1 Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya


Reja: 1 Tirmashish mashqlari



Download 1,13 Mb.
bet36/62
Sana03.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#480539
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62
Bog'liq
MTT da jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini olib borish metodikasi (2)

Reja:
1 Tirmashish mashqlari
2 Tirmashish harakatlari
3 Tirmashish sikllari
Tirmashish ko‘p martalab takrorlashlar jarayonida hosil qilinadigan murakkab shartli refleksdir. U muskullarning katta qismini ishga jalb qiladi va shu asnoda bolaning butun organizmi funksional faoliyatini kuchaytirishda, shuningdek, to‘g‘ri qaddiqomatning shakllanishiga yordam beradi. Tirmashib chiqish muskullarning navbatma-navbat qisqarishi va bo‘shashishi bilan xarakterlanadi. Bu harakat davomida sarflangan quvvatni tiklashga va jismoniy kuchni uzoqroq muddat namoyon qilishga imkon beradi. Tirmashish mashqlari harakatlar koordinatsiyasini yaxshilaydi, nafas olish va qon aylanish funksiyasini takomillashtiradi, modda almashinuvini oshiradi. Tirmashish siklli harakatlar tipiga mansubdir. Tirmashib chi- qish va tushish yugurishdagiga o‘xshash harakat elementlarining qisqa muddatli takroriga egadir: narvon zinapoyasiga har bir oyoqda tayanish va unda ikkala oyoqqa tayanib turishda qo‘l va oyoq navbatma-navbat harakatlantiriladi. Tirmashishda sikllarning to‘xtovsiz takrorlanib turishi gimnastika devorining balandligi bilan belgilanadi: 1–1,5–2 metr. Maktabgacha yoshdagi bolalar tirmashib chiqishning quyi- dagi turlarini egallaydilar: emaklab o‘tish, oshib o‘tish, oradan suqilib o‘tish, gorizontal va qiya tekislikda (polda, gimnastika skameykasida) to‘rt oyoqlab emaklash, tik devor (gimnastika devori), narvon, arqonli narvoncha, kanat va langarcho‘pga tir- mashib chiqish. Bola 8–9 oyligida egallaydigan to‘rt oyoqlab emaklashda tirmashishda bo‘lgani kabi orqa, qorin devori, oyoq va qo‘llar. muskullari mustahkamlanadi. Bundan tashqari emaklashda oyoq, qo‘lga tayanish tufayli umurtqaga tushadigan og‘irlik kamayadi, bu bolaning o‘sish davri uchun juda muhimdir. Bunday mashqlar to‘g‘ri qaddi-qomatning shakllanishiga yordam beradi. Bolalar dastlab qorin bilan, so‘ng to‘rt oyoqlab, kaft va tiz- zalariga tayanib emaklaydilar. Tarbiyachi mashqlarni tobora murakkablashtirib boradi – gorizontal va qiya holatdagi taxta- da, so‘ng skameykada, xodada emaklashni taklif etadi. Bundan tashqari darvozachalardan o‘tish, shnur, darvoza tagidan o‘tish, xoda, skameykadan oshib o‘tishni mashq qiladilar. Bu mashqlar- dan so‘ng umurtqani to‘g‘rilash (rostlash) maqsadida bolalarga to‘pni otish va ilib olish, bayroqchani baland ko‘tarish va hoka- zolar taklif etiladi. Bola mustaqil harakat qila oladigan bo‘la olganda unga zich va tik holatdagi balandligi 1 metrli narvonga tirmashib chiqish topshiriladi. Tirmashish bola hayotining ikkinchi yilida shakllanadi. Tirmashish harakatlari tobora sikllilik kasb etadi, qo‘l va oyoq harakatlarining amplitudasi va harakati aniqlanadi. Dastlab bu ko‘rish anaS izatori, keyinchalik kinestetik analizatorlar bilan idora qilinadi. Yonma-yon qadam qo‘yish avval aralash, so‘ng esa navbatma-navbat tashlanadigan qadam bilan almashinadi. Hatto qiya narvonga tirmashishga o‘rgatishda almashinadigan qadamni ikki yoshli bolalarning faqat 20 %ida, 3 yoshlilarning 40 %ida shakllantirishga erishilgan, xolos. (M.Yu. Kistyakova va Z.S. Uvarova). Besh yoshda almashinuvchi qadam o‘z-o‘zidan o‘rgashsiz paydo bo‘ladi. Bu turdagi qadamdan 6–6,5 yoshdagi bolalarning ko‘pchiligi foydalanishi kuzatilgan. Biroq, 7,5 yoshli o‘g‘il bolalarning 40 % va qiz bolalarning 47 % narvonga chiqish- da va ayniqsa tushishda asosan qo‘shimcha qadamdan ko‘proq foydalangan holda aralash qadamni qo‘llaydilar. Bunda oyoq va qo‘llarning kesishma koordinatsiyasi yuzaga kelmaydi.
Nazorat uchun savollar
1. Tirmashish mashqlari qanday tipdagi harakat va bola or
ganizmiga qanday ta’sir qiladi?
2. Tirmashib chiqish turlari nechta?
3. Emaklash mashqlari qaysi yosh guruhlarda qo‘llaniladi?

Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish