida tuproq unumdorligini oshirish va o‘simliklarning agrobiologik, mahsuldorlik imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish talab etiladi. Chunki, tuproq – o‘simlik (nav, urug‘) – texnika – kimyo – melioratsiya – tashkillashtirish – inson kabi ishlab chiqarishning tarkibiy qismlarini yagona yaxlitlikka keltirish eng oliy omil hisoblanadi. Hosil shakllanishini jadallashtiruvchi omillarni ishga solish uchun fan – texnika tomonidan zamonaviy texnologiyalar yaratilib ishlab chiqarishga tavsiya etiladi. Natijada hosildorlik va mahsulot sifati oshadi, o‘simlik va iqlim sharoitining barcha ijobiy imkoniyatlaridan foydalanish darajasi ko‘tariladi. Har qanday texnologiya insonning mehnat unumdorligini oshirishga yangi imkoniyatlar yaratadi, lekin amaliyotda yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy yetish osonlik bilan kechmaydi va barcha mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishni talab etadi.
72. Чорвачилик тармоқлари маҳсулотларининг аҳамияти
Chorvachilik - qishloq xo'jaligining muhim tarmoqlaridan biridir. U muhim ozuqa mahsulotlarini - sut, go'sht, tuxum, baliq kabi chorvachilikdan olinadigan oqsil moddasi manbasi, sanoat ishlab chiqarishi, qayta ishlovchi sanoat uchun xom-ashyo (sut, pishloq, qatiq, go'sht, kolbasa, teri va b.) bo'lib xizmat qiladi. Chorvachilik sohasida olib borilgan islohotlar natijasida 2004 yilda qoramollar bosh soni 5 mln 878,8 mingboshdan 2009 yilda 8 mln. 510,8 ming boshga yoki 144,8 foizga, shundan sigirlar soni mos ravishda 2 mln. 556,7 ming boshdan 3 mln 535,6 ming boshga yoki 138,3 foizga, qo'y va echkilar soni 9 mln. 928,6 ming boshdan 14 mln 438,3 ming boshga yoki 145.4 foizga, parrandalar soni esa 17 mln. 675,7 ming boshdan 33 mln. 25,8 ming boshga yoki 186,8 foizga o'sdi. 2009 yilda 2000 yilga nisbatan chorvachilik mahsulotlari, jumladan, go'sht ishlab chiqarish 841,8 ming tonnadan 1 mln 367,7 ming tonnaga, yoki 162,5 foizga, sut ishlab chiqarish 3 mln. 632,5 ming tonnadan 5 mln. 779,0 ming tonnaga yoki 159,1 foizga, tuxum ishlab chiqarish 1 mlrd 254.4 mln. donadan 2 mlrd. 715,9 mln. donaga yoki 216,5 foizga oshdi (17.1 -jadval). Chorva mollari naslini yaxshilash maqsadida oxirgi besh yil ichida chet davlatilardan 16 ming 771 bosh naslli qoramollar olib kelindi. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklari chorva mollariga malakali veterinariya xizmatlarini ko'rsatish maqsadida zooveterinariya punktlari soni 2 ming 443 taga yetkazildi. ХУП Bob. Chorvachilik (qoramolchilik, qo‘ychi!ik, echkichilik) tarmoqlari iqtisodiyoti 391 17.1-jadval 0 ‘zbekiston Respublikasi barcha toifadagi xo‘jaliklarda asosiy turdagi chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish Mahsulot turi 0 ‘lchov birligi 2000 у 2005 у 2006 у 2007y 2008 у 2009 у 2009yilda 2000 yilga nisbatan,% Go'sht (tirik vaznda) mingt. 841,8 1061,2 1139,4 1208,6 1287,9 1367,7 162,5 Sut m ingt 3632,5 4554,9 4855,6 5097,4 5426,3 5779.0 159,1 Tuxum mln. dona 1254,4 1966,7 2128,1 2220,4 2429,0 2715,9 216,5 Jun tonna 15849,0 20081,0 21436,0 22483 23779 24980 157,6 Karakul terisi ming dona 747,6 688,8 726,6 781,0 896,8 897,9 120,1 Pilla m ingt 16,5 16,2 20,2 21,5 23,5 24,0 145,5 Keyingi 5 yilda zoovetpunktlar orqali pullik xizmat ko'rsatish 6 barovarga oshib, 2009 yilning o'zida 6 mlrd. 300 mln so'mni tashkil etdi. Shu davr ichida sigir va tanalami sun’iy urug'lantirish 10 barobarga oshib, 1 mln. boshni tashkil etdi. Chorvachilik o'simlikchilik bilan chambarchas bog'liq, chunki tarmoq faoliyatining samarasi ozuqa bazasining holati bilan belgilanadi. Chorvachilikda dalachilik (don chiqindilari, somon), sabzavotchilik (nostandart sabzavotlar, barglar, poya), qayta ishlash sanoatida (sheluxa, kepak, kunjara, shrot) kabilardan foydalaniladi. O'z navbatida, chorvachilik, o'simlikchilikni, organik o'g'itlar bilan ta’minlab, tuproq unumdorligini oshirishga yordam beradi. Chorvachilikdagi asosiy xususiyat shundaki, beriladigan ozuqalaming bir qismidangina chorva mollari mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalanadilar, ozuqaning qolgan qismi ulami saqlash uchun sarflanadi, qo'shimcha ozuqa bilan aniqlanadi. Shu bois, chorvachilikdan samarali foydalanish uchun balanslashtirilgan ratsional ozuqa zarur. Chorvachilik o'simlikchilik bilan solishtirilganda, kamida tabiiy-iqlim sharoitiga kam darajada bog'liqligi bilan farqlanadi. Shuning uchun chorvachilikda yil bo'yi asosiy va aylanma ishlab chiqarish mablag'lardan, mehnat resurslaridan bir tekisda foydalaniladi va yil davomida mahsulot realizatsiyasidan foyda kelib turadi. 392 Chorvachilik sutchilik va go‘sht chorvachiligi, parrandachilik, cho'chqachilik, qo'ychilik, baliqchilik, asalarichilik, yilqichilik, mo'ynali hayvonlar va boshqa tarmoqlami qamrab oladi. Chorvachilik mamlakatimiz hududida har yoqqa tarqalib ketgan. Tabiat va iqtisodiy sharoitlaming turli-tumanligi har turli chorva mollari tarkibida va nisbatida har xil turlami farqlash imkonini beradi. Chorvachilik tizimini tanlab olishga qishloq xo'jaligi korxonasining joylashgan o'mi, ozuqa ekinlarining tarkibi va nisbati, ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik, ishlami mexanizatsiyalash darajasi, chorvachilik mahsuloti bozorlarining ahvoli kabi qator omillar ta’sir qiladi. Chorvachilik tarmoqlarining rivojlanishi va joylashishi aholini chorvachilik mahsulotlariga talabini qondirish, ishlab chiqarish resurslaridan, ayniqsa, ozuqalar va mehnatdan oqilona foydalanishga mo'ljallangan bo'lishi kerak. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish butun mamlakat mintaqalari bo'yicha intensifikatsiya, hayvonlar mahsuldorligini oshirish asosida rivojlanishi kerak. Chorvachiliknmg yetakchi tarmog'i chorva mollari tarmog'idir. Uning xalq xo'jaligidagi ahamiyati eng aw al mahsulotlaming yuqori to'yimliligi xossalari bilan belgilanadi. Bu mahsulotlar orasida ozuqaliligi yuqoriligi bilan sut birinchi o'rinda turadi. U yangi holicha ham, qayta isblanib ham keng qo'llaniladi. Yirik shoxli qoramol va qo'y go'shti mazalilik sifati bo'yicha eng qimmatli hisoblanadi. Bu tarmoqdan, shuningdek, qimmatbaho charm va qo'ychilik xom-ashyosi olinadi. Chorvachilik tarmoq sifatida qishloq xo'jaligining boshqa tarmoqlarining rivojlanishida ham muhim rol o'ynaydi. O'simlikchilikda u qimmatli organik o'g'it - go'ng. Yirik shoxli qoramol o'stirishning boshqa turdagi hayvonlar bilan solishtirilganda yuqori samaradorligi mahsulot ozuqasiga yuqori haq to'lanishi, arzon o'simlik ozuqalari va qayta ishlash sanoati chiqindilarini iste’mol qilishi bilan izohlanadi.
73. Чорвачилик тармоқларида етиштириладиган маҳсулотлар даражаси ва самарадорлиги
Chorvachilikni joylashtirishda mehnat resurslarining mavjudiligi, fermani mexanizatsiya bilan ta’minlash kabilar ham hisobga olinadi. Sutchilikka ixtisoslashgan chorvachilik bu sohaning eng sermehnat tarmoqlaridan hisoblanadi va nisbatan ko'p mehnat sarfi talab qiladi. 393 Sigirlami sog‘ib olish uchun mehnat sarfi yiliga bir bosh sigirga 40-50 kishi/soat, ya’ni sigirlarga xizmat qilishdagi umumiy mehnat sarfining 32% gacha tashkil etadi. Bu sohada mehnat sarfini faqat taraqqiy etgan texnologiyani joriy etish bilangina pasaytirish mumkin. Sut ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi quyidagi ko'rsatkichlar bilan aniqlanadi: o'rtacha bir yilda bir sigirdan sut sog'ib olish, 1 1 sut uchun qilingan ozuqa sarfi, 1 1 sut tannarxi, 1 1 sut va ishlab chiqarishning yillik hajmi hisobiga sof foyda va rentabellik. Qishloq xo'jaligi va boshqa mahsulotlami ishlab chiqarish hamda realizatsiyasi moddiy-pul resurslari va jonli mehnat sarflari (mehnatga haq to'lash shaklida hisobga olinadigan) bilan bog'liq. Bu xarajatlaming yig'indisi ishlab chiqarish xarajatlari degan nom bilan yuritiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari individual (alohida tashkilotlar) va ijtimoiy (mamlakat miqyosida, umuman, jamiyat) ga bo'linadi. Ishlab chiqarishning ijtimoiy sarfi ustama qiymat bilan mahsulot (tovar) qiymatini tashkil etadi. Ular mahsulot (tovar) narxining iqtisodiy asoslari hisoblanadi. Mahsulot tannarxi deyilganda mahsulot ishlab chiqarish uchun pul shaklida qilingan hamma xarajatlar (ishlab chiqarish xarajatlari) va xarajatlarga qo'shilgan ustama qiymatning bir qismi (ish haqiga, ijtimoiy ehtiyojlar uchun ustama) tushuniladi. Tannarxlarning quyidagi turlari mavjud: individual, ijtimoiyga oid, ishlab chiqarishga oid, to'liq (tijorat), rejali, haqiqiy, mahsulot birligiga, hamma mahsulotga. Ishlab chiqarish tannarxiga ishlab chiqarish bilan bog'liq xarajatlar, ijtimoiy ehtiyojlarga va yerga soliq to'lovlari kiradi. To'liq (tijorat) tannarx - bu realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi. U ishlab chiqarish tannarxi va mahsulot realizatsiyasiga qilingan sarflardan iborat. Ishlab chiqarish sarflari va mahsulot tannarxidagi xarajatlar o'z tarkibi, iqtisodiy vazifasi va ishlab chiqarishdagi roliga ko'ra bir xil emas. Hisobkitob va hisobotlami yuritishni soddalashtirish uchun xarajatlar klassifikatsiyalanadi. Xarajatlar klassifikatsiyasi ulami elementlar va moddalar bo'yicha bo'lishni ko'zda tutadi. Xarajatlaming iqtisodiy elementlari - bu xarajatlaming eng past, dastlabki hisobga olish shakli. Ular turlicha tarkibiy qismlarga, masalan, urug'lik va ekish materiallari, ozuqa, yoqilg'i-moylash materiallari kabilarga ajralmaydi. Mahsulot tannarxini hisoblashda (klassifikatsiyalanganda) xarajat elementlari xarajat 394 moddalariga qo‘shiladi, masalan, o'simliklami, hayvonlami himoyalash vositalari, asosiy vositalami saqlash uchun xarajatlar va b. Xarajatlaming ayrim moddalari bir xil elementlardan iborat, shu bois ular o'z nomlari bilan xarajat elementlaridan farqlanmaydi. Masalan, ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq toiash, ozuqa, urug‘lik va ekish materiallari, mineral va organik o'g'itlar. Bu - xarajatlaming oddiy moddalari. Undan tashqari, xarajatlaming kompleks bandlari ham mavjud. U bir xil bo'lmagan elementlardan tashkil topgan. Ularga asosiy vositalami saqlash uchun qilingan chiqimlar, ishlar, xizmatlar, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish uchun xarajatlar kiradi. Xarajatlar mahsulot tannarxiga qo‘shilish xususiyatiga ko‘ra bevosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) va bilvositaga bo‘linadi. Bevosita xarajatlar mahsulot tannarxiga to'liq, qayta taqsimlashlarsiz (ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq to'lash, urug‘lik va ekish materiallari, ozuqa) o‘tkaziladi. Bilvosita xarajatlar esa mahsulot tannarxiga qo‘shilishidan oldin mahsulotlaming turli xillari orasida qayta taqsimlanadi. Masalan, “Ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarish” bo‘yicha xarajatlar moddasida umumishlab chiqarish va umumxo'jalik sarflari o'simlikchilikda - urug'lik va ekish materiallaridan, chorvachilikda - ozuqa, mahsulotlami qayta ishlashda xom-ashyo, materiallami istisno qilganda, xarajatlaming hamma moddalariga bevosita proportsional taqsimlanadi. Ishlab chiqarishdagi ahamiyati bo‘yicha xarajatlar asosiy va qoplamaga bo‘linadi. Qoplamaga umumishlab chiqarish va umumxo'jalik sarflari, asosiyga esa qolgan hamma xarajatlar kiradi. Bitta tarmoqdagi turli xil mahsulotlaming tannarxi xarajatlaming bir xil turdagi moddalaridan iborat bo'ladi. Chorvachilikdagi mahsulotlar tannarxi xarajatlaming quyidagi moddalaridan jamlanadi: 1. Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq to'lash 2. Umg'lik va ekish materiallari 3. Mineral va organik o'g'itlar 4. O'simliklami himoya qilish vositalari 5. Asosiy vositalami saqlashga xarajatlar 6. Ishlar va xizmatlar 7. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bo'yicha xarajatlar 8. Va boshqalar 395 Chorvachilik mahsuloti tannarxiga xarajatlaming quyidagi moddalari kiradi: 1. Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar bilan mehnatga haq to'lash 2. Ozuqa 3. O'simliklami himoya qilish vositalari 4. Asosiy vositalami saqlash uchun xarajatlar 5. Ishlar va xizmatlar 6. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bo'yicha xarajatlar 7. Chorva mollarining halok bo'lishidan yo'qotishlar 8. Va boshqalar Yordamchi sanoat ishlab chiqarishi mahsulotlarining tannarxi xarajatlaming quyidagi moddalaridan iborat: 1. Ijtimoiy ehtiyojlarga chegirma bilan mehnatga haq to'lash 2. Xom-ashyolar va materiallar 3. Asosiy vositalami saqlashga xarajatlar 4. Ishlar va xizmatlar 5. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bo'yicha xarajatlar 6. Va boshqalar Qayta ishlash sanoati tashkilotlarida mahsulot tannarxi xarajatlaming quyidagi moddlaridan iborat: 1. Xom-ashyo va materiallar 2. Qaytadigan chiqitlar 3. Tashqaridagi tashkilotlaming ishlab chiqarish xarakteridagi xarid mahsulotlari, yarim fabrikatlar va xizmatlari 4. Texnologik maqsadlarga yoqilg'i va energiya 5. Ishlab chiqarishdagi ishchilar mehnatiga haq to'lash 6. Ishlab chiqarishdagi ishchilaming qo'shimcha ish haqlari 7. Ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar 8. Ishlab chiqarishga tayyorgarlik va uni o'zlashtirish chiqimlari 9. Uskunalami saqlash va ekspluatatsiyasi chiqimlari 10. Umumishlab chiqarish xarajatlari 11. Umumxo'jalik xarajatlari 12. Brakdan yo'qotishlar 13. Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar 396 I t sut va nasi olishdagi 1 bosh buzoqning tannarxini hisoblash uchun sutchilikka yo‘naltirilgan asosiy poda bo'yicha hamma xarajatlardan go'nglarni tozalashga ketgan xarajatni hisoblash kerak. Qolgan xarajatlami sutga (90%) va buzoqga (10%) nisbat beriladi. Shundan keyin 1 t sut va 1 bosh buzoq tannarxi hisoblab chiqiladi. Misol. Xo'jalikda sog'in sigirlaming asosiy podasiga qilingan sarflar 4291 ming so‘mni, shu jumladan, go'ngni tozalash xarajatlari 40 ming so'mni tashkil etdi. 1379.3 t sut yetishtirilib, 421 bosh buzoq olindi. Mahsulotlaming tannarxini hisoblash kerak bo'ladi. Hamma xarajatlardan go'ngni yig'ish uchun ketgan xarajatni ajratib olamiz: 4291-40=4251 so‘m Sut va nasi olish uchun qilingan xarajatlami aniqlaymiz: 4251 ming so ‘mning 90% - 3826 ming so ‘m, 10% - 425 ming so ‘m I I sutning tannarxi: 3826:1379.3=2790 so ‘m Yangi tug'ilgan 1 bosh buzoqning tannarxi: 425:421 =1009 so ‘m 1 t yirik shoxli qoramolning tirik vazning o'sish tannarxini aniqlashda uni o'stirish va boqishga qilingan hamma xarajatlardan go'ngini tozalashga ketgan xarajatlar hisoblab chiqiladi, qolgan xarajatlami tirik vaznda olingan o'sishga (tonnalarda) bo'linadi. 1997 yildan buyon tirik vaznnning ortishi quyidagi tarzda (nobud bo'lishlar ajratilgan holda) hisoblanadi: o'stirilayotgan va bo'rdoqiga boqilayotgan hayvonlaming yil oxiridagi tirik vazni plyus yil davomida hayvonlaming realizatsiyasi va chiqarilishi (hayvonlaming nobud bo'lganidan tashqari) minus nobud bo'lganlari, minus yil davomida qo'shilgan, minus hayvonlaming yil boshidagi tirik vazni M isol. Xo'jalikda o'stirilayotgan va boqilayotgan yirik shoxli qoramollaming tirik vazni yil oxirida 185 t, realizatsiya, boshqa guruhga o'tkazish va boshqa nobud bo'lishlar - 175,6 t., boshqa hisobdagi guruhdan kelib qo'shilgan va nasi olingan - 59,9 t., nobud bo'lish - 3,1 t., hayvonlaming yil boshiga tirik vazni - 203,2 t. Yirik shoxli qoramolning tirik vazndagi o'sish tannarxini hisoblaymiz. 397 Tirik vaznining ortishi: 185+175,6 = 360,61; 360,6-59,9-3,1-203,2 = 94,4 t Keyin tirik vaznining 1 t ortishi tannarxini hisoblaymiz. Yirik shoxli qoramolni o‘stirish va boqish uchun ketgan hamma xarajatlar 2900 ming so‘mni, shu jumladan, go‘ngni tozalash uchun xarajat - 57 ming so‘mni tashkil etdi. 2900-57 = 2843 ming so ‘m 2843:94,4 = 30120 so'm Cho‘chqachilik mahsulotlari yetishitirshda tannarxning quyidagi ko'rsatkichlari hisoblab chiqiladi: yangi tug‘ilgan cho‘chqa bolasining 1 t tirik vazni tannarxi, cho‘chqa bolalari boqilganda 1 t tirik vaznining o‘sishi, o'stirilgan va boqilgan 2 oylik cho'chqa bolalarining 1 t boqishdagi tirik vazni. Cho‘chqachilikda mahsulot tannarxini hisoblab chiqish metodikasi o‘sgandagi yirik shoxli qoramollarning 1 1 tirik vazni tannarxini aniqlashga o ‘xshash. Qishloq xo‘jaligi korxonada 1 t tirik vaznda o‘sishning tannarxini hisoblashdan tashqari hamma yoshdagi yosh mollaming bo‘rdoqiga boqilayotgan katta yoshdagi chorva mollari va parrandalarning ishlab chiqarishdagi 1 t tirik vazni tannarxi ham hisoblanadi. Bu yosh mollami asosiy podaga o‘tkazilayotganda qiymatini aniqlashda, realizatsiya qilingan va so'yilgan chorva mollaming to'liq tannarxini hisoblashda va chorva molining yil oxiridagi qiymatini hisoblashda kerak bo'ladi. 1 t tirik vazndagi chorva moli tannarxini hisoblash metodikasining mohiyati (17.2-jadval) shundaki, tirik vazndagi mol bosh sonining yil boshida qolgan qoldig‘i va qiymati hamma turdagi kelib tushganlarga (nasi olish, o‘sish, sotib olish va b.) qo‘shiladi va jami bo‘yicha umumiy summasini aniqlanadi. Keyin jami qator bo‘yicha tirik vazniga chorva moli qiymatini bo‘lish yo‘li bilan 1 ta tirik vazn tannarxi hisoblanadi. Chorva molining 1 t tirik vazni tannarxi, qanday yo‘q bo‘lganidan qat’iy nazar, chorva mollari umumiy qiymatini aniqlashda o'zgarishsiz olinadi. Chiqib ketishning har bir qatori bo‘yicha 1 t tirik vaznni chorva molining mos keluvchi umumiy tirik vazniga ko'paytirish kerak. Y il oxirida molning bosh soni, uning tirik vazni va qiymati kelib tushishning jami qatoridan molning yo‘qolishini ayirib, aniqlanadi. 398 Qishloq xo'jaligi tashkilotlarida chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlashda sutni yog'ga qayta ishlash keng tarqalgan qayta ishlash jarayoni ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqieh sutdan 30-40% yog'li qaymoq va qo'shimcha mahsulot - yog'sizlantirilgan sut olish uchun separatordan o'tkazish. Ikkinchi bosqieh - qaymoqni pasterizatsiyalash va uni to sariyog'i va qo'shimcha mahsulot - yog'i olingan sut olingunga qadar urib aralashtirish.
74.Чорвачилик тармоқларини, уларда маҳсулот етиштиришни ривожлантириш ва самарадорлигини ошириш йўллари
Bugungi kunda respublikamizda barcha toifadagi xo‘jaliklarda qoramollar umumiy bosh soni 8508,2 ming boshga (6,2 foizga), sigirlar 3520,3 ming boshga (5,6 foizga), qo‘y va eehkilar 14930,9 boshga 400 yetkazib, 6,0 foizga o‘sishiga erishildi. Shunga ko'ra, go‘sht ishlab chiqarish 297,1 ming tonnaga (6,3 foiz), sut 1077,3 ming tonnaga (6,5 foiz), tuxum 575,1 mln. donaga (12,2 foiz), jun 494 tonnaga (12,8 foiz) ko‘paydi (17.3-jadval). Bundan tashqari: - respublikada aholi bandligi va daromadini oshirish maqsadida kam ta’minlangan oilalarga 2878 bosh qoramol bepul tarqatib berildi; - shaxsiy yordamchi va dehqon xo'jaliklariga qoramol sotib olish uchun tijorat banklari tomonidan jami 5,5 mlrd. so‘m miqdorida mikrokreditlar ajratildi; - chorva mollaming kuchli ozuqalarga bo'lgan talabini qondirish va shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklari chorva mollariga omuxta yem, paxta shroti va sheluxasini uzluksiz yetkazib berish maqsadida 1950 ta shaxobchalar tashkil etildi. Chorvachilikni rivojlantirishga tusqinlik qilayotgan muammolar 1. Ozuqa ekin maydonlarining chorva mollari bosh soniga mutanosib joylashtirilmaganligi; 2. Ozuqa ekin maydonlaridan unumli foydalanish va ekmlarining hosildorlik darajasining pastligi; 3. Yem-xashak o'rim-yig'im texnikalarining yetishmasligi; 4. Naslchilik ishlarining talab darajasida yo'lga qo'yilmaganligi; 5. Naslli mol tayyorlab sotish va chetdan naslli mollar keltirishning kamayganligi; 6. To'la qamrovli zooveterinariya xizmati ko'rsatilmayotganligi; 7. Zooveterinariya punktlarining jihozlanish darajasi talabga javob bermasligi; 8. Kredit resurslari bilan yetarli darajada ta’minlanmaganligi Bugungi kunda Respublikada naslchilik xo'jaligi maqomini olgan xo'jalik yurituvchi subyektlar soni jami 633 tani, shundan 344 tasi naslchilik xo'jaliklari tashkil etadi. Rejaga asosan 37 ta zooveterinariya punktlari tashkil etish rejalashtirilgan bo'lib, haqiqatda 43 ta zooveterinariya punktlari tashkil etildi va ulaming soni 2486 taga yetkazildi. Pullik xizmat ko'rsatish esa o'tgan hisobot davri davomida 1774,8 mln so'mlik pullik xizmatlar ko'rsatildi. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida mahsuldor naslli mollami ko'paytirish maqsadida joriy yilning o'tgan davrida 258,6 ming bosh ona mollar sun’iy urug'lantirildi. 401 Ona mollami sun’iy urugiantirishning afzalligi va mohiyati to‘g‘risida joylarda veterinariya mutaxassislari tomonidan aholiga to'g'ridan-to'g'ri va ommaviy axborot vositalar orqali tnshuntirish ishlari olib borilmoqda. Chorva mollari naslini yaxshilash maqsadida oxirgi besh yil ichida chet davlatlardan 16 ming 771 bosh naslli qoramollar olib kelindi. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklari chorva mollariga malakali veterinariya xizmatlarini ko'rsatish maqsadida zooveterinariya punktlari soni 2 ming 443 taga yetkazildi. Keyingi 5 yilda zoovetpunktlar orqali pullik xizmat ko'rsatish 6 barovarga oshib, 2009 yilning o'zida 6 mlrd. 300 mln so'mni tashkil etdi. Shu davr ichida sigir va takalami sun’iy urug'lantirish 10 barobarga oshib, 1 mln boshni tashkil etdi. 1. Zooveterinariya xizmatlari: - Tabiiy va sun’iy urug'lantirish - Chorva mollaming ozuqa bazasini yaxshilash; - Chorva mollami joylashtirish va yer maydonlari bilan ta’minlash; - Chorva mollaming epidemik kasalliklariga qarshi ko'rashish (cho'chqa grippi, parranda grippi, sibir yarasi); - Emlash ishlarini ohb borish - Profflaktika ishlarini olib borish (bir joydan boshqa joyga ko'chirganda, yaylovlarga olib chiqqanda tuyoq ostini dorilash); - Chorva mollaming boshqa turli kasallikalariga qarslii ко 'rashish 2. Chorvachilikda axborot konsalting xizmati - Ratsion tuzishda (chorva mollar zotiga, turiga, yoshiga, joylashganligiga, og'irligiga qarab); - Chorvachilikda mahsuldorlikni oshirishda; - Chorvachilik mahsulotlarini realizatsiya qilishda; - Bozor kon’yunkturasini o'rganish; 3. Naslchilik va selektsiya ishlari; 4. Chorvachilikda texnik servis xizmatlarini ko'rsatish (muqobil MTP, transport xizmati, SIU); 5. Bank, sug'urta, biija va boshqa bozor infratuzilmasi xizmatlari. 402 17.3-jadval 0 ‘zbekiston, rivojlangan Evropa mamlakatlari va Rossiyada chorvachilikda mahsuldorlik ko‘rsatkich!arming taqqoslama tahlili Ko'rsatkichlar Rivojlangan Evropa mamlakatlari Rossiya Fedyeratsiyasi 0 ‘zbekiston 0 ‘rtacha bir sigirdan sog'ib olingan sut miqdori, kg 10000-13000 7000- 10000 1500-1800 10 0 bosh sigirdan olingan buzoqlar soni, bosh 92-96 8 0 -9 0 74-76 0 ‘rtacha bir quydaa qirqib olingan jun miqdori, kg 6 -8 6 -8 1 ,8 -2 Nazorat savollari va topshiriqlar 1. Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxi nima? 2. Xarajatlar klassifikatsiyasi (tasnifi)ni aytib bering. 3. 0 ‘simlikchilik, chorvachilik va qayta ishlash sanoati hamda mayda hunarmandchilik mahsulotlari tannarxiga xarajatlaming qanday moddalari kiradi? 4. Quyidagi tannarxlami qanday hisoblab chiqish mumkin? a) 1 1 don, don chiqindilari va somonlar; b) 1 1 sut; v) 1 t tirik vazn o‘sishi va chorva molining 1 1 tirik vazni; g) donni qayta ishlashda 1 1 don; d) sutni qayta ishlashda 1 1 sut; e) chorva molini so‘yishda 1 1 go‘sht.
Download 326,12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish