Ichki audit boshqarmasining asosiy vazifalari
Bank faoliyati ustidan to’liq nazorat o’rnatilishi uchun Bank Kengashiga zarur va ob’ektiv axborotlar bilan ta’minlash. Bunda aktivlar harakati ustidan umumiy nazorat o’rnatilganligi, tashkiliy tuzilmalar samaradorligi va daromadliligi hamda nazorat tizimining faoliyati to’g’risida to’liq tasavvurni shakllantirishga qaratilgan hisobotlarni shakllantirishdan iborat.
S.W.I.F.T. bo’limining asosiy vazifalari
Bo’limning asosiy vazifasi Bank mijozlarining to’lov topshiriqnomalari, cheklari, moliyaviy institutlar jo’natmalari, valyuta ayirboshlash, kassa xatlari, akkreditivlar bo’yicha hujjatlar, tizim va xizmat axborotlari hamda boshqa mavjud formatlar bo’yicha hujjatlarni belgilangan tartibda axborot xavfsizligini ta’minlagan holda SVIFT dasturiy va texnik vositalari orqali jo’natish, shuningdek, qabul qilib olishdan iborat.
Bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini himoya qilish bo‘limining asosiy vazifalari
Bo’lim vazifasi bank tizimida tizimli kamchiliklar va bank xizmatlari iste’molchilarining huquqlari buzilishlarini aniqlash, shuningdek, ularning oldini olishga, bank xizmatlari iste’molchilari huquqlarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan kredit tashkilotlariga nisbatan javobgarlik choralari ko‘rilishini ta’minlashga,bank xizmatlari iste’molchilarining buzilgan huquqlarini tiklashda maslahat berish va ko‘maklashishga; moliyaviy ochiqlik darajasini oshirish va bank xizmatlari iste’molchilarining savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratadi.
Vazifalar
• Qishloq hududlardagi uy-joy-kommunal, ijtimoiy soha va qishloq aholi punktlarini obodonlashtirish uchun kredit berish va bank xizmati ko’rsatish;
• Qishloq joylarda tasdiqlangan namunaviy loyihalar bo’yicha uy-joylar, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini qurish hamda ta'mirlashni tashkil etish uchun kredit berish va lizing xizmatlarini ko’rsatish;
• Yangi, zamonaviy qurilish materiallari ishlab chiqaradigan, qurishning industrial va yigma texnologiyalarini joriy etadigan korxonalarga kredit berish ;
• Qishloq qiyofasini yaxshilashni, muhandislik hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va takomillashtirishni nazarda tutgan holda investitsiya faoliyatini olib borishni moliyalashtirish;
• Universal tijorat banki sifatida kompleks bank xizmatlarini ko’rsatish.
Funksiyalar
• jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo’yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish;
• yuridik va jismoniy shaxslardan depozit va omonatlarni jalb etish;
• kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o’z mablag’lari va jalb qilingan mablag’lar hisobidan o’z nomidan kreditlar berish;
• chet el valyutasini yuridik hamda jismoniy shaxslardan sotib olish va ularga sotish;
• cheklar, to’lov va hisob-kitob hujjatlarini inkassatsiya qilish;
• uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish;
• qimmatli qog’ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saq’lash, mijoz bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog’ozlarni boshqarish, qimmatli qog’ozlar bilan boshqa operatsiyalarni bajarish;
• moliyaviy lizing va faktoring xizmatlarini ko’rsatish;
• jismoniy shaxslarga iste'mol, ipoteka va boshqa turdagi kreditlani berish;
• litsenziyada ko’zda tutilgan va amaldagi qonunchilikka zid bo’lmagan boshqa bank operatsiyalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |