40 Mavzu:O`rta guruh bolalari uchun jismoniy tarbiya mashg`ulotlarini tashkil etish
Reja:
1 O‘rta guruhda jismoniy tarbiya
2 O`rta guruhda bolalar tomonidan bajariladigan harakatlar
3 Mashg‘ulot o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rish
O‘rta guruhda jismoniy tarbiya bo‘yicha har haftada ikki marta mashg‘ulot o‘tkaziladi. Mashg‘ulot 20 minut davom etadi. Mashg‘ulotlar ertalabki soatlarda zalda o‘tkaziladi. Xonani mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun enaga bilan tarbiyachi belgilangan gigiyenik talablarga binoan tayyorlaydi (xona shamollatiladi, pol ho‘l latta bilan artiladi va hokazo).Tarbiyachi kerakli inventarlarni oldindan tayyorlab qo‘yadi, ularni tarbiyachi shunday joylashtiradiki, toki bolalar uni joy-joyiga qo‘yib chiqishga va vaqtlarini ketkazmay ularga yaqinlashtirishlari, qo‘llariga olib foydalanishlari va yana joyiga olib borib qo‘yishlari uchun qulay bo‘lsin. Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazish uchun tayyorgarlik ko‘rishi, inventarlarni tarqatib chiqib, yana yig‘ishtirib olish ishlariga bolalarni navbat bilan jalb qilib, ularda mehnatsevarlik fazilatlarni tarbiyalab boradi. O‘rta guruhda bolalar tomonidan bajariladigan harakatlarga pedagogning talabi o‘zgaradi. Bu guruhda harakat texnikasini o‘rganishga endigina kirishilayotgan bo‘ladi. Shuning uchun harakatlarning ko‘rsatib berilgan namunalarga binoan to‘g‘ri bajarilishi hamisha tarbiyachining diqqat markazida turadi. Muayyan o‘quv vazifalariga muvofiq ravishda mashqlarni izchillik bilan tanlab olingan tarbiyachi endi harakatlarni muvofiqlashga nisbatan yuksak aniqlikka va mashqlarning si-fatli bajarilishiga olib boradi. Bolalarda mashqlarni hamma uchun umumiy sur’atda, hamma bilan kelishilgan holda bajarish, turli saflanishlarda yo‘nalishlar bo‘yicha chap va o‘ng tomonlarga erkin ravishda mo‘ljal ola bilish mahorati rivojlanadi.Harakatlarni o‘rganish va ularni muayyan darajada sifatli bajarilishga erishish uchun harakat qilish mashg‘ulot sur’atini ma’lum darajada pasaytiradi. Bu mashg‘ulotni tushuntirib va ko‘rsatib berilayotganda xatolarga e’tiborni qaratib, ularni tuzatayotgan vaqtidagi, shuningdek, topshiriqni bajarish uchun bolalar o‘z navbatini kutib behuda o‘tkazayotgan vaqt bilan bog‘liqdir. Ko‘pchilik asosiy harakatlarni dastlabki vaqtlardagi o‘rganilishi uchun bolalarni navbatma-navbat va individual tarzda o‘rgatish, ko‘proq navbatama-navbat qilib mashq bajartirish g‘oyat ahamiyatlidir. Bu tarbiyachiga har bir bolaning harakatini nazorat qilib turish hamda unga kerakli yordamni berib, unga dalda berib turishga imkoniyat beradi. Bunda bolalar o‘quv jarayonida faol ishtirok etadilar, o‘rtoqlarining harakatini kuzatib turishga, ularni tahlil qilishga o‘rganadilar.Mashg‘ulotlar zichligi yuksak darajada bo‘lgandagina, bolalarning harakat faolligi yetarli bo‘lgandagina mashg‘ulot-ning ijobiy ta’siriga erishish mumkin. Bunga mashqlarni yoppasiga va guruh-guruh bo‘lib bajarilishi hammadan ko‘proq yordam beradi. Shuning uchun ularni mashg‘ulotlarga kiritish lozim. Bir mashg‘ulotning o‘zida har xil harakatlarning asosiy yangi qismlarini o‘rganish bilan bog‘liq bo‘lgan bir nechta murakkab o‘quv vazifasini hal etishga urinmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |