1 Qadimgi dunyoda jismoniy tarbiya


Mavzu:MTT ning kichik guruhlarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil etish



Download 1,13 Mb.
bet39/62
Sana03.03.2022
Hajmi1,13 Mb.
#480539
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62
Bog'liq
MTT da jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini olib borish metodikasi (2)

37 Mavzu:MTT ning kichik guruhlarida jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil etish
Reja:
1 Mashg‘ulotlarni tashkil etish
2 Kichik guruhlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘rgatish
3 Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘rgatish vositalari
O‘zbekistonning issiq iqlimli sharoitida jismoniy tarbiya bo‘yicha barcha ishlarni ochiq havoda olib borish maqsadga muvofiq. Ertalabki gimnastika, jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari, harakatli o‘yinlar, uyqudan so‘ng o‘tkaziladigan sport mashg‘ulotlari, o‘yin-kulgulari birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda jismoniy tarbiya bo‘yicha ikkita mashg‘ulot o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlarni tashkil etish vaqtida zarur gigiyenik shart-sharoitlar: xonaning shamollagani va latta bilan artib chiqilganligi singari talablarning bajarilganligi hisobga olinadi. Birinchi kichik guruhda bolalarni ikkita kichik guruhga bo‘lib o‘tkaziladi. Ikkinchi kichik guruhda guruhlarga bo‘linmay mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar bahor va yoz oyida ochiq havoda, maydonda o‘tkaziladi. Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazish uchun oldindan tayyorgarlik ko‘radi: reja-konspekt tuzadi, kerakli inventarlarni va o‘yinchoqlarni tanlaydi. Kichik guruhlarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarida o‘rgatish vositalari o‘z xususiyatiga ega. Bu yoshdagi bolalar o‘rganadigan harakatlarni maxsus o‘rgatish yo‘li bilan emas, balki ko‘p martadan, qayta-qayta takrorlash orqaliginao‘zlashtirib olishadi. Individual ishlar, ayniqsa, yaxshi natija beradi, biroq tarbiyachi barcha bolalarning yetarli darajada harakat faolligini ta’minlashi kerak. Shuning uchun u bolalar faollgini yoppasiga tashkil etishni mo‘ljallaydi. Bunda har bir bola o‘zicha mustaqil harakat qiladi. Odatda asosiy harakatlarni mashq qilish uchun harakatning bir ikki turi tanlanadi. Shulardan bittasi eng murakkabi yoki ko‘proq kuch talab qilinadigan mashq, ikkinchisi undan yengilroq bo‘lib butun guruh bilan, yoki yarim guruh bilan bir yo‘la o‘tkazish mumkin. Masalan, narvondan o‘rmalab chiqish mashqini polda o‘tirgan holda koptokni bir-biriga yumalatish mashqi bilan, koptokni uzoqqa dumalatish, koptok tashlash mashqlari bilan qo‘shib olib borish qulayroqdir. Hatto eng qiyin mashqlarni o‘rganish uchun ham kamida 3–4 bolani baravar uyushtirib ularning o‘rtasidagi vazifalarni belgilab berish yaxshi natija beradi. Masalan, ikkita bola qum to‘ldirilgan xaltachalarni savatga tashlaydi, uchinchisi uni yig‘ib keladi yoki bittasi narvondan ko‘tariladi, tarbiyachi uni kuzatib, ayni vaqtda u mashq bajarish uchun navbati kelgan bola bilan gaplashib turadi. Bajarilishi uncha qiyin bo‘lmasa, mashqlarni 5–6 kishi baravaridan yoki 10–12 kishidan iborat butun bir kichik guruh birdan bajarishi ham mumkin. (buyumlarni uzoqqa irg‘itish, arg‘amchi ostidan emaklab o‘tish, barcha umumrivojlantiruvchi mashqlar va boshqalar). Tarbiyachi mashqni bajarayotgan bolalarnigina emas, balki butun shug‘ullanuvchi guruhni nazorat qilib boradi, ayni vaqtda shug‘ullanmayotgan bolalar mashg‘ulot paytida enaganing na- zorati ostida bo‘ladilar. Tarbiyachi dastlab butun guruhga topshiriqni juda qisqa tushuntirib va ko‘rsatib beradi. Bunda u bolalarning diqqat- e’tiborini hozir ular bajaradigan ish faoliyatini tashkil etish, uyushtirishga qaratadi. Shundan keyin mashq davomida har bir bolaning harakatini izohlab uni rag‘batlantirib turgan vaqtida mashg‘ulotning mazmunini yana qayta-qayta tushuntiraveradi.
Mashg‘ulotning asosiy qismi harakatli o‘yin bilan yakunlanadi.
Mashg‘ulotning vazifasi: turgan joyda sakrash mashqlari- da yumshoq, yengil sakrab harakat qilishga o‘rgatish. Umum- rivojlantiruvchi mashqlarga orgatish.


Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish